Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish
5000 so'm

Slayd 1
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish
Slayd 2
Reja:
01
Kuch jismoniy sifati va ularni rivojlantirish.
02
Chaqqonlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish.
03
Tezkorlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish.
04
Egiluvchanlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish.
05
Chidamkorlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish.
Slayd 3
Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan.
Sport nazariyasi fani mazmunida jismoniy sifatlar deb nomlanadigan atamaga ko‘p bora duch kelamiz. Sport sohasi kadrlarini tayyorlash jarayoni uchun mo‘ljallangan maxsus adabiyotlar va qator darsliklarning mualliflari L.P.Matviyev (1991), B.A.Ashmarin (1994), J.K.Xolodov (2003), Y.M.Yunusova (2005), A.Abdullayev, Sh.Xonkeldiyev (2005), Yu.I.Yevseyev (2008) va boshqalar bu tushunchani harakat sifatlari deb ham nomlaganlar.
Slayd 4
Jismoniy sifatlarga V.M.Zatsiorskiy (2009) “Jismoniy (yoki harakat) sifatlari deganda, biz insonning harakat imkoniyatlarini alohida tomonlarini tushunamiz” deb ta’rif bergan. L.P.Matveyev (1991) esa jismoniy sifatlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Jismoniy sifatlar deganda tug‘ma (genlar tarzidagi merosni) morfologik xizmat sifatlarini, ular asnosida inson organizmida namoyon bo‘ladigan maqsadga muvofiq harakat faoliyatiga zarur bo‘ladigan jismoniy faollikni (ifodalanishi) tushuniladi”.
Jismoniy sifatlarga F.Q.Axmedov (2011) inson harakat faoliyatining faolligi uchun xizmat qiladigan harakatlar jismoniy sifatlar deb ataladi deya ta’rif berib o‘tgan.
Slayd 5
Kuch jismoniy sifati va ularni rivojlantirish
Har qaysi individ tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o‘z jismidagi ma’lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo‘riqishi orqali harakat faoliyati – shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan.
Slayd 6
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o‘zining aniq ta’rifiga ega bo‘lishi va farqlanishi lozim.Harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch “tanaga “M” massasidagi “F” kuchining ta’siri”.Inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg‘ayishi bilan kuchning rivojlanishi sportchi kuchini sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ko‘p bo‘lishi” va h.k.)
Slayd 7
Kuch va uni namoyon qila olish
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo‘riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador.
Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma’lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullarning o‘z xizmati holatiga bog‘liq
Slayd 8
Muskul tarangligi – zo‘riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi. Markazdan muskullarga kelayotgan qo‘zg‘alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo‘lsa, muskul shunchalik zo‘r darajada o‘zining tarangligini oshiradi) ko‘ra zo‘riqishga qo‘shilgan harakat birligining soni bilan muskulning qo‘zg‘aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab
Slayd 9
Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo‘riqadi bular
O‘zining uzunligini o‘zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turlicha holatlarda (pozalar)da ushlash va hokazolar bilan.
Muskul uzunligini kamayishi hisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo‘riqish birday – o‘zgarmay turadi, bunday rejim siklik va balastik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo‘ladi.
Muskulni cho‘zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo‘sh kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O‘tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo‘ladi.
Bardosh berish bilan, yon berish, bo‘shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan.
Slayd 10
Kuchning turlari
Dinamik kuch: dinamik kuch, portlash kuchi deb ham ataladi.Absolyut kuch: kuchni o‘lchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko‘rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko‘tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi.Nisbiysi kuch: nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og‘irligiga) nisbati bilan o‘lchanadi.
Slayd 11
Dinamik kuch, portlash kuchi
Bunga qisqa vaqt ichida eng ko‘p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo‘ladi.
Slayd 12
Absolyut kuch
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor – muskul zo‘riqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni) ham ma’lum darajada rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, absolyut va nisbiy kuch deb ham farqlanadi.
Absolyut kuchda insonning tanasi vaznini hisobiga olmay, qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko’rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko‘tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug‘ullanganlikka ega bo‘lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo‘shilishi bilan uning og‘irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi. Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch hisobigagina qo‘lga kiritiladi.
Slayd 13
Nisbiys kuch
Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og‘irligiga) nisbati bilan o‘lchanadi.
Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko‘p martalab o‘rni almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo‘lga kiritiladi.
Slayd 14
Ular ikki guruhdan iborat:1.Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. 2.Individning o‘z tanasi og‘irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar.
Kuchni rivojlantirish denamikasi va vositalati
Slayd 15
Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar
Qarshilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslamali snaryatlar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
Inson o‘z og‘irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar
Polga qo‘llarda tayanib, qo‘llarni tirsakdan bukish.
Slayd 16
Chaqqonlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish
Chaqqonlik deganda harakatlar koordinatsiyalarining umumiy to‘plam yig‘indisi tushuniladi. Soddalashtirilganda kutilmagan sharoitda zaruriy harakatlarni tez, shiddatli va aniq bajarish qobiliyatiga – chaqqonlik jismoniy sifati deb aytiladi.
Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo‘lgani uchungina o‘rganiladi. Malaka avtomatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi.
Slayd 17
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1. Nisbatan stereotip harakatlar;
2. Nostereotip harakatlar.
1. Nisbatan stereotip harakatlar:
Yengil atletika yo‘lkasida, tekis joyda yugurishlar, uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari.
2. Nostereotip harakatlar;
sport o‘yinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar.
Slayd 18
Birinchidan chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni.
Ikkinchidan harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Chaqqonlikni rivojlantirish uslubiyati
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat malakalarini va ko‘nikmalarini shakllantirish demakdir.
Bu esa harakat malakalarining zaxirasi ortib borishiga sabab bo‘ladi va harakat analizatorlarining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Slayd 19
Chaqqonlikni rivojlantirish vositalari
Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin. Lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo‘lgani uchungina o‘rganiladi.
Malaka avtomatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi.
Slayd 20
Tezkorlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish
Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi.
Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli mavjud:
1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan).
2. Harakatlar chastotasi.
3. Harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Slayd 21
Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy – oshirib borish va o‘zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi.
Bunday metodlarni qo‘llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchining takroriy urinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Tezkorlikni rivojlantirish
Slayd 22
Tezkorlikni tarbiyalash metodlari
Paydo bo‘lgan, bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olish
Analitik yondashish metodi, ya’ni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi
Slayd 23
Reaksiya tezligini rivojlantirish mashqlari
Slayd 24
Egiluvchanlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish
Egiluvchanlik jismoniy fazilat bo‘lib, harakat tayanch apparatlarining funksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat bo‘g‘inlarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og‘ishi, egilishi, cho‘zilishi, buklana olishi, qayishqoqligi) bilan o‘lchanadi.
Slayd 25
Egiluvchanlik 2 turga (aktiv va passiv) faol va nofaol bo‘lishi mumkin:
faol egiluvchanlik o‘z muskul kuchi evaziga egilish aktiv (faol) egiluvchanlik deyiladi.
Tashqi qarishilikni yengish evaziga ro‘y beradigan egiluvchanlik passiv (nofaol) egiluvchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchanlikning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan.
Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘ziladigan muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi muhim ahamiyatga ega.
Slayd 26
Egiluvchanlikni namoyon bo‘lishi tashqi muhit temperaturasiga bog‘liqligi
Temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko‘p ta’sir qiladi, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo‘ladi. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, aktiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo‘ladi, degan fikr unchalar to‘g‘ri emas.
Slayd 27
Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ullanish bo‘g‘inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralashi mumkin.Lekin bunday salbiy ta’sirni yengish mumkin. Egiluvchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qo‘shib olib borish yo‘li bilan egiluvchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Slayd 28
Chidamkorlik jismoniy sifati va ularni rivojlantirish
Chidamkorlik muskullar ish faoliyati davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida charchoqqa qarshilik ko‘rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Chidamkorlik jismoniy sifati turlari
Chidamkorlik jismoniy ikki turga maxsus va umumiy chidamlilikka bo‘linadi:
Maxsus tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilik maxsus chidamlilik;
Umumiy hayotiy faoliyatning boshqa sharoitlarida zarur bo‘ladigan chidamlilik esa umumiy chidamlilik deyiladi.
Slayd 29
Chidamkorlik jismoniy sifati rivojlantirish
Chidamlilikni rivojlantirish uchun mashqlarni, asosan, shug‘ullanuvchining organizmi biroz charchashni his qilgan paytda jismoniy yuklama berish orqaligina kutilgan samaraga erishish mumkin.
Odatda toliqish sodir bo‘lgandan so‘ng, bajariladigan harakatlarga organizmda moslashuvning sodir bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, uning tugashi (moslashuvning) chidamlilikning rivojlanganligi darajasini namoyon qiladi.
Chidamlilik yuqori darajada bo‘lishi talab etiladigan sport turlari “aerob” – ya’ni organizmimiz ish bajarayotganda, uning a’zolariga yetarli darajadagi kislorodni yetkazib berilishi bilan jismoniy ish bajaradilar.
Slayd 30
Uzoq masofaga yuguruvchilar, eshkak eshuvchilar, velosipedchilar va boshqa sport turlarining vakillari kislorodning yetarli darajada bo‘lishini talab qiladi, chunki ular o‘z faoliyatlarida yuqori darajadagi chidamlilikni namoyon qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Uning aksi, “anaerob” holat, ya’ni ishlayotgan organlarimizga yetarli darajadagi kislorod yetkazib berilmay, jismoniy yoki kasbiy faoliyat namoyon qiluvchi, kislorod etishmasligi holatida ish bajaruvchilar ham ma’lum darajadagi chidamlilikni namoyon qiladilar (sprinterlar, nafasni ushlash bilan ish bajaruvchilar va boshqalar). Ularda jismoniy yuklama yurak qisqarish chastotasi (YUQCh) intensivligiga qarab chegaralanadi.
Slayd 31
Organizmni dam oldirish yoki sarflagan energiyasini tiklash maqsad qilib qo‘yilib mashq qilinsa, YUQCh 230 marta atrofida yoki undan ortmasligi lozim bu (nolli zona deyiladi). Yetarli daraja kislorod bilan ta’minlanish orqali ish bajarilib, chidamlilikni rivojlantirish uchun mashq qilinsa “Aerob”, YUQCh 130 dan 150 marta qisqaradigan yuklama rejalashtirilishi kerak.
Slayd 32
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamaning mezoni va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklamaning to‘la tavsifi quyidagi besh komponentda namoyon bo‘ladi:
mashqning absolyut intensivligi (harakatlanishning sof intensivligi);
mashqning davomiyligi (uzunligi);
dam olish intervalining katta kichikligi;
dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni.
Bu komponentlarni bir-biri bilan uzviy bog‘lab olib borish orqali berilgan jismoniy yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, hatto uning sifati, xususiyatining ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.
Slayd 33
Chidamlilikni tarbiyalash va rivojlantirishning zaruriy faktorlari sifatida professor A.Abdullayev quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:
inson organizmida energetik zaxiralarning mavjudligi;
organizmning turli tizimlarini funksional imkoniyatlarining darajasi (yurak-qon tomir, markaziy asab tizimi, asab-mushak va boshqalar);
ushbu tizimlarning faollashuvi tezligi va muvofiqlashtirilganligining darajasi;
fiziologik va ruhiy funksiyalarning organizm ichki muhitining noqulay sharoitlar turg‘unligi (kislorod yetishmasligi va boshqalar);
organizmning energetik va funksional salohiyatining barobarligiga erishib, tenglab ishlatish;
tayanch-harakat apparatining darajasi va tayyorlanganligi;
shaxsiy-ruhiy xususiyatlar (ishga qiziqish, tirishqoqlik, chidamlilik, qat’iyatlilik va hokazolar).
Slayd 34
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slayd 35
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.