Ontogenezning ilk bosqichlarida psixik rivojlanish xususiyatlari
8000 so'm

Slayd 1
Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Slayd 2
Reja
Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
Go’daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi
Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish
Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
Slayd 3
Bolaning ona qornida paydo bo’lgandan tug’ilgunga qadar bo’ladigan o’zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo’lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o’rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo’linadi.
Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
Slayd 4
Zigota bosqichi (1-2 haftalik)
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo’ladi, shundan so’ng garmonal o’zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko’rishning vaqtinchalik to’xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o’lchamlari 1 mmdan kamroq bo’ladi, uning hujayralari bo’linishni boshlaydi.
Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to’plami ko’rinishida bo’ladi. Boshka hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to’qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo’lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo’lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug’ilishigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tishga tayyor holga keladi.
Slayd 5
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo’lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda – ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O’rta qavatda – mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo’ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o’pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko’rinishida sezilarli o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo’linishi boshlanib, organizm ko’prok salamandrani eslatadi. O’sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko’zlar, og’iz, qo’l va oyoqlarni ko’rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o’z faoliyatini boshlab yuborgan bo’ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo’ladi, lekin uning o’lchamlari onaga sezilarli daraja bulmaydi.
Slayd 6
Embrionga amnion suyuqligi bilan to’lgan amnion qobig’i joylashadi. Amnion qobig’i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog’langan. Kindik tizimchasi embrionni yo’ldosh bilan bog’lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo’ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o’simtalari –qilchalar orqali oqadi. qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o’tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o’z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo’lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o’z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to’g’ri keladi.
Slayd 7
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo’lib, to’qqizinchi haftasidan boshlab, tug’ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o’lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og’irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og’irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o’lchamlari kattalashib borishini ko’rish mumkin.
Tuxumdon va urug’don differensiatsiyasi
qon tomir tizimining faoliyati
Homila harakatining onaga sezilishi
Homila boshida soch qoplanishining hosil bo’lishi
So’rish va yutish faoliyati
Bosh miyaning maxsus faoliyati
Homilaning hayotchan davri
Og’irligini tezda ko’paytirib olishi
Tug’ruq
Homila bosqichi(9- 38 hafta)
Slayd 8
Bu davrda organizm uchun muhim bo’lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.
Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.
Urug’lanishdan 5-6 oydan so’ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo’ladi. Yembrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug’don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug’donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko’ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o’xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo’ladi
Slayd 9
4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo’lib o’raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo’ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo’lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o’sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko’plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po’stlog’ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o’zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o’rtasida rivojlanayotgan organlarning ko’pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola ko’rinishini oladi. Vaqtidan avval tug’ilgan bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug’ilishi mumkin. shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqarib turolmaydilar. Chunki, ularda teri osti qavatidagi yog’ qavati mavjud bo’lmaydi .Bu qavat homilaning 8 – oyida hosil bo’ladi. Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug’ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bosqichida xulk -atvor paydo bo’ladi, homilada faollik davri ko’rinadi. Ko’pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning ko’z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko’zlari yorug’likka pirpirash bilan javob beradi
Slayd 10
Sog’lom bola tug’ilishi uchun bo’lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o’tadilar:
Homilador ayol davolovchi vrach ko’rigidan muntazam o’tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart
Homilador ayol to’g’ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go’sht yoki dukkakli o’simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo’lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak
Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak
Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug’ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo’lsa, tana qo’shimcha og’irlikni ko’tarishda qiyinchilikka uchramaydi
Homilador ayol o’zining toliqib qolishiga yo’l qo’ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg’ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug’ruqqa va yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o’rgatadilar
Slayd 11
Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik im-qoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug’ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o’z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo’lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va Yosh imkoniyatiga mos keladigan bo’lishini ta’minlash uchun ham kerakdir.
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug’ilgandan tortib, to maktabda o’qiy boshlaguncha bo’lgan davr hisobga olinadi.)
Slayd 12
Tug’ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili – go’daklik davri
Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri
Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bo’lgan davr
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko’rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo’lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas.
Bola tug’ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog’lanish uzilgan bo’lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bog’langandir, ona uni o’z suti bilan boqadi. U yangi, o’zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug’ilganidagi og’irligini yuqotadi. Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko’plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o’tib, tug’ilgan davridagi og’irligiga teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og’irligi 10—12 kun o’tgach, asli holiga keladi.
Slayd 13
Yangi tug’ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bo’lib, u asosan tog’ay to’qimalaridan iboratdir. Bosh suyaklar bola 2-3 oylik bo’lgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshona va tepa qismlari tepasida katta liqildoq deb ataladigan oraliq bo’lib, u qalin parda va teri bilan qoplangan bo’ladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi.
Yangi tug’ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari tashqi ko’rinishdangina kattalar miyasiga o’xshaydi. Aslida chaqaloqning boshi katta ko’rinsa-da (miya og’irligi butun tananing sakqizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bo’ladi. Tanasining umumiy og’irligi 3-4 kilogramm bo’lgani holda, miyaning og’irligi 300 grammdan oshadi. Chaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariqchalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmaydi, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bo’lib, «izlar» aniq ko’rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bo’ladi.
Slayd 14
Miyaning eng «qadimiy» bo’limlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun etarli miqdorda (nerv tolasi) miyelen qobig’i bilan qoplangan.
Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. Shunga qapamay, xuddi shu Yoshning ham kuchli tomoni bo’lib, bu jihati bilan go’daklar kattalardan ustun turadi,—deb ta’kidlaydi professor E. A. Arkin. Uning fikricha, bolaning kuchi uning o’sish energiyasida namoyon bo’ladi. Bola tanasining og’irligi hayotining birinchi yilida uch barobar ko’payadi, bo’yga nisbatan etti oylik bola juda tez o’sadi va sakqiz oylik bo’lganda, bo’yi ikki barobar ortadi, o’ttiz oyga etganda to’rt marta ortadi. Bolalar har oyda 2 santimetr o’sadi. Uning miya og’irligi har kuni 1,5 grammdan ko’payadi. Miyaning rivojlanishi sur’ati haqida gapirganda shuni e’tiborga olish kerakki, etti oylik bolaning miyasi 2 marta ko’paysa, 2-3 Yoshga kelib, uning og’irligi uch marta ortadi. Miyaning kattaligi deyarli 20 yil mobaynida ortib boradi, katta yarim sharlarning ustki «izlari» murakkablashib boradi.Bolalarning o’sishidagi bu qadar ulkan jadallik vegetativ nerv tizimiga, bir qator ichki sekretsiya bezlari (bo’qoq bezi va boshqalar)ga bog’liq.
Slayd 15
Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan maxsus garmonlar qonga o’tib, organizmning o’sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Go’daklarning bu qadar tez o’sishi ushbu davrning o’ziga xos tomonini ifodalaydi. Shuning uchun bu davrda bolaning o’sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha narsalar yaxshi bo’lishi, sifatli ovqat, sof havo, quYosh nuri etarli miqdorda bo’lishi kerak.
Bolaning nerv faoliyati ikki xil ta’sirda o’z ifodasini topadi. Bularning birinchisiga shartsiz yoki tug’ma reflekslar, ikkinchisiga esa shartli reflekslar kiradi. Shartsiz reflekslar bolaning tug’ilish paytiga kelganda, ancha etilgan bo’ladi, buning natijasida qon aylanish, nafas olish va ovqat hazm qilish singari eng zarur vegetativ funksiyalar amalga oshiriladi. Masalan, qorni ochgan chaqaloqning labiga bir narsa tegishi bilanoq, unda emishni bildiruvchi harakatlar paydo bo’ladi, bu ovqatlanish refleksi, ya’ni shartsiz refleksdir.
Slayd 16
Yuqorida qayd qilinganidek, tug’ilish davrida bosh miya katta yarim sharlari og’irligi, hajmi va funksiyasi jihatidan rivojlangan darajada bo’lmasa ham,bosh miya mavjud shartsiz reflekslar zaminida yangi tug’ilgan bola bilan tashki muhit o’rtasida eng zarur aloqalar o’rnatish imkoniyatini beradigan elementar shartli reflekslar hosil qilishga qodirdir.
Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos shartli reflekslar hosil bo’ladi. Lekin tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, bola hayotining bu davridagi reflekslar zaif ifodalangan va beqaror bo’ladi.
Bolaning o’sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reaksiyalari barqaror bo’la boradi, tez paydo bo’la boradi va anchagina differensiyalashadi.
Slayd 17
Modomiki, bolada shartli reflekslar hayotining birinchi oylarida paydo bo’lar ekan, bola tarbiyasini ham hayotining birinchi oylaridan boshlab to’g’ri tashkil etish lozim. Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar kelib chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal bo’lishini ta’minlaydi
Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug’ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi. Shunday o’ziga xoslikka oddiy ko’rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang’ich ikki oyida og’zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bunga javoban reflektor o’girilish qobiliyatini namoyon etadi, barmoqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qo’llari, oyoqlari, boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yana harakatlanayotgan ob’yektlarni ko’zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o’girish qobiliyati ham mavjud.
Slayd 18
Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko’radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasini o’zgarishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga o’zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug’ma ravishda berilishini alohida aytib o’tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog’liq. Shubhasiz, so’rish, himoyaviy, mo’ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug’ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko’rinadi
Slayd 19
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko’ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko’rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o’zaro munosabatida bo’lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o’z ko’zi bilan ko’ra olishi ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni ajratishga va ularni sintez qilishga o’rganib boradi. Yangi tug’ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo’lmaydi. Unda turli qo’zg’ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo’lsa, uning o’zi uchun tanish va yangi bo’lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo’ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o’tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Tug’ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma’lum bo’lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug’ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Slayd 20
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo’l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo’ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bo’lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o’tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bo’lmasa ham, qo’llarini o’yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko’rinadi. Bola o’yinchoqni bemalol qo’liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog’iga qaraydi, og’ziga tegizib ko’radi va shu yo’l bilan ko’plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo’yilsa, boshini ko’tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo’ltig’idan tutib turilsa, oyog’ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o’tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog’ida tura oladi. 12-13 oyligida o’tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo’ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida ko’p kasal bo’lganligi va umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo’ladi.
Slayd 21
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o’n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.
Yangi tug’ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo’lmaydi. Unda turli qo’zg’ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo’lsa, uning o’zi uchun tanish va yangi bo’lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo’ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o’tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Slayd 22
3.2. Go’daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi
Go’daklik davri – bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo’lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg’aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go’dak Yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi.
Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko’rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog’langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo’lganligi sababli, harakatlarning o’z vaqtida taraqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko’rsatuvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Ilk Yoshdagi bolalarning muskullari juda bo’sh bo’ladi.
Slayd 23
Go’daklik Yoshida bolalarni harakat ko’nikmalari, ayniqsa qo’l va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o’ynaydi. . Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo’l uzata boshlaydi, katalarning yordami bilan o’tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni qo’li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.
Slayd 24
Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o’z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o’z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so’zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.
Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini o’zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
Slayd 25
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o’z harakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko’rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o’zgacha muhit va begonalar qo’liga tushsa, o’z xavotirini yig’isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir Yoshga etgan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko’zga tashlanadi.
Slayd 26
3.3. Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish
Ilk bolalik davri: go’daklik davridan so’ng rivojlanishningyangi bosqichi – ilk bolalik (1-3 Yosh) davri boshlanadi.
Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagipsixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to’g’ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo’ladi. Bu Yoshdagi bolalar o’z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo’ladilar.
Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o’yin va boshqalar.
Slayd 27
Bola predmetlarning fazodagi o’rni, joylanishi, sifati, hajmi, shakli va holatlari bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o’sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bir Yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan sezgirlikka egadir. Bola bog’cha davrining boshlanishida ba’zi tovushlarni, o’ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata oladi, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni taniy boshlaydi. Bu Yosh davrida ko’rish va eshitish analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga etadi. Bola asosiy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Bolalar qizil rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratishda ko’pincha yanglishadilar. Ko’pincha bolalar har bir rangning tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.
Predmetni har tomonlama ko’ra bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini beradi. Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va odamlarning kundalik hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar. So’z bolaning ko’rayotgan predmetlarini tushunib olishini osonlashtiradi, predmetni so’z yordamida bilib olish ko’z va quloq ishini kuchaytiradi.
Slayd 28
Bolaning aqliy jihatdan o’sishida makon va zamon haqidagi tushunchalarni anglashga yordam beradigan so’zlarni o’zlashtirib olishi muhimdir. Yaltiroq, chiroyli, ko’zga tez tashlanadigan predmetlar bola diqqatini o’ziga jalb qiladi. Bog’chagacha bo’lgan Yosh davridagi bolalar idroklarini qo’yilgan vazifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi bu xil idrok juda qisqa muddatli bo’ladi. O’zlaridan uzoqda turgan predmetlarni idrok qilishda ayniqsa ko’p xato qiladila. Bolada idrok asta-sekin mustaqillashib, ma’lum maqsadga tayangan bo’ladi, kuzatuvchanlik rivojlana boradi. Bola o’zini qiziqtirayotgan narsaga uzoq vaqt qarab, uni kuzatishi, o’sha predmet to’g’risida biror narsani so’rashi mumkin.
Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuzatib, uning asosiy, muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini o’zaro bog’lab olishning uddasidan chiqa olmaydi. Bolada kuzatuvchanlikni o’stirishda sayr va ekskursiyalar muhim ahamiyatga egadir. Bunda bolalar kattalarning rahbarligida tevarak-atrofdagi predmet va hodisalarda o’zlari uchun yangi bo’lgan muhim va qiziqarli narsalarni aniqlashga o’rganadilar. Rasmlarga qarash, o’simlik va hayvonlarni parvarish qilish idrokning o’sishiga juda yaxshi ta’sir etadi.
Slayd 29
Go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo’llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o’z savoliga javob olish maqsadida ko’pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o’ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug’ilganidan to etuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o’rtalari, 3 Yoshga to’g’ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o’rganish olamiga qadam qo’yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo’la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko’proq ma’lumot oladi. Nutq – bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o’zini-o’zi, Shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Slayd 30
3. 4. Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o’rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog’liqliklarni anglashga harakat qiladi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko’rib chiqa olmaydi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning ko’rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko’ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to’g’ri topa oladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to’g’riburchak, ko’pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko’k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bo’lishi sababli, Kattalarning bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari noto’g’ridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi.
Slayd 31
Bola 3 Yoshigacha o’zlashtirgan so’zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko’rinishi o’zgarsa ham uning nomi o’zgarmaydi.
Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo’lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg’iydi. Diqqatning ko’p chalg’ishi bu Yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bo’ladigan yangi o’zgaruvchilarga muhtoj bo’lib turadi. Ammo ob’yektga bo’lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo’lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bo’ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog’liqdir. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bo’ladi.
Slayd 32
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug’iladi va ma’lum maqsadga bo’ysunadi. Bola qo’g’irchoqni ko’rib bo’lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko’rib qolsa, diqqatini qo’lidagi qo’g’irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o’rmonga sayr qilishga» ketadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari o’z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bog’lash qobiliyatiga ega bo’ladi
Bolaning Yoshi ulg’ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo’lgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol o’ynaydi.
Slayd 33
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operasiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so’ng, uni sinchiklab o’rganishida ko’rishimiz mumkin. . Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o’rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo’l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo’lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 Yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o’rniga ularning o’rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o’yin jarayonida bola cho’pni qoshiq yoki termometr o’rnida, yog’ochdan yasalgan krovat yoki mashina o’rnida foydalanishi mumkin.
Slayd 34
Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo’li bilan solib, ololmasa, u vazachani to’ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang’ich shaklini ba’zan «qo’l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Uch Yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko’rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat o’zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo’ladi. Bola 2,5 Yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar ko’proq predmetlarning nomi to’g’risida bo’lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qo’llanilishi va nimalarga ishlatilishi to’g’risida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo’ladi. Hozirgi zamon, o’tgan zamon va umuman vaqt to’g’risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bo’ladi. mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 Yoshli bola ko’p narsani ko’rishni, ko’p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko’plab savollar beradi.
Slayd 35
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o’stirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g’oyat muhimdir
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o’sishi bilan mustahkam bog’langandir, nutqning o’sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so’z narsa, predmet va harakatlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. O’z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so’z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o’sishiga yordam beradi.
Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug’i, ona tilini o’zlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bo’lgan davr nutqning jadallik bilan o’sish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Bolaning lug’at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni o’rganib, tobora ko’p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o’sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Slayd 36
Bola ikki Yoshga to’lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o’zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so’zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta so’zdan, to 100 tagacha so’zni o’zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qo’llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so’zni o’z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so’zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to’g’ri tuza oladilar. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so’zlashayotganda kattalar so’zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.
Slayd 37
3.5.Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, bolaning yig’lashi hamda yig’idan to’xtashi juda tez o’zgaradi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o’z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola o’zini, o’z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo’lgan manba deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko’taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko’rinadi. Uch Yoshli bolalar o’zlarini o’zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o’z-o’zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo’lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o’zim qilaman” qabilidagi so’zlarida namoyon bo’ladi.
Slayd 38
3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola o’zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo’lgan (huquqi bo’lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. “Men katta bo’lsam mashina haydayman”, «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo’g’irchog’im bo’ladi» kabi xohishlarini o’z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o’zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo’ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Bola o’zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o’zim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va o’jarlik tarzida ko’rinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo’lib shakllanishiga tayyorlaydi.
Slayd 39
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 40
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 41
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.