KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TA’LIM TARBIYASI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TA’LIM- TARBIYASI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 4 ===
Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga hamda o‘quv materialni idrok qilishga ko‘ra quyidagi guruhlar farqlanadi:
01
02
03
Ko‘r va deyarli ko‘r (qisman ko‘ruvchi) bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi 0 dan 0,004 gacha.
Zaif ko‘ruvchi bolalar. Zaif ko‘ruvchi bolalarning ko‘rish o‘tkirligi tuzatish (korreksiya). ko‘zoynaklari bilan 0,06 dan 0,09 gacha.
Zaif ko‘ruvchi bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi tuzatish ko‘zoynaklari bilan 0,1 dan 0,3-0,4 gacha.
=== Taqdimot 5 ===
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra olmaydigan, zaif ko‘ruvchi bolalar guruhiga bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki korreksiya qo‘llanilganida (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
Yosh go‘daklarda ba’zan ko‘zga oid tug‘ma nuqsonlar ham uchraydi:
Ko‘z olmasi, qovoqlarining tug‘ilishdan rivojlanmay qolgani
Ko‘z qovoqlar kaltaligi tufayli ko‘zning yumilmay turishi
Ko‘z qovoqlarining nuqsoni
Kriptoftalm
Koloboma
Mikroblefaron
=== Taqdimot 7 ===
Ko‘zi ojiz, so‘qir bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi:
Birinchi guruhga tug‘ilishdan ko‘zi ojiz va tug‘ilganidan so‘ng to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa;
Ikkinchisiga keyinchalik ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi.
=== Taqdimot 8 ===
Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri — refraksiya anomaliyalaridir.
Ularga yaqin ko‘rish (miopiya)ning turli darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko‘rish yoki yaqin ko‘rish astigmatizmi kiradi.
Nistagm – ko‘zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatlari. Ko‘zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib ko‘rinadi.
Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko‘rishning buzilishi qo‘shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida nurlar noto‘g‘ri sindiriladi.
Katarakta – ko‘z gavharining loyqalanishi (pomutneniye).
Afaksiya – gavharning yo‘qligi.
=== Taqdimot 9 ===
To‘r pardaning eng ko‘p tarqalgan tug‘ma kasalliklariga pigmentli retinit, albinizm, to‘r pardaning ko‘chishi kiradi.
Pigmentli retinit – to‘r pardadagi tayoqchalar faoliyatining buzilishi.
Albinizm – to‘r pardada pigment yetishmasligi. Natijada kishining ko‘zi qizil, sochi va tanasi oq bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 10 ===
Tiflopsixologiya yunon tilidan tarjima qilingan qisman yoki to‘liq ko‘rish buzilishi bilan inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi tiflos – “ko‘r”. Natijada, kosmosda oriyentatsiya, vizual-majoziy fikrlash, sezgilar faoliyatining o‘zgarishi kuzatiladi. Tiflopsixologiyaning asosiy maqsadi boshqa organlar (eshitish, hidlash, teginish) faoliyatini faollashtirish orqali ko‘rishning to‘liq yoki qisman yo‘qligini qoplashdir.
=== Taqdimot 11 ===
Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif bolalar jumhuriyat ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari, musiqachi va boshqalar).
=== Taqdimot 12 ===
Lui Brayl – Brayl yozuvi asoschisi
=== Taqdimot 13 ===
Brayl yozuvi tarixi
Brayl 5 yoshida ko‘r bo‘lib qoladi. Ota-onasi uning yaxshi ta’lim olishi uchun bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qiladi. Lui ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan maktabda V.Gayui chiziqli-relyefli yozuvi asosida ta’lim oladi. So‘ng u kapitan Sharle Barbening “tungi shrift” deb nomlanuvchi yozuviga e’tibor qarata boshlaydi. Mazkur yozuvdan harbiy xizmatdagilar kechqurunlari foydalangan. 1824-yilga kelib Lui Brayl ko‘zi ojiz odamlar uchun Gayui alifbosining alternativini yaratadi. Ushbu alifboning asosini relyefli bo‘rtib chiqqan nuqtalar tashkil etgan. Mazkur alifbo nuqtalarning ma’lum kombinatsiyalaridan foydalangan holda harflar va raqamlarni kodlash tizimi hisoblanadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
=== Taqdimot 15 ===
Qarorga muvofiq:
sifatli ta’lim va tarbiya berishga, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatidan kelib chiqqan holda, ularni sog‘lom, ma’nan yetuk inson qilib tarbiyalashga hamda dunyoqarashini shakllantirish, sport turlariga qiziqtirish va jalb etish;
o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga doimiy ravishda ko‘maklashish.
=== Taqdimot 16 ===
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
1) Ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) Psixologik tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) O‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
=== Taqdimot 17 ===
6) Bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi;
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi;
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi bilan xulosasi;
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);
vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulyoz va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun).
=== Taqdimot 18 ===
Ijtimoiy maishiy yo‘nalish darslari
Nafaqat ko‘zi ojiz, balki barcha nogiron o‘quvchilar uchun korreksion mashg‘ulotlar ularning turmush tarzida muhim o‘rinni egallaydi. Ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida o‘tiladigan ijtimoiy maishiy yo‘nalish mashg‘uloti – bu korreksion fanlardan biri hisoblanadi. Aynan bu korreksion fan ko‘zi ojiz o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi, o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini shakllantiradi, umumiy va mayda qo‘l motorikasi faoliyatini oshiradi, barcha sezgi analizatorlar va kichik fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish ko‘nikma hamda malakalari ustida, umuman olganda bitiruvchini mustaqil hayotga tayyorlashda yetakchi korreksion fanlardan sanaladi. Ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish fani nazariy bilim bilan chegaralanib qolmasdan, u o‘z ichiga amaliyotni hamda mavzularga oid sayohatlarni qamrab olgan.
=== Taqdimot 19 ===
Mo‘ljal olish va harakatlanish (66 soat). Saqlangan analizatorlarning atrof-olamni qabul qilishga tayyorgarligini rivojlantirish (21 soat)
=== Taqdimot 20 ===
1. Mayda qo‘l muskullari motorikasini rivojlantirish (kaft, ikki yoki uch barmoq yordamida tutish harakatlari). Qo‘l bilak va barmoqlarining aniq yo‘naltirilgan harakatlarini rivojlantirish.
2. Qo‘l sezgilarini rivojlantirish (turli narsa va buyumlar shaklini bilak, kaft va barmoqlar yordamida qabul qilish).
3. Bo‘rtma rasmlarni o‘qish.
4. Qo‘llarning kuzatish funksiyasini rivojlantirish.
5. Poyabzal tagcharmlari yordamida turli past-balandliklarni farqlash.
6. Turli buyumlarning katta-kichikligi, shakli issiq-sovuqligi, ular yasalgan materialning sirt uzilishiga qarab farqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
7. Fazoda eshitish qobiliyatini rivojlantirish (yopiq fazoda qo‘zg‘almas va harakatdagi tovush manbaini ajratish atrofdagi kishilarni ovozi bo‘yicha aniqlash va farqlash atrofdagi tovushlarni ajratish, tabiatdagi tovushlarni va shahar shovqinlarini aniqlash).
=== Taqdimot 21 ===
O‘quvchilar quyidagilarni bilishi kerak:
kaft, ikki yoki uch barmoq yordamida buyumlarni ushlay olish;
turli shakldagi buyumlarni farqlay olish;
bo‘rtma rasmlarni o‘qiy olish;
o‘qish vaqtida qatorlarda qo‘llarni to‘g‘ri
joylashtirishni bilish;
yer sirtidagi turli baland-pastliklarni farqlay olish;
fazoda tovushlarni ajrata bilish.
=== Taqdimot 22 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TA’LIM TARBIYASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar