Katabolizmning Umumiy Yo’llari va Krebs Sikli
8000 so'm

Slayd 1
Katabolizmning umumiy yoʻllari. Pdg va krebs sikli
Slayd 2
Slayd 3
Hujayralarda energiyani olish yo‘llari
•Glikoliz (katabolizmning 2 bosqichi).
•Yog‘ kislotalarni β-oksidlanishi (katabolizmning 2 bosqichi).
•Uchkarbon kislota sikli (Krebs halqasi), (katabolizmning 3 bosqichi) –
•Oksidlanishli fosforlanish (katabolizmning 3 bosqichi).
Slayd 4
#KATOBOLIZM AHAMIYATI VA BOSQICHLARI:
-katobolizm 3-bosqichda amalga oshadi (Hazmlanish, Asetil-KoA hosil boʻlishi, Krebs sikli va Elektron transport zanjiri). Bu yoʻlda piruvatdan Asetil-KoA hosil boʻlishi, Krebs sikli va ETZ hamma modda uchun umumiy yoʻllardir, qolganlari oqsil, yogʻ, uglevod uchun spetsifik yoʻllar boʻlgani sababli shu moddalar metabolizmida koʻrib oʻtamiz.
Slayd 5
Piruvatdegidrogenaza kompleksi
Piruvatdegidrogenaza kompleksi 3 ta ferment va 5 ta kofermentdan iborat.
Piruvatlipoatoksidoreduktaza (TDF, 30 molekula tetramer)
Lipoatasetiltransferaza (LK, 60 molekula)
Digidrolipoildegidrogenaza (FAD, 10 molekula)
Erkin kofermentlar: koenzim A va NAD (nikotinamidadenindinukleotid)
Slayd 6
Slayd 7
Gidroksietil
Piruvatdan asetil-KoA hosil boʻlishi (Piruvatning Oksidlanishli Dekarboksillanishi) va bunda qatnashuvchi ferment – Piruvat DeGidrogenaza(PDG):
Slayd 8
Slayd 9
Slayd 10
Slayd 11
P.D.G ning boshqarilishi
Slayd 12
Krebs sikli(sitrat,limon,trikarbon)
Slayd 13
#KREBS SIKLI ENERGETIKASI:
Kresb siklida 3 ta NADH2, 1 ta FADH2, va 1ta GTF hosil boʻladi. Har bir NADH2 ETZ da 3 tadan ATF hosil qiladi (9). FADH2 ETZ da 2 ta ATF hosil qiladi. GTF ham 1 ATF ga teng energiya beradi. Umumiy hisobda 12 ATF energiyasi hosil boʻladi. Ammo 1 ta Glyukozadan 2 ta Asetil-KoA hosil boʻlishini inobatga olsak, 24 ATF hosil boʻladi.
2
Piruvatdan Asetil-KoA hosil boʻlishida hosil boʻlgan 1 NADH2 ham 3 ATF beradi. Bunda ham 1 Glyukozadan 2 piruvat hosil boʻlishini inobatga olsak, 6 ATF hosil boʻladi.
24+6= 30
Slayd 14
1NADH-3 ATF
1FADH2-2 ATF
Slayd 15
KREBS SIKLI BOSHQARILISHI:
Slayd 16
Slayd 17
Anaplerotik toʻldirilish:
Ochlik paytida Krebs sikli mahsulotlari ham parchalanib, kamayib ketishi mumkin. Toʻqlik vaqtida yoʻqotilgan metabolitlar boshqa moddalar hisobiga toʻldiriladi. Bu Anaplerotik Toʻldirish deyiladi.
Slayd 18
Krebs siklining bioximyoviy funksiyalari
Integrativ funksiyasi – Krebs sikli metabolik «kollektor» (yigʻuvchi) boʻlib, uglevodlar va oksillarning katabolik yoʻlini birlashtiradi.
Energetik funksiyasi – Krebs sikli reaksiyalarining borishi natijasida 1 mol asetil KoAning parchalanishidan 12 mol ATF sintezlanadi.
Vodorod donorlik (vodorod generatorlik) funksiyasi – Krebs sikli nafas olish zanjiri uchun vodorodning asosiy generatori hisoblanadi. Bu siklda 4 juft vodorod atomlari hosil boʻlib, ulardan 3 jufti NAD bilan, bir jufti esa FAD bilan birikadi. Oshqozon fundal bezlarining hujayralarda vodorod protonlari elektron tashish zanjiriga emas balki xlorid kislota sinteziga sarflanadi. Ushbu jarayon buyrakdagi yigʻuvchi naychalardagi tuk buyalgan hujayralariga ham xos va siydikning kislotali-asos muvozanatini saqlashda ahamiyatga ega.
Amfibolik funksiyasi. Limon kislota sikli metabolizmning amfibolik yoʻllaridan biri hisoblanadi. Bunda nafaqat energetik substratlarni oxirgi mahsulotlargacha (CO₂ va H₂O) oksidlanish yoʻli bilan parchalanishi, balki boshqa metabolik yoʻllar uchun substratlarni hosil qilishini oʻz ichiga oladi. Yaʼni, Krebs sikli ikki xil funksiyani bajaradi.
Agar sizga ushbu mavzu boʻyicha yana biror yordam kerak boʻlsa, quyidagilardan birini tanlashingiz mumkin:
Krebs siklida 12 mol ATF qanday hosil bo’lishini tushuntirib beringMatnning qisqacha konspektini lotin alifbosida tayyorlab bering
Slayd 19
Gipoenergetik holatlar
shakli | sababi
I. Alimentar
ochlik, gipovitaminoz
II. Gipoksik:
A. Qonga kislorodni oʻtishini buzilishi:
Ekzogen gipoksiya: Atmosfera havosida O₂ yetishmasligi
Oʻpka (nafas) gipoksiya: Oʻpka ventilyatsiyasini buzilishi yoki alveolalardan qonga O₂ oʻtolmasligi
B. Toʻqimalarga kislorodni tashilishini buzilishi:
Gemodinamik gipoksiya: Qon aylanishini buzilishi (tizimli – yurak nuqsonlari, qon yoʻqotishlar, karaxtlik va boshqalar; mahalliy – tomirlar spazmi, tromboz, arteriovenoz shunt)
Gemoglobin gipoksiya: Gipogemoglobinemiya, gemoglobinni zaxarlar bilan bloklanishi, gemoglobinopatiyalar
III. Mitoxondrial (hujayralarda kislorodni oʻzlashtirilishini buzilishi)
Mitoxondriyalar funksiyalarini nafas olish zanjiri ingibitorlari, oksidlanishni fosforlanish bilan ajratuvchilar va membranotrop moddalar taʼsirida buzilishi.
Slayd 20
Etiologiyasi- koʻpincha PDG ning E1 oqsili mutatsiyasi hisobiga yuzaga keladi. Vitamin B1(TDF) yetishmovchilida ham shu kasallikga xos belgilar kuzatiladi.
Patogenezi- PDG yaxshi ishlamagani uchun piruvat toʻplanadi. Keyin u anaerob glikoliz hisobiga LAKTAT(sut kislota)ga aylanadi. Bu organizmda atsidoz holatini paydo qiladi.
Belgilari- irsiy shaklda belgilar tugʻilgandan keyin tezda yuzaga chiqadi,eng koʻp miya zararlanib, mikrosefaliya, aqliy zaiflik, mushak gipotoniyasi, baʼzan ataksiya(mushaklar notoʻgʻri ishlashi), koʻngil aynishi, qusish,taxipnoe kabi belgilar yuzaga kelishi mumkin.
Davolash- PDG ni ingibirlovchi PDG kinazani bloklaymiz. Buning uchun Dexloratsetat beriladi
IRSIY PDG DEFITSITI:
Slayd 21
Vaziyatli masalalar
31 haftalikda erta tugʻilgan chaqaloqda skolioz, mikrosefaliya, burun kataklari kengligi aniqlangan. Qon analizida laktat miqdori oshib ketgan. Siydikda piruvatning tuzli birikmalari koʻpaygan. Bola tez-tez qusadi, nafas olish kuchaygan, pulsi daqiqada 153 ekanligi aniqlandi. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz?
Slayd 22
Javoblar:
Bemorda irsiy PDG defitsiti. Bemorda metabolitik atsidozni yoʻqotish uchun Natriy Gidrokorbanat(ichimlik sodasi)ning 8,5% li 100ml eritmasi vena ichiga yuboriladi. PDG faolligini oshirish uchun Dexloratsetat kapsulasi ichiriladi, vitamin B1 eritmasi (1ml lik ampullalarda) inʼeksiya qilinadi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.