KO‘CHIRMA GAPLI QURILMA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
KO‘CHIRMA GAPLI QURILMA
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Ko‘chirma gapli qurilma haqida umumiy ma’lumot.
2. Ko‘chirma gapli qurilmalarda tinish belgilarining ishlatilishi.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zgalarning mazmuniy, leksik, grammatik xususiyatlari to‘liq saqlangan holda hech o‘zgarishsiz ishlatilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi.
Abdulla Qahhor adabiyot to‘g‘risida shunday degan edi: “Adabiyot – atomdan kuchli. Lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflash kerak emas”.
Bu o‘rinda Abdulla Qahhor adabiyot to‘g‘risida shunday degan edi gapi muallif gapi, “Adabiyot – atomdan kuchli. Lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflash kerak emas” ko‘chirma gapdir.
=== Taqdimot 4 ===
Muallif gapi ko‘chirma gapning kimga tegishli ekanligini ko‘rsatib keladi.
Ko‘chirma gapdagi mazmun, odatda, tinglovchiga qaratiladi.
Ko‘chirma gap bir so‘zdan, bir gap yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir matndan iborat bo‘lishi mumkin.
Masalan, Hojiyeva yozadi: “Xalqni og‘ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‘ o‘zgarishlar  jipslashtiradi , uning kuch-qudratini imtihon qiladi”.
=== Taqdimot 5 ===
Muallif gapi esa ko‘pincha ikki bosh bo‘lakli birgina sodda gapdan tashkil topadi. Qo‘shma gap holida yoki bir bosh bo‘lakli sodda gap shaklida deyarli qo‘llanmaydi.
Masalan: “To‘g‘on buzilibdi. Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin”, – deb buyurdi Mahkamov. U joy ko‘rsatib, mehribonlik bilan murojaat qildi: “Kelganingga xursandman”.
=== Taqdimot 6 ===
Ko‘chirma gapning kesimi turli so‘z turkumi bilan ifodalanadi oladi, lekin muallif gapining kesimi hamma vaqt sof fe’l bilan ifodalanadi.
Quyidagi fe’llar muallif gapining kesimi bo‘lib keladi:
1. Gapirish ma’nosini bildiruvchi demoq, aytmoq, gapirmoq, so‘zlamoq, murojaat qilmoq singari fe’llar.
Masalan: Shunda mehnatkashlardan biri dedi: “Bizlar mehmonmiz: kim yaxshi, kim yomonni bilmaymiz”.
=== Taqdimot 7 ===
2. So‘zlash ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli holatni ko‘rsatuvchi qichqirmoq, pichirlamoq, buyurmoq, undamoq singari fe’llar.
Masalan: “Yashang, oshpaz!” – kinoya bilan qichqirdi O‘ktam.
=== Taqdimot 8 ===
3. Oldingi fikr bilan bog‘liqligini ifodalovchi javob bermoq, bo‘lmoq (gapni bo‘lmoq), davom ettirmoq kabi fe’llar.
Masalan: Rais so‘zida davom etdi: “Ayniqsa, Farhod to‘g‘risida so‘z borganda ham sen aytganday, kishining ko‘ngli tog‘day ko‘tariladi”.
=== Taqdimot 9 ===
4. So‘roq ma’nosini ifodalovchi fe’llar: “Qalay, bu yil bug‘doy rejasini bajarasizmi?” – so‘radi O‘ktam.
5. So‘zlovchining turli ichki kechinmalari, munosabatlari, imo-ishoralarini ifodalovchi fe’llar: Nasimjon boshini ko‘tarmasdan ming‘irladi: “Xotirjam bo‘linglar, bir iloj qilib ko‘ndiraman”.
=== Taqdimot 10 ===
6. Tafakkur faoliyati bilan bog‘liq fe’llar: o‘y surib ketmoq, xayoldan o‘tkazmoq, fikr qilmoq, xayolga botmoq, o‘z-o‘zi bilan gaplashmoq kabilar.
Masalan: “Cho‘lponoy bizlarning roziligimizsiz erga tegib, balki yaxshi ish qilgandir?” – deya o‘y surib ketdi u.
=== Taqdimot 11 ===
Ko‘chirma gapda kesim bayon qilingan fikrnigina bildirmay, balki hali ifoda etilmagan, faqat o‘ylangan, taxmin qilingan fikrni ham bildirishi mumkin. Shuning uchun bu holda muallif gapining kesimi o‘yladi, dedi ichida, dedi o‘ziga-o‘zi kabi shaklda ifodalanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Bunda ko‘chirma gap butunligicha muallif nutqidagi fe’l kesimga nisbatan hol yoki ergash gap bo‘lib keladi.
Masalan: “Bu xomxayol”, – deya gapini bo‘ladi akam. “Undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qoldimi?” – deb ko‘kragiga uradiganlar ham topiladi.
Bu xildagi gaplarda ko‘chirma gapning xususiyati kuchsizlashgan bo‘ladi.
Biroq demoq fe’li so‘zlash harakatga bog‘liq bo‘lmagan fe’llar bilan birga kelib, deb yoki deya shaklida muallif gapi bilan ko‘chirma gapni bog‘lashi mumkin.
=== Taqdimot 13 ===
2. Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin keladi. Bunda muallif gapining kesimi, ko‘pincha, aytmoq, so‘ramoq, javob bermoq, gapirmoq, demoq kabi fe’llari bilan ifodalanadi.
Masalan:
U birdan yengillashib, xo‘rsindi-da, O‘ktamga murojaat qildi: “Mana bu mavzuga nima deysiz?”
Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda gap bo‘laklarining tartibi odatdagicha bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
3. Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelishi mumkin. Bunda muallif gapining ega bo‘lagi ko‘chirma gapdan oldin, kesim bo‘lagi ko‘chirma gapdan keyin keladi.
Masalan: Sayramov cholni… sekin quchoqlab : “Hali ko‘nglingiz g‘unchaday yosh, bilaman”, – dedi.
=== Taqdimot 15 ===
4. Ko‘chirma gap muallif gapining har ikki tomonidan kelganda ham,
muallif gapidagi kesim bo‘lagi oldin, ega bo‘lagi keyin keladi.
Masalan: “Juda to‘g‘ri, haq gap, – dedi Boltaboyev, – hamma yutuqlaringiz birlik orqasidan kelayotir”.
=== Taqdimot 16 ===
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, koʻchirma gap – ogʻzaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari oʻzgartirilmay, aynan oʻzicha berilgan oʻzganing gapi.
Koʻchirma gapda oʻzga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa koʻchirma gap kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, qanday maqsad va tarzda aytilgani va boshqa qoʻshimcha tavsifiy maʼlumotlar beriladi.
=== Taqdimot 17 ===
uning oʻrtasida (Sunbula sapchib oʻrnidan turdi-da: “Hayriyat, tushim ekan”, – dedi hansirab.)
Koʻchirma gap muallif gapidan avval (“Kuch adolatda”, – dedi Sohibqiron.),
yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: “Bugungi ishni ertaga qoʻyma”.) keladi.
=== Taqdimot 18 ===
Koʻchirma gap muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi.
Koʻchirma gap badiiy asarlarda nutqning taʼsirchanligi, ifodaliligini oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi.
Yodda tuting: Oʻzganing gapi har doim aynan, koʻchirma gap tarzida berilavermaydi.
=== Taqdimot 19 ===
Koʻchirma gap qolipi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
“K?” – m.
M: “K”, – m.
“K, – m, – k”.
M: “K?”
“K, – m, – k?”
“K”, – m.
M: “K…”
“K…” – m.
“K, – m. – K!”
M: “K”.
M: “K!”
“K!” – m.
=== Taqdimot 20 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KO‘CHIRMA GAPLI QURILMA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar