Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish
8000 so'm

Slayd 1
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish usullari.
Slayd 2
Reja:
Umumta’lim maktab o’quvchilarida jismoniy sifatlarni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish vositasi
O’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
Slayd 3
Umumta’lim maktab o’quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi
Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllar bilan bog‘liq muammolarning tahlili uzoq tarixga ega. Kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi narsa, voqea va hodisalar, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga baho berganlar, ularning qadri to‘g‘risida fikr yuritganlar. Zamonlar o‘tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi muammolar ko‘paygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan. Qadriyatlar mavzusi bir qator dunyoqarashlarning asosida yotgan, ularning markaziy qismini tashkil qilgan.
Slayd 4
Qadriyatlar muayyan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Slayd 5
Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qullaniladigan falsafiy – sotsiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma’rifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy boyliklar, obida- yodgorlik, go‘zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf odat, udum va boshqalar hisoblanadi.
Slayd 6
Bizning fikrimizcha qadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlari evolyusiyasi davomida vujudga kelgan, o‘z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuini tushunamiz.
Yuqoridagi qadriyatlar tizimi mohiyati va ularning inson hayoti va faoliyatidagi o‘rni hamda ahamiyati nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy faoliyat va jarayonlarning jamiyat xamda ijtimoiy sub’ektlar uchun ahamiyati, hayotning turli qirralarini aks etgiradigan muammolar xamda ularning echimlarini ifodalaydigan qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar, talab va ehtiyojlarning real jarayonlar uchun qadrqimmatini aniqlash qadriyatli yondashuv mazmunini tashkil etadi.
Slayd 7
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga birbiriga bog‘lab kelgan uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda qadriyatli yondashuvning ahamiyati katta.
Slayd 8
Yosh avlodning jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi jamiyatning sog‘lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Optimal harakatlanish bolalarning jismoniy rivojlanishi va qobiliyatining oshishi uchun katta imkon beradi.
Slayd 9
O‘quvchilarda jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlantirish, ularning milliy qadriyatlarga e’tiborini oshirish, ma’naviy, axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun kichik maktab yoshi eng qulay davr hisoblanadi. Shaxsning jismoniy shakllanishi va jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o‘quvchining mehnat qilish layoqati va izchil bajariladigan jismoniy mashqlarning xususiyatiga bog‘liqdir.
Jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) tegishli.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasi va ularda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Qadriyatli yondashuv asosida bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari kengayadi.
Slayd 10
Mamlakatimizda aholi sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shartsharoitlar yaratilmoqda. Sport musobaqalari va tadbirlari orqali yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirish, o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat kabi tuyg‘ulari singdirib boriladi. Mamlakatimizda aholi jismoniy madaniyatini oshirish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda va bunga davlat masalasi sifatida qaraladi.
Slayd 11
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyun Pq–3031-son «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori alohida ahamiyatga ega bo‘lib, qarorda asosan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarning yil davomida o‘tkaziladigan dasturi ishlab chiqildi. Dasturning 4-bandida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport tadbirlar rejasi ham ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Slayd 12
Milliy qadriyatliar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishimiz mumkin:
Jismoniy tarbiya darslari;
Darsdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari;
Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari.
Slayd 13
Jismoniy tarbiya darsi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining eng asosiysi hisoblanadi. Chunki dars qonun qoidalar asosida o‘tkaziladi va nazorati olib boriladi. Darsdan tashqari ishlarga darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy tarbiya daqiqalari, katta tanaffuslardagi uyushtiriladigan harakatli o‘yinlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bayramlari kiradi. Maktabdan tashqari ishlarga bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlar, ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarini uyushtirish, hasharlarda, mehnat jarayonida ishtirok etish, bayram tantanalarida ishtirok etish, jamiyatning turli sohalarida muvafaqiyatga erishgan taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, davra suhbati, bahs-munozara, seminartreninglar tashkil etish kabi shakllarni kiritamiz.
Slayd 14
Milliy qadriyatlarning pedagogik, ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish va shu asosda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish o‘z madaniyatimiz va ma’naviy boyliklarimizning yuksaklikka ko‘tarilishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Slayd 15
O’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash.
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Slayd 16
Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehrmuruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi.
Slayd 17
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘zlarining Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi «Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi», deb ta’kidlaganlar.
Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi.
Slayd 18
Bunday tushunishda milliy tarbiya. Faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar.
Slayd 19
Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlagani kabi, «Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan.
Slayd 20
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llabquvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi».
Slayd 21
Milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim.
Slayd 22
Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri – katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi.
Slayd 23
Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi.
Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, Xix asr va Xx asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi. Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi tarbiyachilar o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan bog‘lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin.
Slayd 24
Demak, oilada inson tarbiyasi, uning hayotda o‘z o‘rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o‘rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo‘lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o‘rgatishdan iborat. Tarbiyaning umumiy yo‘nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy tamoyillar asosida olib borilishi o‘ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni yangi shakl va metodlar bilan bog‘lab qo‘llasalar, farzandlar qalbi, psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang bog‘lab borsalar, ayni muddao bo‘ladi.
Slayd 25
O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib, insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti.
Slayd 26
Bu mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar. Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi.
Slayd 27
Al-Farobiy fikricha: «Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir». Tabiiy boshlang‘ich tarbiya ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki u inson bo‘lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so‘zlash qobiliyati va kasb-hunarga muhtojdir1. Milliy maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarni yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiymadaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o‘tish jarayonida maktab o‘quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim.
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.