M.Azimova M.Behbudiy
6000 so'm

Slayd 1
MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING
“PADARKUSH” DRAMASI
Slayd 2
“KO’CHMA TEST”
1. Mahmudxo’ja Behbudiy qachon, qayerda tug’ilgan?
2. Arab tili grammatikasini kimdan o’rgangan?
3. 1903-1904-yillarda qayerlarda safar qildi?
4. Behbudiy “taraqqiyning boshlang’ichi, madaniyat va saodatning darvozasi” deb nimani ta’riflagan?
5. Qaysi mamlakatlarga sayohat uyushtiradi?
6. Mahmudxo’ja Behbudiy qanday sohalarda faoliyat olib borgan?
7. Millatning ahvoli va haq-huquqi masalalariga doir maqolalari e’lon qilib borilgan jurnal …
8. Mahmudxo’ja Behbudiy qachon vafot etgan?
Slayd 3
Slayd 4
Slayd 5
Padarkush so’zi fors-tojikcha so’z bo’lib, “ota qotili” degan ma’noni anglatadi.
Drama (yunoncha “harakat”) – keng ma’noda sahnada namoyish etish uchun mo’ljallangan asar.
Tragediya (yunoncha “echki qo’shig’i”) – qahramonlar o’rtasidagi kuchli ziddiyat asosiga quriladigan, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topuvchi dramatik asar.
Slayd 6
Slayd 7
“Padarkush” dramasining ilk sahifasi (1915-yil)
Slayd 8
DRAMA HAQIDAGI FIKRLAR:
“Padarkush” asari shu qadar turkistonliklar orasida qiziqishga sabab bo’ldiki, har kuni teatr binosiga sig’may qolgan 200-300 kishi ortga qaytib ketardi.
“Samarqand gazetasi”
Bu asarni teatrga borib 3 so’m pul berib tik turib ko’rmoqqa zor bo’lganlar talaygina edi.
“Turkiston viloyatining gazetasi”
Slayd 9
ASAR G’OYASI:
Ilmsizlik kishini jaholatga yetaklaydi, Mahmudxo’ja Behbudiy tili bilan aytganda, “Dunyoda taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi.”
Slayd 10
Mani xayolimga dunyoning sababi, lazzati – boylik. Oxiratga bo’lsa, Xudo-ning qilgan taqdiri bo’lur. Chunonchi, biz ko’ramizki, odamlar boyni mulladan ziyoda izzat qiladurlar. Xusu-san, mana banklar ko’paydi. Kata boylar chilen bo’lub, har kim chilenlarni izzat qilur, hatto ishi tushaturgan-lar chilen molini qim-mat olur…
Slayd 11
Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo’lubsiz, ammo endi boy bo’lmoq nari tursun, faqat ro’zg’or o’tkarmoq uchun ham ilm kerak. Ko’ramizki, yigirma-o’ttiz yildan beri barcha savdo ishlari armani, yahudiy va boshqa ajnabiylar qo’liga o’tdi. Muni sababi bizlarning o’qumag’animizdir. O’qumagan boyvachchalarni ko’ramizki, ota molini barbod etar va oxiri xor-u zor bo’lur. Binobarin, o’g’lungizni o’qutmoqni sizga taklif qilurman.
Slayd 12
Ilm va tarbiyasiz bolalarning ahvoli shuldir. Agarda bularning otasi o’qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo’lmas… Agarda bular ichkilik ichmasa edi, dunyo va oxiratda aslo azob va mehnatda qolmas edi… bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur; bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqr-u zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasidur.
Slayd 13
1) asar qahramonlarining bir-birlari bilan to’qnashuvi, kurashi;
Konflikt (lotincha conliktue – ixtilof, to’qnashish) – badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, harakatlarni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. U 3 xil bo’ladi:
1) asar qahramonlarining bir-birlari bilan to’qnashuvi, kurashi;
2) personajning shart-sharoit, muhit bilan to’qnashishi;
3) obrazning o’z ichki olami, ruhiyati bilan kurashi.
Slayd 14
“ILM” guruhi
Asar matni asosida test savollari bilan ishlash
“Ma’rifat” guruhi
Savolnomadagi ma’lumotlarni saralash
“Ma’naviyat” guruhi
“Xalqimizning yuksalishi uchun hissa qo’shgan yana qaysi ijodkorlarni bilasiz?
Slayd 15
Slayd 16
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR BILAN ISHLASH:
1. “Padarkush” dramasining yozilish sabablari haqida fikr bildiring.
2. Nima uchun oradan bir asrdan ko’proq vaqt o’tganiga qaramay, asar hamon o’z qiymatini yo’qotmagan?
3. Drama nima uchun aynan 10-sinf o’quvchilari uchun berilgan?
4. Bugungi kunda ilmsizlikning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.