Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti
5000 so'm

Slayd 1
Mustaqillik davri
o’zbek adabiyoti
Slayd 2
Tanqidchilik, mustaqillik in’omi,
Badiiy-publitsistika, B.Karim, T.Murod,
N.Eshonqul, U.Hamdam, qarashlar va nazariyalar.
Mustaqillik davri adabiyotida badiiy-publitsistikaning o‘ziga xosliklari
Reja:
Slayd 3
O’zbek adabiyoti inson ruhiy holatlari mahorat bilan aks ettirilgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota olishi bilan ularning ma’naviy takomiliga hissa qo’shadi. Muhimi, ular kishiga faqat ma’rifat beribgina qolmay, uning badiiy didi takomiliga, ma’naviy kamolotiga ham xizmat qiladi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti qariyb ming yillik tarixiy yo’lni bosib o’tgan mumtoz so’z sannatimizning uzviy davomi sifatida dunyoga keldi.
Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti
Slayd 4
Bahodir Karim (Karimov Bahodir Nurmetovich, 1966-yil 7-fevral, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston SSR) – adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Xalq taʼlimi aʼlochisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi. Bahodir Karim 1966-yil 7-fevralda Respublikasining Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni qishloqdagi 30-maktabda olgan. 1991-yilda Toshkent davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Bahodir Karim
Shundan keyin shu universitet aspiranturasining kunduzgi boʻlimida oʻqishni davom ettirgan. Otasi Nurmat aka fizika oʻqituvchisi boʻlgan. 1996—1999-yillarda doktoranturada tahsil olgan. 2002-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1999-yildan Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti «Jahon adabiyoti va nazariya» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab, 2003—2006-yillarda fakultet dekani boʻlgan. 2001-yildan universitet qoshida tashkil etilgan Oliy Adabiyot kursini boshqargan.
Bahodir Karimning 2000-yilda «Jadid munaqqidi Vadud Mahmud», «Qodiriy qadri», 2004-yilda «Yangilanish sogʻinchi», 2007-yilda «XX asr oʻzbek hikoyasi antalogiyasi», 2011-yilda «XX asr oʻzbek sheʼriyati antalogiyasi», «Choʻlpon va tanqid», «Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin», «Adabiyotshunoslik metodologiyasi», «Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur», «Qodiriy nasri – nafosat qasri», «Bakir Choʻbonzoda va Oʻzbekiston», «Ruhiyat alifbosi», «Abdulla Qodiriy fenomeni», «Oʻtkan kunlar ibrati», «Ikki daho – ikki bebaho», «Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr» kabi oʻndan ortiq ilmiy kitoblari nashr etilgan. Bundan tashqari u 70 dan ziyod ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar, shu oʻrinda 6 ta risola, 64 ta ilmiy maqola va oʻquv-uslubiy ishlar muallifi. Uning tadqiqotlari asosan XX asr adabiyoti va jadidlar haqida.
Slayd 5
Togʻay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi – Mengnorov Togʻaymurod) (1948-yil, 3-fevral — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Xoʻjasoat qishlogʻi — 2003-yil 27-may, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1999).
Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966–1972). U respublika radiosida muharrir (1972–1976), «Oʻzbekiston fizkulturachisi» gazetasida tarjimon (1976–1978), «Fan va turmush» jurnalida boʻlim muharriri (1982–1984) boʻlgan. 1985–1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan. Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan «Yulduzlar mangu yonadi» nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda «Ot kishnagan oqshom», 1980-yilda «Oydinda yurgan odamlar», 1985-yilda yozuvchining «Momo yer qoʻshigʻi» qissalari chop etildi.
Togʻay Murod
Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Togʻay Murod oʻzbek va jahon adabiyotining eng yetuk anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. «Otamdan qolgan dalalar» (1993) romanida Oʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi hamda kecha-yu kunduz mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir va qiyin hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy tasvirlab berilgan. Asardagi Dehqonqul oʻzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʻtarilgan. U boshiga yogʻilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʻlsada, oʻz insoniy shaʼni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (1998). «Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi» romanida (2001) ham oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiq firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan.
Slayd 6
Nazar Eshonqul (15-iyun 1962-yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani) – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist. Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida dunyoga kelgan. 1979-yilda Oʻrta maktabni tamomlab Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1981—1986) va oʻshu yerda aspiranturani ham (1986—1991) davom ettirdi.
Nazar Eshonqul
Nasrimizning oʻtgan asr 80–90-yillardagi yanglanishi odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XXasr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar paydo boʻldi. Shu oʻrinda yozuvchi Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning dastlabki asari – «Urush odamlari»[3] qissasi (1989). Shundan soʻng «Momoqoʻshiq» (1991), «Yalpiz hidi» (1996) «Ufq ortidagi quyosh», «Maymun yetaklagan odam» (2004), «Shamolni tutib boʻlmaydi»(2005), «Shaftoli guli» (2011) nomli bir qator kitoblari nashr etildi. Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov yozuvchi haqida shunday deydi: «Nazar Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor oqimlari va usullarini chuqur oʻrganagan va oʻz asarlarida targʻib qilgan».
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarini bildirgan: «Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz».
Slayd 7
Atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o’ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi o’zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’. G’ulom singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sug’orilgan.
Abdulla Oripov
Slayd 8
1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konya shahriga joʻnatilgan. 1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasini tugatdi. 1997-yilda «XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha» sof lirika «muammolari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi. 2009-yildan 2016-yilgacha — «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU da jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda.
Slayd 9
Adabiyotning mohiyati – adabiy asar tahlilida yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy asarda mavzu va g’oya, obraz va xarakter, syujet va kompozisiya, badiiy til va uslub, tur va janrlar kabi unsurlar betakror tarzda uyg’unlashadilar va jonli bir «vujud»ni – badiiyatning aniq bir farzandini dunyoga keltiradilar. Asarda turli – tuman bir – biriga bog’liq unsurlarning nozik chatishuvidan – badiiylik, o’ziga rom etuvchi go’zallik tug’iladi. Bu go’zallik yagonaligi, birbutunligi bilan insonlarni zavqu shavqqa ko’madi, tuyg’ular tarbiyasini voyaga yetkazadi, uni insonlashtiradi, komillikka yetaklaydi.
Xulosa
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ROMANTIZM ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Alisher Navoiy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ARAB VA FORS IZOFASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 16 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O'TKIR HOSHIMOV mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILNING IJTIMOIY TABIATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Oripov hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.