Jismoniy madaniyat nazariyasi uslubiy tamoyillari

8000 so'm


Jismoniy madaniyat nazariyasi uslubiy tamoyillari

 

 

Slayd 1

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari..

Slayd 2

Reja:
Uslubiy prinsiplari haqida umumiy tushuncha
Onglilik va faollilik prinsipi
Ko‘rgazmalilik prinsipi
Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish prinsipi
Muntazamlilik prinsipi
Takroriylik va variatsiyalash prinsipi
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsipi

Slayd 3

Uslubiy prinsiplari haqida umumiy tushuncha.
Jismoniy tarbiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda tamoyillar har xil ta’riflangan, lekin manbalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, har xil nomlar bilan ta’riflangan bir prinsip quyidagi mazmunlarni bildiradi:
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishlari uchun jismoniy mashqlarni ongli, tushungan holda tashkil etish;
O‘rgatayotgan mashqlarni yaxshi o‘zlashtirilishi uchun ko‘rgazmalilikning turli xil shakllaridan foydalanish;
Har bir o‘quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va psixologik og’irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta’minlash;
Shug’ullanuvchi o‘quvchilar avvalgi mashg’ulotlarda o‘zlashtirib olganlarini mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg’ulotlar uchun zamin yaratishni ta’minlash

Slayd 4

Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadigan «jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi», «Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish», «Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilganlik»dek nazariy (ayrim adabiyotlarda «umumiy tamoyillar» yoki «nazariy tamoyillar» deb ataladigan) tamoyillardan tashqari jismoniy madaniyat ta’lim jarayonida foydalaniladigan uslubiy tamoyillar ham mavjud, bo‘lib ularga oid bilimlar kasbiy nazariy tayyorgarlikning asoslarini tashkil qiladi.

Slayd 5

Onglilik va faollilik prinsipi
O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P. F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik prinsipi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’ilmning prinsipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan «ixtiyoriy harakat»ning mohiyatiga yetib uning bajarilishi texnikasining asosi zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi, ilmiy-amaliy isbotlangan.

Slayd 6

Ko‘rgazmalilik prinsipi
Mashqni ko‘rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya ta’lim jarayonida o‘zining keng ma’nosiga ko‘ra o‘qitishdagi eski an’analardan farqlanadi. Hozirgi kunda bu tushuncha o‘zida his qilish, obrazli o‘xshatish, harakatning tashqi shaklini namoyish qilishni mujassamlashtiradi.
Ko‘rgazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar, (sekinlashtirib olingan videolar va. h. k. ) Kino – badiiy, hujjatli, o‘quv filmlari, video, multivideo va boshqalar tarzida ko‘rsatiladi va ularni taqlid tarzida ularni bajarish o‘quvchilarga tavsiya etiladi.
Mashqni bajarishda «o‘z soyasidan foydalanish», «harakat sathi chegarasini belgilash», «taqlid qilish», «mo‘ljal olish», «o‘xshatish», ko‘rgazmalilikning samara berishi aniq sanalgan uslublaridir.

Slayd 7

Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish prinsipi
Individning jismoniy imkoniyati, jismoniy qobiliyati, organizmning anatomo-fiziologik xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorlanganligi va h. k. Lar bu tamoyilning asosiy omillari bo‘lib, ta’lim jarayonini to‘ldiradi.
Hozirgi kunga kelib bu vazifa mamlakatimizda Respublika aholisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» salomatlik testi talablari va normalarini topshirish orqali nazorat qilinadi. Test talablarining me’yoriy normalari har bir yoshdagilarning kuchiga moslab individuallashtirilgan.
Ma’lumki, indivuduallashtirish o‘qitishning muhim tamoyillaridan biri. Jismoniy rivojlanganlik va jismoniy tayyorgalikni, belgilangan darajadagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishni taqazo etadi.

Slayd 8

Muntazamlilik prinsipi.
Organizmning funksional holati yaxshilanib, muntazam mashq qilish va mashg‘ulotlar natijasida yuqori natija ko‘rsatila boshlangan bo‘lsa, muntazamlilikdagi nisbatan oz bo‘lsa-da – mashg‘ulotni o‘tkazib yuborish, shug‘ullanishdagi tizimning buzilishi erishilgan yutuqning asta-sekin pasayishi va yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Harakatni uzoq vaqt e’tibor berib bajarishimiz uni xotirada uzoq vaqt muhrlanishi (yarimsharlar po‘stlog‘ida shu bajarilayotgan harakat haqida chuqur iz qoldirishi)ga sabab bo‘ladi. Muntazam tizimli mashg‘ulotlar yarimsharlar po‘stlog‘idagi «iz»larni o‘zlashtirishni osonlashtiradi.

Slayd 9

Takroriylik va variatsiyalash prinsipi
Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik – qayta bajarish muhim ahamiyatga ega. I. P. Pavlov va A. N. Krestovnikov ko‘rsatganidek, harakat malakasining fiziologik asosi hisoblangan dinamik stereotipni ko‘p marotabalab takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas. Takrorlash, eng avvalo, organizmdagi morfofunksional o‘zgarishlarni tartibga solishi va qayta moslanishlarni uzoq muddat davomida ta’minlashi uchun zarur bo‘lib, uning bazasida jismoniy sifatlarning rivojlanishi ro‘y beradi, erishilganlari mustahkamlanadi, keyingi rivojlanish uchun sharoit yaratiladi. Takrorlashlarsiz jismoniy tarbiyani amalga oshirib bo‘lmaydi.

Slayd 10

Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsipi
Jismoniy talablarning asta-sekinlik bilan oshirish prinsipi mashg‘ulotlarida shug‘ullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning tendensiyasi (yo‘nalishi)ni ifodalab, yangi qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarishni asta-sekinlik bilan unga bog‘liq bo‘lgan jismoniy yuklamalarning hajmi va intensivligini oshirishning me’yoriga e’tiborini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy yuklamalarni oshirishning umumiy yo‘nalishi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doimiyligi. Jismoniy tarbiya jarayoni nagruzkani oshirish mashg‘ulotdan mashg‘ulotga, bir etapdan boshqa etapga uzluksiz o‘zgarib boradi. Xarakterli belgilari: mashqlar murakkablashtiriladi, ular ta’siri darajasi va davomiyligi o‘zgartirib boriladi.

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Jismoniy madaniyat nazariyasi uslubiy tamoyillari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar