- Savatga boshqa "Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Milliy harakatli o’yinlar tarixi va metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Milliy harakatli o‘yinlarning vujudga kelish va rivojlanish tarixi.
Slayd 2
Harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi rivojlanish tarixi
Harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi tasnifi va pedagogik ahamiyati
Reja:
Slayd 3
Talaba mustaqil ishlaydi va 90 soat ish hajmini bajaradi.
Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustaxkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishga, umumiy dunyo qarashini kengaytirishga yordam beradi. Mustaqil ta’lim jarayonida talaba mustaqil ishlarni o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bajaradilar (referat tayyorlash, konspektlar tayyorlash, mavzu yuzasidan bukletlar, al’bomlar tayyorlash, maketlar chizish va uni tayyorlash internet materiallarini mustaqil tayyorlab kelish) bajarish.
Harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi fanidan talaba bajaradigan vazifalar:
Slayd 4
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotganini ko’rishimiz mumkin. Jismoniy-siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Slayd 5
Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonaaan sog’lom, ma’non boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb qilish, ta’minlashga yo’naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi.
Slayd 6
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, 2021 yil 18 yanvardagi «O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi 23-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020 yil 30-oktyabrdagi «Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Pf-6099-son farmoni. Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhim vazifalardan biri ommaviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy sog’lom avlodlarni, bo’lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi o’qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi.
Slayd 7
Inson hayotga mustaqil qadam qo’yishi bilan eng avvalo sog’lom bo’lish va uzoq, mazmuni umr ko’rishni asosiy qilib qo’yadi. Bunda tabiat in’om etgan noz-ne’matlardan foydalanish, ijtimoiy mehnat qilish, sog’lom turmush tarziga, madaniyatiga ega bo’lish, oilada bolalarni jismoniy va axloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash ustuvor jarayon hisoblanadi.
Slayd 8
O’yin
O’yin xalq pedagogikasining tarbiya vosetasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida o’yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda.
O’yin faoliyati bola hayotida,uning jismoniy, ruhiy,aqliy kamolatga yetishda muhim vosetadan biri hisoblanadi. O’yin orqali bolalar taffakur,tassavvur, xotira va diqqat kabi psixik jarayonlar rivojlanadi va atrof-muhit haqidagi bilim yanada kengayib boradi.
Slayd 9
«Milliy va harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi «fanining maqsadi
Harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishga o‘rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Slayd 10
Fanning asosiy vazifalari.
Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘rgatish bo‘lajak mutaxassislarga harakatli o‘yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlashni amaliy tanishtirish, harakatli o‘yinlarda hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, sport bayramlari va turli sanalarga bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazish usullarini va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Slayd 11
Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
Afrosiyob, Dalvarzin tepa, Sirdaryoning quyi qismlarida (Toshkent viloyati), shuningdek Xorazm va Qoraqalpog’iston xududlarida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar, qidiruv ishlarining natijalari asosida topilgan turli xil buyumlar, ashyolar, bezaklarning guvohlik berishicha bundan 3-4 ming yillar avvalgi ajdodlarimiz xilma-xil o’yinlar, jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lgan. Yovvoyi hayvonlarni tutish, ov qilish, quvlash, nayza sanchish, olishish va boshqa juda ko’p murakkab harakatli faoliyatlar tasvirlarda, sopol va metall buyumlarda ifoda etilgan.
Slayd 12
Omonqo’ton (Samarqand), Chorvoq atrofidagi (Toshkent viloyati) yassi toshlar, g’orlarda odamlarning ov qilish va hayvonlar bilan jang qilish (olishish), turli xil o’yinlar bilan shug’ullanishlari aks ettirilgan. Bunday holatlar Surxon va Qashqa vohasidagi g’orlar, sohillardagi toshlar, Farg’ona vodiysidagi tog’li manzillarda (chotqol tog’lari) ham ko’p uchraydi.
Slayd 13
Qadimgi ajdodlarimiz hozirgi Markaziy Osiyo xududlaridagi barcha xalqlar (Qozoq, Qirg’iz, Turkman, Tojik, Uyg’ur va h. K) bilan yaqin aloqadorlikda hayot kechirgan. Ularning ijtimoiy turmush madaniyati bir-biriga o’xshash bo’lib, urf-odatlari, turli marosimlari ham tutashib ketgan. Shu sababdan ham milliy harakatli o’yinlar o’zaro aralashib ketgan.
Kurash harakatli o’yinlar :
Slayd 14
Mushuk va sichqon», «Bo’ta soldi», «To’qqiz tosh», «Shuvoq», «Bekinmachoq» kabi yuzlab milliy harakatli o’yinlar ham barcha xalqlar, elatlar, urug’-aymoqlar hayotida chuqur o’rin egallagan. Bu o’yinlarning tarixi 2-3 ming yildan kam emas.
Dorboz
Ko’pkari-uloq
Slayd 15
«Alpomish», «Go’ro’g’li», «Kun tug’mush», «Qiriq qiz», «Toxir va Zuxra» kabi xalq og’zaki ijodi durdonalari kabi minglab harakatli o’yinlar ham yozma bo’lmaganligi sababli og’izdan og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan. Masalan:
Navro’z, Hosil yig’ish bayramlari (qovun sayli, gul sayli va h. k)
«Piyoda poyga», «Quloq cho’zma», «Xo’rozlar jangi», «To’qqiz tosh» (qizlar o’yini), «Gardkam» (oshiq o’yinlari) kabi xilma-xil qiziqarli o’yinlar ham o’rin olgan
Slayd 16
Ilk bor davlat paydo bo’lgan Greklar, Rimliklar va ularning atrofidagi xalqlarning ijtimoiy turmush sharoitida urushlar ko’p bo’lganligi sababli harbiy qurollarni yasash asosiy o’rinda turgan. Mohirona jang qilish uchun esa askarlarni har tomonlama jismoniy jihatdan tayyorlashgan. Jang mashqlarining ba’zi qismlarini (element) o’yinga aylantirib, xalq orasida keng tarkalgan.
Quldorchilik tuzumi davrida mayda hunarmandchilik va keyinchalik ishlab chiqarish rivojlangan. Natijada metall buyumlardan qilich, nayza, pichoq, bolta, o’roq kabi jang va mehnat qurollarini yasashgan. Ulardan turli marosimlarda o’yin sifatida foydalanganlar.
Slayd 17
Feodalizm jamiyati davrida boy feodallar va dehqonlarning yumushlari asosida turli xil yangi o’yinlar vujudga kelgan. Ular qilichlashish, nayza uloqtirish, kamondan o’q otish kabi turlar bilan bir qatorda mushtlashish (boks), kurash, tosh ko’tarish, suvda suzish kabi o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishgan.
Slayd 18
O’rta asr va keyingi bir necha yuz yilliklar davrida yuqorida tilga olingan murakkab harakatli o’yinlar musobaqa shakliga o’tib, kuch va matonat sinash, jang qilish quroliga aylangan. E’tirof etish lozimki, har bir xalqning o’z milliy o’yinlari va ularni tashkil qilish marosimlari mavjud bo’lgan
Slayd 19
Harakatli o’yinlar o’z vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
Bilim beruvchi
Sog’lomlash tiruvchi
Hordiq chiqaruvchi
Slayd 20
Harakatli o’yinlar quyidagi turkumlarga bo’linadi
Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
Katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.