O‘qituvchi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan kasbiy talablar
4000 so'm

Slayd 1
O‘qituvchi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan kasbiy talablar
Slayd 2
Reja:
1.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisining vazifalari
2.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan kasbiy talablar
3.
O‘qituvchi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Slayd 3
O‘zbekiston oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy tajriba va jahon andozalari talablariga mos ravishda tayyorlash amalga oshirilmoqda. Bu borada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qiyofasini (imijini)shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Slayd 4
Zamonaviy maktab o‘qituvchisining vazifalari
Pedagog olimlarning yondashuvlariga ko‘ra, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qiyofasida quyidagilar muhim hisoblanadi:
1. Nazariy bilimdonlik;
2. Kasbiy ko‘nikmalik;
3. Kasbiy malakalik;
4. Kasbiy kompetensiyalik.
Slayd 5
Nazariy bilimdonlik – pedagogik va mutaxassislik fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning nazariy bilimlari shakllantiriladi hamda ularning kasbiy ko‘nikma malakalari rivojlantiriladi.Kasbiy ko‘nikmalilik va kasbiy malakalilik – majburiy va tanlov fanlarni o‘qitish jarayonida esa talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilim, kasbiy ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasi (qobiliyati)shakllantiriladi.Kasbiy kompetensiyalik – malakaviy va pedagogik amaliyot jarayoni vositasida talabalarning bilimdonlik, ko‘nikmalilik, malakalik hamda kompetensiyalik layoqatlari mustahkamlanadi.
Slayd 6
Shu tariqa ushbu mexanizmlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qiyofasini shakllantirishga erishiladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy qiyofasida quyidagi talablarga moslik muhim o‘rin tutadi:
1. Ijtimoiy faollik;
2. Axloqiy yetuklik;
3. Kasbiy namunalik.
Mazkur talablar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy qiyofasi shakllantiriladi.
Slayd 7
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31–dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan 2020-2021–o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari o‘qitishning kredit – moduli tizimga bosqichma-bosqich o‘tmoqda.
Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy qiyofasiga quyidagi yangi malaka talablari qo‘yiladi:
Slayd 8
1. Ta’limning kredit – modul tizimi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish
2. Kredit – modul tizimi bo‘yicha o‘qitish usullari va texnologiyalarini bilish.
3. Kredit – modul tizimi bo‘yicha o‘qitishning didaktik materiyalini tayyorlay olish
4. Kredit – modul tizimi bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni kredit talablari asosida baholay olish.
Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o‘z kasbiga sadoqatligi, g‘oyaviy e’tiqodligi, o‘z kasbini sevish uni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘zi o‘qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o‘zlashtirib olishi zarur.
Slayd 9
Pedagogik taraqqiyotning samarali bo‘lishi o‘qituvchidan quyidagi qobiliyatlarni talab qiladi:
01
03
02
04
Bilish qobiliyati
Tushuntirish qobiliyati
Kuzatuvchanlik qobiliyati
Nutq qobiliyati
Slayd 10
05
08
06
09
07
Tashkilotchilik qobiliyati
Obro‘ orttira bilish qobiliyati
To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati
Kelajakni ko‘ra bilish (pedagogik) xayolot
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
Slayd 11
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, beruvchining pedagogik mahoratlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1. Oson yo‘l bilan murakkab bo‘lgan bilimlarni oluvchiga tushuntira olish qobiliyati didaktik (bilish) qobiliyat deb ataladi.
2. Barcha fanlar bo‘yicha muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik akademik (tushuntira olish) qobiliyatdir.
3. Ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir o‘tkaza olish kuzatuvchanlik qobiliyati.
4. O‘qituvchining nutq qobiliyati: teran, ravon, ma’noli ohangdor bo‘lishi talab etiladi.
Slayd 12
5. O‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun tashkilotchilik qobiliyati mujassam bo‘lishi lozim.
6. Avtoritar (obro‘ orttirish) qobiliyat, bunda ta’lim beruvchining dadilligi, chidamliligi, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olishiga bog‘liq bo‘ladi.
7. Muomala va muloqot o‘rnata olish qobiliyati, bunda o‘quvchilar bilan har qanaqa vaziyatda chiqishib keta olish, o‘zaro munosabat o‘rnata olishlik talab etiladi.
8. Oldindan ko‘ra olishlik (kelajakni ko‘ra olishlik) qobiliyatiga ega bo‘lish bu degani; o‘quvchilar kelajagini uning harakatlari orqali bashorat qila olish.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati bir necha obyektlarga bir davrning o‘zida munosabatini bildirish, qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish.
Slayd 13
Amaliy faoliyatdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar quyidagi to‘rt tarkibdan iborat:
1. O‘qitish mahorati bo‘yicha.
2. Tarbiyalash mahorati bo‘yicha.
3. Shaxsiy sifatlar bo‘yicha.
4. Bilimlarni nazorat qilish va xolisona baholash bo‘yicha.
Slayd 14
O‘qitish mahorati bo‘yicha qo‘yiladigan talablar:
1. Kasbiy layoqat his tuyg‘uga egalik.
2. Psixologik–pedagogik tayyorgarlikka egalik.
3. O‘z malakasini oshirib borishni bilish.
4. O‘quv fanlararo aloqalardan foydalana olish (integratsiya).
5. Notiqlik san’atini bilish.
Slayd 15
Tarbiyalash mahorati bo‘yicha qo‘yiladigan talablar:
1. O‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligini bilish
2. O‘quvchilarni uyg‘un shakllantirishni bilish
3. Tarbiya metodlari va texnologiyalarini bilish
4. O‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy va estetik fazilatlarni shakllantirishni bilish.
Slayd 16
3
Shaxsiy sifatlar bo‘yicha qo‘yiladigan talablar:
Talabchanlik
Haqqoniylik
Halollik
Mehribonlik Xushmuomalalik
1
2
4 5
Slayd 17
Bilimlarni nazorat qilish va xolisona baholash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar:
1. Bilimlarni o‘zlashtirishni baholashning prinsiplarini bilish.
2. Bilimlarni o‘zlashtirishni baholashning metodlari va mexanizmlaridan xabardor bo‘lish.
3. Standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqishni bilish.
4. O‘zlashtirishni xolisona baholashga qat’iy amal qilish.
Slayd 18
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaralishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.“…O‘qituvchi – deydi Al Forobiy, – aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”. U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqiga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi”, deb ta’kidlaydi.
Slayd 19
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab:
“Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatish ranj ila,Aylama emas oson oning haqqini yuz ganj ila”, – kabi satrlar bitgan.Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Slayd 20
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Slayd 21
Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Slayd 22
Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qo‘yilar ekan, ular ichidan asosiy, ya’ni uni qanoatlantirmasdan turib, yuqori malakali o‘qituvchi yoki tarbiyachi bo‘lib etishish mumkin bo‘lmagan va ikkinchi darajali, ya’ni pedagog uchun zarur bo‘lmagan, ammo uni shaxs sifatida shakllanishiga va shaxsga ta’lim-tarbiya berishiga yordam beruvchi talabni ajratish mumkin.
Slayd 23
Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga va muloqotiga, Shuningdek, uning qobiliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish uchun zarur bo‘lgan sifatlarga bog‘liqdir. Asosiylari orasida ham, ya’ni har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun zarur bo‘lgan hamda o‘zgaruvchan, ya’ni muayyan davr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan muhit talablaridir.
Slayd 24
Pedagogga qo‘yiladigan asosiy, bosh va o‘zgarmas talablar bolalarga bo‘lgan mehr, pedagogik faoliyat, o‘zi ishlaydigan soha bo‘yicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo‘lish, bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilganlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas.Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas. Ular muntazam mehnat natijasida egallanadi. Shuningdek, pedagogning o‘z ustida tinmay ishlashi tufayli bunyodga keladi. O‘qituvchi va tarbiyachilarning ko‘pligi sir emas, ammo bu kasbni yuksak darajada, muvaffaqiyat bilan ado etish mushkul ish.
Slayd 25
Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar qatoriga kirishuvchanlik, san’atkorlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.
Slayd 26
Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
Keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
Yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
O‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
Slayd 27
ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
O‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo‘lishga intilishi kerak.
Slayd 28
O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo‘lgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish bir muncha murakkabdir. Jamiyatda ro‘y berayotgan yangi shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
Slayd 29
Bu talablarni o‘z vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
O‘quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o‘zi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bo‘lmog‘i va o‘zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormog‘i lozim.Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari;
Slayd 30
ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab;
uchinchidan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Slayd 31
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.