Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
Slayd 2
Reja:
Mashg‘ulotni tashkil etish xususiyatlarini ochib berish.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning frontal, uzluksiz, guruhli, individual, aylanma yurib mashq bajarish usullari.
Slayd 3
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Slayd 4
Ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar.
Slayd 5
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish
Birvara-kayiga (frontal) mashq bajarish uslublari
Uzluksiz-ulab mashq bajarish uslublari
Guruhchalarga ajratib mashq bajarish uslublari
Aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar
Yakkama-yakka mashq bajarish uslublari
Slayd 6
Birvara-kayiga (frontal) mashq bajarish uslublari
O‘quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi barcha o‘quvchilarni birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil vazifani hal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi.
Slayd 7
Frontal uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab olinishidir va ularni birvarakayiga band qilishi bo‘lib, dars (mashg‘ulot)da yuqori zichlikka erishiladi hamda yuklamani suroati, intensivligi va meyori barcha uchun bir bo‘lishligidadir.
Slayd 8
Frontal uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulot-larda foydalaniladi.
Slayd 9
O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati.
O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘r-satmalarni harakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadidaharakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi.
Slayd 10
Bu uslubiyatning afzalligi yuklama meoyorini, uni hajmini, intensivligini guruhdagi barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir
Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘zharakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi.
Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlarihamda yangi materialni o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.
Slayd 11
O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni
Darsda qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarni hisobga olish
Jismoniy rivojlanganligi
Darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi
Jismoniy tayyorgarligi
Ko‘p sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir
Slayd 12
Bu uslubiyatdan asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslubiyati ta’lim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarliginihisobga olib shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.
Slayd 13
Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatinihisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va ta’lim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifanihal qilishga yo‘naltiriladi.
Slayd 14
Bu uslubiyat har bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabardor, guruhcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.
Slayd 15
O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati
O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi.
Slayd 16
O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jihatdan ma’lum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni,
O‘z-o‘zini va guruhdoshini havfisizligini ta’minlay bilish,
Mashqni ko‘rsata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan,
Tanishtirilayotgan, mustahkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali,
O‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart.
Slayd 17
Qolaversa ayrim darslarda har bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi.
Bu usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
Slayd 18
O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati
O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan,
Rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng,
Mashqdan-mashqga o‘tish,
O‘qituvchining buyrug‘i (signali),
Signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsadida boshqa jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi.
Slayd 19
O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyatning samaraliligi
Ularda mustaqil shug‘ullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi
O‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi
Vaqt tejaladi
Bu usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud.
Slayd 20
Darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkil kilish usullari
Darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkil kilish usullari deganda o‘qituvchi rejasiga muvofiq o‘quvchilarni mashq bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi.
Slayd 21
Frontal (yoppasiga) shug‘ullanish usuli
Frontal (yoppasiga) shug‘ullanish usuli-mashqlarni barcha o‘quvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi ko‘proq o‘quvchilarni qamrab olishda, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy yuklamaga erishishdadir, o‘quvchilar o‘qituvchi farmoyishi yoki buyrug‘ini baravariga bajarsalar, yoppasiga shug‘ullanish usuli mashqlarni jamoa bo‘lib bajarishning yaxshi namunasi bo‘la oladi.
Slayd 22
Guruhli usul shundan iboratki, unda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar, har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘iga binoan mustaqil shug‘ullanadi. Mashq uchun jihoz va anjomlar yetishmaganda shu usulga murojaat qilinadi.
Slayd 23
Vaqtdan oqilona foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi o‘rganiladi. Guruhlar ma’lum bir vaqtdan so‘ng joy almashadilar. Har bir guruhga o‘quvchilarning mashg‘ulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.
Slayd 24
Guruhlarga bo‘linish ikkigacha, uchgacha sanash yoki bir qator kolonnadan ikki, uch qator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.
Slayd 25
Dars jarayonida guruxlarga bo’l o’quvchilar faoliyatini tashkil etish
Darsda guruhlar bir-biriga halal bermaydigan tarzda joylashadi
Guruhli usul barcha o‘quvchilar mustaqil mashg‘ulotlarga etarli darajada tayyor bo‘lganlaridan so‘ng qo‘llanilishi mumkin
Slayd 26
Individual usul yakunlovchi darslarda qo‘llaniladi. Bu o‘qituvchiga har bir mashq bajarilganidan so‘ng yakun chiqarish, bolalar e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga kamchilik va xatolarga jalb etish imkonini beradiki, bu ta’lim va tarbiya jihatidan juda muhim.
Individual usul
Slayd 27
Aylanib yurib shug‘ullanish usuli
Aylanib yurib shug‘ullanish usuli – darsning ma’lum bir vaqtida o‘quvchilar 4-8 kishilik bir necha guruhga bo‘linib, o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan turli snaryad yoniga yoki mashg‘ulot joyiga boradilar va o‘qituvchining signali bo‘yicha mashqlarni mustaqil bajara boshlaydilar.
Ma’lum bir vaqt o‘tgach (30-40 sek), o‘qituvchi yangi signal beradi va o‘quvchilar boshqa snaryad yoki mashg‘ulot o‘rniga uyushgan holda o‘tadilar.
Barcha o‘quvchilar dars rejasida ko‘zda tutilgan hamma mashqlar bilan shug‘ullanib bo‘lmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
O‘quvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga o‘tib va barcha mashqlarni bajarib, go‘yo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu aylanma usul deyiladi
Slayd 28
Bu usulni shuning uchun xam mashg‘ulot deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga yo‘nalganligi o’quvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan vaqtda yoki ma’lum mikdorda ko‘p martalab takrorlash orqali erishiladi.
Slayd 29
Darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qo‘yilgan vazifalar, sharoit, o‘quvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bog‘liq. Bundan tashqari, turli usullarning qo‘llanishi o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini va darsning samaradorligini oshiradi.
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.