- Savatga boshqa "Inson psixikasining ontogenezda rivojlanish bosqichlari" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Odam tanasining tuzilishi va suv miqdori
8000 so'm

Slayd 1
Odamning tuzilishi
Slayd 2
Odam tanasi qanday a’zo-lardan tashkil topgan?
Bosh, bo’yin, gavda, qo’l va oyoq odam tanasining asosiy qismlaridir.
Odam tanasi teri bilan qop-langan. Teri ostida muskullar bor. Muskullar suyaklarga bi-rikkan.
Odam tanasi ichida yurak, o’pka, jigar, oshqozon, ichak kabi ichki a’zolar bor (109-rasm).
Har bir a’zo odam hayoti uchun zarur bo’lgan muhim vazifalarni bajaradi.
Slayd 3
Odam tanasining 60% suvdan iborat bo’lib, u quyidagicha taqsimlangan:* yog’ to’qimalari umumiy og’irligining 20%,* suyaklarning 25%,* jigarning 70%,* muskullarning 75%,* qonning 80% va* miya umumiy og’irligining 85% ni suv tashkil qilar ekan.
Slayd 4
Inson o’z og’irligining 1% ga teng miqdorda suv yo’qotsa, chanqoq his qiladi. 5% dan ko’p suv yo’qotish insonning hushidan ketishiga, 10% dan ko’p yo’qotishi esa qurish tufayli o’limiga sabab bo’lishi mumkin.Inson organizmida 700 dan ortiq fermentlar ishlab chiqariladi.
Slayd 5
Bilasizmi, aslida eng «bag’ritosh» erkaklar ham kuniga 1-3 ml ko’z yosh to’kar ekan. Nima uchunligini bilasizmi? Inson ko’z yosh bezlari tomonidan doimo ko’z yosh ishlab chiqariladi va u ko’z shilliq qavatini havo va changdan himoya qilar ekan. Inson tanasi 100.000.000.000.000 = 1014 (yuz trillion) dan ortiq hujayradan iborat. Filda esa bu raqam 6.500.000.000.000.000 = 65●1014 (olti yarim kvantrillion) ni tashkil etadi.
Slayd 6
Inson organizmining asosiy tashkil etuvchi elementlar kislorod, uglerod, vodorod va azot hisoblanadi. Katta yoshli odamning organizmida ularning miqdori 70 kg atrofida. Bundan tashqari suyaklarning mustahkamligini ta’minlovchi kalsiy va fosfor birgalikda taxminan 2 kg ni tashkil etadi. Temir moddasi esa atigi 6 grammni tashkil etishiga qaramay, gemoglabinning asosiy tashkil etuvchisi bo’lgani tufayli inson tanasi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi 100000 km ni tashkil etadi.
Slayd 7
Slayd 8
Odam terisi
Teri tanamizni shikastlanishdan, suv, chang va, mikroblardan himoya qiladi. Terida juda mayda qon tomirlari bor. Xaltacha va naychalarda yog’ va ter (suv) bo’ladi. Ular odamning tana haroratini saqlab turishda ishtirok etadi.
Teri ham havodan nafas oladi. Shuning uchun yuz-qo’llarni, oyoqlarni har kuni sovunlab yuvib, ozoda yurish zarur.
Slayd 9
Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b.da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin.
Slayd 10
T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoklarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.
Slayd 11
Slayd 12
T. tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi toʻqimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki koʻp hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va baʼzi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman oʻzgarishi boʻgʻimoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, yaʼni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi.
Slayd 13
Odam skeleti
Slayd 14
Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki S. rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat.
Slayd 15
Slayd 16
Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S. mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki togʻay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq S. (xorda yoki umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay S. bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi S. ham boʻladi.
Slayd 17
Skelet odam tanasining ichida joylashgan. U qattiq suyaklardan tarkib topgan. Tanamizda 200 dan ortiq suyak bor.
Suyaklar bir-biri bilan birikib, skeletni hosil qiladi.
Skeletda quyidagi qismlar mav-jud: gavda suyaklari (umurtqa suyaklar); ko’krak qafasi suyaklari; tos (dumg’aza) suyagi; bosh (kalla) suyagi; oyoq-qo’l suyaklari.
Skeletlar odam tanasining ko’p a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi va ichki a’zolarni shikast-lanishdan himoya qiladi.
Masalan, kalla suyagi bosh miyani, ko’krak qafasi esa yurak va o’pkalarni himoya qilib turadi.
Bolalarning suyaklari to’la shakl-lanmagan bo’ladi.
Shuning uchun yozayotganda, yurganda gavdani to’g’ri tutish kerak.
Slayd 18
Yurak takroriy ritmik qisqarishlar orqali qonni tomirlarda yurgizuvchi organdir. Yurak qon aylanish tizimiga ega barcha hayvonlarda mavjud.
Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.
Slayd 19
YU.ning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu. vazifasini qorin aortasi bajaradi.
Slayd 20
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.
Slayd 21
Slayd 22
Tanada qonning harakati
Odam tanasida juda ko’p qon tomirlari bo’ladi. Bu tomirlarda qon tana bo’ylab harakat qilib yuradi. Katta yoshdagi odamda 5 litrdan ko’proq qon bo’ladi.
Slayd 23
Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo’ladi.
Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti-o’sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so’riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o’tadi va o’zlashtiriladi.
Slayd 24
Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo’lgan qoldiq moddalar qonga o’tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.
Slayd 25
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.