=== Taqdimot 1 ===
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI VA TURLI YOSH GURUHLARIDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH USULLARI VATEXNOLOGIYASI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Odatda borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog‘oz yuzasida, devor yuzasida va hokazolarda) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat bolalar bilan olib boriladigan butun ta’lim – tarbiyaviy ishning bir qismi hisoblanadi. Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi – tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirish, estetik go‘zallik hissini tarbiyalash hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatishdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish orqali amalga oshirishdir.
=== Taqdimot 4 ===
TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI
01
02
03
Rasm chizish
Loydan buyumlar yasash
Applikatsiya
=== Taqdimot 5 ===
RASM CHIZISH
01
=== Taqdimot 6 ===
RASM CHIZISH MASHG‘ULOTI
Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda asosiy o‘rin egallaydi va uchta turni o‘z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish.
Mazmunli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
=== Taqdimot 7 ===
RANGLAR ARALASHMASI
Ikki xil rangni aralashtirish orqali yangi rangni hosil qilamiz
Sariq
qizil
To‘q ko‘k
qizil
Och ko‘k
siyohrang
=== Taqdimot 8 ===
LOYDAN BUYUMLAR YASASH
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy ishlari kichik guruhdan boshlanadi. Loy ishi mashg‘ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Bolalar tasvirlovchi shakllar noaniq bo‘ladi, chunki bu yoshda bolalar qo‘l harakati rivojlanmagan, qo‘l muskullari hali o‘smagan, shuningdek, ishlarni kuzatib, nazorat qilib borish xususiyatlari hali rivojlanmagan bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
APPLIKATSIYA
“Applikatsiya” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “joylashtirish” degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Applikatsiya mashg‘uloti bolalarning har tomonlama o‘sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani uyg‘otadi, ijodini tug‘diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo‘l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo‘ljal olish, rang sezish hissini rivojlantiradi. Applikatsiya uchun kerakli ashyo murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo‘yqalam, oddiy qalam,qiyqim uchun quticha, lattacha, gazeta qog‘ozi.
=== Taqdimot 10 ===
Ishning borishi: eng birinchi sariq rangdagi rangli qog‘ozga qo‘limizni qo‘yib bostirib chizib olamiz va qirqamiz so‘ngra tovuqning ko‘zlari oyog‘i hamda tojini chizib qirqib olamiz va yelim bilan yopishtiramiz. Shundan so‘ng quyosh va bulutlar rasmini chizib qirqib olamiz va oq listga yopishtiramiz.
Rangli qog‘ozlardan applikatsiya yasash
APPLIKATSIYAGA NAMUNA
=== Taqdimot 11 ===
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha guruhlarida aniq bir vaqtda rejim asosida uyushtiriladi. Kichik guruhda mashg‘ulotlar yilning birinchi yarmida 5-7 daqiqadan asta-sekin 10-15 daqiqagacha cho‘zib boriladi. O‘rta guruhda 20-25 daqiqagacha, katta va tayyorlov guruhda 30-35 daqiqagacha bo‘ladi. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
=== Taqdimot 12 ===
a) tarbiyachi rasm va applikatsiya mashg‘uloti uchun kerakli kattalikdagi va rangdagi qog‘oz varaqlarini tayyorlaydi (tasvirlanadigan predmetning tuzilishiga ko‘ra). Qog‘oz varag‘iga oldindan orqa tomoniga bolalarning ismi, familiyasi, mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana yozib qo‘yiladi. Tarbiyachi oldindan qalam uchlarini ochib qo‘yadi (albatta, 4—5 qalam ortiqcha qilib tayyorlab qo‘yiladi);b) katta tayyorlov guruhlarida bolalar ko‘proq akvarel bo‘yog‘ini ishlatadilar. Oldindan bo‘yoqlar sozlangan bo‘lishi lozim. Mo‘yqalamlar yaxshilab yuviladi;d) mashg‘ulot uchun lattalar, bankachalarni tayyorlash zarur. Suv bankalarga mashg‘ulot boshlanish arafasida quyiladi;e) applikatsiya uchun rangli qog‘oz yig’masi tayyorlanadi (ortiqcha miqdorda)
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIGA TAYYORGARLIK ISHLARI:
=== Taqdimot 13 ===
g) loy haftada bir marotaba tayyorlanadi, polietilen plenkalarda saqlanadi. Tarbiyachi har bir bolaga loy parchasini qo‘yish uchuntaxtachalar, katta tayyorlov guruhlari uchun ko‘rgazmalar, harakatlanuvchi taxtachalar tayyorlaydi, ho‘l yoki nam lattalar berilishikerak;h) plastilin ham rangi bo‘yicha tayyorlanib, rangdor mayda detallarni yasash jarayonida beriladi. Ko‘proq katta guruhlarda beriladi, oldindan issiqda yumshatib qo‘yiladi;i) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rgazmali materiallar ham bo‘lishi lozim. Masalan, predmetlar, o‘yinchoqlar, illyustratsiyalar, xalq amaliy dekorativ san’at namunalari;
=== Taqdimot 14 ===
Tarbiyachi guruhda bolalarni mashg‘ulotdankeyin o‘z joyini tartibga solishga, ya’ni qolgan loyni, mo‘yqalamni, salfetkani, qalamni tarbiyachiga berishga o‘rganadilar. Har biri o‘z stollaridagi narsalarni oldin umumiy stolga olib kelishga o‘rganadilar.
j) har bir guruhda bolalar ishining tahlili uchun ko‘rgazmalar bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan materiallarning har biri aniq, bir joyda, faoliyat turlariga qarab saqlanishi kerak,k) o‘rta guruhdan boshlab bolalar ham tarbiyachi bilan birgalikda mashg‘ulotga tayyorlanib, jarayonga, ya’ni navbatchilikka jalb qilinadi. Har bir guruhda, har bir bola yoki navbatchilar vazifalari tarbiyachi tom onidan rejalashtiriladi.
=== Taqdimot 15 ===
O‘rta guruhda ham yilning boshida xuddi kichik guruh kabi topshiriqlar beriladi. Ular bankalarga suv quyadilar, bo‘yoqlarni qo‘yib chiqadilar va boshqalar. Mashg‘ulotdan so‘ng bo‘yoqlarni joyiga olib borib, suv va mo‘yqalamlarni yuvib, joyiga qo‘yadilar. Katta guruhdagi navbatchilar stol va stullarning qay tarzda turishini nazorat qilib, mashg‘ulotdan so‘ng stollar ustini artib chiqadilar, ular loy, bo‘yoqni, mo‘yqalamlarni stol ustiga qo‘yib chiqadilar. Yelim ham qo‘yib chiqadilar. Taxtachalarni yig‘ib, bankachalarni yuvib, joyiga qo‘yadilar, qaychilarni tarqatib, mashg‘ulotdan so‘ng yig‘ib chiqadilar.
=== Taqdimot 16 ===
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR
=== Taqdimot 17 ===
METODLAR
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarga quyidagilar kiradi:
Kuzatish metodi
Ko‘rgazmali metod
Og‘zaki metod
Naturadan foydalanish
Namunadan foydalanish va boshqalar
Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o‘rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o‘rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shunchalik bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog‘liq bo‘ladi. Lekin kuzatishning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to‘la imkon bermaydi. Bolalarni tasviriylikning muhim usullariga, turli tasviriy materiallardan foydalanish yo‘llariga o‘rgatish zarur.
=== Taqdimot 18 ===
KO‘RGAZMALI METOD VA O‘RGATISH USULLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI: - naturadan; - rasm reproduksiyalaridan; – namunadan; – boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish; - alohida predmetlarni ko‘rib chiqish; - tarbiyachi tomonidan tasviriy usullarini ko‘rsatib berish;- bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish; – ularni baholash kiradi.
=== Taqdimot 19 ===
NATURADAN FOYDALANISH
Maktabgacha ta’lim bolalari uchun sodda shaklli, aniq chizmali va aniq qismlarga ajratilgan predmet natura sifatida tanlanadi. Natura xotiraning ishini yengillashtiradi, negaki tasviriy jarayon idrok bilan birlashadi, yana esa u predmetning shaklini, tuzilishini, rangini to‘g‘ri tushunib, yetkazib bera olishga yordam beradi.
=== Taqdimot 20 ===
NAMUNANADAN FOYDALANISH
Namunadan ko‘proq dekorativ va konstruktiv (applikatsiya) ishlarida foydalaniladi. Ba’zi mashg‘ulotlarda tarbiyachi namunani qo‘yadi va bolalar ko‘rib chiqib, tanishib, tarbiyachining ko‘rsatmasisiz mustaqil ravishda ishlaydilar.
=== Taqdimot 21 ===
TURLI YOSH GURUHDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH
Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o‘rgatishdir. Mazmunli rasm — bu bir nechta mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo‘yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, “Biz shanbalikda” va “Kech kuz” rasmlari bunga misol bo‘la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro‘y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o‘rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2—3 ta predmetning tasviri o‘rgatiladi.
=== Taqdimot 22 ===
Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o‘lchamini, fazodagi o‘rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o‘rgatish kerak. Mazmunli rasm chizishni, bog‘chada o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:- Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o‘rgatish.- Obyektlar orasidagi o‘zaro aloqani tasvirlashga o‘rgatish.- Obyektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o‘rinlarini ko‘rsatishiga o‘rgatish.
=== Taqdimot 23 ===
SHAKILLAR VA RANGLAR
Birga qasr quraylik!
Har bir shaklni barmog‘ingiz bilan bo‘yab qasrni qayta tiklang
=== Taqdimot 24 ===
ALOHIDA PREDMETLARNI CHIZISH
Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa, 3—4 yoshli bolaga alohida predmetlarni tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo‘lagini tanlab, naturadagi keyingi bo‘lagini eslab yoki ko‘rib, shu bo‘lagini bo‘laklarga bo‘lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog‘ozga tasvirlab chizishni o‘rgatish zarur, chunki rasmni bo‘laklarga ajratib chizishning o‘ziga xos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo‘laklari va ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘zaro joylashishlari va fazodagi o‘rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo’ladi.
=== Taqdimot 25 ===
DEKORATIV RASM CHIZISH
Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg‘uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg‘ularni tarbiyalash kerak. Bolalarni dekorativ rasm chizishga o‘rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko‘rishga o‘rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rasm chizishga o‘rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog‘oz ustida yuritishga o‘rganadi.
=== Taqdimot 26 ===
Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to‘g‘ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to‘g‘ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog‘oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to‘g‘ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog‘oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog‘oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko‘rib, xursand bo‘ladi.
=== Taqdimot 28 ===
DEKORATIV RASM CHIZISH QUYIDAGI UMUMIY VAZIFALARNI O‘Z ICHIGA OLADI
2. Rang qobiliyatlarini rivojlantirish
1. Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog‘liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
4. Qalam va mo‘yqalam bilan chizishning texnik ko‘nikmalarinimustahkamlash
3. Xalq amaliy san’atining turlarini, usullarini farqlashga o‘rgatish
=== Taqdimot 29 ===
BOLALARNI NOAN’ANAVIY ASHYOLAR VA TEXNIK USULLAR YORDAMIDA RASM CHIZISH TEXNIKASIGA O‘RGATISH
Bolalarga noan’anaviy texnikadan foydalangan holda rasm chizishni o‘rgatish qiziqarli va hayajonlidir! An’anaviy bo‘lmagan texnikalar bilan chizish bolalarni ozod qiladi, ularga noto‘g‘ri ish qilishdan qo‘rqmaslikka imkon beradi. G‘ayrioddiy materiallar va o‘ziga xos texnikalar bilan chizilgan rasmlar bolalarga unutilmas ijobiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirish imkonini beradi. An’anaviy bo‘lmagan tasvir texnikasidan foydalangan holda rasm chizish maktabgacha yoshdagi bolalarni charchatmaydi, ular vazifa uchun ajratilgan vaqt davomida yuqori faollik va samaradorlikni saqlaydilar. An’anaviy bo‘lmagan usullar bolalarga ularning xohishi va qiziqishini hisobga olgan holda individual yondashishga imkon beradi.
=== Taqdimot 30 ===
Bolalarning an’anaviy bo‘lmagan usullardan foydalanishining quyidagi afzalliklari mavjud:
Bolalarning qo‘rquvini yo‘qotishga yordam beradi;
O‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantiradi;
Bolalarni o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga o‘rgatadi;
Bolalarni ijodiy izlanishlar va yechimlarga chorlaydi;
Bolalarni turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatadi;
Kompozitsiya, ritm, rang, rang idrok etish hissini rivojlantiradi;
Qo‘llarning nozik motorli ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
Ijodkorlik, xayolot va fantaziya parvozini rivojlantiradi.
Ish paytida bolalar estetik zavq olishadi.
=== Taqdimot 32 ===
XULOSA
Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki maktabgacha yoshdagi bolani ijodiy ifoda etish erkinligi nafaqat tasviriy tasvirlar va ularni rasmda etkazish istagi, balki uning tasvir vositalariga qanday egalik qilishi bilan ham belgilanadi. O‘quv jarayonida bolalarning tasvirlar, texnikaning turli xil variantlarini o‘zlashtirishi ularning ijodiy rivojlanishiga yordam beradi. An’anaviy bo‘lmagan uslub namunani nusxalashga imkon bermaydi, bu tasavvur, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik va individuallikni namoyon etishga yanada katta turtki beradi. Bola atrofdagi olam haqidagi taassurotlarini aks ettirish, turli xil materiallar yordamida ularni real shakllarga o‘tkazish orqali tasavvur tasavvurlarini etkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi
=== Taqdimot 33 ===
E’IBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.