Jismoniy tarbiya nazariyasi va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Slayd 2
Reja:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya
Jismoniy tarbiya jarayonini mehnat tarbiyasi bilan bog‘liqligi
Slayd 3
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti qator fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolgan fan to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti bir necha fanlarning nazariy bilimlari orqali maxsus yo‘nalitirilgan pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Slayd 4
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasining barcha fanlari bilan uzviy bog‘langan. Avvaliga yagona sanalgan, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanidan alohida sport pedagogika fanlari – voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, futbol, suzish va qator boshqa fanlar ajralib chiqdi.
Sport pedagogikasi fanlari rivojida ularning bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi namoyon bo‘lishi oqibatida jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va uslubiy prinsiplarga, qoidalarga tayanishga va rioya qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
Slayd 5
Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tamoqda. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muhitni o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqa boshlashiga sabab bo‘ldi. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlarga tayangan, barcha sport turlari uchun ta’sir ko‘rsata oladiganlarigina alohida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun ham barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining asosini tashkil qiladi.
Slayd 6
Biologiya fanlari bilan bog‘liqligi–mashg‘ulotlar davomida shug‘ullanuvchilar organizmiga jismoniy tarbiya vositalari ta’sirining reaksiyasini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarish, anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti, volelogiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport fiziologiyasi va yana boshqa qator fanlarining qonuniyatlaridan ijobiy foydalanish bilangina tan tarbiyasida kutilgan natijaga erishish mumkinligi nazariy jihatdan isbotlangan.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, har tomonlamadir. Jismoniy tarbiya fanining rivojlanishi aralash fanlarga ta’sir etmay iloji yo‘q.
Slayd 7
Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning «bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari» degan tushunchalariga bu fanlarda kutilmagan tuzatishlar kiritilishiga olib kelishi, bunday imkoniyatlar inson jismi tarbiyasi fani qonuniyatlari asosida sodir bo‘layotganligini asosli izohlash mumkin.
Jismoniy tarbiyani tarbiyaning boshqa yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi.
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, ruhiy, estetik, mehnat tarbiyasi hamda o‘quvchi, talaba-yoshlarning ma’naviy tarbiyasi o‘z aro uzviylikd amalga oshiriladi.
Slayd 8
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya. Jismonan yetarli darajadagi rivojlanganlik aqliy jihatdan normal rivojlanishga sharoit yaratadi.
Har qanday mehnat – bu aqliy ham jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, birida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o‘ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o‘zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi funksiyasi bilan uzviy bog‘liqligi fanda isbotlangan.
«Jismoniy bilimlar» nazariyasi asoschisi P. F. Lesgaft ko‘rsatganidek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Aqlning o‘sishi va rivojlanishi o‘z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Slayd 9
Jismoniy tarbiya, sport jarayoni shug‘ullanuvchidan umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlanganlikni hamda soha bo‘yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo‘lishni, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanishda ko‘r-ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Mashg‘ulotga ongli munosabatda bo‘lmaslik talantning so‘nishiga sabab bo‘ladi. Eng xavflisi shug‘ullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shug‘ullanishgagina odatni shakllantirib – jamiyat uchun boqimandalarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sport trenirovkasi sirlariga sho‘ng‘ish, uni tushunish, shug‘ullanuvchi mahoratining oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jahon rekordlarini o‘rnatish, chempionlik unvonlari uchun kurashish sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa, mashaqqatli mehnat, o‘tkir intellekt sohibi bo‘lish talabi qo‘yiladi.
Slayd 10
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o‘zaro bog‘liqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug‘ rus fiziologi I. M. Sechenov va I. P. Pavlov tomonidan isbotlangan. «Men butun hayotim bo‘yi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko‘proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo‘lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo‘lim bilan bog‘laganimda o‘zimni juda yaxshi his qilar edim», – deb yozgan edi ulug‘ rus olimi I. P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektni aqliy tarbiya elementlari bilan o‘zaro uzviy bog‘lab amalga oshirishni taqazo etadi.
Slayd 11
Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi.
Har qanday jamiyat azal-azaldan o‘zining ahloq normalari va ularning talablari bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va normalardan jamiyatning mavqei, o‘rni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan. Ahloqiy tarbiya jamiyat a’zolariga rioya qilishi zarur bo‘lgan muammolarni hal qilishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari, sport trenirovkalari, turli xil musobaqalar va ko‘ngil ochish tadbirlari davomida ishtirokchilar ahloq normalarining shakllanishi, tarbiyalanishining vositasi rolini hozirgi kunda ham o‘ynab kelmoqda. O‘zaro munosabat, muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuhrati uchun qayg‘urish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayoni, uning qator tadbirlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarbiyalanishi amalda isbotlangan.
Slayd 12
Sportchi va jismoniy madaniyat sohiblarining ma’naviy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uning jismoniy tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilishi quyidagi yo‘nalishlar va shakllarda bo‘lishiga e’tibor qaratilishi lozim:
Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bo‘lish, jamiyat ishini o‘z shaxsiy ishi bilan teng qo‘yish, jamiyat va davlat ishi darajasini pasaytirmaslik. O‘zining jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo‘lish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik, har bir jamiyat a’zosining umumiy burchiga aylangan bo‘lishligi, sport hayotidagi maqsadning yagonaligi va umumiyligi barcha uchun qonuniy ahamiyatga ega bo‘lishligi, uni jamoa faoliyatida gavdalantirish, mamlakatning jismoniy madaniyati tarixi, an’analarini bilish, millatining sha’ni uchun jamoa kuchini safarbar qila olishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi g‘alabalarning hal qiluvchi omili ekanligi, o‘z xalqi, Vatani oldidagi javobgarlik burchini his qila bilishi
Slayd 13
Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy munosabatni shakllantirish, sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish
Jamiyat a’zolarining ahloq normalarini bilish, eng asosiysi mehnatga ijtimoiy munosabatda bo‘lish. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, shug‘ullanuvchini mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradiSportchining sport natijasiga erishishi mashaqqatli bo‘lib, chidamli mehnatni talab qiladi. U rekordlarnigina yangilash bilan chegaralanmay, mehnat jarayoni uchun iroda, intizomni mustahkamlaydi, mehnat qilish odatini shakllantiradi, uni qadrlashga o‘rganadi.
Slayd 14
Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bo‘ysunishga o‘rgatadi. Gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tarbiyalanuvchilarda belgilangan qoidaga, tartibga qat’iyan rioya qilish talabiga bo‘ysinishiga o‘rgatadi. Ularga rioya qilmaslik, bo‘ysinmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini xavf ostida qoldirishi – masalan, to‘p uchun kurashayotganda o‘yinchilarning bir-biri bilan to‘qnashib ketishi vaqtida aybdorning unga qo‘polligi uchun javob berish o‘rniga sportchi axloq normalariga rioya qilish masuliyati o‘zini qo‘lga olishni va nizoli holatdan tinch yo‘l bilan chiqishni, lozim bo‘lgan axloqiy normalar talablariga rioya qilishni taqazo etadi
Slayd 15
Gumanizm, insonni hurmat qilish, kelajak uchun, tinchlik uchun kurashishga zamin yaratish, bir-birini qo‘llash, yordam berish, ayniqsa, musobaqalar davomida o‘zaro o‘rtoqlik yordami, raqiblariga nisbatan hurmat ruhi turkiy xalqlarda o‘ta yuqori bo‘lganligini e’tirof etish, mustahkam salomatlik va jisman tayyorgarlik jamiyat a’zosining normalariga aylanishi, irodasi va boshqa xususiyatlarni tarbiyalash shakllantirish axloqiy tarbiyaning negziga aylanishi lozim
Slayd 16
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya.
Jismoniy tarbiya jarayoni orqali estetik tarbiyaning alohida vazifalari hal qilinadi.
Ular: 1. Muomala estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport o‘yinlari, turizm va jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari, yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi, sportdagi, hayotiy jarayon va undan tashqaridagisi havas qilgudekdir. Lekin uning asosida sharq xalqlari axloq normalarining yotishi qayd qilinganlarni yanada bezaydi, turmushi davomida o‘z muomalasini estetikaga zid baholanishiga yo‘l qo‘ymaslik yotadi.
Slayd 17
Inson gavdasining ko‘rinishi, shakli-shamoyilining go‘zallgi tarbiyalash. Jismonan garmonik rivojlangan odam gavdasi, uning chiroyliligi, organizimining sog‘ligi va hayotiy imkoniyatlari yaxshiligining belgisidir. Ulug‘ rus adibi K. D. Chernishevskiy: «inson go‘zalligi haqida gapirar ekanmiz, u jismining tarkibiy qismi bizda ma’lum darajada ajoyib taassurot qoldiradi. Unda hayot namoyon bo‘ladi va biz uni tushunamiz»,-degan. Bu bilan adib jismimizning bekamu ko‘stligiga ishora qilayotganligini tushunamiz
V. V. Gorinevskiy esa: «go‘zallik baxtga qarshi sog‘lik bilan qarama-qarshilikda emas, aksincha, nosog‘lik normadan chetga chiqiboq, go‘zallik tushunchasini buzadi», – deb yozgan edi.
Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya. I tom, pod. Red. A. D. Novikova, L. P. Matveyeva, FiS, M. , 1967.
Slayd 18
Go‘zallikni qabul qila bilish, his qilish, tushunish qobiliyati, sport texnikasi, harakatlar nafisligining ifodasida yashiringan go‘zallikni ajratib olib uni tushunish bilan bog‘liq. Tarbiya jarayonida xuddi shuni tarbiyalash mashaqqati mavjud. Harakat texnikasi – go‘zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o‘zi ham go‘zal. Bu qalbingizni jo‘nbushga keltiradi
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan harakat faoliyatlarining barchasi biri-biriga o‘xshash emas. Lekin ularning har biri-yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash harakatlari, rekord og‘irlikni ko‘tarish texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash mahorati»ning barchasi go‘zal.
Slayd 19
Futbol maydonidagi o‘yinga qarab, o‘yinchi harakatlarini baholash: «chiroyli o‘yin bo‘ldi», «o‘yin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa hujum paytida to‘p bilan muomala san’atining namoyish qildi» va hokazo iboralar zavqlanishdan so‘ng aytiladi. Inson harakatlari, o‘z jismi a’zolarini boshqarish go‘zalligi estetik zavq beradi. Sportdagi harakat go‘zalligini tushunish tomoshabin yoki shug‘ullanuvchiga huzur baxsh etadi. Sport kurashida go‘zallikni, chiroylilikni ko‘ra olsak, bu bizning estetik didimiz, estetik saviyamiz darajasidan dalolatdir.
Slayd 20
Jismoniy tarbiya jarayonining tarixiga nazar tashlasak ibtidoiy odam oziqlanish maqsadida eng avval «ov qilish»dan foydalanganligi haqidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. U ovini tutib olish uchun uning orqasidan soatlab, kunlab, kerak bo‘lsa, haftalab va undan oshiq muddat davomida quvlagan. Albatta, bu ovchi oganizmiga katta jismoniy talablarni qo‘ygan. Aslida bu jarayon odamning hozirgi kundagi ijtimoiy sharoit talablaridan kelib chiqib bajarayotgan mehnatining elementlari bo‘lgan.
Jismoniy tarbiya jarayonini mehnat tarbiyasi bilan bog‘liqligi.
Slayd 21
Moddiy ne’mat yaratish inson organizmidan lozim bo‘lgan darajadagi energiya sarflashni talab qiladi. Sarflanadigan energiyaning hajmi va miqdori esa ish bajaruvchining–mehnat qiluvchining organizmini jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanganligi darajasiga bog‘liq. Qayd qilingan tayyorgarlik va rivojlanganlik esa individning organizmini jismoniy tarbiya ko‘rganligiga borib taqaladi.
Slayd 22
Demak, jismoniy tarbiya jarayoni mehnat tarbiyasi bilan chambar chas bog‘liq va o‘zining xususiy tomonlariga ega. Odatda jismoniy tarbiya jarayonini mehnat faoliyati bilan almashtiruvchilar hozirgi kunda ham topiladi. Ular tarbiya jarayonidagi jismoniy yuklamalar bilan mehnat faoliyatidagi yuklamalarni organizmga ta’sirini bir xil deb, noto‘g‘ri tushunadilar. Mehnat faoliyatida, u aqliymi yoki jismoniymi, faqat bir xil mushaklar guruhi ishlashi oqibatida barcha mushaklar guruhini teng jismoniy yuklama berib rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan ko‘p qirrali jismoniy tarbiya jarayonining o‘rnini bosolmaydi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.