Jismoniy madaniyat nazariyasi prinsiplari
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari
Slayd 2
Reja:
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi prinsipi
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi
Jismoniy madaniyatning sog’lashtirishga yo’naltirish prinsipi
Slayd 3
Prinsip (tamoyil, negiz, asos)
Tamoyilning umumiy ta’rifi biror nazariya, ta’limot, fanning asosiy boshlang‘ich qonuni (qoidasi) sifatida tushuntiriladi. Ta’lim va tarbiya tizimida tamoyil deganda «Yo‘naltiriluvchi qoida», «Asosiy qoida», «Ko‘rsatma» tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular sinovlar va xatolar qilish yo‘lidan holi ravishda belgilangan maqsadga aniq borishga imkon beradi, vazifalarni hal etish negizini ochadi hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Slayd 4
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi
Jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyati, uning asosiy xizmat vazifasi – odamlarni faoliyatga, hayotga tayyorlashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning barcha tizimlarida bu qonuniyat o‘ziga xos ifodasini topadi. Jismoniy tarbiya faol mehnat qilish va o‘z Vatanini dushmanlarning hamlalaridan fidokorona himoyalashga qodir kishilarni tayyorlashga da’vat etilgan. Bunda ham jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqasi tamoyiliga uning tizimiga xos bo‘lgan yangi mazmuni va ahamiyati aks etadi.
Slayd 5
Jismoniy tarbiyaning mazkur tamoyilini amalga oshirishda, shunga amal qilish zarurki, jismoniy tarbiya qayerda qo‘llanilsa, o‘sha joyda natijada mehnat va mudofaaga tayyorgarlik ko‘zda tutilishi kerak.
Slayd 6
Jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyati hayotda bevosita qo‘llaniladigan harakat ko‘nikmalarini hosil etishdangina iborat, degan fikr bor.
Jismoniy mashqlarning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish natijasida ko‘nikma amaliy bo‘lsa, ya’ni sport yoki gimnastika mashg‘ulotlari sharoitlaridan mehnat va jangovar vaziyatga ko‘chiriladigan bo‘lsa, unday jismoniy tarbiya hayot bilan bog‘langandir.
Slayd 7
Shubhasiz, granata irg‘itish, otish va shunga o‘xshash ko‘nikmalar bevosita amaliy ahamiyatga egadir. Lekin jismoniy tarbiyaning ahamiyati bu bilangina tugamaydi. Axir shunday bo‘lsa, u holda futbol va boshqa sport turlarini haddan tashqari muhim jismoniy mashqlarni kishilarni hayotga tayyorlash vositalari bo‘la olmaydi, deb aytgan bo‘lar edik. Vaholanki, bizning jismoniy tarbiya tizimimiz o‘z vositalari xazinasidan ana shu mashqlarni mustasno etmaydi.
Slayd 8
Futbolchi mehnat va jangovar vaziyatda o‘zining to‘pni aniq zarb bilan tepish mahoratini qo‘llamasligi tushunarlidir. Lekin futbol mashg‘ulotlarida orttirilgan topqirlik, epchillik, dovyuraklik, chidamlilik va boshqa sifatlar hayotda ko‘p kerak bo‘ladi. Jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadigan amaliy ko‘nikmalarning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lmasin, u mehnat va jangovor harakatlarning hamisha o‘zgarib turadigan shakl jihatidan jamiki cheksiz tomonlarini hech qachon qamrab ololmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, mehnat va mudofaaga tayyorgarlikning maqsadi bevosita amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdangina iborat emas. Maqsad shundan iboratki, kishi ishlab chiqarishga, armiyaga kelgach, o‘ziga xos ish sharoitlari, notanish harakatlarga duch kelganida, har qanday ish texnikasini qisqa muddatda egallay olsin. Baquvvat, epchil, chidamli hamda rang-barang ko‘nikmalarning katta zaxirasiga ega bo‘lgan kishilar yangi ishni ancha yaxshiroq o‘zlashtirish, o‘ziga notanish texnikani, garchi aslida sog‘lom bo‘lsa-da, lekin epsiz, tez charchab qoladigan, sekin harakat qiladigan kishiga nisbatan tezroq egallab olishini hamma yaxshi biladi.
Slayd 9
Harbiy texnikani ko‘plab avtomatlashtirish va armiyani kuchaytirish ofitser hamda jangchining jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarni misli ko‘rilmagan darajada oshirdi.
Urush odamni katta qiyinchiliklarga duch keltiradi, shuning uchun ham u haddan tashqari jismoniy kuch-g‘ayrat sarflanadigan sinov bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi. Odamning bunday kuch sarflashga tayyor bo‘lishi va har qanday mashaqqatlarga mardona bardosh berishga qodirligi harbiy harakatlarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi shartlardan biridir. Qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining hozirgi zamon amaliyoti ham shuni ko‘rsatadiki, harbiy texnika qanchalik murakkab bo‘lsa, odamlarning jismoniy tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talab ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu talablar umumiy jismoniy tayyorgarlikka e’tibor berish vazifasini yuklabgina qolmay, balki maxsus harbiy-amaliy tayorgarlik vazifalarini oldingi qatorga olib chiqadi.
Slayd 10
Harakat ko‘nikma va malakalarining hayotda tashkil topishi bilan birinchi navbatda jismoniy madaniyatning tashkil topishi amaliy-kasb samaradorligidan bevosita foydalanish bilan bog‘liq.
Jismoniy madaniyatning umumiy amaliy-kasb samaradorligi kishining har tomonlama rivojlangan jismoniy sifatlari, harakat ko‘nikma va malakalari fondi bilan bog‘liqdir.
Amaliy ahamiyati mehnat va harbiy tarbiya bilan qanchalik samarali bog‘liq bo‘lib, jismoniy madaniyatning jamiyatga keltiradigan foydasi bilan aniqlanadi.
Ushbu tamoyilning eng ahamiyatli jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
Slayd 11
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi
Ma’naviy va jismoniy kuch har tomonlama kamol topgan kishilargina o‘z Vataniga sodiq bo‘ladi va uning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Har tomonlama barkamol kishilar osmondan tushmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib yetishuvi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynadi. Har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishga biologik qonuniyat ham, inson organizmi tizimlari va organlarining uyg‘un kamol topishiga bo‘lgan ehtiyoj ham ta’sir etadiki, odam ijtimoiy jihatdan ham, o‘zining biologik xususiyatlari jihatidan ham hamisha va har yerda yagona sotsial shaxsdir. Bularning hammasi jismoniy tarbiya jarayonida insonga har taraflama ta’sir o‘tkazish xarakterini belgilaydi va tarbiyaning har xil turlari o‘rtasidagi uzviy aloqani aniqlaydiki, jismoniy tarbiyaning barcha hollarida undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni ham hisobga olish kerak.
Slayd 12
Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytiribgina qolmaydi, balki bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan tashqari, bizning sharoitimizda tarbiya maqsadlarining birligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli har taraflama kamolot tamoyili quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi.
Slayd 13
Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik prinsipi
Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, inson sihat-salomatligini mustahkamlash g‘oyasi jismoniy madaniyatning butun tizimiga singib ketgandir. Inson sihat–salomatligi uchun kurash hukumatimizning diqqat markazida bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya – sog‘lomlashtirish yo‘nalishining tamoyilllaridan quydagi qoidalari kelib chiqadi:
Jismoniy tarbiya bilan shug‘llanuvchilarning sihat – salomatligini
Mustahkamlash uchun davlat oldidagi javobgarlik.
Jismoniy madaniyat tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar (shifokorlar farqli o‘laroq),odatda, sog‘lom kishilar bilan ish ko‘radilar. Ular gimnastika, sport o‘yinlari va turizm bilan shug‘ullanuvchilarning sihat-salomatligini saqlash uchungina emas, balki ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun ham davlat oldida javobgardirlar.
Slayd 14
Shifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda birligi.
Jismoniy mashqlar shunday vositaki, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan sharoitlardagina sog‘lomlashtiruvchi samara beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri no‘noqlik bilan qo‘llash sihat-salomatlikka putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, biologik xususiyatlarini va sihat-salomatligini hisobga olish zarur. Muntazam ravishda olib boriladigan shifokor va pedagog nazorati ularning ana shu xususiyatlarini qat’iy hisobga olib borishni ko‘zda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, hatto yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi ham, mashg‘ulotlarda qatnashuvchining o‘zi ham jismoniy mashqlarning ta’siri ostida kishining organizmida yuz beradigan o‘zgarishlarni to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida sezmasligi mumkin.
Slayd 15
Jismoniy madaniyatni sog’lomlashtirish bilan bog’lab olib borish prinsipi vrach, pedagog va shug’ullanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi. Jismoniy madaniyat prinsiplari bir-biri bilan o’zaro o’zviy bog’liqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi uning yetakchi prinsipidir. Shu prinsipgina mamlakatimizda jismoniy madaniyatning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, Uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Faqat shunday yo’l bilangina aqliy, axloqiy, ruhiy, estetik va mexnat madaniyatini jismoniy madaniyat jarayonida yo’lga quyish mumkin.
Slayd 16
Tamoyilning umumiy ta’rifi biror nazariya, ta’limot, fanning asosiy boshlang‘ich qonuni (qoidasi) sifatida tushuntiriladi. Ta’lim va tarbiya tizimida tamoyil deganda «Yo‘naltiriluvchi qoida», «Asosiy qoida», «Ko‘rsatma» tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular sinovlar va xatolar qilish yo‘lidan holi ravishda belgilangan maqsadga aniq borishga imkon beradi, vazifalarni hal etish negizini ochadi hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Ta’lim va tarbiya tizimining g‘oyaviy asoslarini aks ettiruvchi tamoyillar qatoriga jamiyatning tarbiyalash strategiyasiga oid umumiy ijtimoiy tamoyillarini kiritish mumkin. Ular insonning maqsadli har tomonlama rivojlanishini hamda tarbiyaning jamiyat amaliy hayoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash uchun ijtimoiy omillardan (madaniyat, tarbiya, ta’lim) foydalanishni nazarda tutadi.
Jismoniy tarbiya tizimida bu tamoyillar asosiy yo‘naltiruvchi qoidalar hisoblanadi, ularga muvofiq holda butun jismoniy tarbiya amaliyoti ro‘yobga chiqariladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning hamma tomonlari (aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy) birligini kafolatlaydi.
Eng katta sog‘lomlashtiruvchi samarasi: sog‘liqni mustahkamlaydi va umumiy ish qobiliyatining yaxshi saqlanishini ta’minlaydi; insonni mehnatga va boshqa faoliyat turlariga, jumladan, har tomonlama harbiy xizmatga jismoniy tayyorlash ishidagi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasini aks ettiradi.
Tamoyillarning o‘zaro aloqadorligi
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.