MAKTABGACHA TA’LIMDA TARBIYA BERISH USULLARI VA VOSITALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Maktabgacha ta’limda tarbiya turlari va mazmuni haqida
Maktabgacha ta’limda tarbiyaning shaxs komolotiga ta’siri
Maktabgacha ta’limda tarbiya berish metod va vositalari
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon va insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiya –ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish jarayonidir.
\
=== Taqdimot 4 ===
“Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat, yo razolat masalasidur”
=== Taqdimot 5 ===
tаrbiyаlаnuvchilаrning mаqsаdgа yоʻnаltirilgаn rivоjlаnishi hаmdа ulаrning qаtоr ehtiyоjlаrini qоndirish uchun shаrt-shаrоit yаrаtish;
jаmiyаt rivоji uchun zаrur bоʻlgаn ijtimоiy mаdаniyаtgа mоs yetаrlichа hаjmdаgi “insоn kаpitаli”ni tаyyоrlаsh;
mаdаniyаtlаrni uzаtib turish оrqаli ijtimоiy hаyоtning bаrqаrоrligini tа’minlаsh;
Tаrbiyа jаrаyоni – tаrbiyаviy ishlаr, tаdbirlаrning dоimiy hаrаkаtdаgi zаnjiridаn ibоrаt. Tаrbiyаviy tаdbirlаr – turli xil mоddiy vа mа’nаviy ehtiyоjlаrgа jаvоb beruvchi, tаrbiyаviy mаqsаdlаrning yаgоnа mаjmuаsigа bоʻysundirilgаn, bir-biri bilаn оʻzаrо hаmkоrlik qiluvchi, оʻzidа bir butun tа’limni kоʻzdа tutgаn tаrbiyаviy tа’sir mаjmuidir.
TArbiyAning umumiy vAzifAlAri
=== Taqdimot 6 ===
Maktabgacha ta’limda tarbiya turlari:
=== Taqdimot 7 ===
Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aytiladi. Tarbiya tamoyillari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib, ular yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg‘or ta’limotlar g‘oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi.
=== Taqdimot 8 ===
Tarbiya tamoyillari:
Tarbiyaning
g‘oyaviyligi;
Tarbiyaning maqsadga
yo‘naltirilganligi;
Milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
Izchillik va tizimlilik
va shaxsini hurmat qilish;
Demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi;
Tarbiyani mehnat bilan bog‘lash.
=== Taqdimot 9 ===
Shаxs tаrbiyаsidа mаktаbgаchа yоshdаgi bоlаlаrning rivоjlаnishi vа tа’lim tаrbiyаsi оʻzigа xоsligi bilаn аlоhidа аhаmiyаt kаsb etаdi. Chunki bu yоshdаgi bоlаlаrning аxbоrоtlаrni qаbul qilishgа bоʻlgаn qiziqishining yuqоri ekаnligi bilаn izоhlаnаdi. Аynаn qiziqish bugungi glоbаllаshuvning аxbоrоtlаr оqimidа bоlаning rivоjlаnishi vа tа’lim tаrbiyаsigа e’tibоrni kuchаytirishni tаlаb etаdi. Bu jаrаyоn bevоsitа tа’lim-tаrbiyа mаsаlаsidа zаmоnаviy me’yоrlаrni ishlаb chiqishni tаqоzо etаdi.
=== Taqdimot 10 ===
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan g‘oyalarni bolalar ongiga singdirish, ularda ushbu g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umum bashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor, qadr-qimmatga ega bo‘lgan an’analar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
tarbiyaning shaxs komolotiga ta’siri
.
=== Taqdimot 11 ===
Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili bu bolalarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo‘lib, bunda bilim va ko‘nikmalarni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatiladi hamda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlanadi. Yaxlit ta’lim – tarbiya jarayonida ikkala o‘zaro bog‘liq juftlik, ya’ni bilim berish va tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy – tarbiyaviy bilimlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, obyektiv qonuniyatini o‘rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 12 ===
=== Taqdimot 13 ===
Bola shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bog’liqdir. Tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tarbiya jarayoni murakkab bo‘lib u tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik bilan yondashishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim. Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi. Bolani uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do‘stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va shakllanish jarayonini boshqarib borish kerak.
=== Taqdimot 14 ===
tarbiya berish metod va vositalari
Tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
=== Taqdimot 15 ===
Tarbiya usullari
Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi.
=== Taqdimot 16 ===
Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqqoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi.
=== Taqdimot 17 ===
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa.
Tarbiya vositalari
=== Taqdimot 18 ===
Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.
=== Taqdimot 19 ===
Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda bollarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir tarbiyachi tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 20 ===
Birinchi guruh
Birinchi guruh metodlarining vazifasi bolaning ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
=== Taqdimot 21 ===
Ikkinchi guruh
Ikkinchi guruh metodlari yordamida bolada ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. Bola xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat bolalarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
Ragʻbatlantirish metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari – bolalarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi.
=== Taqdimot 23 ===
Jazo berish metodi
Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, guruh oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi. Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi.
=== Taqdimot 24 ===
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
XULOSA
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MAKTABGACHA TA’LIMDA TARBIYA BERISH USULLARI VA VOSITALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar