MUSIQA DARSINING UMUM DIDAKTIK TAMOYILLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
10th grade
MUSIQA DARSINING UMUM DIDAKTIK TAMOYILLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Pedagogika fani asosiyda musiqa ta’limining o‘qitish usullari.
Musiqa o‘qitishning didaktik asoslari.
Sistematik ilmiylik, davomiylik prinsiplari.
Onglilik va aktivlik prinsiplari.
Musiqa darslarida ko‘rgazmalik prinsipi.
Xulqi prinsipi bor bolalar bilan ishlashda musiqaning o‘rni.
=== Taqdimot 3 ===
Musiqa madaniyati darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va prinsiplari asosida tuziladi. Mazkur prinsiplar o‘qituvchi hamda o‘quvchi tomonidan bajariladigan barcha ta’lim asoslari-dars mazmunini metodlari va darslarning tuzilishidagi asosiy talablar va uning yo‘nalishlarini belgilab beradi. Musiqa madaniyati darslarining didaktik prinsiplari besh turdan iborat:
=== Taqdimot 4 ===
Musiqa ta’limi va tarbiyasida tizimlilik, ilmiylik va davomiylik prinsipi.
Darsda o‘quvchilaring onglilik va aktivlik prinsipi.
Musiqiy madaniyati darslarida ko‘rgazmalik prinsipi.
O‘quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi prinsipi.
Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi prinsipi.
=== Taqdimot 5 ===
Mazkur prinsiplar asosan, o‘quv materiallaring qo‘llash, musiqa darsini mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo‘llanadi. Yuqoridagi, qayd etilgan umumlidalik prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, musiqa darsini davlat ta’lim standartiga muvofiq milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda, uzluksizligini va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik prinsipi har bir darsda o‘zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosida tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o‘z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish-musiqa amaliyoti yo‘lida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv materiallarini bolalarning bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalarning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsining ilmiylik prinsiplarini tashkil etadi.
=== Taqdimot 7 ===
Ilmiylikni, sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv faoliyati hamda keyingi darslarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishi sistemalik asosini tashkil etadi. Kuylash va tishlash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga ko‘tarib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish prinsiplari muayyan tartibga mos bo‘lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadlarni tobora amalga oshirishi davomiylik prinsipi demakdir.
=== Taqdimot 8 ===
Darsda o‘quvchilarni onglilik va aktivligi pprinsipi
Mazkur prinsip didaktikaning yetakchi prinsiplaridandir. Chunki, bilimni o‘zlashtirish o‘quvchining aqliy faoliyatiga asos bo‘lgan bilish jarayoniga bog‘liqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqealarni badiiy his etib, bilish, fikrlash qobiliyatini uqtiradi. Mazkur malaka va ko‘nikmaning shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Buning uchun, bolaning o‘quv materiallari ongli ravishda bilib o‘zlashtirishi, bilim jarayonini aktivligini vujudga keltiradi.
=== Taqdimot 9 ===
Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o‘zlashtirish va undan badiiy- estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo, diqqat e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg‘ota bilish, onglilik va aktivlikni vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish va navbatida badiiy ohang va mantiqiy jihatdan xotirada turg‘un saqlanishni talab etadi. Musiqa darslarida onglilik va aktivlik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, faoliyatlarida ham, onglilik va aktivlik musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi
=== Taqdimot 10 ===
Musiqa darsida ko‘rgazmaliIik printsipi
Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u ko‘z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham, ohang ko‘rgazma sifatida ijro etib ko‘rsatiladi. o‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi.
=== Taqdimot 11 ===
O‘quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi prinsipi
Mazkur prinsip, dasturdan tanlab olingan о‘quv materiallari va mazkur metodik materiallar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo‘llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga olinishi shart. Dastur asosida har bir sinfning bilim va malakalari hisobga olingan holda, musiqa darsining yarim yillik kalendar-mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar-mavzuli ish reja bir yilda ikki marta, о‘quvchilarning yosh xususiyati, musiqiy o‘quvi, yangi qo‘shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi о‘quv materiallari, dars faoliyatlariga qarab tuziladi.
=== Taqdimot 12 ===
Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustahkamligi
Mazkur prinsiplarini amalga oshirishining eng asosiy sharti, yuqorida bayon etilgan to‘rtta prinsipiga jiddiy amal qilishdan iboratdir. Birinchidan bilim va malakalarning chuqurligi, mustahkamligi va hayotiyligini ta’minlash lozim, ya’ni mazkur asarni va uning ijro uslubini, madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil qilish lozim. Ikkinchidan asarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
=== Taqdimot 13 ===
Asaring bolalami ma’naviy va axloqiy tarbiyasini uchun mosligi.
Musiqa ta’limining xususiyati.
Sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtira olish va to‘la o‘zlashtirishga erishish.
Uchinchidan darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalarini amaliyotda takrorlash va mustahkamlash. Masalan: qo‘shiqlarni jumlalarga bo‘lib o‘rgatish va keyingi darslarda mustahkamlab takrorlash.
To‘rtinchidan musiqa darslarida har bir yangi bilim elementar dars faoliyatida to‘liq o‘zlashtiriladi va keyingi darslarda keng qo‘llanilib, doimiy bilimga aylantiriladi.
=== Taqdimot 14 ===
Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umum didaktik prinsiplari, musiqa madaniyati darslarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, musiqani hayot bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dars, musiqa tarbiyasi tizimida, yetakchi omil hisoblanadi. Chunki, bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa bolalami aqliy hamda axloqiy rivojlanishida katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun musiqa darslari eng avvalo, tarbiya darsi deyiladi. Fanning nomi faqatgina musiqa o‘qitish metodikasi emas, balki musiqa tarbiyasi metodikasi deyiladi. Yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy va nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim. Bugungi kunda musiqa insonni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 15 ===
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifalaridan biri,o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va ma’naviy tarbiya berish. Bunda o‘qituvchi bolalarni ma’lum bir musiqa asari bilan tanishtirib, uni ifodali, “jonli” qilib ijro etib, o‘quvchilar diqqat e’tiborini asarga jalb etadi, ularning nutqini o‘stirish fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini kengaytiradi, emotsional his-tuyg‘ularga ham faol ta’sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o‘zlashtiring emas, balki o‘quvchilar ongini voqelikka munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg‘ularini shakllantirish nazarda tutiladi. O‘qituvchining darsga ijodiy tarzda yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi;
=== Taqdimot 16 ===
Musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash; – hayot va san’at o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalash;
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, ya’ni bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yo‘llarini takomillashtirib borishi zarur. Musiqa darslari olib boriladigan sinf xonasi did bilan namunali jihozlangan bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Texnika vositalari, metodik ko‘rgazmali qurollar, pianino cholg‘u asbobi va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan jihozlangan boyishi, yangi dasturdan foydalanib, dars reja konspektlarini tuzib yangi texnologiyani qo‘llab olib borilishi kerak.
=== Taqdimot 17 ===
SHunday qilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini maqsadi va mazmuni darsni mazmunlarini yoritib, hayot bilan bog‘lab darsning hamma qismlarini bir-biri bilan uzviy olib borishini talab etiladi. Musiqa darsi boshqa darslardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan ajralib turadi. SHuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa darslari quyidagi spetsifik xususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:
1) U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg‘u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.
=== Taqdimot 18 ===
2) Musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya’ni “tili” (kuy, lad, dinamik belgilari, temp, alteratsiya belgilari, intervallar) bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so‘z bilan tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalarkan, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarim ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz, shuning uchun ko‘zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.
=== Taqdimot 19 ===
3) Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san’atdir. SHuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementni diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda, uning yangi-yangi badiiy qirralarini his etamiz.
4) Musiqa bolalarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg‘otadi Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darslaridan bolalar hordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo‘lib chiqadilar. Xullas musiqa darsi o‘zining faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Tan olishimiz kerakki,jamiyatdagi ayrim illatlar yosh avlodga ya’ni o‘quvchilarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Ulardagi besarsizlik toqatsizlik darsni yaxshi o‘zlashtirmaslikka qolaversa sinfdagi o‘quvchilar orasida nizolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bilamizki bu holatlar asosan balog‘at yoshidagi sinf o‘quvchilarida kuzatiladi. Bu 7-8-9 sinflarga to‘g‘ri keladi. Aynan shu vaqtda musiqa madaniyati fanini chuqur o‘tmasligi ham qaysidir ma’noda uz ta’sirini o‘tkazadi. Chunki san’at va musiqa bilan shug‘ullangan o‘quvchi jamiyatda namunali bo‘ladi.
Xulqi nuqsoni bor bolalar bilan ishlashda asosan milliyligimizga tayanib zamonaviylik bilan prinsiplar.
=== Taqdimot 21 ===
Prinsiplar bilan o‘tilgan dars anchagina samarali buladi.
Qolaversa,biror cholg‘u asbobini ijro etishni boshlash ham bolaning psixologiyasi ta’sir etib atrof muhitdan himoyalaydi.
Gitara,pianino nay tanbur va boshqa milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari asab tizimiga ijobiy aks etib bolani fikrlashga va tasavvur olamiga chorlaydi.
=== Taqdimot 22 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MUSIQA DARSINING UMUM DIDAKTIK TAMOYILLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar