
Slayd 1
Olmosh so‘z turkumi
Slayd 2
Reja:
Olmosh so‘z turkumi va uning tasnifi.
Olmoshlarning ma’no guruhlari.
Olmoshlarning tuzilishi va imlosi.
Slayd 3
Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi.
Kitob o‘qisang, undan hikmat topasan.
Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin.
Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda kelayotgani matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi.
Slayd 4
Olmoshlar ot, sifat, son ba’zan fe’l va yordamchi so‘z turkumlari o‘rnida ham qo‘llanilishi mumkin.
1. Ot o‘rnida – Bolalar keldi. Ularning kelishi vaziyatni butunlay o‘zgartirdi.
2. Sifat o‘rnida – Oq rang – tinchlik va totuvlik ramzi. Ana shunday rang barcha hayotiy timsollarda mavjud.
3. Fe’l o‘rnida – U kattalarni haqorat qila boshladi. Bu onasining jahlining chiqardi.
4. Son o‘rnida – Olimpiadachi 100 metrga yugurishda hammadan oldin yetib keldi. Sen ham shuncha yugurolasanmi?
Slayd 5
Ma’noviy xususiyatlari
Morfologik xususiyatlari
Sintaktik xususiyatlari
Olmosh
Slayd 6
Olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra turlari
Ko‘rsatish: bu, shu, u, o‘sha, ana, mana.
Kishilik : men, sen, u; biz, siz , ular.
O‘zlik: o‘z.
So‘roq: kim? nima? qayer? qanaqa?
Belgilash: hamma, barcha, bari, har bir.
Bo‘lishsizlik: hech kim, hech narsa.
Gumon: kimdir, nimadir, allakim, allaqaysi.
Slayd 7
Ko‘rsatish olmoshlari narsa buyum,shaxsni ko‘rsatish uchun ishlatildigan olmoshlardir.
U, bu, shu, o‘sha, ushbu, ana, mana, ana bu, mana bu kabi..
So‘zga ishora qiladi
So‘z birikmasiga ishora qiladi
Gapga ishora qiladi
So‘z ma’nosini aniqlab keladi
Uslubiy vazifa bajaradi
Slayd 8
Kishilik olmoshlari uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlardir.
Eski o‘zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o‘rnida faqir, bandayi ojizingiz, kaminayi kamtarin, qulingiz, kamina singari so‘z va birikmalar ishlatiladi.
O‘zlik olmoshi kishilik olmoshi o‘rnida qo‘llanilib, shaxsga va predmetga ishora qiladi.
Slayd 9
So‘roq olmoshlari – shaxs,narsa hodisa, belgi xususiyat, sabab, o‘rin va payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlardir.
Juda baland tog‘ ekan, dada ertaga qayeriga chiqamiz? – so‘radi qizaloq.
Nega shovqin solasan? Ustoz bir hafta muhlat berdi-ku, bir gap bo‘lar axir? – dedi u.
Ota, nechpul ? – so‘rayman kitobni yopib.
Slayd 10
Gumon olmoshlari
Slayd 11
Hamma o‘z jigarini qidiradi,ammo har qanday vaziyatni ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Ajratuvchi
Jamlovchi
Belgilash olmoshlari
Slayd 12
Bo‘lishsizlik olmoshlari.
Bunday olmoshlar shaxs narsa buyumga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Masalan, Majlisda hech kim hech qanday masala yuzasidan fikr bildirmadi. Bo‘lishsizlik olmoshlari ot o‘rnida qo‘llangani uchun egalik, kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi. Masalan, Hech narsamiz yo‘q endi, rosti.
Slayd 13
sodda
qo‘shma
juft
takror
Ko‘rsatish
u, bu
ana bu
u-bu
shu-shu
Kishilik
men, u
–
sen-men
O‘zlik
o‘z
o‘z-o‘zi
So‘roq
qaysi?
kim-kim
Belgilash
hamma
har kim
Bo‘lishsizlik
kimsa
Gumon
birov
Olmoshlarning tuzilishi va imlosi
Slayd 14
Olmoshlardagi fonetik o‘zgarishlar
Tovush ortishi: Kelishik va egalik qo‘shimchalari, shuningdek o‘xshatish ma’nosini beruvchi –day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan, u+ga = unga shu+da = shunda o‘sha+dan = o‘shandan shu+day = shunday u+aqa = unaqa Tovush tushishi: Men+ni=meni, sen+ning=sening.
Slayd 15
Olmoshdan qaysi so‘z turkumlari yasaladi
Olmosh
Ravish: O‘zicha
Ot: o‘zlik
Sifat: manman
Fe’l: sizla
Slayd 16
E’tiboringizuchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.