Ko’rish analizatori tuzilishi va vazifalari

8000 so'm


Ko'rish analizatori tuzilishi va vazifalari

 

 

Slayd 1

Analizatorlar. Ko‘rish organinig tuzilishini o‘rganish.

Slayd 2

Ma’lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko’ra juda rang-barang bo’ladi. Atrof-muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog’liq. Bu bog’lanish sezgi organlari orqali ta’minlanadi, ya’ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta’sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.
Bosh miya po’stlog’ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to’plami joylashgan bo’lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi organlarining markazlari) deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan: ta’sirotlarni qabul qiluvchi – retseptor, o’tkazuvchi qismi – sezuvchi nerv tolasi va analiz-sintez qiluvchi qismi – sezuvchi nerv markazlari.
Analizatorning o’tkazuvchi qismi – bu sezuvchi nerv tolasidan iborat bo’lib, u retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o’tkazadi
Analizatorning markaziy qismi miya po’stlog’ining turli sohalarida joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko’ra javob reaksiyasi hosil bo’ladi
Analizator

Slayd 3

Analizatorlarga:
Terianalizatori
Hidbilish analizatorlari
Eshitish analizatorlari
Ko’rish analizatorlari
Ta’m bilish analizatorlari
Har bir organ ma’lum ta’surotni qabul qiladi

Slayd 4

Bosh miya po’stlog’i sezgi organlari markazlarining joylashuvi:
1 – hid bilish markazi bosh miya po’stlog’I chekka qismining oldingi yuqori sohasida; 2 – ko’rish markazi ensa sohasida; 3 – eshitish markazi bosh miya po’stlog’i chekka qismining pastki sohalarida; 4 – ta’m bilish markazi bosh miya po’stlog’I chekka qismining yuqpri va o’rta sohasida; 5 – barmoq terisidagi paypaslash markazlari bosh miya po’stlog’I tepa qismining o’rta sohasida.

Slayd 5

Ko’rish analizatori
Ko’rish organi – ko’z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o’simlik va hayvonot olamini o’rganadi; rassomlik, me’morlik, haykaltaroshlik san’atlarining mahsulotlaridan bahramand bo’ladi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanadi

Slayd 6

1 – ko’z soqqasining oq pardasi; 2 – ko’z soqqasining shox pardasi; 3 – ko’zning qon – tomir pardasi; 4 – ko’zning kamalak pardasi; 5 – ko’zning oldingi bo’shlig’i (suyuqlik bilan to’lgan); 6 – ko’z qorachig’i; 7 – ko’z gavhari; 8 – gavharni o’rab turuvchi kipriksimon muskul; 9 – shishasimon tana; 10 – ko’zning to’rpardasi; 11 – ko’rish nervi.
Ko’zning tuzilishi

Slayd 7

Slayd 8

Ko’rish o’tkirligi. Ko’rish o’tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo’shilib ketmasdan, alohida-alohida ko’rinishi uchun zarur bo’1gan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan odam 60 sekund burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko’rish o’tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi.

Slayd 9

Slayd 10

Odamning ko’rish qobiliyati boyqushnikidan 500 marta past. Boyqush o’z o’ljasini to’la qorong’ulikda 2 metr masofadan turib payqay oladi. Shuningdek, burgut quyonni 3,2 km. Balandlikdan, lochin, kaptarni 8 km masofadan payqashi mumkin.
Qiziqarli ma’lumotlar

Slayd 11

Yaqindan ko’ruvchilar botiq oynali, uzoqdan ko’ruvchilar esa qavariq oynali ko’zoynaklardan foydalanadilar. Bundan tashqari, kontakt linzalardan ham foydalanish mumkin.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ko’rish analizatori tuzilishi va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar