Jismoniy tarbiya va sportda anketa-so’rovnoma usullari
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya va sport saxosida anketa-so’rovnomalar o’tkazish usullari.
Slayd 2
Reja:
Suhbat, intervyu olish va so‘roqnomadan foydalanish usullari
So‘roqnoma asosida fikr olish turlari
So‘roqnomaning tuzilishi hamda savollarning tasniflanishi
So‘roqnoma savollariga javob berish shakllari
So‘roqnomalarni tuzishning umumiy qoidalari
Slayd 3
Pedagogika amaliyotida tadqiqotning quyidagi so‘rov usullari keng qo‘llaniladi: suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish. Usullarning bu guruhi sub’ektiv hisoblanadi, chunki u respondentdan (so‘roqlanuvchidan) olinadigan og‘zaki axborotga asoslanadi.
Suhbat -o‘rganilayotgan masalani ikki tomonlama (yoki ko‘p tomonlama) muhokama qilish yo‘li bilan shaxsni o‘rganish va axborot olish usulidir. Suhbat usulidan xatti-harakatlarni muhokama qilish va tahlil etish hamda shaxsning ma’naviy bahosini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Slayd 4
Intervyu savollar tizimiga respondentning (so‘roqlanuvchining) og‘zaki javoblari asosida axborot olish usuli hisoblanadi.
So‘roqnomadan foydalanish ilmiy tadqiqot usullaridan biri bo‘lib, uning yordamida tadqiqotchi so‘roqlanuvchining og‘zaki xabarlari zamiridagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. So‘roqnomadan foydalanish tadqiqotchi tomonidan izchillik asosida tuzilgan savollarga so‘roqlanuvchidan yozma axborot olish jarayoni bo‘lib, tadqiqotning eng keng tarqalgan, matematik ishlov berish ancha qulay bo‘lgan, ko‘p sonli so‘roqlanuvchilarni qamrab olishga imkon beradigan usulidir.
Slayd 5
Ilmiy tadqiqotlar davomida suhbat va intervyu usullarini qo‘llash amaliyotini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, pedagog olim bo‘lib o‘tadigan suhbat yoki intervyuning maqsadini aniq belgilab olgan, bu savollar tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib tuzilgan bo‘lsa, eng ko‘p samara beradi. Keyinroq asosiy hamda yordamchi savollar doirasi belgilanib, bular tadqiqotchini qiziqtirgan muammolar mohiyatini aniqlash uchun imkon beradi. Yordamchi savollar haqida o‘ylab ko‘rayotgan pedagog suhbatning har xil variantlarini hisobga olib, uning borishini oldindan ko‘ra bilishi zarur
Slayd 6
Suhbatning samaradorligi ko‘p jihatdan tadqiqotchining ijobiy ma’naviy-ruhiy iqlim yarata olishiga, suhbatdoshning hulq- atvori, imo-ishoralari, savollarga hissiy aks ta’siri, javob berishga tayyorligi yoki javob berishdan qochishi va h. K. Ga bog‘liq. Suhbat asnosida uning zarur yo‘nalishda borishini kuzatib asta-sekin tadqiqot uchun qiziqarli bo‘lgan muammolarni aniqlashga yaqinlasha borish, ortiqcha tavsilotlarga o‘ralashib qolmaslik juda muhim. Va, nihoyat, suhbat yoki intervyu chog‘ida axborotlarni qayd etishning qulay shaklini oldindan mo‘ljallab qo‘yish zarur, masalan, magnitofonga yozib olish yoki videotasmaga tushirish.
Slayd 7
So‘roqnoma orqali fikr olishning rang-barang turlari mavjud bo‘lib, ularni muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga taqsimlash mumkin. Uning quyidagi turlari bor:
Hajmiga ko‘ra, ya’ni so‘roq qilinuvchi respondentlar miqdoriga ko‘ra: o‘z navbatida bu tur yalpi hamda saylanma bo‘ladi;
Tadqiqotchining respondent bilan muomala qilish usuliga ko‘ra so‘rooma asosida fikr olish shaxsiy (yuzma-yuz), guruhli, alohida va sirtqi bo‘lishi mumkin;
Tarqatish usuliga ko‘ra – pochta orqali yuboriladigan yoki tarqatma bo‘ladi.
Slayd 8
So‘roqnoma asosida fikr olishning har bir turini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Yalpi usul respondentlarning hammasiga yoppasiga so‘roqnomalar tarqatishni nazarda tutsa, saylanma usul so‘roqlanuvchilarning tanlab olingan ommasi orasida o‘tkaziladi. Bu usul boshqalariga nisbatan ancha keng tarqalgandir. Shaxsiy usul tadqiqotchi bilan so‘roqlanuvchining bevosita muomalasiga asoslangan, ya’ni so‘roqnoma to‘ldirilayotgan paytda tadqiqotchi shu erda bo‘ladi. Bu usul varaqalarning to‘g‘ri to‘ldirilishi hamda to‘liq qaytarib berilishi uchun imkon yaratadi. Guruhli usulda kishilarning katta guruhini bir vaqtning o‘zida so‘roqqa tutish mumkin bo‘ladi, natijada, qisqa vaqt ichida ko‘p material to‘planadi. Ammo bu tur ham muayyan nuqsonlarga ega: jamoaviy suhbat, masalalarni muhokama qilish so‘roqnoma asosida fikr olish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Slayd 9
Demografik qism respondentning pasport ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi va taxminan quyidagi savollardan iborat bo‘ladi:
F. I. O. ; Jinsi, yoshi, sport ixtisosi, o‘qituvchilik faoliyati staji, ma’lumoti, o‘qish joyi, ish joyi va h. k. Demografik qismni so‘roqnomaning istalgan eriga joylashtirish mumkin, lekin ko‘pchilik olimlar uni so‘roqnomaning oxirida berishni ma’qul deb hisoblaydilar
So‘roqnomada faktlar va sabablar to‘g‘risidagi savollar bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga demografik savollar, shuningdek, voqealar haqidagi savollar kiradi, ular yordamida so‘roqlanuvchining muayyan bilimlarini aniqlash mumkin. Sabablar to‘g‘risidagi savollar so‘roqlanuvchining o‘tmishdagi, hozirgi zamondagi va kelgusidagi u yoki bu harakatlarini tavsiflaydi hamda shakllantiradi.
Slayd 10
Shartsizsavollar so‘roqlanuvchi uchun uning vaziyatidan kelib chiqib tuziladi. Masalan: «Sizga o‘qituvchilik kasbi yoqadimi?» Savol mavjud vaziyatda o‘qituvchi uchun, uning kasbga munosabatini aniqlash maqsadida tuzilgan.
Shartli savollar, ularni ba’zan loyiha savollari deb ham ataydilar, so‘roqlanuvchiga ayni paytda mavjud bo‘lmagan, tasavvurdagi vaziyatdan kelib chiqib beriladi. Masalan: «Siz farzandlaringiz kelajakda o‘qituvchi bo‘lishini istarmidingiz?».
Ochiq (erkin) savollar so‘roqlanuvchining erkin javobini ko‘zda tutadi va javob variantlariga ega bo‘lmaydi. Masalan: «Bolalikda o‘zingiz shug‘ullanishni orzu qilgan sport turini ayting». Ochiq savollarga keyinchalik ishlov berish qiyinroq bo‘ladi.
Savollarning quyidagi turlari farqlanadi:
Slayd 11
Saralovchi savollar esa kesib qo‘yuvchi hamda «tuzoq» savollar bo‘lishi mumkin. Kesib qo‘yuvchi savollar faktlar to‘g‘risidagi savollar guruhiga mansub bo‘lib, bunda so‘roqlanuvchi umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan savolga salbiy javob qaytarsa, u holda keyingi – tafsilotlarga doir savollarga javob bermaydi (bundan ozod etiladi). Masalan: «Siz o‘z darslaringizda maktab o‘qituvchilarining tezlik-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llaysizmi?». Bu savolga salbiy javob bergan so‘roqlanuvchining endi keyingi savollarga javob berishi shart emas.
«Tuzoq savollar sabablar haqidagi savollar guruhiga mansub bo‘lib, ularning vazifasi savodsiz, bilimsiz so‘roqlanuvchilarni yuzaga chiqarish, ularning qanchalik rostgo‘yligini aniqlashdir. Masalan, shunday savol berilishi mumkin: «Siz N. Tastanovning «Jismoniy tarbiya jarayonida maktab yoshidagi bolalarning tezlik-kuch tayyorgarligi muammolari» nomli mashhur ilmiy asari bilan tanishmisiz?» N. Tastanov hech qachon kitoblar yozgan emas, mazkur savolga ijobiy javob qaytargan so‘roqlanuvchi esa o‘zining savodsiz hamda bilimsizligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Slayd 12
So‘roqnoma tadqiqot ob’ektlarini kishilarning fikrlarini o‘rganish yo‘li bilan o‘lchash vositasi hisoblanadi. O‘lchash esa o‘lchanayotgan ob’ektlarga muayyan qoidalar asosida sonlar yoki miqdoriy shakllarni yozib qo‘yishdan o‘zga narsa emas. Ayrim hollarda, masalan, uzunlikni santimetrli chizg‘ich bilan o‘lchashda, narsalarni sanashda, og‘irlikni aniqlashda, ya’ni o‘lchash asboblaridan foydalanganda, bu qoidalar juda oddiy. So‘roqnoma asosida fikr olishda esa ish birmuncha murakkabroq, chunki bu erda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar odatdagidek mukammal emas, ularning og‘irlik yoki uzunlikni o‘lchash asboblaridagi kabi doimiy nol nuqtasi yo‘q. Nol nuqtasi ko‘rsatilmagan bunday daraja ko‘rsatkichlari oraliq (interval) daraja ko‘rsatkichlari deb yuritiladi. So‘roqnoma asosida fikr o‘rganishda biz tayyor daraja ko‘rsatkichlari bo‘lmay turib, o‘lchashga kirishamiz. U so‘roqnomani qo‘llash jarayonining o‘zida, undagi savollarga ko‘pdan-ko‘p javoblarni birlashtirish hamda ularga statistik axborot berishda yuzaga keladi.
Tadqiqotchi u yoki bu mulohazalarga ko‘ra yopiq yoki yarim yopiq savol turini tanlab olgan bo‘lsa, javob toifalari qanday shaklda taqdim etilishini ham hal qilib qo‘yishi kerak.
Slayd 13
Maxsus usuliy tadqiqotlar ko‘rsatishicha, savolning tuzilishi ma’lumotlar sifati uchun katta ahamiyatga ega. Savollar ham, javob variantlari ham tushunarli, ravon tilda yozilishi, faqat bir ma’noda tushunilishi kerak. Savol ochiq bo‘ladimi, yopiqmi, qo‘shimchami, undan qat’i nazar, uning og‘zaki shakli tadqiqotchi va so‘roqlanuvchi orasidagi ikki taraflama muomala imkonini kafolatlashi kerak.
Slayd 14
Savolning yozma bayonida maxsus atamalar hamda jargon iboralar qo‘llash mumkin emas. Maxsus atamalardan faqat bir holatda – tadqiqotchi obro‘- e’tiborini yuqori malakali mutaxassislarning fikrlarini hisobga olish yo‘li bilan ko‘tarish maqsadida ekspertlarni so‘roq qilishdagina foydalansa bo‘ladi. Jargon iboralarni qo‘llash tadqiqotchining o‘zini so‘roqlanuvchilarning o‘z kishisi, ularning muammolarini tushunadigan shaxs qilib ko‘rsatishga urinishidan darak beradi. Bu harakatlar natija bermaydi, chunki hamma so‘roqlanuvchilar ham taqdim etilayotgan iboralarni tushunavermaydilar, buning ustiga bunday norasmiy ohang barchaga birdek ma’qul bo‘lmaydi
Savollarning qisqa shakllantirilishiga harakat qilish zarur. Savolda hamda javob variantlarida so‘zlar qanchalik kam bo‘lsa, sizni noto‘g‘ri tushunishlari ehtimoli shu qadar kam bo‘ladi.
Savol ko‘p ma’noli emasligiga, ya’ni o‘z ichiga mustaqil javoblar qaytarish mumkin bo‘lgan ikki va undan ortiq ma’noli savollarni qamrab olmaganligiga ishonch hosil qiling. Bir qarashda oddiygina bo‘lgan «so‘nggi marta «Sport» gazetasini qachon o‘qigansiz?» savoli aslida 2 ta har xil javobni talab qiladi. Ulardan biri so‘roqlanuvchining bu gazetani umuman o‘qish-o‘qimasligiga taalluqli bo‘lsa, «Siz va rafiqangiz basseynga tez-tez borib turasizlarmi?» savolidan hech bo‘lmaganda ikkita alohida savol hosil qilish mumkin, ulardan biri so‘roqlanuvchiga, ikkinchisi esa uning rafiqasiga taalluqlidir.
Quyida savollarning yozma bayon etilishiga qo‘yiladigan qoidalar ko‘rsatilgan:
Slayd 15
Tanlangan muammodagi tadqiqot uchun eng dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash, muammo mohiyatini aniq maqsad asosida tekshirishni tashkil qilish;
O‘tkaziladigan ilmiy tajriba maydonini imkon qadar toraytirish;
Farazlarni ifodalash uchun ishonchli amaliy dalillar olish;
O‘rganilayotganhodisaningtasodifanko‘zgatashlanadiganayrim jihatlarini emas, balki tipik manzarasini ochib berish;
Muayyan o‘quv-mashq muammosini hal etishda trener yoki sportchi faoliyatidagi tipik kamchiliklarni aniqlash;
Ularning mazkur faoliyati uchun tipik murakkabliklarni ochish;
Aniqlangan kamchiliklar va qiyinchiliklarning sabablarini o‘rganish;
O‘rganilayotgan masalalarni hal etishda ijobiy trenerlik tajribasining tipik jihatlarini yuzaga chiqarish;
Oqilona ishlab chiqilgan so‘roqnoma quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
Slayd 16
O‘rganilayotgan muammo yuzasidan tez muddatda ko‘p xilma-xil kuzatishlar natijalariga ega bo‘lish imkonini beradi
Doimiy so‘rov muolajalaridan, bir xildagi miqdoriy ko‘rsatkichlardan foydalanish muayyan sharoitlarga rioya qilinganda, sababiy bog‘lanishlar to‘g‘risidagi farazlarnigina emas, tadqiqot natijalarining ikkilamchi hamda qiyosiy tahlilini ham tekshiruvdan o‘tkazish imkonini beradi
Olinadigan axborotlar hajmiga nisbatan so‘rov usullarining qiymati nisbatan katta bo‘lmaydi
Umuman, so‘rov usullarining bir qator jiddiy fazilatlari bor:
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport







Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.