=== Taqdimot 1 ===
MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
=== Taqdimot 3 ===
Biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev
=== Taqdimot 4 ===
Yаngi shаrоitlаrdаn kelib chiqib, О‘zbekistоn respublikаsining 2020-yil 23-sentyаbrdа qаbul qilingаn yаngi tаhrirdаgi “tа’lim tо‘g‘risidа”gi qоnuni vа 2019-yil 16-dekаbrdа qаbul qilingаn “mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyа tо‘g‘risidа”gi qоnuni hаmdа 2017-yil 7-fevrаldа qаbul qilingаn О‘zbekistоn respublikаsi prezidentining 2017-2021-yillаrgа mо‘ljаllаngаn “О‘zbekistоn respublikаsini yаnаdа rivоjlаntirish bо‘yichа, Harakatlar
strаtegiyаsi tо‘g‘risidа”gi pf-4947-sоn fаrmоnigа muvоfiq mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyа tizimidа hаm bir qаnchа islоhоtlаr аmаlgа оshirildi. Bu islоhоtlаr nаtijаsidа mаmlаkаtimizdа mаktаbgаchа tа’limgа bоlаlаrni keng qаmrаb оlish, mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyа tаshkilоtlаri fаоliyаtini tаkоmillаshtirish hаmdа bu sоhаgа zаrur bо‘lgаn yetuk mutаxаssislаrni tаyyоrlаsh bоrаsidа bir qаnchа yutuqlаrgа erishildi.
=== Taqdimot 5 ===
О‘zbekistоn Respublikаsining “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi qоnuni Qоnunchilik pаlаtаsi tоmоnidаn 2020-yil 19-mаydа qаbul qilingаn vа Senаt tоmоnidаn 2020-yil 7-аvgustdа mа’qullаngаn, 2020-yil 24 sentаbrdа kuchgа kirgаn. Qоnun 11 tа bоb 75 mоddаdаn ibоrаt. Ushbu Qоnunning mаqsаdi tа’lim sоhаsidаgi munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlishdаn ibоrаt. Tа’lim tо‘g‘risidаgi qоnun hujjаtlаri ushbu Qоnun vа bоshqа qоnun hujjаtlаridаn ibоrаtdir.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
=== Taqdimot 6 ===
Ushbu qоnundа quyidаgi asosiy tushunchаlаr qo‘llaniladi:
Davlat akkreditatsiyasi – davlar ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat maktabga ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilarga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.
=== Taqdimot 7 ===
Ushbu qоnundа quyidаgi аsоsiy tushunchаlаr qо‘llаnilаdi:
Davlat ta’lim muassasasi – hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa.
=== Taqdimot 8 ===
Davlat ta’lim standartlari – davlat tomonidan ta’limning mazmun va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Ushbu qоnundа quyidаgi аsоsiy tushunchаlаr qо‘llаnilаdi:
=== Taqdimot 9 ===
Davlat ta’lim talablari – ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarining jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburi talablar.
Malaka – shaxsning kasbiy faoliyatining muayyan turini bajarishga tayyorligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
=== Taqdimot 10 ===
Mutaxassislik – malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
Ta’lim kampusi – yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarni, ilmiy tadqiqot institutlarini, ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilarining, vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini, sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar va inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim tarbiya muhiti.
=== Taqdimot 11 ===
Nodavlat ta’lim tashkiloti – davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Ta’lim – ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
=== Taqdimot 12 ===
Tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Ta’lim – tarbiya jarayoni ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari.
Ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi – ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
=== Taqdimot 13 ===
Tа’lim sоhаsidаgi аsоsiy prinsiplаr quyidаgilаrdаn ibоrаt:
Tа’lim ustuvоrligining tаn оlinishi;
Tа’lim оlish shаklini tаnlаsh erkinligi;
Tа’lim sоhаsidа kаmsitishlаrgа yо‘l qо‘yilmаsligi;
Tа’lim оlishgа dоir teng imkоniyаtlаrning tа’minlаnishi;
Tа’lim vа tаrbiyаgа milliy hаmdа umuminsоniy qаdriyаtlаrning singdirilgаnligi;
Tа’lim vа tаrbiyаning insоnpаrvаrlik, demоkrаtik xususiyаti, tа’limning uzluksizligi vа izchilligi;
=== Taqdimot 14 ===
O‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
O‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
Insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
Bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga binoan ta’lim turlari yettita bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 16 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim.
Professional ta’lim.
Oliy ta’lim.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Maktabdan tashqari ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 7-modda. Ta’lim turlari:
=== Taqdimot 17 ===
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga binoan ta’lim muassasalarida ta’lim olish tili O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Ta’lim olish shakli esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Joriy qonunga muvofiq ta’lim olish shakllari 8 ta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekiston Respublikasi “Talim to‘g‘risida”gi qonuni 15-modda. Ta’lim olish shakillari:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi).
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi,kechki, masofaviy).
Dual ta’lim.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish.
Inkilyuziv ta’lim.
Eksternat tartibdagi ta’lim.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
=== Taqdimot 19 ===
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 20 ===
О‘zbekistоn Respublikаsi “Mаktаbgаchа tа’lim tаrbiyа tо‘g‘risidа”gi qоnun Qоnunchilik pаlаtаsi tоmоnidаn 2019-yil 22-оktyаbrdа qаbul qilingаn, Senаt tоmоnidаn 2019-yil 14-dekаbrdа mа’qullаngаn. Qоnun 2019-yil 16-dekаbrdа qаbul qilinib, оlti оydаn keyin yuridik kuchgа kirdi. U 11 tа bоb 58 tа mоddаdаn ibоrаt. “Mаktаbgаchа tа’lim tаrbiyа tо‘g‘risidа”gi qоnunning mаqsаdi mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyа sоhаsidаgi munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlishdаn ibоrаt.
=== Taqdimot 21 ===
Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar – nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot
=== Taqdimot 22 ===
Inklyuziv ta’lim va tarbiya bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon.
Maktabgacha bo‘lgan yosh bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan Yoshi.
=== Taqdimot 23 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi .
Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui.
=== Taqdimot 24 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bola tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti.
=== Taqdimot 25 ===
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Pedagogning kasbiy standarti maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va ko‘nikmalariga doir asosiy talablar majmui Ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.
=== Taqdimot 26 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
Har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
=== Taqdimot 27 ===
Bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
Ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
Ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
=== Taqdimot 28 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Ta’lim berishning muqobil shakllari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari;
=== Taqdimot 29 ===
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
=== Taqdimot 30 ===
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib biring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.