Karyera tushunchasi va uning bosqichlari
4000 so'm

Slayd 1
Karyera tushunchasi va uning bosqichlari
Slayd 2
Bugun darsimizda
01
02
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirish.
Karyera rejalashtirish, shaxsiy rivojlanish, professional o‘sish, ko‘nikmalarni rivojlantirish, maqsad qo‘yish, strategik rejalashtirish, karyera yo‘nalishi, lavozim pog‘onalari, tajriba va malaka.
Karyera tushunchasining mazmun mohiyati va uning turlari.
Karyera, professional rivojlanish, lavozim o’sishi, mehnat bozori, malaka oshirish, mutaxassislik, korporativ karyera, shaxsiy karyera, ish tajribasi, ko‘nikmalar, karyera rejasi, maqsad va motivatsiya.
Slayd 3
Karyera tushunchasining mazmun mohiyati va uning turlari. Karyera, professional rivojlanish, lavozim o’sishi, mehnat bozori, malaka oshirish, mutaxassislik, korporativ karyera, shaxsiy karyera, ish tajribasi, ko‘nikmalar, karyera rejasi, maqsad va motivatsiya.
01
Slayd 4
Mavzuning dolzarbligi:
Bugungi kunda mehnat bozorining tezkor o‘zgarishi, yangi kasblarning paydo bo‘lishi va malaka talablarining oshishi shaxsiy va professional rivojlanishni muhimlashtirmoqda. Karyera bosqichlarini anglash, rejalashtirish va to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilish insonning mehnat faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Bu mavzu yoshlarga, mutaxassislarga va ish beruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini shakllantirish hamda samarali boshqarish uchun muhim ahamiyatga ega.
Slayd 5
Inson o‘z mehnat faoliyati davomida ko‘p hollarda bitta emas, balki bir nechta xizmat vazifalarini egallaydi. Ana shu xizmat vazifalarida ko‘tarilish umum e‘tirof bo‘yicha karyera deb ataladi.
Karyera — fransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olg‘a qarab
muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab lavozimida muvaffaqiyatli o‘sish sifatida tushuniladi.
Slayd 6
Zamonaviy menejmentda karyera ikki nuqtai nazardan baholanadi. Birinchidan, karyera — inson hayoti davomida egallaydigan xizmat vazifalari, lavozimlari jamlanmasidir. Buni maqsadli karyera, deb ham atashadi. Ikkinchidan esa, karyera — inson hayoti davomida ro‘y beradigan qadriyatlar va qiziqishlar o‘zgarishidir. Buni subyektiv karyera, deb atashadi.
Slayd 7
Amaliy karyera — xodim faoliyatning biror sohasida yuqoriga ko‘tarilishi, ko‘nikmalari, qobiliyati, malakasi hamda faoliyati bilan bog‘liq holda rag‘batlantirish miqdorining o‘zgarishi, hayotda tanlangan yo‘li bo‘yicha olg‘a qarab harakati, mashhur bo‘lishi, shuhrat qozonishidir.
Slayd 8
Amaliy karyera turlari
Korxona ichida, Korxonalararo
Gorizantal
Vertikal
Ixtisoslashgan, Ixtisoslashmagan
Yashirin, bosqichli
01
02
03
04
05
Amaliy karyera
Slayd 9
Kasb karyerasi — bilim, ko‘nikma, mahorat o‘sishidir. Kasb karyerasi ixtisoslik kasb faoliyati boshida tanlangan ixtisoslikni chuqurlashtirish yoki keng ixtisoslashtirish yangi va turdosh kasblarni egallash yo‘nalishida bo‘lishi mumkin. Kasb karyerasi xodim o‘z kasbiy faoliyati davomida turli: o‘qish, ishga joylashish, lavozimda o‘sish, pensiyaga chiqish bosqichlarini bosib o‘tish xususiyatiga ega. Xodim mazkur bosqichlarni turli tashkilotlarda bosib o‘tishi mumkin.
Slayd 10
Karyera bosqichlari
Yosh
maqsadga erishish ehtiyojlari
Dastlabki
25 gacha
ta’lim, turli ishlarda sinab ko’rish
Tiklanish
30 gacha
ishni o‘zlashtirish, ko‘nikmalarni rivojlantirish, malakali mutaxassis yoki rahbarning shakllanishi
O‘sish
45 gacha
xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish, yangi ko‘nikmalar va tajribaga ega bo‘lish
Barqarorlik
60 gacha
mutaxassis yoki rahbar malakasining cho‘qqisi, o‘z malakasini oshirish
Yakunlash
60 dan keyin
nafaqaga chiqish, o‘ziga voris tayyorlashga, nafaqada faoliyatining yangi turi bilan shug‘ullanishga tayyorgarlik
Nafaqadan so‘ng
65 dan keyin
faoliyatning yangi turi bilan mashg‘ul bo‘lish
Slayd 11
Karyerani boshlanishi
O‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash. Manfaatlarni aniq belgilab olish, ehtiyojlarni aniqlash.
Korxona tashkilotning shaxsiy ehtiyojlariga mos ekanligi; Korxona tashkilotning joylashishi; Ishning mavjudligi.
Korxona (tashkilot)dagi ish o‘rni nufuzi; Korxona (tashkilot)ning jamiyat farovonligiga qo‘shayotgan hissasi;
Karyerani tanlash
Korxona tashkilotni tanlash
Ta’lim
Rahbarlik
Mo‘ljal
Slayd 12
Real karyera — lavozimda amalga oshirilgan, erishilgan o‘sishdir. Bunda
xodimning muayyan davr ichida faoliyatning tegishli turida aniq bir korxona yoki tashkilotdagi lavozimda o‘sishi tushuniladi.
Salohiyatli karyera — lavozimda rejalashtirilgan, yoki ehtimol tutilgan
o‘sishdir. Xodim mehnat faoliyati va hayotiy yo‘li davomida o‘z rejalari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarini ko‘zlab lavozimda o‘sishni orzu qilishi, xohlashi salohiyatli karyera hisoblanadi.
Slayd 13
Desant karyera – rahbarlik lavozimini kutilmagan holda egallash tushuniladi. Ushbu lavozimni egallash zarurati va bu karyeraning davomiyligi turli sabablarga korxona rahbariyatini mustahkamlash, rahbariyatga amaliy yordam ko‘rsatish zaruriyati va hokazolarga bog‘liqdir.Jadal karyera – Tashkiliy tizim pillapoyalari bo‘yicha o‘ta tezkor, ayni vaqtda izchil ko‘tarilish lavozimda o‘sishning ushbu turiga mansubdir. Bu odatda iqtidorli, iste’dodli, yuksak salohiyatlarga ega xodimlarga xos. Ular qoidaga ko‘ra bir lavozimda uzog‘i bilan 1—3 yil davomida bo‘ladilar.
Slayd 14
Normal karyera – bu xodimning uning kasb tajribasi va malakasi oshishiga qarab lavozimda bosqichma-bosqich ko‘tarilishidir. Bu karyeraning davomiyligi xodim faol mehnat faoliyati davomiyligiga tengdir. O‘rtacha bu xodim 40 yoshgacha bo‘lgan davr uchun xarakterlidir. Normal karyerada xodim bir lavozimda o‘rtacha 3—5 yil davomida bo‘ladi.
Sust karyera – bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda bu davr normal karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5—2 barobar ko‘p, ya’ni 5—10 yilga teng demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari bilan izohlanadi.
Slayd 15
Tipik karyera – bu xodimning kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishishi,
malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.
Barqaror karyera – bu xodimning kasb faoliyati va lavozimda o‘sishida muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ya’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi, shuningdek ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni egallashiga to‘g‘ri kelganligini bildiradi.
Slayd 16
1. Sinov (ko‘nikish).
2. O‘zini-o‘zi e’tirof etish, firmada e’tirof etilish va xizmat lavozimida o‘sish.
3. Karyera o‘rtasi.
4. Karyera yakuni.
G‘arb tadqiqotchilari lavozimda o‘sishning quyidagi bosqichlarini ham farqlaydilar:
Slayd 17
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirish.Karyera rejalashtirish, shaxsiy rivojlanish, professional o‘sish, ko‘nikmalarni rivojlantirish, maqsad qo‘yish, strategik rejalashtirish, karyera yo‘nalishi, lavozim pog‘onalari, tajriba va malaka.
02
Slayd 18
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirishni boshqarish — kompaniya
yoki firma ichki ehtiyojlariga muvofiq holda xodim salohiyatlari va umidlarini
hisobga olgan holda uning lavozimda yoki kasb vazifasida o‘sishini shakllantirishga aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir o‘tkazish jarayonidir.
Bugungi kunda xizmat vazifasi va lavozimda o‘stirishning eng ko‘p tarqalgan to‘rt turi: “Tramplin”, “Narvon”, “Chorraha” va “Ilon” turlari mavjuddir.
Slayd 19
O‘qituvchi
Direktor
o‘rinbosari
Tuman, shahar bo‘limi boshlig‘i
Viloyat bo‘linmasi boshlig‘i
Karyeraning Tramplin usuli
Slayd 20
“Chorraha” usuli rahbarning egallab turgan lavozimdagi faoliyati ishlab chiqarish manfaatlariga mos kelmay qolganligi va undan kelgusida qaysi sifatda foydalanishi to‘g‘risida qaror qabul qilish talab etilishi bilan bog‘liq amaliy vaziyatni aks ettiradi.
Slayd 21
Zinapoya usuli – bu karyerada bosqichma-bosqich yuqorilash strategiyasi bo‘lib, xodim yoki mutaxassis har bir bosqichda tajriba, bilim va malaka orttirib, keyingi pog‘onaga chiqishga intiladi.
Bosqichma-bosqich rivojlanish – har bir lavozimda zaruriy ko‘nikmalar va tajriba to‘plab, keyingi pog‘onaga o‘tish.
Malaka va bilimni oshirish – Ish davomida yangi bilim va sertifikatlarga ega bo‘lish.
Slayd 22
1-2 yil
Birinchi
daraja
(bo‘lim)
Bo‘lim
boshlig‘I
Direktor o‘rinbosarlari kadrlar, ishlab chiqarish
Iqtisodchi
Texnolog
Nozir
Usta
Ikkichi
(korxona)
Bosh
direktor
Bosh direktorning o‘rinbosarlari
Uchinchi
(birlashma
aksiyadorlik
jamiyati)
Slayd 23
Usta
Uchatka
Boshlig‘i
Direktor
o‘rinbosari
Xizmat
boshlig‘i
Bo‘lim
Mutaxassis
Ushbu usul “zinapoya” ko‘rinishlaridan biri hisoblanib, undan vaziyatga qarab foydalanish tavsiya qilinadi
Slayd 24
Korxonalarda personal karyerasini rivojlantirish rejalari quyidagi
xususiyatlarga ega:
1. Xodimning mehnat staji ortishi bilan uning lavozimda o‘sishi tezlashmaydi. Xodimning bir lavozimdagi staji qancha ko‘p bo‘lsa, uning navbatdagi yuqori lavozimga ko‘tarilish ehtimoli shuncha kamayib boradi, ya‘ni lavozimdagi staj mansabda ko‘tarilish mezoni hisoblanmaydi.
2. Lavozimda ko‘tarilish tezligi turli lavozimlar uchun bir xil emas.
Boshqalarga ko‘ra muhandis va ustalar, ayniqsa 30—39 yoshdagi muhandis va ustalar sekinroq ko‘tariladi.
Slayd 25
Karyera inson hayotidagi uzluksiz taraqqiyot jarayoni bo‘lib, u shaxsning bilim, tajriba va maqsadlari asosida shakllanadi. Karyera rivojlanishi bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, har bir bosqichda shaxsiy va professional o‘sishning muhim jihatlari namoyon bo‘ladi.
Birinchi bosqich – tayyorgarlik davri, bu bosqichda inson bilim oladi, kasb-hunar egallaydi va ilk tajribalarni orttiradi.
Ikkinchi bosqich – karyera boshlanishi, bunda shaxs o‘z sohasida ilk qadamlarni tashlab, amaliy tajriba orttiradi.
Uchinchi bosqich – rivojlanish bosqichi, bu jarayonda inson kasbiy mahoratini oshirib, yetuk mutaxassisga aylanadi.
To‘rtinchi bosqich – barqarorlik va cho‘qqi davri, bunda inson yuqori lavozimga erishadi yoki o‘z sohasida muvaffaqiyatli yetakchiga aylanadi. Oxirgi bosqich – pasayish va nafaqaga chiqish, bu jarayonda inson faoliyatini tugatib, tajribalarini boshqalarga o‘rgatish yoki tinch hayot kechirishga yo‘naltiriladi.
Slayd 26
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Murojaat uchun:
azimjonqosimov@jdpu.uz
+99(890) 310 68 10
www.jdpu.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.