O’quv-metodik ta’minot va ta’lim metodlari

4000 so'm


O'quv-metodik ta'minot va ta'lim metodlari

 

 

Slayd 1

O‘quv-metodik ta’minot

Slayd 2

Reja:
O‘quv-metodikta’minot va uning tasnifi.
O‘quv-metodikta’minot turlari.
O‘quv-metodik adabiyotlarva ularning tahlili.

Slayd 3

Zamonaviy o‘qituvchi – kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.
O‘qitish metodlari o‘quv jarayoni samaradorligini oshiruvchi omil sifatida
Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘LI, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham keng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. Shunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? «Metod» termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo‘LI, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.

Slayd 4

Ta’lim metodlari o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas.
Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.
An’anaviy o‘qitish metodlari, ularning afzallik va kamchiliklari xususida
An’anaviy o‘qitish modellari
O‘nlab yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars o‘tish ta’limning o‘ziga xos modellaridan biri bo‘lib qolmoqda.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars – ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir metodi bo‘lib qolmoqda
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an’anaviy darsning markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.

Slayd 5

Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
O‛quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;
Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
O‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash;
Amaliyot orqali o‘rganish;
Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlash;
O‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
O‘qituvchi-o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs;
O‘quv jarayonini baholash.
An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli–tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.

Slayd 6

An’anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari
Kirish.
O‘tgan materialni takrorlash
Dars maqsadini tushuntirish
Dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
Yangi mavzuni yoritish.
Yangi mavzuni kichik-kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish
Rang-barang misollar imkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish
Mavzudan chetlashmaslik
Materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish
O‘quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish
Teskari aloqani ta’minlash
«Teta – poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish.
Yo‘naltirib turiluvchi mashq. O‘quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o‘qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
Mustaqil bajariladigan mashq. O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajariladi.
O‘quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish.
Yakunlash

Slayd 7

Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o‘quv maqsadlarini jamlash.
«Metod» – lotincha so‘z bo‘lib, o‘qitishning yangi yo‘lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish degan ma’noni anglatadi.
Pedagogik o‘quv qo‘llanmalarda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o‘zlashtirish usullari o‘qitish metodi deb ataladi.
Maktablarda shu vaqtgacha qo‘llanilgan o‘qitish metodlari xilma-xil bo‘lib, keng tarqalgan va eng ko‘p qo‘llaniladigan turlari quyidagilardir.
I. An’anaviy dars o‘tish metodlari:
O‘quv mavzusini og‘zaki bayon qilish;
Suhbat;
Darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
Demonstrastiya, illyustrastiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko‘rsatish) va ekskursiya;
Og‘zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma’ruzasi;
Amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash)
O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi
Mazkur metod bayon qilinayotgan bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi: Bu metod: a) hikoya qilish; b) tushuntirish; v) maktab ma’ruzasidan iborat bo‘lishi mumkin.

Slayd 8

Suhbat metodi tajribada eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali metodlardan biridir. Bu ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida yangi mavzulardan tegishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘LI bilan bilim, ko‘nikma va malakalar berishi nazarda tutiladi.
Darslik bilan ishlash metodi
Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash metodi asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, texnika yoki san’at sohasini egallab bo‘lmaydi.
Darslik bilan ishlash – birinchi tomondan ta’lim jarayonida o‘qish-o‘qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish madaniyatini tarkib toptirish bilan birga u bolalarni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega.
Demonstrastiya, illyustrastiya va ekskursiya (sayohat) metodi
Demonstratsiya va illyustratsiya o‘quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bevosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O‘rganilayotgan buyum va hodisalarni to‘liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o‘quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo‘ladi.
Suhbat metodi

Slayd 9

Amaliy mashg‘ulotlar (og‘zaki, yozma va grafik masalalar yechish, laboratoriya ishlarini bajarish)
Og‘zaki, yozma va grafik masalalar ishlash metodi muhim didaktik ahamiyatga ega bo‘lib, deyarli u hamma sinflarda va hamma o‘quv fanlari bo‘yicha keng qo‘llaniladi. Masala ishlash metodi o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, tekshirib ko‘rish, takrorlash, shuningdek, ularni turmushda qo‘llay olish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish maqsadida olib boriladi. Mashg‘ulotdan kuzatiladigan maqsad o‘quvchilarning mustaqil bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab uch turda olib boriladi: a) og‘zaki mashq; b) yozma mashq; v) grafik ishlar mashqi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodi
Laboratoriya metodi ta’lim jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o‘zgarishi va taraqqiy etish qonunlari haqida yangidan-yangi bilimlar berish va mustahkamlash hamda ularning tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishlarida muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tomonidan fizika xonasida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (o‘lchov asboblari, tajriba jihozlari va tajriba uchun kerak bo‘lgan asbob va anjomlar kabilar yordamida) bevosita o‘rganishga laboratoriya ishlari deb aytiladi. Laboratoriya metodi VI-VIII sinflarda, akademik listey va kasb-hunar kollejlarining I,II va III kurslarida fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya xonasi hamda tegishli apparat, asbob-uskunalar, mikroskop, lupa, kolba, menzurka, o‘lchov asboblari bilan ta’minlangan oddiy sinf xonalarda, maktabning tajriba uchastkalarida olib boriladi.

Slayd 10

Noana’anaviy o‘qitish metodlari va ulardan foydalanish jarayonidagi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar
Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Hamkorlikda o‘rganish modeli;
Modellashtirish;
O‘rganishning tadqiqot modeli
Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularni boshqacha qilib – markazda o‘quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi.
Hamkorlikda o‘rganish modeli – o‘quvchilarni mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod.
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) sinfda yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.
O‘rganishning tadqiqot modeli – o‘quvchilarni muayyan muammoni echishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.

Slayd 11

An’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlarning
Afzalliklari
Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq, ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali.
O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonining va o‘qitish muhitining yuqori darajada nazorat qilinishi.
Vaqtdan unumli foydalanish.
Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
Kamchiliklari
O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.
O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivastiyani vujudga keltirmaydi.
O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmagaligi sababli, sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.
Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoyitlar yaratiladi.

Slayd 12

Afzalliklari
O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.
O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.
Motivastiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.
Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.
O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi.
O‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berish.
Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish.
Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.
Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlarining

Slayd 13

Kamchiliklari
Ko‘p vaqt talab etilishi.
O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.
«Kuchsiz» o‘quvchilar bo‘lganligi sababli «kuchli» o‘quvchilarning ham past baho olishi.
O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.
O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan ta’lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda. Taniqli didakt olim M. N. Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi. Maktab, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalari yoritilgan materiallarni o‘rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi o‘z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir xildagi o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi.

Slayd 14

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlash–tirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish.
Ta’lim jarayonini demokratlashtirish. O‘quvchilarga tanlash huquqini berish.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o‘zaro hamjihatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish.
Bugungi ta’lim jarayoni pedagogning shaxsga bo‘lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg‘urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag‘batlantirishning usutnligi tufayli ko‘zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo‘llashda namoyon bo‘lsa, ta’lim jarayonini demokratlashtirish esa o‘qituvchi va o‘quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o‘z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni taqozo etadi.

Slayd 15

Noan’anaviy ta’lim jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatining o‘ziga xos jihati – o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, ta’lim olishda majburlash emas, balki o‘quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
O‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida qiziqish uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
O‘quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo bo‘lishi;
Muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
Tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi
Noan’anaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda:
O‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish;
O‘quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish;
Ta’limda psixologik-pedagogik diagnostikani qo‘llash orqali o‘quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning xususiyatlarini aniqlash;
O‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar dinamikasini tasavvur qilish;
O‘quvchi shaxsi rivojlanishining dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi

Slayd 16

O‘qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
Innovastion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
Ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovastion texnologiyalarning o‘rni va roli;
Fanlar bo‘yicha innovastion texnologiyalarni qo‘llash prinstiplari;
Ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
Muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
O‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llari;
O‘quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
Ko‘rgazmali o‘qitish usullari;
Imitastiya o‘quv-mashg‘ulotlari;
Ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar
O‘qitishning innovastion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirish

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O’quv-metodik ta’minot va ta’lim metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar