Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasi
Slayd 2
Reja:
Steamta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati
Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati.
Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasining avzalliklari va ahamiyati.
Tayanch iboralar:
Steam ta’lim texnologiyasi, fanning mazmuni, fanning mohiyati, texnologiya, fanning ahamiyati, fanning obekti, fanning predmeti, fanning vazifalari
Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati, Steam ta’lim texnologiyasining ahamiyati va avzalliklari haqidagi tushunchalarni berish
Slayd 3
Yangi O‘zbekiston sharoitida «Uchinchi renesans» davriga qadam qo‘yish jarayonida yurtimizda yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’limning barcha tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni tubdan o‘zgartirish, uni jahon standartlari darajasiga olib chiqish, xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda milliy merosimizdan samarali foydalanish katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga egadir. Bu borada Prezidentimizning «Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqa¬si, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professoro‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz» ,- degan fikrlari ayni so‘zimiz isbotidir.
Slayd 4
Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi Uyg‘onish davrining tayanch ustunlaridan biri ekan, biz yosh avlodga sifatli ta’lim – tarbiya berishni, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishni bog‘cha davridan boshlashimiz zarur. Ya’ni bugungi kun talablaridan kelib chiqib, tarbiyachilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularning pedagogik mahorati va kasbiy kompetentligini bosqichma-bosqich oshirib borishimiz zarur. Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli va sifatli amalga oshirish maqsadida Hukumatimiz tomonidan maqsadli qaror va farmonlar ishlab chiqildi, ushbu tizim rivoji uchun katta mablag‘ ajratilib, tegishli chora-tadbirlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yangilashga yo‘naltirildi. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Slayd 5
Bular quyidagilardir:
Shunday ekan rivojlangan davlatlarning eng ilg‘or texnologiyalarini ta’lim sohamizda qo‘llashimiz orqali kata yutuqlarga erishishimiz mumkindir. Ta’lim sohasidagi ilg‘or texnologiyalardan biri bu Steam texnologiyasidir
maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Slayd 6
M – Mathematics – Matematika
Ta’limda Stem texnologiyasi Amerikaning Massachusets Texnologiya Institutida ishlab chiqilgan. Stem so‘zi ingliz 5 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda:
S – Science –Fan
A – Art – San’at
E – Engineering –Injinerlik
T – Technology – Texnologiya
Slayd 7
E- Engineering (Muhandislik)
Steam-bolalarning intelektual qobiliyatlarini ilmiy va texnalogik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U bolalarning aniq tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. Steam- ta’lim texnalogiyasi quyidagicha ma’no kasb etadi.
T- Technology (texnalogiya)
S- Science (Fan)
A-Art (San’at)
M –Mathematics (Matematika).
Slayd 8
Til va nutq;
Biz yaxshi bilamizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar faoliyati rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etiladi.Bu markazlar quyidagilar:
Ilm fan va tabiat;
Sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi;
Qurish-yasash va konstruksiyalash;
San’at;
Slayd 9
Steam –ta’limining 10 ta afzallik tomoni bor.
Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki » mavzu» lar bo‘yicha integratsiyalab olib borish
Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash
Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish
O‘z kuchiga ishonish hissining ortishi
Faol kommunikatsiya va komandada ishlash
Slayd 10
Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv
Ta’lim va karera orasidagi ko‘prik
Bolalarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash
Steam maktab dasturlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi
Slayd 11
Muammolarni keng qamrovli tushunish;
Bolalarni STEAMga jalb qilish, ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar boğchasiga kiritish zarur. Steam ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qund, qiziquvchanlik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat- muammoni hal qilish qobiliyati shakllanadi . «Steam fikrlash» bolalikdan boshlanadi.
Steam bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi:
Ijodiy fikrlash;
Tanqidiy fikrlash;
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;
Dizayn asoslarini tushunish.
Muhandislik yondashuv;
Slayd 12
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Bugungi kunda Steam – ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, buna ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashishi mumkin. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar: lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. Steam yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
Slayd 13
Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkiletishni o‘rgatadi. Steam dasturlari ham faol muloqot va guruh bo‘lib ishlashni o‘rgatishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida bolalar fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Faoliyatlar jarayonida bolalar frontal usulda stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi «mahsulot»larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Faoliyat jarayonida bolalar hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi. Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha vaboshlang‘ich maktab yoshidagi Steam ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishiuchun dastlabkishart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnikfanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.
Slayd 14
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Steam- tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg‘unlikda o‘qitish uslubidir. Steam texnalogiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Bolalar o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. Bu esa Steam texnalogiyalarining bugungi kunda yosh avlod uchun juda ham katta o‘rni borligini ko‘rsatadi. Steam texnologiyalarining bugungi kunda ommalashayotganini va samaradorligini, ta’limdagi afzalliklarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonlarida Steam texnologiyalari qo‘llash tavsiya qilinadi.
Slayd 15
Nazorat savollari:
Steam ta’lim texnologiyasining mazmuni va mohiyatini qanday tushunasiz?
➤ (Savol Steam tushunchasining asosiy komponentlari – Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics – haqida bilimni aniqlashga qaratilgan)
Steam ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim usullaridan nimasi bilan farq qiladi?
➤ (Taqqosloviy tahlil qilish va zamonaviy ta’lim usullarini tushunish ko‘nikmasini baholaydi)
Nega maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Steam ta’lim texnologiyasidan foydalanish zarur hisoblanadi?
➤ (Mantiqiy asoslash va pedagogik ehtiyojni tushuntirish ko‘nikmasiga qaratilgan)
Steam ta’lim texnologiyasi maktabgacha yoshdagi bolalarda qanday kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi?
➤ (Kreativ fikrlash, muammoni hal qilish, hamkorlik, texnologik savodxonlik kabi ko‘nikmalar)
Maktabgacha ta’lim jarayonida Steam texnologiyalarini joriy etishning qanday afzalliklari mavjud?
➤ (Bolalarda qiziqish uyg‘otish, mustaqil fikrlash, fanlarga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish)
Steam yondashuvi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘qituvchining roli qanday bo‘lishi kerak?
➤ (Rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muammoli vaziyatlarni yaratish qobiliyati)
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.