- Savatga boshqa "AMERICANISMS IN MODERN ENGLISH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Nutqning uslubiy turlari, adabiy til normalari va uning nutq jozibasini oshirishdagi ro‘li
5000 so'm

Slayd 1
Nutqning uslubiy turlari, adabiy til normalari va uning nutq jozibasini oshirishdagi ro‘li
Slayd 2
Reja:
01
02
03
Nutqning aniqligi.
Nutqning mantiqiyligi.
Nutqning o‘rinliligi.
Slayd 3
Nutqning aniqligi
01
Slayd 4
Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti hisoblaganlar. Aristotel: “Agar nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishilmaydi”, – degan bo‘lsa, Kaykovus: “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganda ma’noli gapirgil, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang qushga o‘xshagaysan” – deydi
Slayd 5
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma’nolarini bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlar tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo‘lishi muqarrardir.
Slayd 6
Nutqning sifati ma’nosida aniqlikning o‘zi nimalardan iborat? Aniqligi “nutq-borliq”, “nutq-tafakkur” munosabatlari asosida aniqlasa bo‘ladi. Nutqning aniqligi so‘zning narsa va hodisalarda aks etgan borliq belgilari bilan qat’iy mos kelishidir. Aniqlikni so‘zning hammaga tushunarli ma’nosi bilan nutqda anglatgan ma’nosining biri-biriga mos kelishi deb tushunish ham mumkin. Moslik deganda esa nutqdagi so‘z-narsa munosabatdoshligi anglashiladi. So‘z-narsa munosabatdoshligidan tashqari moslik bo’lishi mumkin emas. Nutq aniq bo’lishi uchun so‘z til sistemasi o‘ziga berkitgan ma’noga to‘la mos holda qo‘llanishi zarur. Demak, aniqlik nutqda so‘z qo‘llash normalirag amal qilishdan iborat.
Slayd 7
Bu jihatdan aniqlik to‘g‘rilikning boshqacha ko‘rinishi hisoblanadi. Ba’zan notiq o‘zi ishlatadigan so‘zning ma’nosini bilishga uncha e’tibor bermaydi. Natijada so‘zning sistema bergan ma’nosi nutqda ko‘zda tutilgan ma’nosiga mos kelmaydi. Ko‘pincha bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi so‘zlar sabab bo‘ladi.
Aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri bo‘lib, u oshyoviy borliq bilan nutq mazmun rejasining mosligi sifatida yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda ifodalangan tushunchalar tizimida so‘zlarni ularning tildagi ma’nolariga mos holda qo‘llashda ko‘rinadi.
Slayd 8
Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni o‘rganish va ularga amal qilishni talab etadi:a) tilning sinonimiy imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantni ajratib nutqda qo‘llash;b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish;nojiddiy, taxminiy qo‘llashlardan qochish, chunki betayin so‘z qo‘llash nutqni beburd qiladi.v) so‘zning ko‘p ma’noligiga e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish;g) fikrning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
Slayd 9
d) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
e) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish;
f) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.
Slayd 10
Nutqning uslubiy turlari, adabiy til normalari va uning nutq jozibasini oshirishdagi roli haqida quyidagicha izohlash mumkin:1. Nutqning uslubiy turlari:Nutq uslubi deganda, muayyan vaziyat, maqsad va auditoriyaga qarab til vositalarini tanlab ishlatish tushuniladi. Uslubiy turlar odatda quyidagilardan iborat:Rasmiy uslub – hujjatlar, rasmiy nutqlar, qonunlar tilida ishlatiladi. Aniqlik, lo‘ndalik, standart iboralar ustun.Ilmiy uslub – ilmiy maqola, darslik, referatlarda qo‘llaniladi. Aniq terminlar, mantiqiylik, dalillilik muhim.
Slayd 11
Badiiy uslub – adabiy asarlarda ishlatiladi. Obrazlilik, hissiyot, ifodaviylik asosiy xususiyatdir.Publitsistik uslub – ommaviy axborot vositalari, chiqishlar uchun xos. Ta’sirchanlik, ijtimoiylik, targ‘ibot xususiyatlari bor.Suhbat uslubi – norasmiy kundalik suhbatlarda ishlatiladi. Oddiy, erkin, qulay va samimiy bo‘ladi.
Slayd 12
2. Adabiy til normalari:Adabiy til – bu muayyan jamiyatda standart deb tan olingan, madaniy, yozma va og‘zaki nutqda ishlatiladigan til shaklidir. Uning normativ xususiyatlari:Fonetik norma – tovushlar to‘g‘ri talaffuzi.Leksik norma – so‘z boyligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash.Grammatik norma – so‘z yasash, gap tuzish qoidalari. Usuliy norma – uslubga mos til vositalarini tanlash.Imlo va punktuatsiya normasi – to‘g‘ri yozish va tinish belgilarini qo‘llash.
Slayd 13
3. Adabiy til normalarining nutq jozibasini oshirishdagi roli:Adabiy til normalariga rioya qilish nutqning:Aniqligini ta’minlaydi – fikr chalkash bo‘lmaydi.Mazmunini boyitadi – so‘zlar to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi.Tinglovchiga ta’sirini oshiradi – ravon, mantiqli va obrazli nutq kishilarda yaxshi taassurot qoldiradi.Estetik go‘zalligini ta’minlaydi – jozibador, o‘qilishi yoki eshitilishi yoqimli bo‘ladi.Agar xohlasangiz, bu mavzuni insho yoki prezentatsiya shaklida ham tayyorlab bera olaman.
Slayd 14
Nutqda bayon etilgan fikrning qismlari va alohida fikrlarning o‘zaro mutanosibligi mantiqiylik deb yuritiladi.
Slayd 15
Mantiqiy nutqda gaplardagi fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan fikrning qismlari hisoblanadi, ular orasida ziddiyat bo‘lmaydi. Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Bunda predmet aniqligi ham tushunchaviy aniqlik ham muhimdir. Noaniq nutq mantiqiy bo‘la olmaydi. Nutqda mantiqiylikka erishish uchun unda qo‘llangan so‘zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda har bir so‘z nutqda qo‘llanganda o‘ziga berkitilgan ma’nogina ifodalashi mumkin.
Slayd 16
Slayd 17
Biroq so‘zlar qat’iy aniqlikda qo‘llanganda ham mantiqiylik buzilishi mumkin. Chunki, aniqlik leksik sath bilan, mantiqiylik sintaktik qurilish bilan bog‘langandir. Mantiqiylikni predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqda til birliklarining o‘zaro ichki munosabatlarining mosligidan iborat. Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishi hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilari ma’no aloqalaridan iborat. Mantiqiylikning bu ikki ko‘rinishi o‘zaro aloqada bo‘lib, nutqda birlikda namoyon bo‘ladi.
Slayd 18
Gap ichida mantiqiylikning buziluviga qo‘yidagilar sabab bo’lishi mumkin:1. Ma’lumki so‘zlar o‘zaro ma’no doiralariga mos keluvchi so‘z bilangina birika oladi. Istalgan so‘zni istalgan so‘z bilan biriktirish mumkin emas. Bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar gap ichida birikib qolsalar, fikrda mantiqsizlik yuz beradi.2. So‘z tartibiga e’tibor bermaslik. Gap ichida so‘zlarning o‘zaro to‘g‘ri tartibi mantiqiylikning yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilida so‘z tartibi gapning sintaktik tuzilishida amal qiladi. Sintaktik tuzilish so‘z tartibi, so‘z birikmalari, ega, kesim va boshqa gap bo‘laklarining joylashuvini belgilaydi.3. Bir xil ma’noli ifodalarni nutqqa ortiqcha kiritish mantiqiylikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bir xil ma’noli birdan ortiq ifodalar pleonazm deb yuritiladi: Men, o‘zim; shu bugun, bugundan boshlab kabi.
Slayd 19
Mantiqiy aloqa va munosabatlarni ifodalashning muhim vositalaridan biri kirish so‘z, kirish birikmalar, yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar va yuklamalar hisoblanadi. Gap bo‘laklari, shuningdek, gaplar orasidagi mantiqiy munosabatlarni ifodalash uchun kirish so‘z va kirish birikmalar xizmat qiladi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish yaxshi nutq yaratishning garovi hisoblanadi.
Slayd 20
Gaplar orasida mantiqiylikning buzilishiga quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Gaplarni bir-biriga bog‘lashda yuz beradigan xatolar.
3. Matnni abzatslarga bo‘lishda xatolarga yo‘l qo‘yish
2. Bir fikrdan boshqasiga o‘tishda yuz beradigan xatolar
4. Matnni mantiqiy shakllantirish, sintaktik qurilmalarni tanlashda yuz beradigan xatolar.
Slayd 21
3. O‘rinlilik nutqning fazilatlari ichida eng muhimlaridan biridir. Chunki nutqning boshqa fazilatlari parcha, uchun nutq so‘zlanib turgan sharoit uchun o‘rinli bo‘lsagina, o‘zini ko‘rsata oladi. Aks holda to‘g‘rilik ham, ifodalilik ham anglashilmaydi. O‘rinlilik nutqning ma’lum bir voqea-hodisaga, aloqaning maqsadi va sharoitiga moslab tuzilishidir. O‘rinli nutq berilayotgan ma’lumotga, tinglovchilarning nutq so‘zlanayotgan paytdagi ruhiy holatiga mos bo‘ladi. Masalan, nikoh to‘yi kechasida aytilgan nutq bilan ish yuzasidan o‘tkazilgan majlisda so‘zlangan nutq o‘z so‘z tarkibi, qo‘rilishi, uslubi, ohangi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi.
Slayd 22
O‘rinlilikka erishishning asosida tilning so‘z boyligini egallash, har bir so‘zning ma’no qirralarini chuqur anglash yotadi. So‘zlovchi ayrim so‘z, so‘z birikmalari yoki iboralarning leksik ma’nolarini yaxshi anglamasdan nutqqa kiritilganda, mazkur til vositalari muallif ko‘zlagan ma’noni anglatganligi uchun, maqsad yuzaga chiqmaydi, mantiqsizlik paydo bo‘ladi. Nutqning o‘rinliligi asosida gapni ma’lum maqsadga ko‘ra qurish g‘oyasi yotadi. O‘rinlilik gapda ko‘zda tutilgan maqsadning yuzaga chiqishini ta’minlash uchun til vositalarining jonlanishidir. Uni amalga oshirish so‘zlovchidan til vositalarini, til qurilishini, til uslublarini bilishni talab etadi. Chunki nutqning o‘rinliligi tilning har xil sathlarini qamraydi hamda so‘zlar, so‘z birikmalari, grammatik kategoriyalar va shakllar, sintaktik qurilmalarning butun bir tizimini qo‘llash orqali shakllanadi.
Slayd 23
O‘rinlilik ko‘p tomonli xususiyatdir, ya’ni gap uchun so‘z, so‘z birikmasining o‘rinliligi, matn uchun ayrim gaplarning o‘rinliligi, matnning nutq so‘zlanib turgan vaziyat uchun o‘rinliligi, nutqning auditoriya uchun o‘rinliligi, (tenglovchilarning yoshi, bilimi, ongi, ijtimoiy holatiga mosligi) kabi. Shularga bog‘langan holda odatda, o‘rinlilikning quyidagi jihatlari farqlanadi: uslub o‘rinliligi, til birliklarining parcha uchun o‘rinliligi, vaziyat o‘rinliligi, shaxsiy ruhiy o‘rinlilik.
Slayd 24
Ma’lumki, adabiy til so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy uslublarga egadir. Ularning har birining o‘z xususiyatlari bor. Til materiallarini tenglash qonun – qoidalari mavjud. So‘z, so‘z birikmalari, sintaktik qurilma va butun nutq tuzilishi sistemasining o‘rinlilgini til uslubi belgilaydi hamda boshqaradi. U yoki bu so‘zning, birikmasining, sintaktik qurilmaning lozim yoki lozim emasligini har bir uslubning o‘zi hal qiladi. Nutqning o‘rinliligi ijtimoiy jihatdan juda muhim, chunki u bizning nutqiy xulqimizni boshqaradi.
Slayd 25
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.