Mustaqillik davri o‘zbek adabiy tanqidchiligi
3000 so'm

Slayd 1
Mustaqillik davri o‘zbek adabiy tanqidchiligi
Slayd 2
Badiiy-publitsistika, B.Karim, T.Murod,
N.Eshonqul, U.Hamdam, qarashlar va nazariyalar
01
02
03
Badiiy publitsistik janrtlarning badiiy adabiyotdagi taraqqiyoti
04
REJA:
Mustaqillik davrida o‘zbek adabiy tanqidchiligi rivoji
Slayd 3
Mustaqillik davrida badiiy adabiyotning estetik tamoyillari o’zgardi. Mustaqillik adabiyoti degan atama paydo bo’ldi. Yangicha ifoda usullari, yangicha shakllar, dunyoni idrok etishning yangi yo’nalishlari adiblar ijodiy faoliyatlariga tadbiq etilmoqda. Biroq ana shunday rang-barang asarlar g’oyaviy mazmunining asosini milliy mafkura, milliy g’urur muxtasar aytganda milliylik tashkil etishi darkor (1999 7 may № 9. “O’zAS”).
Zotan, bugun zamon o’zgardi, ijtimoiy, siyosiy vaziyat o’zgardi. Yangi jamiyat qurildi. Kechagi salbiy qahramon bugun ijobiy qahramonga aylandi. Kechagi ijobiy qahramon esa salbiy bo’lib qoldi. Biroq adabiyot rivojlanishdan to’xtab qolgan emas. Yangi-yangi romanlar paydo bo’layapti. Bundan keyin milliy nasrimizdagi tamoyillar, uning uslublari qay darajada rivojlanishi kerak? Mazmun har bir yozuvchining o’z ixtiyorida, lekin o’zbek nasrining san’at yo’li qayoqqa qarab ketayapti? Adabiyotimizdagi mahorat masalasi, san’atkorlik masalasi qanday? Bugun biz mana shu masalalarni tahlil etishga, ana shu savollarga javob berishimiz lozim.
Slayd 4
Adabiyotshunos Qozoqboy Yo’ldoshevning ta’kidlashicha adabiyot bozorga moslashib bormoqda, bozorbop badiiy mahsulotlar ko’plab yaratilayotgani, milliy adabiyotimizda sarguzasht, sirli voqealarni tasvirlashga moyillik kuchayib borayapti.
Adabiyot-adabiyotga da’vogardir. Adib esa betizgin vaqtni tizginlashga urinadigan zot. Birgina 1998 yilda hikoyalarga nisbatan qissalar ko’proq yozildi. 1998 yilda o’n sakkizta qissa chop etilgan. O’sha qissalarning yettitasi sof detektiv janrda, yana to’rttasida shunday unsurlar yetakchilik qiladi. Inson tuyg’ularini tadqiq qilishga, uning taqdiridagi murakkabliklarni mahorat bilan ko’rsatishga erishilgan qissalar juda oz.
Slayd 5
Shu narsani ham alohida qayd etish lozimki, istiqlol davri adabiyoti istiqloldan keyin paydo bo’lgan, deb qarash unchalar to’g’ri emas. Bu davr adabiyoti qanchalar g’alati ko’rinmasin, istiqloldan oldinroq shakllana boshlagan va muayyan darajada mustaqilligimizning amalga oshishiga ham ta’sir ko’rsatgan, deyish mumkin. Chunki millat miqyosida ro’y bergan har qanday ijtimoiy hodisa avval millatning ruhida, shuurida, tafakkurida sodir bo’ladi va so’nggina kelajakka aylanadi. Milliy ruhiyatdagi evrilishlar esa ma’lumki, adabiyotda bo’y ko’rsatadi. Shu ma’noda istiqlol davri mustaqillik adabiyotining mevasi sifatida paydo bo’ldi, deyish ham mumkin (“O’zAS”, 2000 yil 4 avgust).
Slayd 6
Mashrab Boboyevning ta’kidlashicha, bugunning qahramoni ham har bir davrning qahramoni singari inson, jonli inson bo’lishi kerak. Sho’rolar davridagi qishloq hayotidan yoz, sanoatni yoz, degan mafkuraviy yo’riqlar yo’q. Mana shu yo’riqlar juda ko’p hollarda yozuvchilarimizni yo’ldan adashtirgan, ular zamon talabiga javob beraman, deb sun’iy qahramonlar siymosini chizgan edi. Endi, yana takrorlanmaydi, zamon o’zgardi.
Biroq, Inson, jonli inson siymosini chizar ekanmiz, baribir, uning qay millat, qanday yurt, qaysi davrga mansub ekanini unutmasligimiz lozim. Mustaqillik tuyg’usi, yurtni e’zozlash, yurtga fidoyilik tuyg’usi har bir qahramonning e’tiboriga aylanishi kerak. Shu o’rinda yana bir narsani aytib o’tish zarurati bor. Men ko’pgina asarlarda qahramonlar muallifning “topshirig’ini bajarib”, u chizib bergan chiziqdan chiqmay, demakki, sun’iy harakat qilishini kuzatganman. +ahramon o’zi tabiiy harakat qilsin, biz buni qog’ozga tushiraylik. +ahramon o’zini Mustaqil O’zbekiston fuqarosi sifatida tutsin, uni libosidangina emas, yuragidan, madaniyatli, muomilasidan ham o’zbek sifatida taniylik.
Slayd 7
Toir Islomov: Bugungi adabiy-tanqidning asosiy vazifasi bugunning qahramonini payqashda, ko’pchilik ichidan ajrata bilishda, deb biroz kesatiqli tarzda “bugunning qahramoni kim?” degan savolga javob beradi:
• Eshikdan kirib kelgan bemorning hamyoniga emas, dardiga e’tibor qilgan shifokor, operasiya lozim taqdirda avval haq masalasini hal qilishni o’ylab o’tirmay ishga kirishadigan jarroh bugungi kunning qahramoni. Tarozidan urmagan, birni o’nga pullayotgan insofli tijoratchi bugunning qahramoni.
Slayd 8
Katta ishda ham, mayda ishda ham qonun ustuvorligini birday turib himoya qila oladigan qozi yoki mirshab, muruvvatli, sahovatli bobodehqon, o’z mansabini suiiste’mol qilmaydigan, fuqarolar manfaatidan ko’z yummaydigan hokim, ko’cha-kuylarimizga ko’rk baxsh etadigan muhtasham binolarni, yangi avtomobillar va samolyotlarni yaratayotgan ishchi-muhandislar, qo’yadigan bahosiga pul olmaslikni jasorat emas, hayot tarzi deb his etuvchi oliy maktab mualliflari bugunning qahramoni… (“O’zAS” 2000 yil 7 iyul).
Mustaqillik davri adabiyotida N.Eshonqul, Salomat Vafo, Ne’mat Arslonov, Sotiboldi Topiboldiyev, Jamila Ergasheva kabi modern usulida asar bitayotgan adiblarning ham o’z o’rni bor. Endilikda moderncha adabiyotga ishtiyoq va did ham o’quvchilarda tez shakllanib borayotganligini ham alohida qayd etish lozim bo’ladi.
Slayd 9
Modernizm dastlab X1X asr avvalida g’arbiy Ovro’pa zaminida paydo bo’ldi. U G’arb kishisi ruhiyatida ro’y bergan ma’naviy inqirozning adabiyot va san’atdagi aks-sadosi degan qarashlar ham eshitilib qoladi.
Kafka, Joys va M.Prust singari bu yo’lning daholari bor. Modernizm jahonni zabt etdi, realizm go’yo eskirdi, degan qarashlar ham, bahsli munozaralar ham bo’lib turibdi. Mas, Suvon Meli (“O’zAS”, 2000 18 avgust). Chunki, zamon, dunyo evrildi, faqat manguliklar yashab qolishiga ishondik. Xullas, Ovrupa realizmidan ham uzoqlashib, boshqacha, ya’ni donishmandona bir adabiyotga yetishamiz. Mohiyat, maqsad aniq, mag’zi to’la adabiyot yaratiladi. Bu esa o’sha “Chor darvish”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Faxriddin Attorning “Mantiq ut-tayr” va boshqa klassiklarimizning yo’lini davom ettiradigan adabiyot bo’ladi.
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
OLMOSH SO‘Z TURKUMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ROMANTIZM ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Oripov hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O'TKIR HOSHIMOV mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Alisher Navoiy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.