MUHAMMAD AMINXO‘JA MUQIMIY
4000 so'm

=== Taqdimot: MUHAMMAD AMINXO‘JA MUQIMIY.pptx ===
=== Slayd 1 ===
MUHAMMAD AMINXO‘JA MUQIMIY
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayot yo‘li.
2. Muqimiy faoliyati.
3. Muqimiyning ijodi.
4. Muqimiy hajviyoti.
5. Muqimiyning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
=== Slayd 3 ===
Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850-yili Qo‘qon shahridagi Bekvachcha mahallasida novvoy Mirzaxo‘ja Mirfozil oilasida tug‘ildi. Muhammad Aminxo‘ja oiladagi besh nafar farzand ichida yolg‘iz o‘g‘il farzand edi. Otasi Mirzaxo‘ja asli toshkentlik, onasi Oyshabibi xo‘jandlik bo‘lib adabiyot va san’atni ulug‘lovchi, so‘zga usta ayol bo‘lgan. Uni yaqinlari “Xumorbibi” deb atagan. Yosh Muhammad Aminxo‘janing she’riyatga ixlos qo‘yishiga onasi sababchi bo‘lgan. Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850-yili Qo‘qon shahridagi Bekvachcha mahallasida novvoy Mirzaxo‘ja Mirfozil oilasida tug‘ildi. Muhammad Aminxo‘ja oiladagi besh nafar farzand ichida yolg‘iz o‘g‘il farzand edi.
=== Slayd 4 ===
Otasi Mirzaxo‘ja asli toshkentlik, onasi Oyshabibi xo‘jandlik bo‘lib adabiyot va san’atni ulug‘lovchi, so‘zga usta ayol bo‘lgan. Uni yaqinlari “Xumorbibi” deb atagan. Yosh Muhammad Aminxo‘janing she’riyatga ixlos qo‘yishiga onasi sababchi bo‘lgan. Onasi o‘g‘lini Alisher Navoiy, Hofiz, Jomiy kabi ijodkorlar qiyofasida sharq mumtoz adabiyoti bilan tanishtiradi va umrining oxiriga qadar ularga bo‘lgan muhabbati saqlanib qoladi. U dastlab eski maktabda xat-savod chiqargach, Muqimiy o‘zining birinchi ilk she‘rlarini o‘n yoshida yozishni boshlaydi. 1865-yil Muqimiyning ma’naviy rahnamosi va har tomonlama ko‘mak berib turuvchi onasi vafot etadi. Buning natijasi o‘laroq Muqimiyning she’rlarida erta hayotdan ko‘z yumgan onasiga nisbatan motam soyasi seziladi.
=== Slayd 5 ===
1864-yildan Qo‘qon shahridagi “Hokim oyim” madrasasada ta’lim oldi. So‘ngra, 1872-1873-yillarda Qo‘qon madrasasani bitirib, Buxoroga yo‘l oladi. Muqimiy Qo‘qon shahrida shoira Nodira tomonidan qurilgan Moxlar oyim madrasasida, so‘ngra Buxoro shahriga keladi ta’limni davom ettiradi. 1876-yilgacha Buxoro madrasalaridan birida tahsil olib, Qo‘qonga qaytadi. Madrasadagi o‘qishi davrida u fors tilini mukammal egallaydi, she’r yozish uslublarini o‘rganadi, turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimini kengaytiradi. Madarasadagi ta’limi uning ma’naviy rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Aynan o‘sha yerda u ko‘p ijod qilgan, uning she’rlarida buyuk shoirlarga taqlid seziladi, ammo taqlid oynagi ortida shoirning g‘ayritabiiy, o‘ziga xos tovushi eshitiladi.
=== Slayd 6 ===
1870-yillar oxirlarida Qo‘qonga qaytadi va yana ijod bilan shug‘ullanisni davom ettiradi. Otasi vafotidan so‘ng moddiy ahvoli og‘irlashgach, “Hazrat” madrasasining kichik bir hujrasiga ko‘chib o‘tadi (1885), uning butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o‘rgangan.
=== Slayd 7 ===
“Dar mardumi Oqjar batariqi muxammas” asaridan ma’lum bo‘lishicha, Muqimiy 1870-yilning oxirida Qo‘qonning g‘arbi-shimolidagi Sirdaryo bo‘yidagi Oqjar paromida pattachi bo‘lib ishlaydi. Bu yerdagi ahvol ham shoirga yoqmaydi. 70-yillarning oxirlaridayoq pattachilikni yig‘ishtirib, Qo‘qonga qaytadi. “Muqimiy” (turg‘un, turib qolgan) taxallusida she’rlar yozib, butunlay ijodga beriladi. Muqimiy 1887-1888-yillarda Toshkentga keladi, ota qarindoshlari bilan uchrashadi. Almaiy, Nodim Namangoniy bilan tanishadi. Ular bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi.
=== Slayd 8 ===
Muqimiy ijodini o‘rganish, asarlarini to‘plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov “Devoni Muqimiy” to‘plamini nashr qilgan, so‘ng 1910-1912-yillarda “Devoni Muqimiy maa hajviyot” nomi bilan asarlari to‘plami bosilgan. 1877-yili Muhammad Aminxo‘ja Qo‘qondagi yer qurilishi mahkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Yer o‘lchovchi amaldorlarning hiyla-nayranglarini guvohi bo‘ladi va bu to‘g‘risida mashhur “Tanobchilar” hajviyasini yozadi.
=== Slayd 9 ===
Bo‘ldi taajjub, qiziq hangomalar, Arz etayin emdi yozib nomalar.
Adl qulog‘i-la eshit hilimi, Zulm qilur, baski, menga zolimi.
O‘n ik(k)i oyda keladur bir tanob, O‘zgalara rohatu menga azob.
Sulton Alixo‘ja, Hakimjon – ikav, Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
Ikkalasi bo‘ldi chunon ittifoq, Go‘yo xayol aylaki (qilmay nifoq).
Osh yesalar, o‘rtada sarson ilik, Xo‘ja – chiroq yog‘i, Hakimjon – pilik.
=== Slayd 10 ===
Ma’lumki, Muqimiy she’riyati musiqa bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan. Yozuvchi ko‘plab g‘azal, muxammas va murabbalar muallifi. Ijodiy merosi bilan bog‘liq bo‘lgan murabba hayotligida xonandalar tomonidan keng kuylangan. Buning sababi sifatida murabba janri o‘zining tarkibiy shakliga ko‘ra xalq qo‘shiqlariga yaqin, deb taxmin qilish mumkin. Masalan, she’rlari to‘rtlikdan iborat bo‘lib, qofiya tizimi va hatto ritmida xalq qo‘shiqlari ritmi bilan o‘xshashlik mavjud. Muqimiyning ijodiy merosida muxammaslar muhim o‘rin tutgani ma’lum. Mumtoz adabiyot namoyandalari muxammasni Alisher Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Amir, Maxmur va boshqa zamondosh do‘stlarining Furqat, Muxayir, Umidiy, Muntazir, Nodim, Zavqiy, Olmaiy kabi g‘azallari bilan bog‘lagan. Masalan, “Nigorim…”, “Noma yozmading”, “Hijroni zor o‘lturg‘usi”, “Kerak”, “Gul” (Navoiy g‘azalidagi muxammas), “Mekuni, yo ne?”. (Jomi g‘azalidagi muxammas), “Asar vermaz”, “Ixtiyor etmasmidim”, “Rahmat sango”, “Orzu” (Fuzuliy g‘azalidagi muxammas) yozgan.
=== Slayd 11 ===
Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom ettirdi. O‘zbek adabiyotida demokratik yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli shoirlar o‘zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur ma’no bilan sug‘orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy haqiqiy muhabbatni, insonni kuylagan.
=== Slayd 12 ===
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks etgan. Ba’zan, o‘sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan. “Zulm ila qahru g‘azab” g‘azalida quyidagicha yozadi:
Zulm ila qahru g‘azab izhor qilmoq shunchalar, Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.
Gul debon sevgon kishining ko‘kragiga nish urib, Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar.
=== Slayd 13 ===
“Ol xabar”, “Ayrilmasun”, “Yodimga tushdi”, “Zorin nolon aylading”, “Ul kun jonon”, “Kim desun?”, “Yolg‘iz”, “Dog‘man”, “Yakka bu Farg‘onada”, “O‘zim har joydaman”, “Muborak”, “Arzimni aytay”, “Ey nozanin”, “Ey chehrasi tobonim”, “Ko‘nglim sandadur” kabilar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan:
Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror, Lahzae yo‘q kechalar ko‘zlarda xobim, kim desun?
O‘z ko‘mochig‘a, masalkim, tortadur kul har kishi, Bas, kuyub ishqida chekkan iztirobim, kim desun?
Kuymagan bo‘lsa birov mehru muhabbat o‘tig‘a, Sham’dek to subh o‘rtab tabu tobim, kim desun
=== Slayd 14 ===
Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o‘rin tutadi. Oshiq boʻlibman”, Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“, “Ey yori jonim” kabi sheʼrlari bunga misol:
Oshiq bo‘libman, ey yori jonim, Vaslingni izlab, yo‘qdur majolim.
Bir yo‘qlamaysan kuygan qulingni, Ko‘zlari jallod, nozik niholim.
Rahm ayla manga, ey bag‘ri qattiq, Diydam to‘la qon, ey sho‘xi zolim.
=== Slayd 15 ===
Otasining o‘limidan so‘ng, Muqimiy qaramog‘ida qolgan oilasiga yordam berish uchun Toshkentga ko‘chib borishga majbur bo‘ladi. Shoirning Toshkentdagi qisqa muddatli ijodi uning uchun foydali va manfaatli bo‘lib xizmat qiladi, dunyoqarashining kengayishiga, qat’iyat va muahoratining mukammallashuviga olib keladi. She’rlaridagi zamonaviylikka, keskin fikrlar hamda asarlarining o‘ziga xosligiga qaramay, uning she’rlari hech qayerda chop etilmas edi. Muqimiyning moddiy ahvoli qiyinlasha boshlaydi, yashash uchun hech qanday vositasi qolmaydi. Shu sababli, u otasining uyini sotib, madrasadagi kichik hujrada o‘g‘li Akbarxo‘ja bilan yashashga majbur bo‘ladi. Aynan o‘sha yerda, madrasadagi hujrada u shoir ismini abadiylashtirgan ajoyib asarlarini yaratadi.
=== Slayd 16 ===
1880-yil boshlarida Muqimiy bir nechta maslakdoshlari bilan she’riyatga yangicha qarashlari bilan ajralib turuvchi Yosh shoirlar to‘garagini tashkil etishadi. Unga yangi o‘zbek realizmiga asos solgan Furqat, Zavqiy, Komil, Nisbat va Muxair kabi shoirlar a’zo bo‘lib kirishgan. Lekin o‘sha vaqtdan e’tiboran, yosh shoirlar va eski she’riyat namoyondalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Adabiy bahslar o‘tkir g‘oyaviy kelishmovchiliklarga olib keladi hamda o‘sha davrning ko‘plab shoirlari siyosiy ta’qiblarga uchraydi.
Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 ta sheʼriy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheʼrlari qo‘lyozmalar, bayozlar, XX asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
=== Slayd 17 ===
Muqimiyning ijodiy merosi 10 ming misradan iborat bo‘lib, ular asosan lirika va hajviyotdan iborat. Muqimiy tabiatan so‘zga chechan, hozirjavob bo‘lib, o‘zbek va tojik tilida bemalol ijod qila olardi. Uning eng sara lirik she’rlaridan biri shubhasiz, “Navbahor”dir. Navbahor – yangi bahor, uyg‘onish fasli degani. Tiriklik nishonasi, tabiatning uzoq mashaqqatli qishdan keyingi qayta jonlanishi, qorlar erib, chor atrof yashillik bilan qoplanadi.
Shoir bu manzaradan to‘lqinlanadi, zavq-shavq oladi. Tiriklikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligini his etadi:
Navbahor! Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar!
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtog‘lar!
Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila,
O‘ynashib, gohe tabiatni qilaylik chog‘lar!…
=== Slayd 18 ===
Lekin, afsuski, zamona – zo‘rniki. Aqlli, dono kishilar xor, bulbul o‘rnini qarg‘a (zog‘)lar olgan:
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshiyonin zog‘lar.
Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli “Sayohatnoma” asarini yozdi: Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Shohimardon, Qo‘qon-Isfara sayohatlari taassurotlaridir. Asar yengil, o‘ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og‘irligi, qishloqlarning vayronaligi haqqoniy tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma’qullab, go‘zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan.
=== Slayd 19 ===
Muqimiy Farg‘ona vodiysi bo‘ylab qilgan sayohatlari taassurotlarini she’r qilib yozdi va ular “Sayohatnoma” nomi bilan shuhrat qozondi. Har uch sayohatnoma yaxlit bir asar shaklida bo‘lib, to‘rtliklardan tarkib topgan, 244 misradan iborat. Asarda sayohat maqsadi, turli manzildagi qishloqlar, ularning tabiati, manzaralari tasvirlangan. Muqimiy o‘zbek adabiyotiga ishchilar mavzusini olib kirdi Joylardagi odamlar fe’l-atvori, udumlar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Faryodkim, garduni dunAylar yurak bag‘rimni xun, Ko‘rdiki, bir ahli funun –Charx anga kajraftor ekan.
Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim, Xohi yayov, bo‘lsun otim, Goh sayr ham darkor ekan.
=== Slayd 20 ===
“Ultarma”ga qildim yurush, Yo‘ldosh edi bir chitfurush, Yetdim jadallab vaqti tush, Bir dam qiziq bozor ekan.
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan (“Devonamen”, “Ko‘samen”, “Hayron qildi loy”, “Pashshalar”, “Shikoyati bezak” va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan (“Taʼrifi pech”, “Aroba qursin”, “Loy” va boshqalar).
=== Slayd 21 ===
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo‘linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan “Hajvi halifai Mingtepa”, “Tanobchilar”, “To‘y”, “Moskovchi boy taʼrifida”, “Hajvi Viktor boy”, “Voqeai Viktor” va boshqalar. “Saylov”, “Dar mazammati zamona” va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g‘ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko‘rsatilgan.
1902-yilning 16-dekabrida Andijonda bo‘lgan dahshatli zilzila butun shaharni bir zumda vayronaga aylantiradi. 4652 kishining yostig‘ini quritadi. Shoir bundan qattiq iztirobga tushadi. Ofat oqibatlarini Andijonga borib o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi.
=== Slayd 22 ===
Unga atab tarix-marsiya bitadi va unda ofat sabablarini o‘z aqidasiga ko‘ra jamiyat axloqi bilan bog‘laydi. Ayrim odamlarning fe’l-atvori yomonlashishidan ko‘radi. She’r shoir o‘limidan bir oy oldin “Turkiston viloyatining gazeti”da chop etiladi.
Muqimiy hayotining so‘nggi yillari kasallikda kechadi. Quloq va jigar xastaligi shoirni qiynab qo‘yadi. Muqimiy juda oddiy va kambag‘allikda hayot kechirgan. Hayotining so‘nggi yillari kitoblardagi xatolarini to‘g‘rilash va ularni ko‘chirish bilan o‘tgan. U 1903-yilning 25-may kuni ellik uch yoshida vafot etadi. G‘ulom Karimovning ta’kidlashicha, “Muqimiy she’rlari xalq qo‘shiqlari kabi nihoyatda sodda, ammo tiniq shaklda chuqur ma’no ifodalaydi. Muqimiy she’r yaratishda uning jarangdorligi, musiqaliligini ta’minlovchi ritm, qofiya, radif masalalariga alohida e’tibor bergan. U Aruzning boy va rang-barang dengizidan yaxshi xabardor edi”.
=== Slayd 23 ===
Keyingi davrlarda G‘afur G‘ulom, Oybek, Xodi Zarifov, H.Yoqubov, H.Razzoqov, G‘ulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan.
Qo‘qondauy-muzeyi tashkil etilgan. Farg‘ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko‘chalaridan biri, O‘zbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla “Mavlono Muqimiy” romani va “Muqimiy” dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat g‘azallari ashulaga aylangan.
Muqimiy nomi bilan O‘zbekiston ko‘chalari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va boshqalar nomlangan.
=== Slayd 24 ===
Nashr ettirilgan asarlari:
1. Yoqubov H., O‘zbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953
2. Zarifov H., Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, T., 1955
3. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob, T.. 1975
4. Karimov G‘. Muqimiy hayoti va ijodi. T., 1970
5. Ahmedov S. O‘zbek demokratik adabiyotida she’riy hikoya. T., 2023
6. Karimov F., O‘zbek adabiyoti tarixi, 3-kitob, T., 1966, 1975, 1987
=== Slayd 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.