=== Taqdimot 1 ===
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
=== Taqdimot 4 ===
Jismoniy madaniyat tizimi nisbatan mustaqil bo‘lib, o‘z maqsadlari, vazifalari va ishlash prinsiplariga ega. Maqsad jamiyatdagi jismoniy madaniyatning butun tizimini ishlashning markaziy, tizimlashtiruvchi komponentidir. Bu uzoq kelajakda erishishni istaydigan yakuniy natijalarni anglatadi. Jismoniy madaniyat sohasida odamlar va umuman jamiyatning oldiga qo‘ygan maqsadi insonning bu jarayonda nimaga aylanishi kerakligini va turli xil ehtiyojlarni qondirish va shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy madaniyat faoliyatining turli xil turlarini kiritish natijasida yuzaga keladigan aqliy kutishdir.
=== Taqdimot 5 ===
Shaxsning jismoniy madaniyati – bu ma’lum bir darajadagi maxsus ta’lim, jismoniy madaniyat va sport faoliyati, turmush tarzi, ma’naviyati va psixofizik salomatligi, jismoniy kamolot, motivatsion va qiymat yo‘nalishlari va ta’lim natijasida olingan va integratsiyalashgan ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar bilan tavsiflanadigan, sifatli, tizimli, dinamik holat bo‘lgan shaxsning umumiy madaniyatining ijtimoiy jihatdan aniqlangan sohasi. Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan organizm funksiyasining yuqori harakatchanligini talab etadi.
=== Taqdimot 6 ===
Bu aniq va tez javob bera olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan insonlarni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi yoshlarni vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir. Ko‘rsatilgan maqsad asosida:
1. Sog‘lomlashtirish,
2. Ta’limiy,
3. Tarbiyaviy vazifalar haqida tushuncha.
=== Taqdimot 7 ===
Sog‘lomlashtirish vazifalari – bu bola hayotini muhofaza etish, sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini funksional takomillashtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng muhim vazifasidir.
=== Taqdimot 8 ===
Suyak, pay, bo‘g‘in tizimi holatini, shuningdek turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog‘lam va bo‘g‘inlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab turishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu esa kelajakda turli kasalliklarga sababchi bo‘ladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir qancha pay hujayralari bo‘ladi: bo‘g‘inlar ancha harakatchan, bog‘lash apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta.
=== Taqdimot 9 ===
Shu munosabat bilan suyakning qotishini umurtqa pog‘onasi egilishlarini bog‘lash, bo‘g‘in apparati oson cho‘zilishini mustahkamlashni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari tana qismlarini nisbatan to‘g‘ri rivojlantirishga, bo‘yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur. Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o‘zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajarish, suyak tizimini ichki organlarni urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi. O‘quvchilarda mushaklarga nisbatan bo‘sh rivojlangan tana massasining 20- 22%ini tashkil etadi.
=== Taqdimot 10 ===
Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qo‘l va oyoq mushaklari bo‘sh, sekin qisqarib uzoq vaqt to‘g‘rilana olmaydilar. mushaklarida suv ko‘p bo‘lib, oqsil moddalari va yog‘ kam bo‘ladi. Ayrim mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo‘l, barmoq, panja, hamma ichki organlar bog‘lami va mushaklari)ni rivojlantirish zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e’tibor berish kerak.
=== Taqdimot 11 ===
Yurak-tomir tizimi boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faollik ko‘rsata boshlaydi. Bola tug‘ilishda yurak-tomir tizimi ancha yetuk bo‘ladi. Bolalarda qon tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha kengroq. Shu sababli qon bosim kamroq, lekin u yurak qisqarish chastotasi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish ritmi oson buziladi. Yurak kuchlanishdan tez charchaydi va tez o‘zgaruvchan faoliyatga birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda puls juda tez daqiqasiga 140-160-marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga to‘lganda daqiqasiga 95-85 zarbaga yetadi.
=== Taqdimot 12 ===
Yurakka qon oqishini kuchaytirib, uning qisqarish ritmini yaxshilash, birdan o‘zgarib qoluvchi jismoniy yuklanishga tezda moslashuv qobiliyatini rivojlantirish zarur. Nafas olish tizimi. Bolalarda yuqori nafas olish yo‘llari nisbatan tor, uning shilimshiq qobig‘i limfa va qon tomirlariga boy, noqulay sharoitlarda, nafas olishi keskin buzadi. O‘pka hujayralari juda nozik. Ko‘krak qafasining harakatchanligi cheklangan. Qovurg‘alarning gorizontal joylashuvi va nafas olish mushaklari sust rivojlangan (chaqaloq bolalar daqiqasiga 40-35-marta, 7 yoshlilar esa 24-22-marta nafas oladilar).
=== Taqdimot 13 ===
Ko‘rsatilgan xususiyatlarga bog‘liq xolda ko‘krak qafasi chuqur nafas olishi, nafas olish ritmini muqarrar etishi, o‘pkaning hayotiy sig‘imini oshirish zarur. Undan tashqari bolalarni burini orqali nafas olishga o‘rgatish zarur. Og‘iz orqali nafas olganda sovuq havo nafas olishning shilimshiq qobig‘iga ta’sir etib, uning kasallanishi, natijada organizmga og‘riq beruvchi bakteriyalar tushishi mumkin. Agar bola burini orqali nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar havodagi changni ushlab qoladi, shunday qilib havo tozalanadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ta’limiy vazifalar
Ta’limiy vazifalari – o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni: harakat ko‘nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni egallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish borish zarur. Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosiped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p foydalaniladi, bu esa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Emaklay boshlagan bolaning o‘zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni bilgan bola esa suv xossalarini yaxshi bilib oladi. Mustahkam harakat ko‘nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo‘lmagan holda bajaradi hamda mashq bajarishga asab-mushak quvvatini kam sarflaydi. Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa o‘yin faoliyatida ko‘nikmagan holatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Ta’lim jarayonida ayrim vazifalarni hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt qator ketma-ket darslar zarur, vazifalar boshqa xillarini hal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoya qiladi. Masalan, arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning o‘zida texnik jihatdan mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Qolaversa, shug‘ullanuvchining harakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), o‘zlashtirilayotgan harakatga o‘xshash harakat zaxirasiga ham bog‘liq.
=== Taqdimot 17 ===
O‘quvchilarda shakllantirib borish zarur bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi sharoitga, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar, tajribalari, bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jismoniy sifatlarni va harakat koordinatsiyasi, ko‘z bilan chamalashni rivojlantirib borish zarur. Agar bolada asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hatto oddiy mashqlarni ham bajara olmas edi. O‘quvchilarda o‘tirgan, turgan va yugurgan vaqtda tanani to‘g‘ri shakllantirib borish juda muhimdir.
=== Taqdimot 18 ===
To‘g‘ri qaddi-qomat butun ichki organlar va o‘quvchi organizmi tizimining bir me’yordagi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigiyenasini (qo‘llarni yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq kiyim, o‘yinchoq, jihozlar, xonaning tozaligi haqida g‘amxo‘rlik qilish singdirib borishga katta e’tibor berish zarur. O‘quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog‘liq bilimlarni, mashg‘ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini singdirib borish muhimdir.
=== Taqdimot 19 ===
Tarbiyaviy vazifalar
Tarbiyaviy vazifalar – erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilish odatini, kundalik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish odatlarini tarbiyalash, muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o‘z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni o‘rgatib borish muhimdir. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.
=== Taqdimot 20 ===
Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash, eslab qolish, tasavvur etish ), shuningdek, fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish) rivojlanib boradi. Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida go‘zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muhit holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish, harakat va so‘zlarda uchrab qoladigan qo‘pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish zarur.
=== Taqdimot 21 ===
Bolalarda sog‘liq mustahkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur harakat ko‘nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda egallash qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurish) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg‘itish uchun xaltachalar tikish, irg‘itish uchun nishonlar tayyorlash) bilan ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastika devor, to‘plar, tayoqchalar, gardishlar, velosipedlar, gimnastika to‘shaklar changini artishlari) bilan bog‘langan holda mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.
=== Taqdimot 22 ===
Darsning tashkil qilish usullari
Tibbiy va gigiyena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni
01
Moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni;
02
Darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘g‘ri tanlash orqali qo‘yilgan vazifani samarali qilishni nazarda tutadi.
03
=== Taqdimot 23 ===
Darsni o‘tkazishning tibbiy-gigiyenik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida yuzaga keladigan, sog‘lomlashtirish ta’siridan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlar tushuniladi. Sport zali uchun havo temperaturasi 14-16 gradusda ushlanishi. Tanaffuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi, sport zallari esa oynalari ochilib shamollatilishi. Aniqlanishicha, inson o‘pkasida u tinch turgan holda havo ventilyatsiyasi almashishi daqiqasiga 4 dan 6 l atrofida, mashg‘ulot joylarini toza havo bilan ta’minlashning ahamiyati muhim sanaladi.
=== Taqdimot 24 ===
Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polni tozaligi doimiy diqqat va e’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan so‘ng zalni tozalash jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. Chunki tozalanmagan zal shug‘ullanuvchi sog‘ligiga katta putur etkazadi, tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab bo‘ladi.
=== Taqdimot 25 ===
Darsni moddiy-texnik ta’minlash deganda, darsning optimal zichligini ta’minlashga imkon beradigan, qo‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonli hal qilish uchun garantiya beradigan, etarli darajadagi o‘quv-madaniyat jihozlari, anjomlari va mashg‘ulot joyi nazarda tutilgan. Oxirgi yillarda ko‘pchilik maktablarda jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga ko‘pchilik o‘quvchi shug‘ullanishi uchun jihozlar, anjomlar va trenajyorlar bilan jihozlanmoqda.
=== Taqdimot 26 ===
“Alpomish” testlarning tizimi
Aholining jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadiga qaratilgan testlar egiluvchanlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlikni aks ettiruvchi sinov turlarini o‘z ichiga oladi.
“Alpomish” testlari 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 5 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, “Barchinoy” testlari esa 5 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin – qizlar uchun mo‘ljallangan.
=== Taqdimot 27 ===
1-bosqich – 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘qil bolalar uchun (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari hamda kollej va litsey o‘quvchilari);
2-bosqich – 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun (oliy o‘quv yurtlarining talabalari, harbiy xizmatchilar, ishlab chiqarishda band bo‘lgan yoshlar va boshqalar);
3-bosqich – 35 yoshdan 60 va undan katta yoshdagi erkaklar uchun (xalq xo‘jaligida band bo‘lganlar, nafaqaxo‘rlar va boshqalar); “Alpomish” va “Parchinoy” testlari jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishga doir bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallash, shuningdek, gigiyena va fuqarolar mudofaasi yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zda tutadi.
=== Taqdimot 28 ===
Testlar shartlari
1. 60, 100, 1000, 2000 va 3000 metrlarga yugurish, o‘yingohning yugurish yo‘lagida o‘tkaziladi.
2. Joyidan turib va yugurib kelib uzunlikka sakrashlar maxsus joylarda o‘tkaziladi.
3. Baland turnikda tortilish – oyoqlar yerga tegmay yuqoridan qo‘l ushlab osilgan holatda bajariladi. Agar engak turnikning grifini kesib o‘tgan bo‘lsa, mashq hisobga olinadi. 5 soniyadan ortiq to‘xtashga ruxsat berilmaydi, mashq osilgan holatda to‘liq to‘xtaganda boshlanib, tebranishga ruxsat etilmaydi.
4. Gavdani ko‘tarish chalqancha yotgan holatda bajariladi, qo‘l kaftlari bosh orqasiga qo‘yilgan bo‘lib, oyoq kaftidan ushlab turiladi.
=== Taqdimot 29 ===
5. Nishonga to‘pni (koptokni) uloqtirishni istagan tekis maydonchada 150 sm. balandlikdagi x 100 sm.li shiftga 8, 10, 12, 15, 20 m. masofadan, granatani uloqtirish – uloqtirish sektoridan yoki har qanday tekis joydan (700 g. erkaklar, 500 g. xotin – qizlar uchun) bajariladi.
6. Kichik kalibrdagi miltiqdan 6-sonli nishonga, pnevmatik miltiqdan 8-sonli nishonga qarab o‘q otish.
7. Suzish havzasida yoki maxsus jihozlangan joydagi suv havzasidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.