Odam organizmidagi hujayra va to’qimalar tuzilishi
8000 so'm

Slayd 1
Odam organizmidagi hujayra va to‘qimalarning tuzilishi
Slayd 2
Kelib chiqishi, tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari, bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi. Odam organizmida 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari bo‘ladi.
Slayd 3
Epiteliy (qoplovchi) to‘qima. Bu to‘qima teri sirtini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish va boshqa organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni organlar ichki pardasi, ya’ni shilliq qavat deb ham ataladi.
Slayd 4
Epiteliy to‘qima joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga ko‘ra bir necha xil bo‘ladi: shakli yassi (yapaloq), kubsimon, silindrsimon, bir qavatli, ko‘p qavatli va hokazo. Yassi epiteley teri sirtini qoplab turadi, kubsimon epiteliy buyrakda, silindrsimon epiteliy ichakning ichki yuzasida, tukli epiteliy burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasida joylashgan.
Slayd 5
Muskul to‘qimasi. Muskul to‘qimasi uch xil bo‘ladi: ko‘ndalang-targ‘il, silliq tolali va yurak muskullari. Muskul hujayralarida miofibril tolachalar bo‘lib, ular muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini ta’minlaydi. Ko‘ndalang-targ‘il, ya’ni skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi. Shuning uchun ular skelet muskullari deb ataladi.
Slayd 6
Epiteliy to‘qima joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy to‘qimalari himoya vazifasini bajaradi; me’da-ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to‘qima ovqat hazm qilishda ishtirok etadi.
Epiteliy to‘qimasi o‘zaro zich joylashgan hujayralardan iborat. Epiteliyda hujayralararo modda bo‘lmaydi yoki juda kam bo‘ladi. Epiteliy hujayralari tez ko‘payish xususiyatiga ega.
Slayd 7
Biriktiruvchi to‘qima. Biriktiruvchi (qo‘shuvchi) to‘qima tuzilishi va shakliga ko‘ra xilma-xildir. Ularning hujayralari orasida hujayralararo moddalar bo‘ladi. Bu to‘qimaga suyak, qon, limfa, tog‘ay va pay kiradi.
Slayd 8
Biriktiruvchi to‘qima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra turli xususiyatlarga ega. Masalan, pay va tog‘aylar tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasida elastik tolalar ko‘proq. Shuning uchun ular cho‘zilish, bukilish, qisqarish kabi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima muskul va suyaklarni o‘zaro tutashtirib turadi. Qon oziq va kislorodni barcha organlarga yetkazib beradi.
Slayd 9
Slayd 10
Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bog‘liq. Shuning uchun biz qo‘l, oyoq, bosh kabi organlarimiz bilan hohlagan harakatni bajaramiz. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa, skelet muskullari yaxshi rivojlanadi.
Silliq tolali muskullar hujayrasi duksimon shaklda, tolasi juda kalta—0,1 mm atrofida. Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan kalta miofibril ipchalari bo‘ladi. Silliq muskullar nafas olish organlari, oshqozonichak, siydik chiqarish yo‘llari, qon va limfa tomirlari devorida joylashgan. Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog‘liq emas, ya’ni ular odam tinch turganda, uxlaganda ham qisqarib-bo‘shashib, o‘z vazifasini bajaraveradi.
Slayd 11
Yurak muskullari tuzilishiga ko‘ra ko‘ndalang-targ‘il muskullarga o‘xshasa ham, lekin birmuncha murakkab tuzilgan bo‘ladi. Ish faoliyati jihatidan silliq muskullar singari odam ixtiyoriga bog‘liq emas.
Muskul to‘qimasining asosiy xususiyati qo‘zg‘aluvchanlik va qisqaruvchanlik hisoblanadi. Muskul to‘qimasi nerv sistemasidan kelgan ta’sir natijasida qo‘zg‘aladi va unga qisqarib javob beradi.
Nerv to‘qimasi. Nerv to‘qimasi bosh va orqa miyani tashkil etib, sezuvchi va harakatlanuvchi nerv tolalari orqali organizmning barcha to‘qima va a’zolari ishini boshqaradi. Nerv to‘qimasi nerv hujayrasi, ya’ni neyron va neyrogliyadan tashkil topgan.
Slayd 12
Neyrogliya. Bu ham nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bo‘lib, orqa va bosh miya nerv hujayralari atrofida joylashadi, nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi.
Slayd 13
Organlar. Ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qimalar to‘plami organni tashkil qiladi. Har bir organ odam organizmi uchun muhim bo‘lgan aniq bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak organizmda qon aylanishini ta’minlaydi. O‘pkalardagi alveolalarda gaz almashinuv jarayonining o‘tishi orqali organizmning barcha hujayra va to‘qimalari kislorod bilan ta’minlanadi. Buyraklar esa organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qondan ajratadi.
Slayd 14
Slayd 15
Slayd 16
Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar majmuasi organlar sistemasi deb ataladi. Masalan, nafas olish organlari sistemasi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda o‘ng va chap o‘pkalardan tashkil topgan.
Slayd 17
Slayd 18
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, odam organizmi murakkab biologik sistema bo‘lib, u hujayralar, to‘qimalar, organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Organizm nechog‘liq murakkab tuzilganligiga qaramay, uning barcha to‘qima va organlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ishlaydi. Bu bog‘lanish nerv va gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Shuning uchun odam organizmi, uning barcha hujayra, to‘qima va organlari bir butun deb ataladi.
Slayd 19
Slayd 20
Savol va topshiriqlar
Epiteliy to‘qima odam tanasining qaysi qismlarida joylashgan va qanday shakllarda bo‘ladi?
Biriktiruvchi va muskul to‘qimaga nimalar kiradi?
Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan tashkil topgan?
Organ nima?
Organlar sistemasi haqida nimalarni bilasiz?
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.