MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOT

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy-madaniy taraqqiyot
=== Taqdimot 2 ===
01
02
03
04
Reja:
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor.
Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
=== Taqdimot 3 ===
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog‘liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o‘tgan tarixan qisqa muddat ichida ro‘y bergan holatlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o‘zgarishlar bizga sovet mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O‘zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi. O‘tish davri mashaqqatli va sinovli yillar bo‘lib, barcha sohalarda islohotlar olib borildi va davom ettirilmoqda. Ayniqsa, ma’naviy hayotimizda asrlarga barobar ulkan ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar
=== Taqdimot 4 ===
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
=== Taqdimot 5 ===
Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda”.
=== Taqdimot 6 ===
Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan
1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi.
=== Taqdimot 7 ===
Cancun night review
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. 1993-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir guruh adiblar bilan suhbatda milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruratini asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so‘zlab, I.Karimov quyidagilarni ta’kidladi: “Milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim.
=== Taqdimot 8 ===
Shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda o‘zining qudrati va himoya-siga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy topgan davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak”. I.Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi. Milliy istiqlol g‘oyasining ma’no-mazmunini ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan holda shakllandi. Milliy istiqlol mafkura-sining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, deb belgilandi.
=== Taqdimot 9 ===
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdosh-larimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
=== Taqdimot 10 ===
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. Ma’naviyati yuksaklikning asosiy ko‘rinishlaridan biri — bu o‘z tarixini bilmoq, o‘tmish ajdodlarni tanimoq, hamisha yodda tutmoqdir.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti – YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Masalan:
1991-yil (28-sentyabr) – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor
=== Taqdimot 11 ===
1993-yil (18-dekabr) – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997-yil (28-noyabr) – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;
1998-yil (24-oktyabr) – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999-yil (6-noyabr) – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi (Termizda milliy epos qahramoni Alpomish xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmui barpo etildi);
2000-yil (16-noyabr) – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi;
2000-yil, (noyabr) – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
=== Taqdimot 12 ===
2001-yil (3-noyabr) – “Avesto” yaratilganligining 2700 yillik yubileyiga bag‘ishlab tantanali marosim o‘tkazildi va yodgorlik majmui bunyod etildi. Respublika miqyosida ham bunday tadbirlar amalga oshirildi. Masalan:
1993-yil 16-sentyabr – Buxoroda buyuk mutafakkir Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi;
1994-yil 24-25 sentyabr – Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi;
1995-yil – ulug‘ shayx, tasavvufning taniqli namoyandalaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
1998-yil 23-oktyabr – Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi;
1998-yil 23-oktyabr – Samarqandda vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi.
=== Taqdimot 13 ===
Shu kuni Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo‘ldi;
1999-yil, yanvar – Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi;
1999-yil, 5-noyabr – Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;
1999-yil 17-dekabr – Xorazmda o‘zbek shoiri, tarixchi Ogahiy tavalludining 190 yilligi;
2000-yil 17-noyabr – Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi);
=== Taqdimot 14 ===
2003-yil 10-may – taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi (yubiley munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi);
2003-yil 27-noyabr – Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda nishonlandi.
=== Taqdimot 15 ===
Yurtimizning buyuk allomalari va davlat arboblarining nomlarini ulug‘lash maqsadida yillarga ularning nomi berildi
1991-yil – Alisher Navoiy yili;
1993-yil – Ahmad Yassaviy yili;
1994-yil – Mirzo Ulug‘bek yili;
1995-yil – “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” yili;
1996-yil – Amir Temur yili deb e’lon qilindi.
Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgohlari obod qilindi, bog‘lar yaratildi.
=== Taqdimot 16 ===
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. “Al­Jome, as-­Sahih” (Ishonarli to‘plam), “Al­adab al­mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
=== Taqdimot 17 ===
Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi.
1993-yil 11-dekabr – YUNESKOning qarori bilan Buxoro Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yil 18-19-oktyabr kunlari Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. “Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi – uchinchi mingyillikka” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1997-yil 20-oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
=== Taqdimot 18 ===
2003-yil 12-sentyabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
2006-yil 27-oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.
2006-yil 2-noyabr – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi.
2007-yil 24-26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlan-gan “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi.
2007-yil 25-avgust – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi.
=== Taqdimot 19 ===
2009-yil 26-27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
2009-yil 1-sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu marosim O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yillik tantanalariga ulanib ketdi.
Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. 2007-yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi – ISESSO tomonidan Toshkent shahri Tripoli (Liviya), Fes (Marokash), Dakar (Senegal) shaharlari qatorida Islom madaniyatining 2007-yildagi poytaxti deb e’lon qilinishi O‘zbekiston, xususan uning poytaxti islom sivilizatsiyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega ekanidan yana bir dalolatdir.
=== Taqdimot 20 ===
Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalashdir.
=== Taqdimot 21 ===
Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 1991-yilda Farg‘onada,
1993-yili Xivada Davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi.
1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari ochildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. Respublikada 41 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. 1998-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov-ning “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish maqsadida “O‘zbeknavo” gastrol­konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa­raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab­quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi.
Mustaqillik o‘zbek badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Asarlari zararli, o‘zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar qori, Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganila boshlandi. Ularning asarlari chop etildi, sahna yuzini ko‘rdi. Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o‘rnini ro‘yi­rost ko‘rsatish boshlandi.
=== Taqdimot 23 ===
Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg‘oniy, Imom G‘azolliy, Xoja Ahror, Bahovuddin Naqshband, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.Alisher Navoiyning yuksak insoniy g‘oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi “Munojot”, “Arba’in”, “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg‘ambarlar va hokimlar haqida”) kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar Qur’on va hadislar chop etildi. Iste’dodli olim Hamidulla Karomatovning “Qur’on va o‘zbek adabiyoti” nomli kitobi nashr etildi.
=== Taqdimot 24 ===
Atoqli olim B.Ahmedovning “Amir Temur”, T.Malikning “Shaytanat” romanlari, E.Vohidov, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, X.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari tufayli o‘zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra, ayniqsa, qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shoxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban qishloq tumanlarida 184 ta sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi.
=== Taqdimot 25 ===
2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiyadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 13 ta, Paralimpiya o‘yinlarida 31 ta medalga sazovor bo‘lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
=== Taqdimot 26 ===
2017-yil may oyida Termiz shahrida o‘tgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnirda Janubiy Koreyadan kelgan polvon Xan Su Kim shunday degan edi: “Kurash falsafasi, mohiyati va uning jozibasi butun dunyoni lol qoldirmoqda. Xalqingizning milliy sport turi Janubiy Koreya yoshlari orasida ham keng ommalashgan. Meni ham kurashning mardlik, halollik, kamtarlik kabi ezgu fazilatlar bilan yo‘g‘rilgani o‘ziga maftun etgan”.
2017-yil 20-sentyabrda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida kurash milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.
=== Taqdimot 27 ===
2017-yilning o‘tgan davrida mahalliy va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz tomonidan 483 ta oltin, 394 ta kumush, 536 ta bronza, jami bir ming 413 ta medal qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. May oyida Toshkentda o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz o‘n vazn toifasidan to‘qqiztasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.Sohani boshqarishni takomillashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi. 2019-2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini o‘tkazish tizimi joriy etildi.
=== Taqdimot 28 ===
Yurtimiz vakillari 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida jami 70 ta, jumladan, 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.2019-yilning o‘tgan davrida esa xalqaro musobaqalarda jami 442 ta, jumladan, 145 ta oltin, 134 ta kumush va 163 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
=== Taqdimot 29 ===
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Ayni paytda 130 ga yaqin millat va elat yashayotgan O‘zbekistonda har bir millat ravnaqi, uning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi va yashash kafolatlariga har qanday tahdidlarning oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini muqarrar tarzda boshqa millat, xalq imkoniyatlarini zo‘ravonlik va zug‘um bilan chegaralab qo‘yadigan davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi.
=== Taqdimot 30 ===
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘p millatli xalqlarning madaniy taraqqiyoti, ularning o‘zliklarini anglash jarayonlariga bo‘lgan intilishlarini qonuniy-huquqiy asosda qondirish masalalari ham mamlakat hukumati oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo‘ldi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O‘zbekiston davlati o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo‘yildi.
=== Taqdimot 31 ===
Shu o‘rinda 1989-yili madaniyat vazirligi huzurida respublika millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini alohida ta’kidlash lozimdir. Agarda 90-yillarning boshlarida O‘zbekistonda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan ortdi. Mustaqillik yillarida milliy-madaniy markazlar faoliyati ustidan muvofiqlashtiruvchi ishlarning ko‘lami ham ortdi va 1992-yil yanvar oyida hukumat qarori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy markazi tashkil etildi. Ushbu markazning bosh vazifasi qilib esa milliy madaniy markazlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy an’ana, urf-odatlarni qaytadan tiklash, MDH va xorij davlatlaridagi baynalmilal madaniy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekistonda millatlararo aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash kabi muhim masalalar kiritildi.
=== Taqdimot 32 ===
Xalqimiz sho‘rolar zamonida qatag‘on, quvg‘unga uchragan ko‘plab millat vakillariga boshpana berdi, og‘ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi. Natijada koreys, nemis, polyak, yunon, qrimtatar, turk, tojik va boshqa ko‘plab millat vakillari o‘zbek elida muqim yashab qolishdi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug‘ilib-o‘sib, shu yerda ta’lim-tarbiya oldilar. 2017-yil 19-mayda “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
=== Taqdimot 33 ===
Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda qayd etilganidek, Respublikamizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega, ular jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.
=== Taqdimot 34 ===
Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlangani va bu yo‘nalishning beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Orolbo‘yi hududida yashovchi millat va elatlarning ma’naviy-ma’rifiy aloqalarini rivojlantirish, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta’sis etish, “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish, “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
=== Taqdimot 35 ===
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘ngi 3-yil davomida diniy bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: 2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2020-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
=== Taqdimot 36 ===
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOT” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar