Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi
Slayd 2
Reja:
• 1.Maqsud Shayxzodaning ozarbayjon tilidagi ilk ijodi.
• 2.Maqsud Shayxzoda lirikasi
• 3.Maqsud Shayxzoda dramalari.
Slayd 3
Tayanch tushunchalar: Ozarbayjon, Ganja, O‘zbekistonga surgun, “Izlar”, “Kurash nechun?”, “Kapitan Gastello”, “Shoir qalbi dunyoni tinglar”, “Boqiy dunyo”, “Xiyobon”, “Toshkentnoma”, “Mirzo Ulug‘bek”, “G‘azal mulkining sultoni”
Slayd 4
Toshkent, bilim yurti, aspirantura, “Hayot varaqlari”, “Sening tonging”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Ne baloga etding mubtalo?”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira”, “Men tongni kuylayman”, “Kamalak”, “Dugonalarim bilan suhbat”, “Qizlar qo‘shig‘i”, “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari”.
Slayd 5
Maqsud Shayxzoda XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan iste’dodli shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim, tarjimon va mohir pedagogdir. U 1908-yilning 25-oktabrida Ozarbayjonning mashhur Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida tabib oilasida dunyoga kelgan. Millati ozarbayjon bo‘lgan bu yigit 1921-1925 yillarda Bokudagi Dorulmualliminda Abdulla Shoiq, Husain Jovid kabi mashhur shoirlardan ta’lim olgan. So‘ng Dog‘istondagi Darband, Bo‘ynoq shaharlarida o‘qituvchilik qilgan hamda Boku Pedagogika institutining sirtqi bo‘limini tugatgan.
Slayd 6
O‘sha yillari Shayxzoda ba’zi qarashlari uchun nohaq ravishda millatchilikda ayblanib, 1928-yilda Toshkentga surgun qilinadi va umrining oxirigacha shu erda qolib ketadi. O‘zbekistonda Shayxzoda Narimonov nomli maktabda dars berdi, “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishladi. 1933-1935 yillarda u O‘zbekiston Fanlar Komiteti aspiranturasida o‘qidi, so‘ngra til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1935-1938 yillar) sifatida tadqiqot ishlari olib bordi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti tarixidan dars berdi.
Slayd 7
Maqsud Shayxzoda Ozarbayjondalik chog‘idayoq badiiy ijod sohasida mashqlar qila boshlagan bo‘lib, 1921 yilda “Kommunist” gazetasida “Qizil askar qo‘shiqi” sarlavhali birinchi she’ri bosilib chiqqan edi. 1923 yili ozarbayjon tilida uning “28 aprel inqilobi” dramasi nashr etilgan bo‘lib, havaskorlar tomonidan sahnaga qo‘yilgan, lekin badiiy jihatdan zaif bo‘lganligi uchun keyinchalik biron marta ham qayta bosilmagan edi. 1927 yilda Shayxzodaning Ozarbayjondagi “Maorif va madaniyat” jurnalida “Narimon haqinda xalq masali” degan ilk dostoni e’lon qilingan bo‘lib, u Yosh shoirning hayotni kengroq ko‘lamda qamrab olishga intilayotganligidan, izlanishlar jarayonini boshidan kechirayotganligidan dalolat berardi.
Slayd 8
Toshkentda Shayxzoda o‘z ona lisoniga juda yaqin bo‘lgan o‘zbek tilida ijod qila boshlaydi hamda badiiy adabiyot olamidagi izlanishlarini davom ettiradi. Shu izlanishlarning dastlabki samarasi sifatida 1929 yilda “Sharq haqiqati” gazetasida Shayxzodaning “Traktor” deb atalgan o‘zbek tilidagi birinchi she’ri bosilib chiqadi. Bu she’r badiiy jihatdan zaif bo‘lsa-da, Yosh shoirning o‘z oldiga inson mehnatini ulug‘lash uchun munosib tashbehlar topishga intilishdek ezgu maqsad qo‘yganligidan guvohlik berar edi. Shundan keyin birin-ketin yosh shoir Maqsud Shayxzodaning she’riy kitoblari nashr etiladi.
Slayd 9
Ular jumlasiga “Loyiq soqchi” (1932), “O‘n she’r”, “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935), “O‘n ikki”, “Yangi devon” (1937), “Saylov qo‘shiqlari” (1938) she’riy to‘plamlari kiradi. Mazkur kitoblardagi she’rlarida Shayxzoda rus mumtoz poeziyasidan, ayniqsa, V.V.Mayakovskiy ijodidan ta’sirlanib, o‘zbek adabiyotida erkin vaznni qo‘llay boshladi hamda rus va Sharq she’riyati an’analarini chambarchas chatishtirib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada, hayotda erishilayotgan yutuqlar, o‘lkamizning go‘zal tabiati, oddiy odamlarning kundalik tashvishlari, mehnati va muhabbati masalalari Shayxzoda she’rlaridan katta o‘rin ola boshladi.
Slayd 10
Ayniqsa, Shayxzoda o‘zbek kishisining boy ma’naviy dunyosini o‘ziga xos, takrorlanmas ranglarda ochib berishga intildi. Uning she’rlarida jo‘shqin publitsistik ruh falsafiy teranlik bilan qo‘shila boshladi. Dastlabki to‘plamlarga kirgan she’rlarning aksariyati davr va siyosat bilan bog‘langanligi, zamon ruhi ufurib turganligi, qofiya hamda vaznda g‘alizliklari borligiga ko‘ra ajralib ko‘zga tashlanar edi. Bunga iqror bo‘lmoq uchun “Jumhuriyat” she’ridan quyidagi misralarni o‘qish kifoya:
Slayd 11
Burjua oynagidan ko‘zing albatta,
Sayr etarkan, rostlikni chetda.
Biz yasagan inqilob kurradan katta…
Sevgili jumhuriyat oltin kabi joy
Eng Ulug‘ boyonlardan ming marta biz boy!
Ilk kitoblaridagi she’rlarida Shayxzoda hali go‘yo o‘ziga mos uslub, ovoz qidirardi, shuning uchun ham ayni bir so‘zni yoki tashbehni qayta-qayta qo‘llar, mashqdan-mashqqa ko‘chirardi. Bunga iqror bo‘lmoq uchun “Yulduzlarga bo‘ldim hamsoya” she’ridan quyidagi misralarni o‘qish mumkin:
Slayd 12
Uch Vatan, uch Vatan,
Yashin kabi tez,
Ilonlar boshini
Yashin kabi ez!
Uning dastlabki kitoblarida hali izlanishlar davom etayotgani shunda ko‘rinardiki, shoir o‘ziga yoqib qolgan tasviriy vositalarni, timsollarni she’rdan-she’rga ko‘chirar yoki ayni bir asarning o‘zida qayta-qayta takrorlar edi. Buning misoli “Vatan” she’rida uchraydi:
Slayd 13
Yondirmoqchi bo‘laman labimdagi
Papirosni Osiyo quyoshidan, –
Xuddi shu timsolni yosh shoir “Yurtim” she’rida mana bu tarzda takror qo‘llaydi:
Bunga fayz yog‘dirar sendagi otash,
Sendan papirosni tutatay yo‘ldosh.
30-yillarda Shayxzoda ko‘plab dostonlar yaratib, o‘sha davr ruhini, siyosiy vaziyat haroratini o‘zicha ifodalashga urindi.
Slayd 14
Bunday asarlar jumlasiga “O‘rtoq mulk”, “Chiroq”, “O‘rtoq”, “Meros”, “Tuproq va haq” singari dostonlar kiradi va shoirning mazkur janrda jiddiy muvaffaqiyatga erishmaganligidan dalolat beradi.
Maqsud Shayxzodaning ijodiy izlanishlari urush yillari birmuncha yaxshiroq samaralar berdi, ya’ni uning badiiy jihatdan muvaffaqiyatliroq asarlari tug‘ilishiga olib keldi. Urush yillari Shayxzodaning “Kurash nechun?”, “Jang va qo‘shiq”, “Ko‘ngil deydiki” kabi she’riy to‘plamlari, “O‘n birlar”, “Jenya”, “Uchinchi o‘g‘il” dostonlari e’lon qilindi. Ularda shoir inson ruhiy dunyosiga chuqurroq kirishga va dushmanga nafrat hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini ta’sirchan shakllarda ifodalashga muvaffaq bo‘ldi.
Slayd 15
Badiiy adabiyotdagi eng qiyin janr hisoblanuvchi dramaga murojaat qilib, urush yillari “Jaloliddin” pyesasini yaratishi ham xuddi shu xulosani tasdiqlardi. Shayxzodaning ilk dramasi o‘z vaqtida g‘oyaviy jihatdan qoralangan edi. Tanqidchilikda mazkur asarda Jaloliddin siymosi ideallashtirilganligi qoralanib, muallifga nohaq ayblar qo‘yilgandi. Xalqning mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi manzaralarini gavdalantiruvchi “Jaloliddin” dramasida aslida g‘oyaviy xatolar yo‘q edi. Faqat bu pyesa badiiy jihatdan mukammal emas edi, chunki undagi ko‘pchilik voqealar xususan, Jaloliddinning singlisiga aloqador sujet chizig‘i dramaning asosiy yo‘nalishiga, ruhiga muvaffaqiyatli ravishda chatishtirib yuborilmagandi.
Slayd 16
Bunday nuqsonning bo‘lishi tabiiy edi, albatta, chunki mazkur asar muallifning dramaturgiya sohasidagi ilk tajribasi hisoblanardi.
Endi ijodning haqiqiy yo‘liga kirgan vaqtlarda, ya’ni urushdan keyin Shayxzoda hayotida fojiali voqealar yuz berdi. 1952 yil sentabr oyida Shayxzoda qamoqqa olinadi. Unga asarlarida aksilinqilobiy g‘oyalar mavjudligi, o‘zi esa shunday yashirin tashkilot yetakchisi degan ayb qo‘yildi. Bu aybnomaga o‘sha davrning hammaga ma’lum va mashhur bo‘lgan 12 ziyolisi shohidlik beradi. Oqibatda Shayxzodani xalq dushmani sifatida Toshkent viloyat sudi 25 yil qamoq jazosiga, uni o‘tagach, 8 yil fuqarolik huquqidan mahrum etishga hukm qiladi.
Slayd 17
Stalin o‘limidan keyin hayotda yuz bergan o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda Shayxzoda 50-yillarning o‘rtalarida qamoqdan qaytib keladi va ijodida yangi, ya’ni yyetuklik bosqichi boshlanadi. Endi u g‘oyaviy-badiiy jihatdan ancha mukammal asarlar yaratish pallasiga kiradi. Xuddi shunday yyetuklik davri boshlanganligidan guvohlik beruvchi asarlar sifatida uning “Yillar va yo‘llar” (1961), “She’rlar” (1964), “Xiyobon” (1967) kabi she’riy to‘plamlari bosilib chiqadi. Bu kitoblarga kirgan she’rlarning asosiy xususiyati shunda ediki, ularda shoirning hayot, zamon, inson, san’atkor haqidagi falsafiy qarashlari, o‘ylari teranlashgan edi.
Slayd 18
Ijodining yetuklik davrida, aniqrog‘i, 60-yillarda Shayxzoda o‘zining shoh asari bo‘lmish “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasini yaratadi. Unda Amir Temurning mashhur nabirasi Mirzo Ulug‘bek hayotining so‘nggi yillari jonlantirilgan bo‘lib, mana shu buyuk olim va fojiali taqdir egasi hisoblangan shohning siymosi, kurashlari, iztirobga to‘liq ruhiy kechinmalari, olamshumul fikrlari ta’sirchan manzaralarda, ziddiyatlarda, urushlar girdobida, shekspirona bo‘yoqlarda gavdalantirilgan edi. Mazkur siymo tasviri orqali muallif o‘zining adolatli hukmdor va ulug‘ olim haqidagi ezgu qarashlarini, shu xususdagi zamonlar idealini yuzaga chiqarishga intilgan edi.
Slayd 19
Deyarli butun ijodiy yo‘li davomida Shayxzoda tanqid va adabiyotshunoslik bilan ham shug‘ullandi. U 1948 yilda Alisher Navoiy lirikasining badiiy xususiyatlari haqida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va ulug‘ o‘zbek shoiri ijodiga oid ko‘plab ilmiy asarlar e’lon qildi. Ular jumlasiga “Navoiyda lirik qahramonning xarakteristikasiga doir” (1947), “Navoiyning badiiy uslubi haqida” (1958) singari mazmundor maqolalari kiradi. Shayxzodaning Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa adiblar ijodi haqidagi tadqiqotlari ham katta ilmiy qiymatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Slayd 20
Shayxzoda ijodining bir qismini badiiy tarjimalar tashkil qiladi. U A.S.Pushkinning “Mosart va Saleri” pyesasini, “Mis chavandoz” dostonini, M.YU.Lermontov va N.A.Nekrasov she’rlarini, V.V.Mayakovskiy dostonlarini, Shota Rustaveli, Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Shekspir, Bayron, Gyote, Esxil, Ezop asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Demak, Maqsud Shayxzoda ko‘pqirrali iste’dod sohibi va XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi.
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILNING IJTIMOIY TABIATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O'TKIR HOSHIMOV mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
OLMOSH SO‘Z TURKUMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.