KOXLEAR IMPLANTLI BOLALAR BILAN ISHLASH TAMOYILLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Koxlear implantli bolalar bilan ishlash tamoyillari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarga kompleks yordamlashishning asosiy omillari
Koxlear implantli bolalar bilan ishlash tamoyillari.
=== Taqdimot 3 ===
VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
1. Ayupova M.Yu. Logopediya. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007.
2. И. В. Королева. Кохлеарная имплантация и слухоречевая реабилитация глухих детей и взрослых.- Санкт-Петербург.: Каро. 2009
3. Логопедия: учебник для дефектологических факультетов педагогических вузов /Л. С. Волкова, Е. М. Мастюкова и др.; под ред. Л. С. Волковой. М.: Владос, 2009. 703 с. (3)
Asosiy adabiyotlar.
=== Taqdimot 4 ===
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 48 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
Qo’shimcha adabiyotlar:
=== Taqdimot 5 ===
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 48 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Kompleks reabilitatsiya hozirgi bosqichda maxsus ta’lim tizimidagi yetakchi yo‘nalishlardan biri bo‘lgan zamonaviy ta’lim va tarbiyaning integratsiyalashgan konsepsiyasiga asoslanadi. U fanlararo fe’l-atvorga ega bo‘lib, hozirgi kundagi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va boshqa fanlarning, shuningdek, jamiyatning huquqiy ko‘magiga asoslanuvchi har tomonlama barqaror integratsion yondashuvni talab etadi. Koxlear implantatsiyalarga bolalar uzoq muddatli maxsus ko‘makka muhtoj bo‘ladilar, bunda koxlear implantatsiya bo‘yicha tadbirlar dasturini amalga oshirishga qaratilgan kompleks diagnostika va korreksiya modelini ishlab chiqish alohida dolzarb muammoga aylanganligini aytib o‘tish joiz.
=== Taqdimot 8 ===
Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, operatsiyadan keyingi dastlabki ikki yil koxlear implantli bolalar rivojlanishi uchun o‘ta muhim davr hisoblanadi. Aynan shu davrda bolada og‘zaki nutq tizimini shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish uchun nutq jarayonlarini rejali tarzda korreksiyalanish va reabilitatsiya qilish kabi, tibbiy va psixologik-pedagogik yo‘nalishdagi mutaxassislar bilan jadal ishlar olib boriladi. Kompleks reabilitatsiya qilish tizimida Koxlear implantli bolalar bilan korreksion-pedagogik yordam bolalardagi individual qobiliyatlarining rivojlanishiga, atrofdagi olam haqida to‘laqonli tasavvurlarning shakllanishiga, o‘zining shaxs ekanligi, muloqotga kirishish va ta’lim olishning asosiy vositasi sifatida nutqni egallashi zarurligiga qarab yo‘naltirilgan bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
=== Taqdimot 10 ===
O‘tkaziladigan reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish uchun va bolalarning ota-onalari bilan turli mutaxassislarning o‘zaro ta’sirini tashkillash uchun implantatsiya qilingan bolalarga operatsiyadan keyingi ilk davrlarda kompleks ko‘maklashish modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilish dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur modelning tuzilmaviy komponentlari mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
Tibbiy yo‘nalish: klinik-diagnostik yordam: surdologik, audiologik: operatsiyadan avval va keyin differensial diagnostika, nutq jarayonlarini korreksiyalash va reabilitatsiya qilishning rejali turkumi; xirurgik bo‘lim.
Psixologik-pedagogik (diagnostik va korreksion-rivojlantiruvchi) yo‘nalish: konsultativ psixoterapevtik yordam, reabilitatsion mashg‘ulotlarni o‘tkazish (surdopedagog, logoped), dinamik pedagogik tekshiruv, shuningdek, individual xususiyatlarini inobatga olgan tarzda o‘zgartirish kiritish, implantatsiya qilingan bolalar ta’lim va tarbiyasida ishtrok etuvchi ta’lim muassasalari mutaxassislari bilan hamkorlik ishlarini olib borish.
Koxlear implantatsiya tizimlarini texnik ta’minlash va servis ko‘maklashish.
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
Modelning yaratilish vazifasi:
Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarni kompleks korreksiyalash algoritmini ishlab chiqish, jarayonda ishtirok etuvchi mutaxassislarni hamda ularning kompleks reabilitatsiya modelidagi o‘rinlarini aniqlash;
Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarga kompleks ko‘maklashish modelini sinab ko‘rish;
Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarga kompleks reabilitatsiya modelini tadbiq etilganidan keyingi natijalarni tahlil qilish.
=== Taqdimot 15 ===
Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarga kompleks yordamlashishning asosiy omillari sifatida quyidagilar hisoblanadi:
belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, implantatsiya qilingan bolalar ehtiyojlari doirasida ishlovchi va ularga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam beruvchi ko‘maklashishning optimal mexanizmini yaratish;
amalga oshirilishi korreksion ish samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar kompleksini va metodologik tamoyillarni aniqlash;
=== Taqdimot 16 ===
ish mazmuni, shakli, metod va usullarini tanlab olinayotganda bolaning eshitish hissiyoti va nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
eshitish hissiyotini rivojlantirish uchun berilayotgan topshiriqlarni atrofdagi akkustik vaziyatga bog‘liq holda bosqich-ma bosqich murakkablashtirish;
doimiy foydalanish uchun nutqiy protsessor dasturini tanlash va sozlashni doimiy nazorat qilib borish;
koxlear implantatsiya sohasida ota-onalar va pedagoglar kompetentligini shakllantirish.
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
=== Taqdimot 19 ===
Kompleks reabilitatsiya modelini amalga oshirishda psixologik-pedagogik fanlarda qabul qilingan umumiy metodologik tamoyillarga tayanishi joiz:
1. Ilmiylik va ontogenetik yondashuv tamoyili. Reabilitatsiyaning individual dasturini yaratishda kar bolalar rivojlanishining xususiy va umumiy xususiyatlari, eshitish tuyg‘usi va og‘zaki nutqning shakllanish bosqichlari ketma-ketligi hisobga olingan. Korreksion ishlar nuqsonning tuzilishi, bolaning potensial imkoniyatlari va saqlanib qolgan funksiyalariga tayanib, uning “yaqin oradagi rivojlanish zonalari”ni, yosh xususiyatlari va еtakchi faoliyati turini hisobga olingan holda tuzilishi kerak.
=== Taqdimot 20 ===
=== Taqdimot 21 ===
2. Koxlear implantatsiyadan keyingi davrdagi bolalarga kompleks ko‘maklashish tizimida asos sifatida insonparvarlik tamoyili xizmat qilishi kerak. Koxlear implantli bolaga to‘laqonli psixo nutqiy rivojlanishni ta’minlash va uni o‘rab turgan olamda harakat yo‘nalishi imkoniyatini ta’minlab berish zarur. Korreksion-pedagogik ishlar ham bolaning har tomonlama rivojlanishi va to‘laqonli ijtimoiy integratsiya imkoniyatini ta’minlashi zarur.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
=== Taqdimot 24 ===
3. Kompleks yondashuv tamoyili. Koxlear implantatsiyadan keyin bolalarni reabilitatsiya qilish jarayonini optimizatsiyalar ishi tibbiy, pedagogik va psixologik ko‘makning variativ birlashishi asosida tuzilgan. ta’lim jarayoniga turli mutaxassislarning o‘zaro ta’siri va oilaning faol jalb etilishini, implantatsiya qilingan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni tashkillashdi ko‘zda tutadi.
=== Taqdimot 25 ===
=== Taqdimot 26 ===
4. Individual-differensial yondashuv tamoyili. Bu tamoyilni amalga oshirish butun reabilitatsiya jarayoni davomida olib borilishi kerak. Bu esa bizga nafaqat bolaning rivojlanishidagi o‘zgarishlarni tizimli nazorat qilishnigina emas, balki, pedagogik ishning mazmunini aniqlashga ham imkon beradi.
=== Taqdimot 27 ===
=== Taqdimot 28 ===
Bolalarga kompleks ko‘maklashish modelining asosi sifatida qo‘llanilgan quyidagi maxsus tamoyillarni ham tadbiq etish katta ahamiyatga ega:
1. Korreksion mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida nutq jarayonlari rivojlantirishning bolaning individual xususiyatlariga mos keluvchi dasturini tanlash va korreksiyani tizimli pedagogik nazorat qilish;
2. Koxlear implantli bolalar eshitish tuyg‘usi, nutq holati, psixofizik rivojlanish darajas. Korreksion mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida nutq jarayonlari rivojlantirishning bolaning individual xususiyatlariga mos keluvchi dasturini tanlash va korreksiyani tizimli pedagogik nazorat qilish;
ining o‘ziga xos individual xususiyatlarini hisobga olish;
=== Taqdimot 29 ===
3. Koxlear implantli bolalarga to‘laqonli nutqiy muhitni ta’minlash zaruriyati;
4. Nutqni eshitish qobiliyatini rivojlantirish va nutq jarayonlari bilan o‘zaro ta’sirini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazishda atrof-muhit akustik sharoitini bosqichma-bosqich murakkablashtirish.
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KOXLEAR IMPLANTLI BOLALAR BILAN ISHLASH TAMOYILLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar