O‘qish darslarida badiiy asarlarni janrli xususiyatlarga ko‘ra o‘rganish
5000 so'm

=== Taqdimot: O‘qish darslarida badiiy asarlarni janrli xususiyatlarga ko‘ra o‘rganish.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘qish darslarida badiiy asarlarni janrli xususiyatlarga ko‘ra o‘rganish
=== Slayd 2 ===
Reja:
Ertakni o‘qish metodikasi
Hikoyani o‘qish metodikasi
Masalni o‘qish metodikasi
She’rni o‘qish metodikasi
01
03
02
04
Maqolni o‘rganish metodikasi
05
=== Slayd 3 ===
Janrlar rang-barangligi va ularning ta’siri
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida asosan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, tez aytish, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrlardagi asarlar kiritilgan bo‘ladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.
Turli janrlardagi badiiy asarlar uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xosdir.
Masalan, she’riy asar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni esa masal janriga taalluqli asar matnidan tubdan farq qiladi.
=== Slayd 4 ===
Ertak: Sehrli dunyo va o‘quv metodikasi
Ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinishi va qiziqib o‘qilishini ta’minlaydigan sabablardan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalqqa yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlari bilan qo‘shilib keladi.
Ularning o‘tkir, maroqli syujeti, voqealar rivojidagi favqulodda va ajoyib vaziyatlar bolalarni maftun qiladi. Undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak va chaqqon qahramonlar ezgulikning doimo g‘alaba qilishini ko‘rsatadi.
=== Slayd 5 ===
Ertaklarning tarbiyaviy qadri
Ezgulikning g‘alabasi
O‘quvchilar ertakda to‘g‘rilik va halollikning g‘alaba qilganidan, yaxshilikning yuzaga chiqqanidan quvonadilar.
Hayotiy saboqlar
Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar, bu esa bolalarda to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantiradi.
Axloqiy qadriyatlar
Ertaklarda rahmdil, saxiy, adolatli va ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil obrazlar tasvirlanadi.
=== Slayd 6 ===
Ertak tahlili orqali tafakkurni rivojlantirish
O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida chuqur mushohada yuritishga o‘rganadilar.
“Qaysi sifatlar sizga yoqadi yoki yoqmaydi? Nima uchun ular jazolanadi yoki rag‘batlantiriladi?”
“Nima uchun ertakda ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?”
Bu savollar bolalarga qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilish, baholash ko‘nikmasini o‘stirish bilan birga, yaxshilikning doim g‘alaba qilishiga ishonch uyg‘otadi.
=== Slayd 7 ===
Ertaklardan samarali foydalanish texnikalari
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi, masalan, “Ko‘zocha bilan Tulki”, “Olapar”, “Mushuk”, “Musicha”.
Ertak ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish kabi ish turlari qo‘llaniladi.
=== Slayd 8 ===
Amaliy misollar: “Zirak uch yigit” ertagi
Ertak nomining ma’nosi
Nima uchun ertakka “Zirak uch yigit” nomi berilgan?
Ertakdan saboq
Ertak sizga nimalarni o‘rgatadi?
Ziraklikning isboti
Yigitlarning zirakligini misollar bilan isbotlang.
Shaxsiy tajriba
Qaysi holatlarda siz ziraklik bilan ish ko‘rgansiz?
=== Slayd 9 ===
Maishiy ertaklar: Xalq orzulari ko‘zgusi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Hunarsiz kishi”, “O‘limga yaqin” kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar.
Bunday ertaklarda xalqning hayoti, o‘tgan davrdagi orzu-istaklari tasvirlanadi. Ularni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi.
=== Slayd 10 ===
Har bir janrning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish va amaliyotda qo‘llash.
O‘qitishda ijodiy usullar va interfaol mashqlardan faol foydalanish.
Bilimlarni mustahkamlash
Ijodiy yondashuv
Ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
Hamkorlikni kuchaytirish
=== Slayd 11 ===
Ertaklar bolalarning nutqini yangi so‘zlar va iboralar bilan boyitish uchun qimmatli manba hisoblanadi. Bolalar birinchi sinfda ertak tilidan erkin foydalanishlari uchun, dastlab uni audio orqali tinglashlari yoki pedagog tomonidan aytib berishlari tavsiya etiladi.
O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uni turli usullarda ishlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ertakni qayta hikoyalashda qahramonlarga tasvir berish bolalardan til vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni talab qiladi.
=== Slayd 12 ===
Ertak tilida bolalarga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos so‘zlar va iboralar mavjud. Masalan, “Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri” ertagidan parchalar:
“To‘q, echki siz ulug‘imizniki bo‘lsin”, “Quyon, siz podshohimiznikisiz”, “Nonushtangiz bo‘lsin”, “Kechqurungi taomingiz bo‘lsin”, “Qo‘y, kunduzgi ko‘rishingiz bo‘lsin”.
O‘quvchilar diqqatini ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga qaratish va ularni o‘z nutqida qo‘llashga undash muhimdir. Bu ularning so‘z boyligini oshiradi va ifoda ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
=== Slayd 13 ===
Maqollar bilan ishlash: Hikmatli nutqni rivojlantirish
3
O‘quvchilar maqol mazmunini tushunganlaridan so‘ng, shu kabi hikmatli xulosalarga ega o‘z ertaklarini yaratishlari va hikoya qilib berishlari mumkin.
1
Maqollardagi asosiy g‘oyalarni bolalarga tushuntirish va ularni yod oldirish orqali nutqini o‘stirish, nutqining ta’sirchanligini oshirish mumkin.
2
“Rostgo‘y bola” ertagida qahramonning rostgo‘yligi podshohga ma’qul bo‘ladi. Ertakning xulosasi: “Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir” maqoli bilan ifodalanadi.
G‘oyalarni yetkazish
Ertak misolida
Ijodiy faoliyat
=== Slayd 14 ===
So‘z ma’nolari ustida ishlash: Vizual yondashuv
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun so‘z ma’nolari ustida ishlashning samarali usullaridan biri rasmlardan foydalanishdir.
Masalan, “Ko‘ngilchan o‘tinchi” ertagida keltirilgan qayin, eman, shumtol, zarang kabi daraxt nomlarini o‘qishdan oldin ularning rasmlarini ko‘rsatish va xususiyatlarini izohlash muhim.
Rasmlar Yordami
=== Slayd 15 ===
Hikoya: Hayotiy voqealar orqali ta’lim
Hikoya – bu inson hayotidagi muayyan voqea yoki muhim jihatlarni umumlashtirib tasvirlaydigan kichik hajmli badiiy asardir. Uning mazmuni ertaknikiga nisbatan ko‘proq hayotiy voqealarga asoslanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qahramonlarning xatti-harakatlari, tashqi ko‘rinishi va voqealarga ko‘proq qiziqadilar. Shuning uchun bolalarni hikoya janri bilan tanishtirish, uning syujetini tushuntirish asosida amalga oshiriladi.
=== Slayd 16 ===
Hikoya tahlili: Tushunish va tanqidiy fikrlash
Hikoya o‘qish darslarida matnni tahlil qilish va lug‘at ustida ishlash muhimdir. Savollar ikki maqsadda qo‘llaniladi:
Mazmun tahlili
Hikoya mazmunini chuqur tahlil qilish.
Dalillarni solishtirish
Dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqealar va xatti-harakatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash.
=== Slayd 17 ===
Ertak va hikoya janrlarining taqqoslanishi
Ertak janri
Hikoya janri
=== Slayd 18 ===
Tushunarlilik — yozuvchi yaratgan badiiy olamning oʻziga xosligi, obraziga tafsillangan oʻquvchi hayotiy tajribasi va bilim darajasiga muvofiqligi. Hikoyani oʻrganishda savollarni odatda oʻqituvchi beradi. Ammo asar mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan oʻquvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali.
Hikoya oʻqish metodikasi: faol ishtirokni ta’minlash
=== Slayd 19 ===
Masal — axloqiy ta’limning qimmati
Masal — axloqiy, satirik va didaktik asardir. U kinoyaviy obrazlarni aks ettirgan, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asar. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar, hayvonlar, jonivorlar va oʻsimliklar dunyosiga koʻchiriladi.
Kinoyaviy xarakterlar
Timsollarning kinoyaviy xarakterga ega boʻlishi, kulgili savol-javoblar masalning til va uslubiga xosdir.
Ibratli xulosalar
Koʻpincha masalning kirish qismida, ba’zan xotimasida ibratli xulosalar chiqariladi.
Qisqa va loʻnda til
Masalning ixchamligi, tilining qisqa, loʻnda, sodda, oʻtkir va haqqoniyligi bola xususiyatiga kuchli ta’sir qiladi.
=== Slayd 20 ===
Tarbiya jarayonida masallarning oʻrni
Ma’lumki, tarbiya koʻproq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kundan boshlab bilim olish havas-tuygʻusi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olish ehtiyoji paydo boʻladi va bu orqali oʻquvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar.
Kelajakka intilish;
Orzu-havas;
Mehnatga chaqqonlik;
Xayr-ehson va saxovat;
Ona-Vatanga mehr-muhabbat
Fidoyilik;
Milliy gʻurur va matonat;
Mehr-oqibat va doʻstlik;
Ezgulik;
Qoʻpollik, xudbinlik, yolgʻonchilik kabi illatlarni bartaraf etish.
=== Slayd 21 ===
Masal darsliklarda: Nima uchun kam?
Lekin amalda boshlangʻich sinf oʻqish darsliklarida masal janriga kam oʻrin berilgan. Holbuki, bola tarbiyasida masalning oʻrni beqiyosdir. Masaldagi hissadan-hissa oʻquvchi matnda e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki oʻqib oʻtib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan joylarni toʻldiradi.
=== Slayd 22 ===
Misol: “Qaysar Buzoqcha”
Sinf oʻqish kitobidan oʻrin olgan “Qaysar buzoqcha” masalida Maysa oilasi va oʻrtoqlaridan ajralib, yomon yoʻllarga kirib qolgan, oqibatda koʻngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyat bor. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan hissadan-hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratgan nasihat sifatida qoldirilgan.
=== Slayd 23 ===
Maqol tusiga kirgan masallar
Bu boʻlinma xalq hikmatidan oʻz ifodasini topgan. Hozirgi kunda maqol tusini olgan “Chumoli va Tipratikan” masalida esa nasriy turga mansub boʻlib, unda chumoli timsoli orqali bolalar halollikka oʻrgatiladi.
Chumoli timsoli
Har bir narsani katta yoki kichik boʻlishidan qat’i nazar, soʻrab olish va egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etadi.
Tipratikan misoli
Bolalar tipratikan misolida tanqidiy nazar bilan yondashadilar. Agar oʻz hayotlarida shunday holat yuz bersa, uni takrorlamaslikka oʻrganadilar.
Masallar bolalar nutqini oʻstirishda ham muhim material hisoblanadi. Qahramonlarning xarakterlari, fe’l-atvorlari, nutqi va oʻziga xosliklari oʻquvchining diqqatini oʻziga jalb qiladi.
=== Slayd 24 ===
She’r oʻqish metodikasi: Hissiyot va ritmni anglash
She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan his-tuygʻu ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan tartibga solishning asosiy vositasi ritmdir. Ritm bir-biriga monand kichik boʻlaklarda izchil va bir me’yorda takrorlanib keladi. Qofiya esa misralarning oxirida keladigan ohangdosh soʻzlardir.
She’riy hikoya va ertaklar: Syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir.
Lirik she’r: Biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tugʻilgan ruhiy kechinma, fikr va tuygʻular orqali turmushni aks ettiradi.
=== Slayd 25 ===
She’rni chuqur anglash muammolari va yechimlari
Koʻp hollarda she’rga oddiy matn sifatida, faqat nutqiy jihatdan yondashiladi. Bunday holda she’rning hissiyot bilan bogʻliq ekanligi unutiladi. She’r ma’nosining satrlar, soʻzlar, zaminlarda yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Bunday oqibatda oʻquvchilar she’rdagi obrazlarning magʻzini chaqa olmaydilar.
=== Slayd 26 ===
Har qanday asar zamirida yashirin ma’no bor va uni oʻqib anglash mehnat talab qiladi.She’r ohangini his qilmaslik, matn soʻzlarini toʻla tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashgʻulotga aylantiradi. Ma’nosini anglamagan matnni yodlash esa oson kechmaydi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni kichik yoshdagi bolalar uchun qiyin boʻlganligi sababli, uning soʻzlari va iboralarini izohlab tushuntirish ta’limning asosiy maqsadlariga erishishda muhimdir.
=== Slayd 27 ===
Ko‘rgazmali ta’limning asosi: Ifodali she’r o‘qish
Dastlabki ta’sir
She’r birinchi marta o‘qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. Bolalarning she’rga bo‘lgan hissiy munosabatini kuzatish muhim.
His-tuyg‘ular bilan idrok
Lirik she’rlarni o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish, jonli so‘zning kuchini his qilishlari uchun sharoit yaratish kerak.
Ifodali o‘qish mahorati
O‘quvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, boshqa bolalar uning asosiy mazmunini anglashi va uning ta’sirini his qilishlari lozim.
Muhim eslatma: O‘qishda tabiiy zavq, shavq, shodlik kabi his-tuyg‘ularni soxta, qichqiriq ovoz bilan ifodalashdan qochish kerak.
=== Slayd 28 ===
She’rni mustaqil o‘rganish va tahlil qilish
O‘quvchilar she’r matnini mustaqil o‘qiganda, matndagi noaniq so‘zlarning ma’nosini izohlaydilar va yozib oladilar. Masalan, “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’rida “to‘zg‘itar”, “momiq”, “par” kabi so‘zlar tahlil qilinadi.
So‘z izohlaridan so‘ng, she’r navbat bilan o‘quvchilarga o‘qitiladi. Keyin, uning mazmuni yuzasidan savol-javob asosida suhbat o‘tkaziladi. Bu suhbat orqali bolalarning qish fasliga doir tushunchalari boyitiladi.
Suhbat savollari namunasi:
She’rda qaysi fasl tasvirlangan?
Shoir qor yoqqan joylarni nimaga o‘xshatdi?
Shoir qorga qanday murojaat qildi?
=== Slayd 29 ===
She’rlarni yodlash metodikasi
3
She’r qismlarga bo‘lib o‘qitiladi va har bir qism navbat bilan yodlanadi. Bu tugallanmagan fikrni davom ettirish imkonini beradi.
1
She’rni teng satrli kichik qismlarga bo‘lish, har bir qism oxirida pauza qilishni o‘rgatish.
2
Satr oxirida tinish belgisi bo‘lishi shart emasligini tushuntirish. Ritm va ovoz ohangini saqlash muhim.
Qismlarga bo‘lish
Pauza va ritm
Bo‘laklab yodlash
=== Slayd 30 ===
Maqollar: Xalq donoligining durdonasi
Maqol nima?
Maqol — turmush tajribalari zaminda tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shaklda hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
Maqollar xilma-xil mavzulardan bo‘lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko‘pincha maqol o‘git, nasihat xarakterida bo‘ladi.
Ular xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalaridan, ohangdor tovushlardan, takrorlardan foydalaniladi.
“Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”
“Hunari yo‘q kishining mazasi yo‘q ishining”
=== Slayd 31 ===
Maqollarni o‘rganish bosqichlari
1
Tayyorgarlik davri (1-2-sinflar)
Maqollarni o‘qish va o‘rganishga tayyorlov davri. Maqollar matn mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, ular matn g‘oyasini lo‘nda yetkazishga xizmat qiladi.
2
Sodda o‘rganish
O‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari so‘raladi. O‘qituvchi javobni to‘ldiradi va misollar bilan dalillaydi.
3
Chuqur tahlil
Maqolning mazmunini anglash uchun badiiy asar mazmunini va unda yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan g‘oyani tushunish muhimdir.
=== Slayd 32 ===
Maqollarni o‘rganishda darsliklarning roli
Darsliklarda berilgan maqol namunalari bo‘yicha dars ishlanmalari tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Birinchi sinf darsliklarida bo‘lim yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarda ham maqollarni o‘rganishga katta e’tibor qaratilgan.
Misollar:
“Xalq o‘giti – baxt kaliti” bo‘limida: “Rostgo‘ylik haqidagi maqollardan ayting”.
“Adab insonga husn” bo‘limida: “Qanoatdan barakat” maqolining ma’nosini tushuntiring.
“Ko‘klam yashnasa – olam yashnar” bo‘limidan: “Bilim olish haqidagi maqollarni ayting”.
=== Slayd 33 ===
Lug‘at ishlari va bog‘lanishli nutqni rivojlantirish
3
Maqolda ona yurt nimaga tenglashtiriladi? Beshik oltin bo‘ladimi? kabi savollar orqali o‘quvchilarning lug‘atlarini boyitish va nutqini rivojlantirish.
1
Maqollardagi so‘zlar, birikmalar ustidan lug‘at ishlari o‘tkazish, badiiy til vositalarini, qarama-qarshi ma’no bildiruvchi maqollarni tahlil qilish.
2
“Ona yurtim, oltin beshigim” maqolida “yurt” so‘zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkinligi haqida savollar berish.
So‘z tahlili
So‘zlarni almashtirish
Bog‘lanishli nutq
=== Slayd 34 ===
Maqollar orqali g‘oyani ochish va xulosa chiqarish
Ikkinchi sinfda “Ish ishtaha ochar” matnidan keyin “Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar”, “Kuch birlikda”, “Birlashmagan tuzar” kabi maqollar keltiriladi. Bu maqollar ustida ishlaganda, darslikdagi matn o‘rganib bo‘lingach, asarning g‘oyasini ochishda va xulosa tarzida maqol mazmuni ochiladi.
Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
Maqoldagi so‘zlarning ma’nosini izohlash.
Badiiy til vositalari ustida ishlash.
Maqolni yod oldirish.
=== Slayd 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.