MAXSUS FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN TA’LIM VOSITALARI
5000 so'm

=== Taqdimot: MAXSUS FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN TA’LIM VOSITALARI.pptx ===
=== Slayd 1 ===
MAXSUS FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN TA’LIM VOSITALARI
=== Slayd 2 ===
REJA:
Ta’lim vositalari haqida tushuncha.
Ta’lim vositalarining klassifikatsiyasi.
Grafik organayzerlar.
=== Slayd 3 ===
Ta’lim vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
“Ming marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi” degan naqlni hamma biladi. Og‘zaki ravishda materiallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 10% bo‘lgan sharoitda dars o‘tish samarasiz bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda o‘quv materialni ko‘rgazmali shaklda taqdim etish lozim.
=== Slayd 4 ===
O‘qitish vositalarining ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi ahamyati mavjud:
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish, moddiy olamni bilish, olamni o‘rganish metodlarini egallash, kuzatish va tajriba qo‘yish orqali ilmiy-tadqiqot olib borishga zamin tayyorlaydi;
o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish jarayonining samaradorligini orttirishda mazkur jarayonning barcha bosqichlari: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, esda saqlash, amalda qo‘llash va natijalarni tekshirishda foydalanish ko‘zlangan natijani beradi;
=== Slayd 5 ===
o‘quvchilarda ko‘nikmalarni tarkib toptirish bosqichlarida o‘qitish vositalari ham mazmun, ham ish quroli sifatida maydonga chiqadi;
o‘qitish vositalaridan o‘qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘z o‘rnida samarali foydalanish samaradorligini orttirishni kafolatlaydi.
=== Slayd 6 ===
Ta’lim vositalari
Aniq taʼlim vositalar
barcha aniq vositalar
mashina
traktor
jihoz
dastgoh
tayyor mahsulotlar
Texnik vositalar
Proyektor
kino apparat
o‘quv televideniyasi
Videomagnitofon
kompyuter
Vediofilmlar
Multimedia
sinf doskasi
doska-stend
doska-bloknot
kodoskop
Chop etilgan o‘quv materiallari
Darslik
o‘quv qoʼllanmalar
tarqatmali materiallar
ishchi varaqalar
nazorat (test) varaqalari
maʼruza matnlari
Jadvallar
yo‘l-yo‘riq xaritalari
Topshiriq kartochkalari
=== Slayd 7 ===
O‘qituvchi uchun vositalar
O‘quv-metodik qo‘llanmalar
Metodik tavsiyalar
Metodik ishlanmalar
O‘quv dasturlar
Dars rejasi
Ma’ruza matni
O‘quvchi uchun vosita
Darslik
O‘quv qo‘llanma
Jadvallar
Tarqatma materiallar
Texnologik xaritalari
Topshiriq varaqalari
Dars o‘tish uchun vosita
Plakatlar
Diagrammalar
Modellar
Maketlar
Jihozlar
Texnik vositalar
Real vositalar
=== Slayd 8 ===
Ta’limning texnik vositalari
Diaproyektor
Grafoproyektor
Doska-bloknot
Doska-stend
Yordamchi ta’lim vositalari
Grafiklar
Chizmalar
Namunalar
Sxema
O‘quv – uslubiy materiallar
Ish varaqasi
Eslatma
Nazorat varaqasi
Matnlar
=== Slayd 9 ===
Ta’lim vositalarining klassifikatsiyasi:
Matnli vositalar;
Tasvirli vositalar;
Modelli vositalar;
Yordamchi (jihoz) vositalar;
Audio vizual vositalar;
Real vositalar;
Modelli vositalar.
=== Slayd 10 ===
Matnli. Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
Matnli
O‘quv dasturlari;
Maxsus adabiyot (darslik);
Ma’ruza matnlari;
Imtihon va nazorat varaqlari;
Tarqatma materiallar.
=== Slayd 11 ===
Tasvirli. Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun
Tasvirli
tasvirlar, simvollar;
Fotosuratlar;
Eskiz, chizma;
Sxemalar, jadvallar, plakatlar.
=== Slayd 12 ===
Audiovizual. Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun
Audiovizual
Videofilmlar;
Kompakt disklar;
Audiokassetalar;
Elektron darsliklar;
Power Point materiallari.
=== Slayd 13 ===
Yordamchi vositalar. Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun
Yordamchi vositalar
Modellar;
Videoproyektor;
Kodoskop;
Kompyuter;
Audiomagnitafon, videomagnitofon.
=== Slayd 14 ===
Modelli. o‘rganilayotgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil qilish uchun
Modelli
Doskalar
Maketlar
Mulyajlar
Trenajerlar
=== Slayd 15 ===
Real vositalar. o‘rganilayotgan obyektlar haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun
Real vositalar
Asbob-uskunalar;
Stanoklar;
Xom-ashyolar;
Yarim tayyor va tayyor mahsulotlar.
=== Slayd 16 ===
Sinf doskasi
Sinf doskasi – o‘quv materialini vizual namoyish qilishning anʼanaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashdi yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi taʼlim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjud.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi, avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘qituvchi doskaga yozayotganida tahsil oluvchilarga teskari holatda bo‘lib, uni eshitish qiyin bo‘ladi.
=== Slayd 17 ===
Doska-stend
Doska-stend – mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositasidir. Bunda, stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg‘ulot davomida stendda mazkur kartochkalar yordamida ilovalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Uning afzalligi shundaki, kartochka (ilova, tuzilma, sharh) lar joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
=== Slayd 18 ===
Kodoskop (grafoproektor)
Kodoskop (grafoproektor) – shaffof plyonkadagi tasvir (slayd)ni ekranga proyeksiyalash uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan maʼruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek, guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta foydalangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo‘lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatishi mumkin.
=== Slayd 19 ===
Doska – bloknot
Doska – bloknot – bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilganni qo‘yish ham mumkin.
=== Slayd 20 ===
Pinbord
Pinbord doskasidan – o‘quv munozaralari, aqliy hujum, muhokama natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladi. “Pinbord “ inglizcha so‘z bo‘lib, (pin — mahkamlash, board — doska), doskaga mahkamlash degan ma’noni anglatadi. Qoida bo‘yicha pinbord doskasi ustiga o‘rash qog‘ozi tortiladi. Unga qo‘shimcha material sifatida turli rang va shakldagi kartochkalar ignalar bilan mahkamlanadi. Ishni tugatgandan so‘ng kartochkalarni o‘rash qog‘oziga yopishtirish va ularni navbatdagi tadbirlar uchun qo‘llash mumkin. Kartochkalar rang barang flomaster bilan yoziladi.
=== Slayd 21 ===
Ishchi varaqalar – guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.
=== Slayd 22 ===
Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg‘ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib, muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermaslik kerak;
sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish, bir mashg‘ulot uchun ikkita tarqatmali material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtirish kerak;
matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak;
bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi) ishlatmaslik kerak;
matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak;
varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.
=== Slayd 23 ===
Nazorat varaqalari – mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar – mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
=== Slayd 24 ===
Smart Board
=== Slayd 25 ===
Grafikli organayzerlar – fikriy jarayonlarini ko‘rgazmasi taqdim etish vositasi
Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar, o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: klaster, toifalash jadvali, insert, B/B/B jadvali.
Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalar: T-jadvali, Venn diagrammasi.
Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: Nima uchun, baliq skeleti, pog‘ona, qanday diagrammasi.
=== Slayd 26 ===
Insert
V – bilaman
(-) – to‘g‘ri kelmadi
(+) – yangi axborot
(?) – tushunmadim
=== Slayd 27 ===
Nima uchun metodi
Nima uchun
Tuban o‘simliklar tanasi qattana yoki tallom deb ataladi
Nima uchun
Bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin
Nima uchun
Tanasi ildiz, poya, bargga bo‘linmagan
Nima uchun
Yuksak o‘simliklardan bir qancha belgilari bilan farq qiladi
Nima uchun
Sodda tuzilgan o‘simliklar hisoblanadi
Nima uchun
Xlorofill o‘rniga xromotofori bo‘ladi
=== Slayd 28 ===
Baliq skeleti
muammo muammo muammo muammo
hal qilish hal qilish hal qilish hal qilish
=== Slayd 29 ===
Qanday metodi
=== Slayd 30 ===
B/B/B metodi
=== Slayd 31 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.