Mustaqillik davri she’riyatida falsafiylik
5000 so'm

Slayd 1
Mustaqillik davr she’riyatida falsafiylik
Slayd 2
Mustqaillik davri she’riyati,
Lirikada falsafiylik, lirik qahramon,
She’riyat va adabiy tanqid, Vatan madhi
Lirikada Inson va borliq falsafasi,
Shoir va lirik qahramon.
Reja:
Slayd 3
Iste’dodli shoirlardan biri Usmon Azimovdir. U 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yilga kelib Toshkent Davlat dorilfununini tugatgan. So‘ngra sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat o‘tagan. U dastavval jurnalist sifatida Respublika radiosida, bir qator ro’znoma va oynomalarda, nashriyotlarda faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda esa Respublika Prezidenti devonida Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Usmon Azimov shoir sifatida 70-yillarda matbuotda ko‘rina boshlagan. 1978 yilga kelib, shoirning birinchi to‘plami «Insonni tushunish» nomi bilan nashr bo‘lgan. Shundan so‘ng uning ketma-ket «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Otrajeniye» (1983) kabi she’riy to‘plamlari chop bo‘ladi. «Bir qadam» nomli radiodramasi, bolalar uchun «G’aroyib ajdaho» (ertak), «Bog‘dagi bog‘cha» kabi bir qator asarlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, «Dars» (1987), «2 aprel» (1988), «Baxshiyona» (1988), «Uyg‘onish azobi» (1991) singari she’riy to‘plamlarni yaratadi.
Usmon A’zim
Slayd 4
U yaratgan o‘nlab she’rlar, dostonlar faqat mavzu, janr va uslub jihatidan emas, balki jo‘shqin, shiddatli va ayni chog‘da beg‘uborligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, uning asarlarida hayotdagidek kuchli dramatizm va fojeaviylik o‘quvchini hayajonga tortadi. Eng muhimi, uning she’r va dostonlarida ona Vatan ishqi, ona xalq tashvishlari, kelajak muammolari goh zamonaviy mavzularda, goh tarixiy-qiyosiy tarzda, goh folklor an’analari ruhida o‘zining chuqur realistik ifodasini topadi. Ha, shoir o‘zi haqida aytganidek: O’ynoq-o‘ynoq, og‘ir-og‘ir oqmoqda umrim. Goh ko‘z yumib, goh ufqqa botmoqda umrim. Bor jonini sadqa aylab she’rga, qo‘shiqqa, Siz yo‘qotgan sururlarni topmoqda umrim. Usmon Azim ijodi hozir kamolot bosqichida. Ishqilib zavol topmasin, el-yurt uchun umrini, ijodini baxshida etgani rost bo‘lsin. U V.Mayakovskiy nomidagi Gruzin Davlat mukofoti sovrindoridir. Usmon Azim – hozirgi o‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyandalaridan biri. U Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. Usmon Azimov nafaqat shoir, balki «Jodu» hikoyalar to‘plami, «Kunduzsiz kechalar», «Bir qadam yo‘l», «Alpomishning qaytishi» singari p’esalar, «Sevgi», «Alpomish» kabi kinofilmlar stsenariylarining ham muallifi sifatida mashhurdir.
Slayd 5
Slayd 6
Xorazm vohasi juda ko‘plab buyuk isteʼdod vakillarini yetishtirgan zamin. Xorazm vohasida yashab, ijod bilan shug‘ullanayotgan, sheʼrlarida yangicha davr nafasi ufurib turgan isteʼdodli shoirimiz Bahrom Ro‘zimuhammaddir. Bahrom Ro‘zimuhammad 1961-yil 10-yanvarda Xorazm viloyatining Shovot tumani Ijtimoiyat qishlog‘ida tug‘ilgan. Bahrom Ro‘zimuhammad maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq, sheʼr yoza boshladi. Talabalik chog‘larida ham sheʼrlari chop etgan.
Bahrom Ro’zimurod
Slayd 7
Bahrom Ro‘zimuhammad “Tovushsiz qadam” (1987), “Terakka yaqin yulduz” (1989), “Ikki nur” (1994), “Davsaman”(1995), “Tinch gullaydigan daraxt” (1997), “Kunduz sarhadlari” (1999), “Soyalar suhbati” (2006) kabi she’riy to‘plamlar muallifi. Bahrom Ro‘zimuhammad tanqidchik sohasida ham qalam tebratib, “Cho‘lpon-tong yulduzi demak” (1997) risolasini yozdi. Bahrom Ro‘zimuhammad faqat shoir bo‘lib qolmasdan 20-asr nemis shoirlarining ijodidan namunalar tarjima qilgan (X.M.Entsensberger va boshqa). Bahrom Ro‘zimuhammad sheʼrlari nemis, ingliz, ispan, fransuz, hind, rus, turk tillariga o‘girilgan. Bahrom Ro‘zimuhammadning zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi modernistik tamoyillarni yaxlit holda tasavvur etishda “O‘zbek modern she’riyati” nomli to‘plami ahamiyatga molik.
Shoirning asarlari
Slayd 8
Kitoblari
Slayd 9
Shoir va yozuvchi Ikrom Otamurodov 1951 yil Qashqadaryo viloyatida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1969-1974 yillar Toshkent Davlat universitetining “Jurnalistika” fakultetida tahsil oladi. 1974-1975 yillar “O‘zbekiston ensiklopediyasi” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. 1975 yildan “Sharq yulduzi” oynomasining she’riyat bo‘limida boshliq bo‘lib ishlaydi.
Ikrom Otamurodov tengdoshlari orasida keng dunyoqarashi, o‘zining shoirona va notiqlik mahorati bilan ajralib turadi. Ikrom Otamurodovning she’rlari va boshqa asarlarida Maqsud Shayhzodaning ruhiyati seziladi.
She’riyatdagi falsafiy yo‘nalishiga sodiq qolib, shoir 1990 yil “Uzoqlashayotgan og‘riq” qissasini yozadi. Ushbu asarda e’tiqod, burch, insonparvarlik kabi yo‘qolib ketayotgan qadriyatlar haqida so‘z boradi. “Zamon ranglari” (1982), “Janub qushlari” (1983), “Ufqlar orti bepayon” (1987), “Xaritaga tushmagan joylar”, “Uzoqlashayotgan og‘riq” (1992) kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan. Ikrom Otamurodovning falastinlik shoir Muin Bsisuga bag‘ishlangan “Yarador umid otlari” qissasi (1986) o‘zbek she’riyatida shov-shuv bo‘ldi.
Qissada xorijiy shoir timsolida inson qalbi, mustaqillik orzulari, vatanga muhabbat ko‘rsatilgan. So‘nggi yillarda shoir ko‘plab qalbga yaqin she’rlar va qissalar yaratgan. “Sopol siniqlari” (1994), “Sen” (1996), “Tashqaridan va ichkaridan” (1997) kabi qissalari toza va samimiy tuyg‘ularga to‘yingan. “Ruhimning qayg‘usi” (1997), “Ko‘nglik o‘zing” (2004), “Tavr” (2005) she’riy to‘plamlarida shoir insoniy haqiqatni axtaradi.
U, shuningdek, tarjimon sifatida ham taniqli. Uold Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, O‘lmas Sulaymon kabi ijodkorlarning she’r va qissalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ikrom Otamurodov asarlari turk, arab, bolgar, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan.
Ikrom Otamurod
Slayd 10
Ikrom Otamurod kitoblari
Slayd 11
Qo‘chqor Norqobil- yozuvchi, adib. “Daryo ortidagi yig‘i” (1990) qissasi uchun Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. 2001 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” sharafli unvoniga sazovor bo‘ldi.
Qo‘chqor Norqobil 1968 yilning 5 mart kunida Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani Mo‘minqul qishlog‘ida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, 1986-1988 yillarda afg‘on urushida qatnashdi. So‘ng, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1992 yilda universitetni tugatgach, gazeta-jurnallarda ishladi, muxbirlik qildi.
Qo’chqor Norqobil
Uning ijodi asosan 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida boshlandi. «Bosinqirash», «Asorat», «Xun» hikoyalari, hamda «Daryo ortidagi yig‘i» qissasi shu davr mahsuli sifatida xarakterlidir. Uning ijodida «Daryo ortidagi yig‘i» (1990) qissasi, ayniqsa, xarakterli bo‘lib, unda afg‘on yurtida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan hayotiy voqyealar mahorat bilan ifoda etilgan. Uning «Qorong‘u uy», «Kulib tur, azizim», «Xayr, beshinchi mart» singari hujjatli qissa va romanlarida ham urush va inson, hayot va o‘lim, zulmat va ro‘shnolik, shuningdek, insonni tutib turgan muhabbat mavzulari o‘zaro uyg‘un holda tadqiq etiladi.
Qo‘chqor Norqobil shoir sifatida hozircha faqat «Xosiyatli daryo» (1992), «Kaftimdagi qizaloq» (1993) to‘plamlarini nashr etgan bo‘lsa ham, mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarning o‘ziyoq, uning iqtidorli shoir ekanligiga kafolat beradi. Hozirgi kunda, qo‘chqor Norqobil «O‘zbekiston ovozi» gazetasida siyosat va xalqaro hayot bo‘limiga boshchilik qilmoqda.
Slayd 12
Kitoblari
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ARAB VA FORS IZOFASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 16 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
OLMOSH SO‘Z TURKUMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
GRAFIKA. ORFOGRAFIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.