Jismoniy tarbiya va sport direktiv hujjatlari

8000 so'm


Jismoniy tarbiya va sport direktiv hujjatlari

 

 

Slayd 1

Jismoniy tarbiya va sportga oid direktiv hujjatlar

Slayd 2

Reja:
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati
Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun O‘Rq-637-son. 2020 Yil 23 sentabrda qabul qilingan qonuni
Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun hamda uning mazmun-mohiyati

Slayd 3

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishdavlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi..
Hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarsohaning huquqiy, tashkiliy hamda moddiy-texnik asoslarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Ushbu hujjatlar jismoniy tarbiya tizimini izchil takomillashtirishga xizmat qiladi.
Aholida sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirish muhim vazifa etib belgilangan.
Jamiyatda jismoniy faollik madaniyatini yuksaltirish asosiy maqsadlardan biridir.

Slayd 4

Normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy ahamiyati
Normativ-huquqiy hujjatlar aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Ommaviy sport harakatini rivojlantirish orqali mehnatga layoqatlilik darajasini oshirish ko‘zda tutiladi.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanishni rag‘batlantirish asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Sog‘lom, ma’naviy yetuk va jismonan barkamol avlodni tarbiyalash maqsad qilib olingan.
Ushbu jarayon yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim pedagogik ahamiyatga ega.

Slayd 5

Sport infratuzilmasi va professional sport rivoji
Hukumat hujjatlari sport infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va
Mavjud moddiy-texnik bazani yangilash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Hududlarda sport xizmatlaridan foydalanish
Imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Natijada aholining barcha qatlamlari, ayniqsa
Qishloq hududlarida sport bilan shug‘ullanish sharoitlari yaxshilanmoqda.
Professional sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slayd 6

Milliy sport va strategik rivojlanish
Milliy sport turlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Bu siyosat orqali xalqning tarixiy-madaniy merosi asrab-avaylanadi va milliy an’analar keng targ‘ib qilinadi.
O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi ijobiy imiji mustahkamlanadi.
Hukumat hujjatlari jismoniy madaniyat va sport tizimini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sog‘lom jamiyatni shakllantirish va barqaror ijtimoiy taraqqiyotga erishishda bu strategik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Slayd 7

Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun O‘Rq-637-son. 2020 Yil 23 sentabrda qabul qilingan qonuni.

Barcha sohalardagi kabi ta’limda hamda jismoniy tarbiya va sportda ko‘plab qonunlar, qarorlar va farmonlar qabul qilinmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun O‘Rq-637-son. 2020 Yil 23 sentabrda qabul qilingan bo‘lib, u 11-bob, 75-moddadan iborat. Ushbu Qonunning moddalari va undagi asosiy tushunchalar:

Slayd 8

Ushbu Qonunning moddalari va undagi asosiy tushunchalar
Davlat akkreditatsiyasi
Davlat ta’lim muassasasi
Davlat ta’lim standartlari
Davlat ta’lim talablari
Malaka
Mutaxassislik
Nodavlat ta’lim tashkiloti
Tarbiya
Ta’lim
Ta’lim kampusi
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
Ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi

Slayd 9

Ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:
Ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
Ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
Ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
Ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
Ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
O‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
O‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
Insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
Jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
Bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
Ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

Slayd 10

Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi

Slayd 11

Ta’lim olish huquqi
Ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
Ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
Ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
Oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.

Slayd 12

Ta’lim tizimi:
Davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
Davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
Ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
Ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

Slayd 13

Ta’lim turlari:
Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
Professional ta’lim;
Oliy ta’lim;
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Maktabdan tashqari ta’lim.

Slayd 14

Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Asosiy maqsad:
Intellektual va ma’naviy-axloqiy rivojlantirish
Umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash
Bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
Etik, estetik va jismoniy tarbiyani shakllantirish
Majburiy tayyorlov:
6–7 Yoshli bolalar uchun
1 Yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlash
O‘qitishning huquqiy asos
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun
«Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonun

Slayd 15

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta ta’lim (I – Xi sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Tayanch o‘rta ta’lim (V – Ix sinflar)
Boshlang‘ich ta’lim (I – Iv sinflar)
O‘rta ta’lim (X – Xi sinflar)

Slayd 16

Professional ta’lim
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida Ix sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi
Egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi
O‘rta professional ta’lim
Boshlang‘ich professional ta’lim
O‘rta maxsus professional ta’lim

Slayd 17

Bakalavriat
Oliy ta’lim
Oliy ma’lumot olish huquqiga ega shaxslar:
Oliy ta’lim qayerda amalga oshiriladi:
Universitetlar Akademiyalar Institutlar Oliy maktablar
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
Yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash
Oliy ta’limning asosiy vazifasi:
11 Yillik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari
O‘rta maxsus ta’lim bitiruvchilari
Boshlang‘ich professional ta’lim bitiruvchilari
Oldingi kasb-hunar ta’limi bitiruvchilari
Oliy ta’lim bosqichlari:
Kamida 3 yil, chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beruvchi tayanch oliy ta’lim
Qo‘shimcha huquq
Magistratura
Bakalavriat negizida, kamida 1 yil davom etuvchi aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish huquqiga ega

Slayd 18

Qayerda amalga oshiriladi

Oliy ta’lim muassasalari

Ilmiy tashkilotlar

Asosiy maqsadi

Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish
Mutaxassislikni chuqur o‘rganish
Ilmiy izlanishlar olib borish
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari

Tayanch doktorantura (PhD)

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) darajasi uchun

Oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Slayd 19

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda
Fan doktori (Doctor of Science) darajasi uchun
Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga qaratilgan

Mustaqil izlanuvchilik:

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
PhD yoki DSc darajalari uchun
Ilmiy izlanish olib borish shakli

Huquqiy tartib

Ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi

O‘qish davomiyligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi
Doktorantura (DSc):

Slayd 20

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.

Slayd 21

Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, «barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar – o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot – kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

Slayd 22

Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
Dual ta’lim;
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
Inklyuziv ta’lim;
Eksternat tartibidagi ta’lim;
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash

Slayd 23

Masofaviy ta’lim
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Slayd 24

Dual ta’lim
Ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Slayd 25

Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi.
Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.

Slayd 26

«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun O‘Rq-394-son. 2015- Yil 04 sentabrda qabul qilingan bo‘lib, u 8-bob, 47-moddadan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun hamda uning mazmun-mohiyati.

Slayd 27

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 28

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Jismoniy tarbiya va sport direktiv hujjatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar