Jismoniy tarbiya va sport fanida ilmiy tadqiqotlar xususiyatlari
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya va sport fanida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning xususiyatlari
Slayd 2
Reja:
Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti
Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash
Ilmiy tadqiqotda farazlar
Tadqiqotning vosita va usullari
Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Slayd 3
Birinchidan, tadqiq etiladigan masalaning hamda tadqiqot natijasida chiqariladigan xulosalarning yangiligi, ilgari o‘rganilgan masala to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni aniqlash (ular masalalarni o‘zgacha talqin etishga imkon beradi);
Ikkinchidan, tadqiqotchi ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning ishonchliligi.
Slayd 4
Ilmiy tadqiqot deganda, odatda, biron-bir yangi masalani barcha qonun- qoidalari bo‘yicha ishlab chiqish tushuniladi. Har qanday ilmiy tadqiqotning ikki asosiy belgisi bo‘ladi
Ikkinchidan, tadqiqotchi ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning ishonchliligi.
Slayd 5
Ilmiy tadqiqot o‘zaro aloqador ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Birinchi qism – ishlanayotgan muammoni (masalani) tadqiq etish jarayonining o‘zi bo‘lib, uning maqsadi mazkur muammoni har tomonlama o‘rganishdan iborat. Odatda, bu jarayon tarkibiga o‘rganilayotgan muammo xususiyatiga mos materiallar yig‘ish, u haqdagi faktik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tizimga solish, muammo haqida u yoki bu farazni o‘rtaga tashlash uchun sharoit yaratadigan muayyan tasavvurlarni ishlab chiqish, o‘rtaga tashlangan fikrlar va farazlarni ilmiy tajriba yo‘li bilan amaliyotda tekshirish, olingan ma’lumotlarni tahlil etish hamda umumlashtirish kiradi.
Slayd 6
Tadqiqotning ikkinchi qismi ilmiy izlanish natijalarining adabiy bayoni hisoblanadi. Tadqiqot natijalarining ishonchli tarzda asoslab berilishi, tadqiqotchi ilgari surgan qoidalar isbotlanishi uchun ularni talablar asosida shakllantirish, yagona umumiy fikr va dalillar tizimi bilan bog‘lash zurur.
Slayd 7
Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish uning tarkibidagi barcha asosiy unsurlarning sifatli qurilishiga bog‘liqdir.
Har qanday tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi muammoli vaziyatdir. Muammoli vaziyat- odamlarning ehtiyojlari, qandaydir samarali amaliy yoki nazariy faoliyatlari haqida bilish bilan shu faoliyatlarni ruyobga chiqarish yo‘llari, vosita va usullarini bilmaslik orasidagi ziddiyatdir. Bu ,o‘z navbatida, muolajada qo‘llanadigan ob’ektlarning qonuniyatlari haqida bilimlar mavjud emasligiga borib taqaladi.
Sport fanida tadqiqot muammosining predmet tomoni bu shunday ziddiyatki, unga barham berish yoki rivojlanishning mavjud muqobillaridan birini tanlash uchun maqsadga muvofiq harakatlarning tashkil etilishi talab qilinadi.
Slayd 8
Ilmiy muammoning murakkablik darajasi quyidagilarga boqliq:
Ziddiyatlarga ega bo‘lgan va aniq maqsadga qaratilgan boshqaruv zarurati mavjud ob’ektlarning nisbiy murakkabligiga:
Mazkur ziddiyatlarni hal etish uchun ijtimoiy ehtiyojlarning etilganlik darajasiga:
Muayyan sohadagi ilmiy va amaliy bilimlarning holatiga
Slayd 9
Tadqiqot muammosini hal etish uchun, odatda, quyidagi talablar qo‘yiladi:
«Muammoli» (izlangan, noma’lum) va «muammosiz» (ma’lum) orasidagi chegaraning yanada aniq bo‘lishi;
Umumiy muammoga nisbatan muhim hamda nomuhimning bir-biridan keskin ajratilishi ;
Umumiy muammoni unsurlarga taqsimlab, xususiy muammolar va ularning ustuvorligi bo‘yicha tartibga solish.
Muammoning shakllanishi o‘z ortidan muayyan ob’ekt va tadqiqot predmetini tanlashni ergashtirib keladi.
Ijtimoiy ziddiyatga ochiq-oydin yoki yashirin ega bo‘lgan hamda muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan har qanday narsa tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin. Sport fanida tadqiqot ob’ekti bilish jarayoni yo‘naltirilgan narsadir.
Slayd 10
Tadqiqot muammosini hal etish uchun, odatda, quyidagi talablar qo‘yiladi:
Tadqiqot predmeti deb ob’ektning bevosita o‘rganiladigan, amaliy va nazariy nuqtai nazardan eng muhim xususiyatlari, jihatlari, xossalariga aytiladi.
Misol tariqasida sport seksiyasiga bolalarni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishda tadqiqot muammosi, ob’ekti hamda predmeti qanday shakllanishini ko‘rib chiqamiz. Bu tadqiqotning muammosi bolalarni «kelajagi bor» va «kelajagi yo‘q»larga saralashning samarali mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti –umumta’lim maktablarining quyi sinf o‘quvchilari. Tadqiqot predmeti- sport seksiyasiga bolalarni saralash mezonlarini aniqlash.
Slayd 11
Adabiy manbalarni o‘rganishda quyidagilarni oydinlashtirish lozim:
-Muallifning asosiy g‘oyasi, uning o‘rganilayotgan muammoga munosabatini aniqlash;
-Muallif fikrlarining an’anaviylaridan farqi nimada ekanligi, muammoni o‘rganishdagi yangiliklar;
-Muallifning qanday g‘oyalari etarlicha dalillangan, qaysilari dalillanmagan;
-Qo‘shilish mumkin bo‘lmagan g‘oya, xulosa, tavsiyalar;
-Muammoning ishda o‘z aksini topmagan asosiy masalalari;
-Shu munosabat bilan mazkur muammoni o‘rganishni davom ettirish bo‘yicha qanday vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi
Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash
Slayd 12
Tadqiqotning vazifalari quyidagi unsurlardan iborat bo‘lishi mumkin:
Adabiyotlarning bunday dastlabki tahlili olimga o‘z tadqiqoti bilan bog‘liq vazifalar loyihasini belgilab olish imkonini beradi.
Umumiy muammoga kiruvchi muayyan nazariy masalalarni hal etish;
Mazkur muammoni hal etish amaliyotini ilmiy tajriba asosida o‘rganish, uning tipik holatlarini, nuqsonlarini, murakkabliklarini, ularning sabablarini, shuningdek, ilg‘or tajriba belgilarini ochib berish;
Qo‘yilgan vazifani echish uchun zarur choralar tizimini asoslash;
Taklif etilgan choralar tizimini uning optimallik mezonlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ilmiy tajriba asosida tekshirish;
Tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish uchun usuliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
Slayd 13
Tadqiqotning vazifalari o‘z ahamiyatiga ko‘ra nisbatan (soizmerimo‘y) o‘lchovdosh, taqqoslash(salmog‘iga) mumkin bo‘lishi kerak.
Juda yirik yoki birmuncha xususiy, ba’zan hatto avvalgi vazifaning unsuri bo‘lgan vazifalarning yonma-yon joylashib qolishidek tez-tez uchrab turdaigan holatga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Har qanday tadqiqotga qo‘yiladigan zaruriy talab-tadqiqot mavzusi nomlanishining, shuningdek, ob’ekti, predmeti, muammolari, maqsad va vazifalarining uning tuzilishiga mantiqiy muvofiqligidir. O‘rtaga tashlangan vazifalar yig‘indisi tadqiqot maqsadini yaxlit holda aks ettiradi. Ishning maqsadi tadqiqot muammosiga kat’iyan mos kelishi shart. Mantiq buzilgan joyda tadqiqotning tartibiga ham putur etadi, bu esa vazifalarni to‘liq hal qilishga imkon bermaydi.
Slayd 14
Ilmiy tadqiqotda farazlar
Tadqiqotning vazifalari bayon etilgach, uning eng umumiy shakldagi farazlarining dastlabki variantlari beriladi, ular ilmiy ishning keyingi bosqichlarida aniqlasha boradi
Faraz (ilmiy taxmin) biron-bir hodisani tushuntirish uchun o‘rtaga tashlanadi: u ishonchli nazariyaga aylanishi uchun tajribada teshirilishi, nazariy jihatdan asoslab berilishi lozim.
Slayd 15
Farazning rivojlanish jarayoni 4 bosqichda o‘tadi:
O‘rtaga tashlangan har qanday faraz tekshirib ko‘riladigan bo‘lishi keraak, bu yagona mantiqiy talabning bajarilishi tadqiqotchiga farazni o‘rtaga tashlash huquqini beradi.
Farazlarni o‘rtaga tashlash. Tadqiqot ob’ektini nazariy hamda empirik bilimlarni to‘plash yo‘li bilan o‘rganish, ularga tayanib ob’ekt haqida yangi bilimlarni olish mumkinligi to‘g‘risidagi taxminni asoslash:
Farazlarni bayon etish. Tadqiqot usullari va dalillar tizimini belgilash:
Farazlarni tadqiqot va ilmiy tajribalar jarayonida isbotlash, ularni aniqlashtirish va tahrir qilish.
Farazni isbotlash natijalari. Tanlash, to‘ldirish, yangi farazlar bilan almashtirish, ishonchli bilimga aylantirish.
Slayd 16
Tadqiqotning vosita va usullari
Sport fani taraqqiyotida tadqiqotning vosita va usullari katta ahamiyatga ega. Sport fanida bilishga doir eng katta qiyinchiliklarni tug‘diruvchi omil – bir tomondan tadqiqot vositalarining etishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik hodisalarni o‘lchash yo‘llari va usullarining ishlab chiqilmaganligidir.
Texnik vositalar deganda ovoz yozish, kino, video-apparatlari, turli refleksometr, dinamometrlar, o‘qitish hamda nazorat funksiyalarini bajaruvchi boshqa o‘lchash uskunalari tushuniladi. Biroq bularning hammasi yordamchi asboblardir.
Slayd 17
Tadqiqotning vosita va usullari
Sport fani uchun bilish faoliyatida trener qo‘llaydigan umumiy yo‘l va usullar, ayniqsa, muhim. Bunda tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha bilish usullarining aynan bir xil bo‘lish talabi jiddiy ahamiyatga ega.
Tadqiqotchi oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi tadqiqot usullarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Akademik I. P. Pavlov ham o‘z ilmiy ishlarida tadqiqotning butun jiddiyligi usulga, harakat yo‘liga bog‘liqligini ta’kidlagan edi. Hamma gap yaxshi usulda Uni qo‘llagan kishi u qadar iste’dodli bo‘lmasa-da, ko‘p narsaga erishishi mumkin. Usul yomon bo‘lsa, hatto daho olim ham behuda ishlagan bo‘ladi, qimmatli, aniq ma’lumotlar ololmaydi.
Slayd 18
Ilmiy bilishning xilma-xil usullarini quyidagicha guruhlash qabul qilingan:
Tajribaviy –empirik darajadagi usullar;
Nazariy darajadagi usullar;
Metanazariy darajadagi usullar
Slayd 19
Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tadqiqotning qaysi usulidan foydalanish masalasi har bir alohida holatda ularning qay biri maqsadga muvofiqligidan kelib chikib hal etiladi. Ashmarin B. A. (1978) U yoki bu usulning yaroqliligini aniqlash uchun 10 ta umumiy talabni qo‘llashni taklif etdi.
Usul yo‘ldosh omillar ta’siriga muayyan darajada barqaror bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, usul tadqiq etilayotgan omillarning ilmiy tajribaga oid omillar ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan holatinigina aks ettirishga qobil bo‘lishi kerak.
Shunga muvofiq ravishda u yoki bu ko‘rsatkichdagi o‘zgarishning ishonchliligini baholab borish, ya’ni natijalarda xaqiqatan ham barqaror o‘zgarishlar aks etdimi yoki bu tasodifmi ekaniga e’tiborni qaratish zarur. Usulning barqarorligini aniqlashda tadqiqot natijalariga matematik ishlov berish katta ahamiyatga ega.
Saylab oluvchi usul 2 yo‘l bilan o‘rnatiladi:
O‘lchov birliklarida ifodalanmaydigan harakat voqeligi natijalarini (gimnastika, sport o‘yinlari, yakkakurash sport turlari) nazariy tahlil qilish yo‘li bilan;
Slayd 20
Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Usul o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ma’lum darajada saylab olish xususiyatiga ega bo‘lishi va tadqiqotning vazifasiga ko‘ra nimalar zarur bo‘lsa, shularni aks ettira olishi kerak.
Slayd 21
Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tadqiqot usuli ko‘rsatkichlari hamda maxsus tayyorgarlik predmeti bo‘lgan (yugurish, suzish, uloqtirish va b. ) Faoliyatning natijalari orasidagi bog‘lanishlar o‘lchamlarini hisoblash yo‘li bilan.
Slayd 22
Usul ko‘lamdor bo‘lishi, ya’ni eng ko‘p ma’lumot bera olishi lozim. Usulning etarlicha ko‘lamdorligi hodisaning xaqiqiy holatini tasvirlash imkonini beradigan hajmdagi ma’lumotlarni olish uchun sharoit yaratadi. Usulning ko‘lami keng bo‘lsa, u yo‘ldosh omillar ta’siriga ko‘proq bardosh bera oladigan bo‘ladi.
Tadqiqotlarning bir tajribachi tomonidan shug‘ullanuvchilar bilan ko‘p bora o‘tkazilishi;
Tadqiqotlarning turli tajribachilar tomonidan shug‘ullanuvchilarning bir guruhida o‘tkazilishi.
Tadqiqotlarning bir tajribachi tomonidan shug‘ullanuvchilarning turli (o‘xshash) guruhlarida o‘tkazilishi;
Usul qayta takrorlana oladigan (ishonchli) bo‘lishi, ya’ni quyidagi shartlar bajarilganda, aynan bir xil natijalar bera olishi kerak:
Slayd 23
Marketing faoliyatini horijdagi mutaxasislar quyidagi tizimlarga ajratadi:
Marketing -almashtirish yo’li bilan extiyoj va talablarni qondiruvchi inson faoliyatining bir turi (F. Kotler);
Marketing – bu tijorat (biznes) sohasidagi jarayon yoki harakatning yonalishidir (G. Dj. Bolt).
Marketing – bu talabgorlarga (haridor) tovarlarni taklif etuvchi sanoatdir, yani bahoni to’gri q’oyish, ularni otkazish yo’llari va reklamalarni tanlab olish xizmatidir;
Bozor iqtisodiyotida jismoniy tarbiya va sport sohasida marketingning asosiy xususiyati uch yoonalishning birlashuvidan iborat. Ingliz iqtisodchisi.
Slayd 24
Marketing faoliyatini horijdagi mutaxasislar quyidagi tizimlarga ajratadi:
Marketing-mollar va xizmat faoliyatini ayrim shaxs yoki tashkilotlarga almashtirish yo’li bilan fikrlar, rejalash, gooyalarni oldinga siljitish va ularni amalga oshiruvchi jarayondir
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.