Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
Slayd 2
Mazkur fan bakalavriat yo‘nalishi– Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fanida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berishni ta’minlovchi sohani o‘rganish fani bo‘lib hisoblanadi.
Slayd 3
Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o‘rin berilgan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy harakat ko‘nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o‘rgatish metodlari va metodikalarini ochib berishdan iboratdir, shuningdek, o‘rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini o‘z bilim doirasiga qamrab oladi.
Slayd 4
Fanni o‘qitishdan maqsad
Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish.
Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Slayd 5
Fanning vazifasi
Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab, akademik litsey hamda texnikum o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Slayd 6
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo’naltirilgan o’quv predmeti sifatida.
Jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi.
Slayd 7
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliy fan sifatida.
Insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zahirasini boyitadi.
Jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi.
Slayd 8
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuniga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligiga oid bilimlar;
Jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
Jismoniy tarbiyaning vositalari va uni usuliyatlarining tamoillari;
Harakatga o’rgatish, o’qitishning uslubiyatlari;
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
Slayd 9
Jismoniy mashqlar va uni o’qitish jarayonining tuzilishi
Jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashgulotlarini tashkillashning shakllari
Jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi
Sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika
Slayd 10
Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi:
Mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yo’llari va hozirgi payitdagi ahvoli haqidagi xukumat qarorlari, qonunlari;
Jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinish hamda shu g’oyalarni amalga oshirish yo’llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;
Slayd 11
Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati sohasi bo’yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to’plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
Slayd 12
Ijtimoiy turmush tarzi uning hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilarga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha to’plangan amaliy tajribalar;
Jamiyat a’zolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
Mavjud jamiyat maonaviyatining bir bo’lagi hisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat kontseptsiyalari;
Sog’lom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajribalarining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi.
Slayd 13
Jismoniy tarbiya praktikasi – manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan original g’oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
Arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma’ruza matnlari vah. K. Lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo’lib xizmat qiladi;
Slayd 14
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini rivojlanish davrlari.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o’z ichiga oladi.
Slayd 15
Birinchi davr
Bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N. I. 1975), Ularning to’planishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va to’plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo’lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Slayd 16
Ikkinchi davr
Jismoniy tarbiya jarayonida qo’llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O’rta asrni o’z ichiga oladi (G. D. Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo’lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o’rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar.
Slayd 17
O’rta asrning o’rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o’yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo’yicha dastlabki qo’llanmalar paydo bo’ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dunyoviy qarashlari vujudga keldi (Usmonxo’jaev T. N. 1995).
Slayd 18
Uchinchi davr
– Jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiz to’planishi, uyg’onish davridan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si bo’yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiyahaqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Slayd 19
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o’rni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’llari aniqlandi.
Slayd 20
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo’yicha ilmiy farazlar va bilimlar to’planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Slayd 21
To’rtinchi davr
19 Asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham t’sir ko’rsata boshladi.
Slayd 22
To’rtinchi davr
Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Slayd 23
Beshinchi davr
Rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi. Rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
Slayd 24
Beshinchi davr
Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi.
Slayd 25
Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo’lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir.
Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to’la izohlab, isbotlab olishni isbotladi.
Slayd 26
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi.
Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog’langan.
Slayd 27
Biologiya fani bilan bog’liqligi
Jismoniy tarbiya vositalarini shug’ullanuvchilar organizmiga ta’siri reaktsiyasini o’rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Slayd 28
Biologiya fani bilan bog’liqligi
Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potentsial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.
Slayd 29
Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo’llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi
Jismoniy rivojlanish
Jismonan tayyorgarlik
Jismoniy tarbiya
Inson jismining madaniyati
Sport
Jismoniy kamolot
Slayd 30
Nima uchun yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi, boshqalari
Tegishli faoliyatni to’g’ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o’z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir
Masalan:
Jismoniy bilimlar tushunchalari
Jismoniy mashq
Jismoniy sifatlar
Asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi
Slayd 31
Jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismi;
Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
Ommaviy sport — sportning tashkil etilgan va (yoki) mustaqil mashg‘ulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etishga doir qismi;
Professional sport — sportning sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishga doir qismi bo‘lib, sportchilar ularda o‘zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik ko‘rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi;
Sport — odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar;
Slayd 32
Sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va o‘yin turlari;
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Havaskorlik sporti — sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish orqali odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
Slayd 33
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.