Jismoniy tarbiya va sportda pedagogik tajriba
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya va sport fanida pedagogik tajriba
Slayd 2
Reja:
Pedagogik tajribaning asosiy vazifasi va turlari
Pedagogik tajribalarning turlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Pedagogik tajribaning davomiyligini belgilash
Tajribani o‘tkazishda qayd etish ilmiy hujjatlari
Slayd 3
Pedagogik tajribaning asosiy vazifasi va turlari.
Sportdagi pedagogik tajriba tadqiqot usullarining o‘ziga xos majmui bo‘lib, u tadqiqotlar avvalida asoslangan faraz to‘g‘riligining ilmiy jihatdan xolis hamda isbotli tekshiriluvini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa usullardan farqli o‘laroq, ta’lim va tarbiya sohasidagi u yoki bu yangiliklarning samaradorligini tekshirish, mashg‘ulotning yangi, yanada samarali vositalari, usullari hamda tashkil etish yo‘llarini chuqurroq tadqiq etish imkonini beradi. Pedagogik tajriba o‘quv-mashq jarayoni tuzilishidagi turli omillarning ahamiyatini taqqoslab, ma’lum vaziyat uchun ularning eng maqbul birikmalarini tanlash, muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni aniqlashga zamin yaratadi.
Slayd 4
Model tajribada jismoniy tarbiyaning o‘ziga hos sharoitlariga jiddiy o‘zgartishlar kiritiladi, natijada, o‘rganilayotgan hodisani chet ta’sirlardan muhofaza qilib turish imkoni tug‘iladi.
Laborator tajribada sharoitlar qat’iy barqarorlashtiriladi, bu tekshiriluvchilarni tashqi muhit ta’siridan imkon qadar ajratib qo‘yishga zamin hozirlaydi.
O‘qitishning qandaydir usuli, qo‘llanayotgan vositalari va samaradorligi darajasini aniqlashga yordam beradigan pedagogik tajribani qiyosiy tajriba deb ataydilar. O‘z navbatida, qiyosiy tajribalar izchil hamda muvoziy turlarga bo‘linadi.
Izchil tajribalar yangilik joriy etilgan pedagogik jarayon samaradorligini shu shug‘ullanuvchilar guruhiga mazkur yangilik joriy etilmasdan avvalgi samaradorligi bilan taqqoslash yo‘li orqali farazni isbotlashni nazarda tutadi.
Slayd 5
Tajribaning asosiy bosqichlari.
Birinchi bosqichda mazkur mavzu bo‘yicha ilgari chop etilgan ishlar nazariy tomondan chuqur tahlil qilinadi; hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar aniqlanadi; ushbu tadqiqot uchun mavzu tanlanadi; tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilanadi; muammoning echimini topish bo‘yicha mavjud amaliyotlar o‘rganiladi; jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida tekshirilayotgan
Muammoni hal qilishga yordam beradigan mavjud choralar ko‘rib chiqiladi; tadqiqot farazi shakllantiriladi.
Slayd 6
Tajribaning asosiy bosqichlari.
Ikkinchi bosqichda qator vazifalarni bajarish kerak; tajriba ob’ektlarini zarur miqdorda tanlab olish (sportchilar, sport guruhlari, sport turlari va h. k.); Tajriba qancha muddat davom etishini aniqlash; tajriba ob’ektining dastlabki holatini o‘rganish uchun muayyan usullarni tanlash; usuliyatlarning qulayligi hamda samaradorligini oz sonli tekshiriluvchilar guruhida sinovdan o‘tkazish; tajriba ob’ektida tegishli pedagogik taassurotlar natijasida yuz beradigan o‘zgarishlar haqida hukm chiqarish mumkin bo‘lgan belgilarni aniqlash.
Slayd 7
Pedagogik tajribalarni tashkil etish va o‘tkazishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim;
Dastlabkima’lumotlarvafarazlarnibelgilabolishmaqsadida o‘rganilayotgan hodisalarni avvaldan sinchiklab kuzatish.
Tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, buning uchun mos ob’ektlarni tanlash (sport zali, kontingent, jihozlar va h. k. ).
Tajriba ishining barcha muolajalarini aniq ishlab chiqish.
O‘rganilayotgan hodisaning (ob’ektning) rivojlanishini muntazam ravishda kuzatish va olingan ma’lumotlarni to‘liq yozib borish.
Ma’lumotlarning turli usullar va yo‘llar bilan tegishli moslamalar, sxemalar, so‘roqnomalar, testlar, matematik apparatlarni qo‘llagan holda muntazam ravishda qayd etib borish (imkoniyat bo‘lganda o‘lchash hamda baholash).
Takrorlanuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish, sharoit xususiyatlarini o‘zgartirish hamda kesishma ta’sir o‘tkazish; avval olingan ma’lumotlarni tasdiqlash (yoki inkor etish) uchun murakkablashtirilgan vaziyatlar yaratish.
Olingan ma’lumotlarni empirik o‘rganishdan mantiqiy umumlashtirishga, tahlil etish va nazariy jihatdan qayta ishlashga o‘tish. Faktlar har doim sabablarning natijasidir, ushbu sabablar esa faktlar asosida aniqlanadi.
Slayd 8
Pedagogik tajribani tashkil etish va o‘tkazish chog‘ida tadqiqotchi ishga aloqador hamma narsani albatta qayd etib borishi shart.
Hujjatlarning standart shakllari yo‘q. Ular ko‘pgina omillar (tadqiqotning vazifalari, usullari va h.k.) orqali belgilanadi. Lekin har qanday holatda ham tajribachi tadqiqot qaydlari kundaligini yuritishi, sportchining musobaqa faoliyati, tayyorgarligining turli jihatlari, organizmidagi har xil tizimlar tekshiruvi qaydnomalariga ega bo‘lishi, shuningdek, tekshiriluvchilarning tibbiy-pedagogik varaqalarini to‘ldirib borishi lozim.
Slayd 9
Tadqiqot qaydlari kundaligiga pedagog o‘quvchilarga pedagogik ta’sirot o‘tkazilgani to‘g‘risidagi, jamoaviy, guruhli tadbirlar hamda alohida ta’sir choralari amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib boradi. Ayni paytda, sportchilar ustida pedagogik kuzatuv olib borar ekan, pedagog ularning pedagogik ta’sirlarga munosabatini ham, hissiy qo‘zg‘alishlar, fikr bildirish, baholash, mulohazalar, faktlarni, muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini, ular ijobiy bo‘lsa ham, salbiy bo‘lsa ham, qayd etib borishi kerak.
Slayd 10
Tadqiqot arafasida va u o‘tkazilgan kundagi ishchi yuklamalarini yozib borish, uyqu, umumiy ahvol, shug‘ullanish istagi, ovqatlanish xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tahlil qilish zarur. Qo‘llanilayotgan tajriba amallarini yozib borish asnosida pedagog tajribaning tashkil etilishidagi nuqsonlarni bilib oladi, farazning ifodalanishi to‘g‘riligini aniq tekshirib olish uchun kerakli o‘zgartirishlar kiritadi.
Sportchi tayyorgarligining turli jihatlarini tadqiq etish qaydnomalarida qayd etiladigan ko‘rsatkichlar belgilab boriladi (masalan, tezlik, kuch va chidamlilikning nazorat sinovlari natijalari).
Slayd 11
Tajribani usuliy va texnik jihatdan tayyorlash uning g‘oyasi va o‘tkazish rejasidan kelib chiqadi. Uning tarkibiga tajriba o‘tkazuvchi va texnik yordamchilarning tayyorgarligi ob’ektini, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot vositalari-zaruriy jihozlar, qayd etish asboblari, kimyoviy moddalar, transport va h. k. Ni tayyorlash ishlari kiradi.
Slayd 12
Tajribaga usuliy hamda texnik tayyorgarlik ko‘rish sozlangan qurilmadagi (asboblar majmuidagi) barcha xalqalarni amalda sinab ko‘rish va, ayni paytda, tajribachilar harakatlarini mashq qilib olish bilan yakunlanadi. Agar tayyorlanayotgan tajriba juda murakkab yoki yangi, hali etarlicha chuqur o‘zlashtirilmagan usuliyatga asoslangan bo‘lsa, tayyorgarlik bosqichini sinov tajribasi o‘tkazish bilan yakunlagan ma’qul, shunda uning barcha unsurlari uzil- kesil yo‘lga qo‘yib olinadi.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.