- Savatga boshqa "HEARING ENGLISH IN CONTEXT" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDAGI MULOQOT
5000 so'm

O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDAGI MULOQOT
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot – bu ta’lim jarayonining asosi, shaxslararo o‘zaro tushunish va tarbiyaviy ta’sirning eng muhim shaklidir. Muloqot orqali o‘quvchi bilim oladi, ijtimoiylashadi va o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘z imkoniyatlarini namoyon etadi.
Pedagogik muloqotning ahamiyati
Pedagogik muloqot o‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi eng muhim vosita bo‘lib, dars jarayonida ijobiy psixologik muhit yaratadi. To‘g‘ri tashkil etilgan muloqot o‘quvchilarda ishonch, erkin fikrlash, diqqat va ijodiylikni oshiradi. Aksincha, noto‘g‘ri muloqot ularni qo‘rquv va ishonchsizlikka olib keladi.
Pedagogik muloqotning asosiy funksiyalari
- O‘quvchilarning ruhiy holatini tushunish va qo‘llab-quvvatlash.
- O‘zaro axborot almashish va fikr bildirishga sharoit yaratish.
- Jamoada ijobiy muhitni shakllantirish.
- O‘quvchilarda erkin fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishni rivojlantirish.
- Do‘stona, insonparvar muhitda tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish.
Pedagogik muloqot turlari
Viktor Kan-Kalik ta’rifiga ko‘ra, o‘qituvchining muloqoti quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- Kommunikativ muloqot – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida so‘z, nutq, fikr almashuv orqali aloqani mustahkamlash.
- Interaktiv muloqot – ikki tomonlama faol ta’sir, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi.
- Perseptiv muloqot – bir-birini idrok etish, ishonch va hurmat asosida munosabat o‘rnatish.
O‘qituvchining muloqotdagi vazifalari
O‘qituvchi har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatini kashf etish, uni erkin fikrlashga undash va o‘z “Men”ligini anglashiga yordam berish uchun muloqotdan samarali foydalanadi. U quyidagi savollarga doimo javob izlaydi:
- Nimani o‘rgatish kerak?
- Kimni o‘rgatish kerak?
- Qanday usulda o‘rgatish kerak?
O‘qituvchining boshqaruv uslublari
- Avtoritar uslub – qat’iy intizom va buyruqlar orqali boshqarish, lekin ijodiylikni cheklaydi.
- Liberal uslub – erkinlikka yo‘l qo‘yish, ammo nazoratning sustligi natija bermasligi mumkin.
- Demokratik uslub – hamkorlik, hurmat va ishonch asosidagi boshqaruv; eng samarali usul hisoblanadi.
Pedagogik tamoyillar
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:
- Insonparvarlik – har bir o‘quvchiga shaxs sifatida munosabatda bo‘lish.
- Demokratik yondashuv – fikrni hurmat qilish va erkinlikka ruxsat berish.
- Do‘stona munosabat – ijobiy ruhiy muhit yaratish.
- Ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish – real hayotga tayyorlash.
Xulosa
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot — bu ta’limning yuragi. U faqat bilim berish emas, balki tarbiyalash, ruhlantirish va insoniy qadriyatlarni singdirish vositasidir. Har bir darsda samimiylik, hurmat va hamkorlik muhitini yaratgan o‘qituvchi — haqiqiy tarbiyachidir.
=== Taqdimot 1 ===
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.
3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari.
4. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari.
=== Taqdimot 3 ===
Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
=== Taqdimot 4 ===
Muloqot–yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, g‘oya va mafkura omillarita’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogık muloqot xususyatları:
01
02
Muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
O‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
=== Taqdimot 6 ===
03
04
Noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat–e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
=== Taqdimot 7 ===
Pedagogık muloqot
Bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
=== Taqdimot 8 ===
O‘qıtuvchınıng o‘quvchılar bılan o‘zaro yaqın muloqotıdan asosıy maqsad:
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish;
o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, fikr mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi
barcha jarayonlarga barham berish;
o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish
ko‘nikmalarini hosil qilish;
=== Taqdimot 9 ===
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:
=== Taqdimot 10 ===
O‘quvchilarning psixik holatini mukammal bilish
O‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yish
Salbiy holatlarni guruh jamoasi bilan birgalikda bartaraf etish
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etish
O‘zligini anglash, o‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish
Do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga o‘rgatish
O‘quvchilarni erkin fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish
=== Taqdimot 11 ===
O‘qituvchining vazifasi muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining “Men”ligini anglatishi
=== Taqdimot 12 ===
Rus pedagogi, professor, pedagogika fanlari doktori Viktor Abramovich Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
=== Taqdimot 13 ===
O‘qituvchi tomonidan guruh jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholash
Natijalar tahlili:
Prognostik bosqich:
Pedagogik jarayon:
Kommunikativ aloqa:
O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotga qaratilgan bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 14 ===
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
Kommunikativ muloqot
Interaktiv muloqot
Perseptiv muloqot
=== Taqdimot 15 ===
Kommunikativ muloqot-birlikda muloqot qilish yoki muloqotda birlashish. O‘qituvchi va o‘quvchi bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
=== Taqdimot 16 ===
Interaktiv muloqot-
Muloqotga kirishuvchan o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti-harakat va xulq atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi. Muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir.
=== Taqdimot 17 ===
Perseptiv muloqot
Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir- birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
=== Taqdimot 18 ===
O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yishi kerak
Nimaga o‘rgatish:
Kimni o‘rgatish:
3. Qanday o‘rgatish:
=== Taqdimot 19 ===
O‘qituvchi jonli muloqot orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:
=== Taqdimot 20 ===
Barkamol inson tarbiyasi davlat
Siyosatining ustuvor sohasi sifatida o‘qituvchi
Faoliyatining birlamchi vazifasi
Ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;
Ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy-psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;
O‘quvchilarni erkin shaxs sifatida shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarish;
01
03
02
04
=== Taqdimot 21 ===
Pedagogik ta’sir etuvchi usullar
1. Ishonchini qozonish;
2. Ta’sir etish va ma’qullash.
=== Taqdimot 22 ===
O‘qituvchi o‘quvchi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:
=== Taqdimot 23 ===
Ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish,insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish
Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘ularidan kelib chiqadi.
O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat.
Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lash.
=== Taqdimot 24 ===
Muloqotdan maqsad, muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.
Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni.
O‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiqlash vaziyatida olib boriladi.
Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi.
=== Taqdimot 25 ===
O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari
Avtoritar uslub
Liberal uslub
Demokratik uslub
=== Taqdimot 26 ===
O‘qituvchi sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi
uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash,
tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash
Ta’limda erkinlik va ijodiy yondashuv orqali o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan. Ushbu usul to‘g‘ri qo‘llanilganda o‘quvchilarni o‘z qobiliyatlarini kashf etishga va bilim olish jarayonidan zavqlanishga yordam beradi.
O‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli
intizomni hosil qilishdan iborat.
01
03
02
=== Taqdimot 27 ===
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔗 Foydali havolalar
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.