Mutal Burxonov hayoti va ijodi
5000 so'm

Slayd 1
Zamonaviy o’zbek kompozitorlari ijodi
Slayd 2
Mutal Burxonov xayoti va ijodi
Mutal Burxonovning yozgan asarlari
Mutal Burxonovning yozgan asarlarini amaliy ijrosini tinglash.
Reja:
Slayd 3
Slayd 4
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqa muallifi, O’zbekiston xalq artisti, Hamza va Berdax nomidagi Davlat mukofotlari sovrindori Mutal (Mutavakkil) Muzainovich Burxonov hayoti va ijodiy faoliyati zamonaviy o’zbek professional san’atining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu nodir iste’dod sohibi barkamol, shirador va jozibali asarlari bilan yurtimizni dunyoga tanitdi. Uning barcha asarlari originalligi, maishiyligi bilan ajralib turadi. Kompozitorning qo’shiq va romanslari, simfonik va vokal-simfonik asarlari, sahna va kino musiqasi tinglovchining qalbiga etib boradi. M.Burxonovning esda qoladigan kuylari ayni vaqtning o’zida murakkab hamdir.
1.Mutal Burxonov xayoti va ijodi
Slayd 5
Chunki ular ohangdorligi bilan inson ichki dunyosining boyligi va muallifining nozik va sezgir tabiatini, o’y va his-tuyg’ularini ifoda etadi. O’zbek xalqining asl farzandi Mutal Burxonov 1916 yil 5- mayda Buxoro shahrida tug’ildi. Mutavakkilning uch nafar amakilaridan biri Mukammil Burxonov Buxoro jadidchilar harakati faollaridan bo’lgan.
Hayotning og’ir sinovlari boshiga tushgan M.Burxonov bolalik va o’spirinlik davrida avval eski diniy, so’ngra yangi maktablarda o’qidi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi va mehr qo’ydi. Tanbur chalishni avval amakisi Mukammil Burxonovdan, keyin mashhur tanburchi Ota G’iyos Abdug’anidan o’rgandi. 1928-1932 yillarda Samarqandda O’zbekiston musiqa va xoreografiya institutida ta’lim oldi
Slayd 6
Mazkur o’quv maskanida ishlagan Ota Jalol Nosirov, Ota G’iyos Abdug’ani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Matyoqub Xarratov, Abdurahmon Umarov kabi ustozlar saboqlari, Abdurauf Fitrat va Burxonovlar xonadonlarida S.Ayniy, A.Cho’lpon, Botu, Elbek, yosh H.Olimjon ishtirok etgan ijodiy kechalar M.Burhonov uchun unutilmas hayot va ijod maktabi bo’ldi. O’qishni bitirgach, M.Burxonov 1932-1935 yillarda Toshkentda Hamza va Dushanbeda Lohutiy nomidagi drama teatrlarida sozanda, musiqa rahbari lavozimlarida ishladi, musiqa bastalashga intildi. Kompozitorlik ta’limini olish orzusida u 1935 yili Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan ― O’zbek opera studiyasida tahsil oldi.
Slayd 7
1939 yilda Moskva konservatoriyasi asosiy kursida professor S.N.Vasilenko sinfida o’qishini davom ettirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan ko’ngillilar armiyasi safida Moskva shahrini himoyasiga otlandi, 1942 yili esa qattiq betob bo’lib, Toshkentga qaytib davolandi, ijod bilan shug’ullandi. 1946 yildan o’qishini davom ettirib, 1949 yili Moskva konservatoriyasi kompozitorlik fakultetini muvaffaqiyatli tugalladi. M.Burxonov boshidan kechirgan qiyinchiliklar, uyushtirilgan tuhmatlar, uning metin irodasini sindira olmadi. «Haqiqat egiladi, lekin sinmaydi» deb o’ziga dalda berdi, ijod qildi va haqiqat yuzaga chiqdi. Kompozitor ijodining asosiy qismini vokal musiqa tashkil etdi.
Slayd 8
Mutal Burxonovning bolalik, yoshlik va keksalik davrlari.
Slayd 9
U talabalik davridayoq ilk ijodini atoqli shoir A.Lohutiy she’rlariga bastalagan «Ey bulbul» romansi va «Buti nozaninam» («Mening go’zalim») qo’shig’idan va Mashrab she’riga «Ishq o’ti», yakkaxon va simfonik orkestr uchun bastalagan balladasi kabilardan boshladi. Urush yillari «Jangchilar qo’shig’i» (Uyg’un so’zi), «Samolyot» (H.Olimjon so’zi), «Uchib ketasan» (Z.Diyor so’zi), «Paxtam ochilsa» (Kamtar so’zi) qo’shiqlar, «Ishqida» (Uyg’un so’zi), «Dilbari-mo» (A.Lohutiy so’zi) romanslarini yaratdi. M.Burxonov qalamiga mansub «Maftuningman» kinofilmida Botir Zokirov ijro etgan «Maftuningman», Klara Jalilova ijrosidagi «Yulduz qo’shig’i» va «Do’ppi tikdim ipaklari tillodan» (T.To’la so’zi).
2. Mutal Burxonovning yozgan asarlari.
Slayd 10
Laylo Sharipova ijro etgan «Bahor qo’shig’i» (T.To’la so’zi) va «Samolyotlar qo’nolmadi» kinofilmida arab ayolining qo’shig’i, Yunus To’raev ijrosidagi «Gul diyorim» (E.Vohidov so’zi) va «Go’zal Nukus shahrim» (I.Yusupov so’zi), Tamaraxonim ijro etgan «Go’zal Farg’ona» (A.Bobojon so’zi), «Uyg’ur qiziga» (Mamatoxunova so’zi).
«Vatan qo’shig’i» (G’.G’ulom so’zi), «Yorim bor» (Mirtemir so’zi), «Go’zal O’zbekiston» (Shuhrat so’zi), «Boy ila xizmatchi» kinofilmidan Gulbahor allasi kabi ajoyib qo’shiqlar keng qanot yozdi. Darhaqiqat, M.Burxonov birinchilardan bo’lib romans janrini respublikamiz musiqiy hayotiga joriy etdi, yangi yo’l ochib berdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bastakorning bu janrdagi asarlari orasida ulug’ shoir Navoiy g’azaliga bastalagan «Tabassum qilmading» va Hofiz g’azaliga yakkaxon va simfonik orkestr uchun «Namedonamchi nom dorad».
Slayd 11
(«Ismingni bilmayman») romans-poemasi alohida o’rin tutadi. Bu romans-poema birinchi bor go’zal va yoqimli ovoz sohibi Toshkent konservatoriyasi dotsenti David Mulloqandov, undan keyin Botir Zokirov ijrosida yangradi. «Yurak sadosi» (T.To’la she’ri), «Kelsa nogoh…» (N.Komilov she’ri), «Nega tark etding» (A.Fitrat she’ri), «Unutmas meni bog’im» (U.Nosir she’ri), «Shoir orzusi» (Mashrab so’zi) balladasi barkamol darajaga etkazilgan. M.Burxonov vokal-simfonik janrlarda ham barakali ijod qildi. 1949 yilda yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Gullagay O’zbekiston» kantatasi, «Bahor qushlari» (S.Umariy so’zi), «Oq oltin» (I.Yusupov so’zi) vokal-simfonik poemalarini yaratdi. ―Oq oltin asarni M.Turg’unboeva o’z vaqtida «Bahor» raqs ansambli uchun sahnalashtirgan va hujjatli film olingan. Alisher Navoiyning 525 yillik yubileyiga bag’ishlab A.Oripov bilan hamkorlikda.
Slayd 12
«Alisher Navoiyga qasida» (1968 y.) vokal-simfonik poemasi, shu shoir bilan 1975 yili urushda halok bo’lganlar xotirasiga bag’ishlab xor va simfonik orkestr uchun «Epitafiya» marsiyasini yaratdi. M.Burxonov birinchilardan bo’lib 1950-yillarning boshlarida o’zbek xalq qo’shiqlari «Go’zal qizga», «Yorlarim», tojik xalq qo’shiqlari «Sari ko’hi baland» va «Zarragul», qoraqalpoq xalq qo’shiqlari «Bibigul», «Ayriliq», uyg’ur xalq qo’shig’i «Sayra», qozoq xalq qo’shig’i «Dudaray», keyingi yillarda afg’on xalq qo’shig’i «Chashmi siyoh», eron xalq qo’shiqlari — «Guli gandum» va «Damkul-damkul» kabilarni akapella xori uchun moslashtirib, murakkab ijodiy masalani muvaffaqiyat bilan yecha oldi. Noyob iste’dod sohibi M.Burxonov 1990 yilda Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag’ishlab «Alisher Navoiy» operasini yaratdi.
Slayd 13
U Uyg’un va I.Sulton dramasini qayta ishlab, opera janriga moslagan holda libretto tuzib, jozibali musiqa yaratdi va u 1990 yilning oxirida Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat Akademik opera va balet katta teatrida sahna yuzini ko’rdi. M.Burxonov ijodiy faoliyatida kino musiqasi ham muhim o’rin egallaydi. Uning 1950-1970-yillarda «Boy ila xizmatchi» (rej. L.Fayziyev), «Abu Ali ibn Sino» (rej. K.Yormatov), «Samolyotlar qo’nolmadi» (rej.Z.Sobitov), «Surayyo» (rej. U.Nazarov), «Tark etilgan kelin» (rej. Y.A’zamov) badiiy kinofilmlarga ѐzilgan musiqasi madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirdi. M.Leviyev va I.Akbarovlar bilan hamkorlikda «Maftuningman» va «Orol baliqchilari» kinofilmlariga yaratgan dilbar qo’shiqlari yangrab kelmoqda.
Slayd 14
Hamza nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatrida sahnalashtirilgan: «Alisher Navoiy» (Uyg’un va I.Sulton pesasi, 1943 y.), «Hikmat» (Sh.Tuyg’un pesasi, 1950 y.), «Boy ila xizmatchi» (Hamza pesasi, 1953 y.) spektakllariga M.Burhonov musiqa bastalagan. Respublika qo’g’irchoq teatrida namoyish qilingan H.Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» spektakliga ham kompozitor musiqa yaratgan. M.Burxonov o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun «Mavrigi», har xil pesalar, syuitalar, simfonik orkestr uchun syuitalar, skripka va violonchel ansambli uchun vals va pesalar yaratdi. Bolalar xori uchun qator qo’shiqlar bastaladi. M.Burxonov tabarruk 80 yoshlik to’yini yangi musiqiy asarlar bilan kutib oldi. Jomiy do’sti Alisher Navoiyga bag’ishlab «Shiru shakar» she’riga qo’shiq, bolalar xori uchun «Vatan bizga mehribon» (M.Mirzo so’zi), akapella xori uchun «Buxoroi Sharif» (Ro’dakiy she’ri) qo’shiqlarini bastaladi.
Slayd 15
Shu bilan birga O’zbekiston musiqasi tarixida M.Burxonov birinchi bo’lib yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun besh qismli «Abadiy xotira» nomli REKVIEM yaratdi. Bu asarda qatag’on yillari qurboni bo’lgan o’zbek xalqining ulug’ farzandlari Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir, Fayzulla Xo’jaev, kompozitorning katta akasi Misboh, amakilari Masxariddin, Mukammil va Muammir Burxonovlar xotirasiga bag’ishlangan. Bu asar 1996 yil 14 mayda «Turkiston» saroyida kompozitorning yubiley kechasiga bag’ishlangan kontsert dasturida ilk bor ijro etildi. S.Qobulova, F.Zokirov, badiiy so’z ustasi T.Mo’minov, A.Abduqodirov, Z.Haqnazarov rahbarligidagi milliy simfonik orkestr, xormeysterlar A.Hamidov va J.Shukurovlar rahbarliklaridagi qo’shma xor jamoalari qatnashgan edi.
Slayd 16
M.Burxonov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlangan yubiley kontsert Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida 2001 yil 17 mayda o’tdi. Mutal Burxonov O’zbekiston musiqa madaniyatini rivojlantirishda qo’shgan xizmatlari uchun «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi», «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlariga, «Mehnat shuhrati» medali, 1999 yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, 2001 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. Mutavakkil Burxonov Buxoro shahrida 2002 yilning 15 iyunida dunyodan ko’z yumdi.
Slayd 17
Mutal Burxonovdan intervyu olmoqda.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY GENRES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.