Jismoniy tarbiya nazariyasi faniga kirish maqsad va vazifalar
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifasi.
Slayd 2
Fan tavsifi
Mazkur fan Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari, jumladan sport faoliyati (voleybol, futbol, kurash) yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan.
«Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti» fani O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o‘rgatish bosqichlari hamda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish usullari haqida nazariy va amaliy bilimlar berishga qaratilgan.
Slayd 3
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fani o‘quv predmeti, ilmiy fan, amaliy fan sifatida faoliyat olib boradi.
O‘quvpredmeti sifatida – jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Slayd 4
Jismoniy tarbiya nazariyasi – ilmiy fan sifatida jismoniy tarbiyaga oid fakt va tajribalarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi. Fan jismoniy rivojlanish, jismoniy sifatlar va harakat faoliyatining qonuniyatlarini ochib beradi, shuningdek jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan vosita va metodlarning samaradorligini baholaydi. Olingan ilmiy xulosalar jismoniy tarbiya amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Slayd 5
Amaliy fan – sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini boyitadi.
Slayd 6
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari.
Fanning maqsadi:
Bo‘lajak mutaxassislarga jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlar berish, ularning kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga tayyorlash.
Slayd 7
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari.
Fanning vazifasi:
Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va texnikumlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda umumrivojlantiruvchi, umumiy va maxsus mashqlardan samarali foydalanish, sport musobaqalari va bayramlarini o‘tkazish, shuningdek sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Slayd 8
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuniga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligiga oid bilimlar
Jismoniy mashqlar va uni o’qitish jarayonining tuzilishi
Harakatga o’rgatish, o’qitishning uslubiyatlari
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashgulotlarini tashkillashning shakllari
Jismoniy tarbiyaning vositalari va uni usuliyatlarining tamoillari
Jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish
Jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
Jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish
Sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika
Slayd 9
Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi:
Mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yo’llari va hozirgi payitdagi ahvoli haqidagi xukumat qarorlari, qonunlari;
Jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinish hamda shu g’oyalarni amalga oshirish yo’llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;
Slayd 10
Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati sohasi bo’yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to’plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
Slayd 11
Ijtimoiy turmush tarzi uning hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilarga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha to’plangan amaliy tajribalar;
Jamiyat a’zolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
Mavjud jamiyat maonaviyatining bir bo’lagi hisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat kontseptsiyalari;
Sog’lom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajribalarining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi.
Slayd 12
Jismoniy tarbiya praktikasi – manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan original g’oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
Arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma’ruza matnlari va h. k. lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo’lib xizmat qiladi;
Slayd 13
Jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatini rivojlanish davrlari.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o’z ichiga oladi.
Birinchi davr
– Bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N. I. 1975), Ularning to’planishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va to’plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo’lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Slayd 14
Ikkinchi davr
Jismoniy tarbiya jarayonida qo’llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O’rta asrni o’z ichiga oladi (G. D. Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo’lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o’rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar.
Slayd 15
Ikkinchi davr
O’rta asrning o’rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o’yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo’yicha dastlabki qo’llanmalar paydo bo’ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dunyoviy qarashlari vujudga keldi (Usmonxo’jaev T. N. 1995).
Slayd 16
Uchinchi davr
Jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiz to’planishi, uyg’onish davridan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I. G. Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bo’g’inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida o’rinni egallaydi.
Slayd 17
Uchinchi davr
XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si bo’yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiyahaqida ilmiy-nazariy ishlar vujudga keldi.
Slayd 18
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o’rni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’llari aniqlandi.
Slayd 19
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo’yicha ilmiy farazlar va bilimlar to’planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Slayd 20
To’rtinchi davr
19 Asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham t’sir ko’rsata boshladi.
Slayd 21
To’rtinchi davr
Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Slayd 22
Beshinchi davr
Rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi. Rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
Slayd 23
Beshinchi davr
Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi.
Slayd 24
Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo’lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir.
Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to’la izohlab, isbotlab olishni isbotladi.
Slayd 25
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo’llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi
Jismoniy rivojlanish
Jismonan tayyorgarlik
Jismoniy tarbiya
Inson jismining madaniyati
Sport
Jismoniy kamolot
Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati
Slayd 26
Tegishli faoliyatni to’g’ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o’z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir
Masalan:
Jismoniy bilimlar tushunchalari
Jismoniy mashq
Jismoniy sifatlar
Asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi
Nima uchun yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi, boshqalari
Slayd 27
Jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismi;
Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
Ommaviy sport — sportning tashkil etilgan va (yoki) mustaqil mashg‘ulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etishga doir qismi;
Professional sport — sportning sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishga doir qismi bo‘lib, sportchilar ularda o‘zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik ko‘rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi;
Sport — odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar;
Slayd 28
Sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va o‘yin turlari;
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Havaskorlik sporti — sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish orqali odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.