OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR

5000 so'm


OMMAVIY-OCHIQ-ONLAYN-KURSLAR

Slayd 1

OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR

Slayd 2

REJA:
01
02
03
04
Ommaviy ochiq onlayn kurslar haqida tushuncha
COURSERA, UDACITY
kurslari
Khan Academy, Udemy
edX,
Lektorium

Slayd 3

Ommaviy ochiq onlayn kurslar haqida tushuncha
01

Slayd 4

Ommaviy ochiq onlayn kurslar
Ommaviy ochiq onlayn kurslar (inglizcha Massive open online course, MOOC, talaffuzi “muk”) – bu elektron ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda Internet orqali ommaviy interaktiv tarzda ishtirok etish, ochiq kirish imkonini beruvchi masofaviy ta’lim shakllaridan biridir. An’anaviy o‘quv materiallari, masalan, videofilmlar, o‘qish va uy vazifalari bilan bir qatorda, Ommaviy ochiq onlayn kurslar talabalar, o‘qituvchilar va yordamchilar jamoalarini qurish va saqlashga yordam berish uchun interaktiv foydalanuvchi forumlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Slayd 5

XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Internetdan foydalangan holda masofadan o‘qitishning keng tarqalishiga qaramay, ommaviy onlayn kurslar faqat 2012-yilda keng tarqaldi, bu davrda Coursera, Udacity va Udemy kabi loyihalar birinchi investitsiyalarni jalb qildi. MOOC ning dastlabki saytlari (Udacity kabi) ko‘pincha ochiq kirish (ochiq kontent) konsepsiyasini qo‘llab-quvvatladilar.
1990-yillarning oxirlarida Internetda turli xil o‘quv yurtlarining ma’ruzalarini video yozuvlari paydo bo‘la boshladi, ammo faqat 2008-yillarning boshlarida birinchi marta paydo bo‘lgan ommaviy ochiq onlayn kurslar talabalar va o‘qituvchilarga interaktiv muloqot qilish, shuningdek, imtihonlarni onlayn topshirish imkoniyatini yaratdi.

Slayd 6

Ommaviy ochiq onlayn kurslar 2008-yili ta’lim texnologiyalari sohasida mutaxassislar tomonidan joriy etilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi – yuqori sifatli ta’limni geografik to‘siqlarsiz va keng auditoriyaga (hatto millionlab talabaga) erishadigan qilishdir.
MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud:
– kurslarda o‘qish va sertifikat olish – bepul;
– kurslarda o‘qish – bepul, sertifikat olish – pullik;
– kurslarda o‘qish va sertifikat olish – pullik.

Slayd 7

MOOCning keng tarqalgan ikkita turi mavjud:
cMOOC (ing. “connectivity MOOC”). Asosiy tamoyillari – ommaviylik, ochiq ro‘yxatdan o‘tish, ma’lumotlardan kursni tugatguncha foydalanish, ta’lim oluvchilarning teng huquqliligi, ya’ni talaba va o‘qituvchi – bitta jamoa.
xMOOC — nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilgan ochiq onlayn kurslar. MOOC kurslari ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ta’lim muassasasi dasturlari asosida yaratiladi va o‘qish belgilangan grafik asosida olib boriladi. Bunday kurslar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun juda qulay va ta’lim modeli jihatdan an’anaviy o‘qitishga o‘xshab ketadi.

Slayd 8

(topshiriqqa asoslangan MOOClar). Bu kurslar topshiriqlarga asoslangan bo‘lib, ta’lim oluvchidan belgilangan turdagi vazifalarni bajarish talab etiladi.
(tarmoqqa asoslangan MOOClar). Kurslarda ta’lim olish natijasida nafaqat belgilangan kontentni o‘zlashtirish, ko‘nikmaga ega bo‘lish, balki boshqa ta’lim oluvchilar bilan muloqot natijasida qandaydir samaraga ham erishish mumkin.
(kontentga asoslangan MOOClar). Bu kursda asosiy faoliyatni o‘qituvchilar olib borishadi.
MOOClar material va topshiriqlarni taqdim etishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
task-based MOOCs
content-based MOOCs
network-based MOOCs

Slayd 9

Mintaqaviy MOOClar ham mavjud bo‘lib, unda milliy tillarda dars beriladi va ma’lum bir mamlakat yoki mintaqa muammolarini hal qilishga qaratilgan. Ushbu manbalar ko‘pincha davlat idoralari tomonidan moliyalashtiriladi, masalan, Meksika, Fransiya, Hindistonda maxsus vazirlik yoki milliy fondlar ularni moliyalashtiradi.
MOOC konsepsiyasi 2008-yilda ilgari surilgan bo‘lsa, o‘quv muassasalarida o‘qitish metodikasini kengaytirishga bo‘lgan yangi yondashuv tufayli 2012-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari (masalan, Stanford, MIT, Harvard) Coursera, edX kabi platformalar orqali dunyoga yoyila boshlandi.

Slayd 10

COURSERA, UDACITY kurslari
02

Slayd 11

Coursera — bu butun dunyo bo‘ylab talabalarga yuqori sifatli ta’limni bepul yoki arzon narxlarda taqdim etuvchi ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC) platformasidir. Unda turli universitetlar, tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kurslar, ixtisosliklar, professional sertifikatlar va onlayn darajalar mavjud. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi birinchilardan bo‘lmasa-da, o‘qitish strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligi hamda tijoratga yo‘naltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi.
https://www.coursera.org

Slayd 12

COURSERA asoschilari
DAFNI KOLLER
Stenford universitetining kompyuter fanlari professori
ENDRYU ING

Slayd 13

Coursera fizika, muhandislik, gumanitar fanlar va san’at, tibbiyot, biologiya, matematika, informatika, iqtisod va biznes kurslarini o‘z ichiga oladi. Kurslar taxminan olti haftadan o‘n haftagacha davom etadi, haftasiga 1-2 soat video ma’ruzalar va topshiriqlar, haftalik mashqlar va ba’zan yakuniy loyiha yoki imtihonni o‘z ichiga oladi.
Boshqa loyihalardan farqli o‘laroq, unda subtitrlar, matnli eslatmalar, uy vazifalari, testlar va yakuniy imtihonlar bilan video ma’ruzalarni o‘z ichiga olgan.
Kurslarga kirish vaqti cheklangan; har bir uy vazifasi yoki test faqat ma’lum bir vaqt oralig‘ida bajarilishi kerak. Kurs yakunida oraliq topshiriqlarni va yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli bajarish sharti bilan talabaga oʻqishni tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.

Slayd 14

COURSERA statistik ma’lumotlar
148 mln
Foydalanuvchilar soni
kurslar soni
+ 7 000
Yillik daromad
$721,7 mln
Coursera platformasining foydalanuvchilar soni, kurslar soni va yillik daromadi

Slayd 15

Udacity — bu onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, u texnologiya va IT sohalariga ixtisoslashgan, amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan kurslar (asosan “Nanodegree” dasturlari) orqali ta’lim beradi. 2011-yilda Silikon vodiysida tashkil etilgan bo‘lib, mashhur sun’iy intellekt va avtonom avtomobillar mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Udacity kompaniyasi Stenford universitetining kompyuter fanlari dasturini kengaytirish natijasida paydo bo‘lgan. Dastlab, oltita kurs taklif qilingan, keyinchalik masofaviy kurslar yanada ko‘paytirilgan.
https://www.udacity.com
UDACITY

Slayd 16

UDACITY asoschilari
Udacity ijroiya raisi, Kitty Hawk kompaniyasi HSK rahbari (CEO)
SEBASTYAN THRUN
Udacity platformasi birinchi CEO si, hozirda COO
DAVID STAVENS
MIKE SOKOLSKY
Udacity mutaxassisi Stenford universiteti professori

Slayd 17

Udacity da Ingliz tilidagi videoma’ruzalar subtitrlar bilan birgalikda o‘rnatilgan viktorinalar va bajarib o‘rganish modeliga asoslangan uy vazifalari keltirilgan. Har bir ma’ruza talabalarga taqdim etilgan tushuncha va g‘oyalarni tushunishga yordam beradigan testni o‘z ichiga oladi.
Keyinchalik sun’iy intellekt, robototexnika va fizikadan tashqari, blog yuritish va startap kurslari ham qo‘shildi. Udacity platformasi jamoasi ko‘plab talablarni e’tiborga olgan holda onlayn kurslarga taqdimot usullari va testlar murakkabligiga qaramay, doimiy ravishda o‘zgartirishlar kiritmoqda. Nanodegree – Udacity platformasi tomonidan taqdim etiladigan intensiv, amaliy ko‘nikmalarga asoslangan o‘quv dasturi bo‘lib, ma’lum bir kasbiy yoki texnologik yo‘nalishda ishga tayyorlaydi.

Slayd 18

UDACITY statistik ma’lumotlar
21 mln
Foydalanuvchilar soni
sertifikatlar soni
+ 205 000
Yillik daromad
$75 mln
Udacity platformasining foydalanuvchilar soni, sertifikatlar soni va yillik daromadi

Slayd 19

Khan Academy, Udemy kurslari
03

Slayd 20

Khan Academy — platformasi ta’limga interfaollik va o‘yin texnologiyalarini olib kirgan va o‘z davrida birinchilardan bo‘lgan mashhur loyihadir. Platforma 2004-yilda oddiy matematik darslardan boshlangan loyiha, 2008-yilda MIT va Garvard bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan asos solingan, bugungi kunda global ta’lim tashkilotiga aylangan. Platforma uzun videolar va interaktiv mashqlar bilan o‘z o‘quvchilariga turli fanlarda bilim berib, moliyalashtirishni donor va jamiyat homiyligiga tayanadi. Har bir mablag‘ bevosita ta’lim faoliyatlariga sarflanadi. Maqsadi esa – har kimga bepul, yuqori sifatli ta’limni taqdim etishdir.
https://www.khanacademy.org

Slayd 21

Khan Academy asoschisi
Khan Academy nodavlat notijorat ta’lim platformasining bosh direktori (CEO)
SALMAN KHAN

Slayd 22

Dastlab, Khan Academy matematikaning ko‘p yo‘nalishi bo‘yicha videodarslarni taklif qiladi, keyinchalik Akademiya matematika, tarix, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, iqtisod, kosmologiya, organik kimyo, Amerika fuqaroligi, san’at tarixi, makro va mikroiqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalar to‘plamini taqdim etadi.
Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tillarda (o‘zbek tili ham) 10 mingdan ortiq kichik videodarslarni yaratgan. Platformadan 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi. Video materiallarga mobil ilovalar orqali ham kirish imkoniyati mavjud.

Slayd 23

Khan Academy statistik ma’lumotlar
+ 168 mln
Foydalanuvchilar soni
Videodarslar soni
+ 10 000
Yillik daromad
$107,3 mln
Khan Academy ning foydalanuvchilar soni, videodarslar soni va yillik daromadi

Slayd 24

Udemy — ma’lum bir mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun ajoyib platforma. Udemy 2010-yil may oyida tashkil etilgan va AQSh, San-Fransiskoda joylashgan. Udemyda nafaqat bilim olish, balki o‘zining darslarini joylashtirish orqali daromad topish imkoniyati ham mavjud. Kurslar pullik va bepul bo‘lib, kursni tugatganidan keyin ta’lim oluvchilarga sertifikat rasmiylashtiriladi. Bu onlayn o‘qitish va o‘rganish bozori bo‘lib, unda o‘qituvchilar o‘z kurslarini yaratib, video va boshqa materiallarni joylashtiradilar. Kurslar har xil yo‘nalishlarda – dasturlash, biznes, shaxsiy rivojlanish va boshqa sohalarda mavjud.
https://www.udemy.com

Slayd 25

UDEMY asoschilari
Udemy kompaniyasi texnologiya bo‘yicha direktor (CTO)
EREN
BALI
Maven kompaniyasi yetakchisi
GAGAN BIYANI
OKTAY CHAG‘LAR
Udemy kompaniyasi mahsulotlar bo‘yicha direktor (CPO)

Slayd 26

Udemy statistik ma’lumotlar
+ 85 mln
Foydalanuvchilar soni
kurslar soni
+ 250 000
Yillik daromad
$786 mln
Udemy platformasining foydalanuvchilar soni, kurslar soni va yillik daromadi

Slayd 27

edX,
Lektoriumkurslari
04

Slayd 28

edX — bu Garvard Universiteti va Massachusets texnologiya instituti (MIT) tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, keng ommaga ochiq ta’lim kurslarini taklif qiladi. Platformada dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, nodavlat tashkilotlar ishtirok etadi. Kurslar turli sohalarni — kompyuter ilm-fani, til o‘rganish, muhandislik, psixologiya, marketing va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. 2021-yilda edX 2U kompaniyasi tomonidan ($800 million evaziga) sotib olinib, endi nolibt (non-profit) emas, balki tijoriy modelga o‘tgani qayd qilingan.
https://www.edx.org

Slayd 29

edX asoschilari
Massachusetts Texnologiya Instituti
Garvard Universiteti

Slayd 30

edX kursning maqsadi — o‘quvchilarga fizikaning murakkab mavzularini tushunishga yordam berish va mustaqil yechim topishga o‘rgatish.
Kurs, shuningdek, o‘rta maktab o‘quvchilariga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda yaqindan yordam beradi.
Laboratoriya uchun Virtual laboratoriyalarning joylashtirilganligi ham kursning jozibasini yanada orttiradi.
Kurslar bepul, faqat sertifikat uchun pul to‘lanadi.

Slayd 31

edX statistik ma’lumotlar
+ 55 mln
Foydalanuvchilar soni
Kurslar soni
+ 50 000
Yillik daromad
$210 mln
edX platformasining foydalanuvchilar soni, kurslar soni va yillik daromadi

Slayd 32

https://www.lektorium.tv
Lektоrium — bu ochiq bilimlar platformasi bo‘lib, u o‘quv yurtlari, ilmiy institutlar, muzeylar va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda MOOC formatida kurslar yaratadi. 2009-yilda yaratilgan platformaning portfoliosida 70 dan ortiq loyiha mavjud, ular Coursera, Iversity, o’smirlar boʻyicha yoki o‘z platformalarida joylashtirilgan. Shuningdek, suratga olingan videodarslarni joylashtiradi.
Platforma maktab o‘quvchilari, ota-onalar, abituriyentlar, mutaxassislar uchun har xil o‘quv dastur va darslarini taqdim etadi.

Slayd 33

LEKTORIUM asoschilari
ALEKSANDRA SKORODUMOVA
Lektorium platformasi bosh direktori (CEO)
YAKOV SOMOV
Lektorium platformasi kreativ direktori

Slayd 34

Lektorium statistik ma’lumotlar
+ 0,63 mln
Foydalanuvchilar soni
Kurslar, Videodars soni
+200, 6 500
Yillik daromad
$38,5 mln
Lectorium ning foydalanuvchilar soni, kurslar va videodarslar soni, yillik daromadi

Slayd 35

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 36

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar