Ko’chib yuruvchi genetik elementlar va transpozonlar

8000 so'm


Ko'chib yuruvchi genetik elementlar va transpozonlar

 

 

Slayd 1

Ko’chib yuruvchi genetik elementlar va transpozonlar

Slayd 2

Reja
Plazmidlar, restriksion endonukleazalar, genetik injeneriya usullari
Plazmidlar
Restriksion endonukleazalar

Slayd 3

Ko’chib yuruvchi genetik elementlar

Slayd 4

1950-yillarda AQSH olimasi Barbara Mak-Klintok makkajo’xorida irsiy belgilarni o‘rganish jarayonida bir joyda muntazam ravishda joylashmay, balki o’z joyini o’zgartirib turadigan bir guruh genlar majmuasini kashf etdi va genomdagi genlar ko’chib yuradi degan fikrni ilgari surdi. Bunday ko’chib yuruvchi genlar toifasi regulyator genlar yoki transpozonlar deb ataladi. Har gal genlar o’z joyini o’zgartirganda qo’shni genlar faoliyatini u yoki bu tomonga o’zgartiradi.
Ko’chib yuruvchi genetik elementlar

Slayd 5

Transpozonlar juda oddiy IS (ingl. insertion sequences) elementlaridan tuzilgan bo‘ladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalarda, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir

Slayd 6

Plazmidlar
Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo’sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o’rtacha 3—10 dona genlardan iborat bo’lib, ikki toifaga bo’linadi. Bularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK zichligini kesib, rekombinatsiya bo’la oladigan plazmidlar.
Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari, qo’shimcha xromosomachalar plazmidlar deb ataladi

Slayd 7

Plazmidlar
Rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan naslga o’tuvchi plazmidlar deb ataladi.

Slayd 8

Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi.
DNK molekulasini mayda bo‘laklarga bo‘luvchi fermentlar kesuvchi endonukleazalar yoki restriktazalar deb ataladi.
Restriksion endonukleazalar

Slayd 9

Qo’sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar ham mavjud. Bu restriktazalar funksiyasi jihatdan transpozazaga o’xshashligi ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham bu restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo’laklarini bir-biriga bog’lash soddalashadi. Hozirgi kungacha 500 dan ortiq xilma-xil restriktazalar tozalanib olingan va o’rganilgan.

Slayd 10

Restriktaza
Har xil organizmlardan yuqori molekulali DNKni tozalab ajratish, uni maqsadga muvofiq restriktaza bilan «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesish, hosil bo’lgan DNK bo’laklarini elektroforez vositasida ajratib olib, har xil DNK bo’laklaridan maqsadga muvofiqlarini tanlash va ularni berilgan tartibda ulovchi ligaza fermenti vositasida qaytadan biriktirish asosiy usullaridan hisoblanadi.

Slayd 11

Adabiyotlar:
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo’kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo’sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno’m zanyatiyam pomikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ko’chib yuruvchi genetik elementlar va transpozonlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar