Ixtisoslikka kirish voleybol o’qituvchi-murabbiy
8000 so'm

Slayd 1
Ixtisoslikka kirish.
Slayd 2
Reja:
Ixtisoslikka kirish fanining maqsad va vazifalari
Voleybol bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchi va murabbiyga malakaviy talablari
Slayd 3
Jismoniy tarbiya va xususan, voleybol bo‘yicha tayyorlana-digan o‘qituvchi-murabbiyning modeli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan Dts va namunaviy dastur talablari bilan belgilanadi.
Voleybol bo‘yicha oliy ma’lumotga ega o‘qituvchi-murabbiyning kasbiy-pedagogik faoliyati quyidagi ta’lim va sport muassasalarida amalga oshirilishi mumkin:
Slayd 4
Voleybol bo‘yicha oliy ma’lumotga ega o‘qituvchi-murabbiyning kasbiy-pedagogik faoliyati quyidagi ta’lim va sport muassasalarida amalga oshirilishi mumkin:
Slayd 5
Maktabgacha tarbiya muassasalari;
Umumta’lim maktablari;
O‘rta maxsus ta’lim muassasalari (al, khk);
Olimpiya zaxiralari kollejlari;
Bo‘smlar;
Bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktablari;
Oliy sport mahorati maktablari;
Sportklublari;
Ko‘ngilli sport jamiyatlari;
Terma jamoalar;
Xususiy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport markazlari;
Oromgohlar va sog‘lomlashtiruvchi maskanlar.
Slayd 6
O‘qituvchi-murabbiy amaldagi o‘quv rejasida qayd etilgan fundamental, maxsus va ixtisoslik fanlari bo‘yicha belgilangan nazariy bilim, kasbiy-pedagogik ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, jismoniy tarbiya va sportga oid hamda aloqador huquqiy, me’yoriy va ma’muriy hujjatlar mohiyatini bilishi va ularga amal qilishi, ommaviy sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish, sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilar tayyorlash tajribasini o‘rganib borishi darkor (1-andoza). Shaxs sifatida shakllangan, yuksak ma’naviy va madaniy xislatlarga ega, aqlan teran, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida jo qilgan, murakkab vaziyatlarda tashabbus va mas’uliyatni o‘ziga olishga qodir va keng dunyoqarashga ega inson bo‘lib yetishishi talab qilinadi.
Slayd 7
O‘qituvchi-murabbiyga qo‘yiladigan malakaviy talablar uning kasbiy-pedagogik faoliyatiga xos turli yo‘nalishli ko‘nikmalar bilan belgilanadi: boshqaruvchilik, loyihalash, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, gnostik, targ‘ibot-tashviqot, tadqiqotchilik (2-andoza).
Murabbiyning loyihalash ko‘nikmasi o‘z ichiga ko‘p yillik sport trenirovkasi tizimida yuqori malakali va sport zaxiralarini tayyorlash, yillik tayyorgarlik sikli (makrotsikl), mezotsikl va mikrotsikllarga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar loyihasini ishlab chiqish, ommaviy voleybol tadbirlarini rejalashtirish hamda sportchilarni ertalabki gimnastika va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar majmualarini mustaqil rejalashtirishga o‘rgatish kabi masalalarni kiritadi.
Slayd 8
Konstruktiv ko‘nikma shug‘ullanuvchilarni voleybolga oid va unga aloqador bilimlar bilan qurollantirish, mashqlarning murakkabligi va organizmga ta’sir etish xususiyati bo‘yicha ularni tanlashga o‘rgatish, mehnat, ta’lim olish, ovqatlanish, uxlash va dam olish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, sportchilarni mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish muammolarini o‘z ichiga oladi.
Tashkilotchilik qobiliyati shug‘ullanuvchilarning ko‘pqirrali va ko‘pyo‘nalishli faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish jarayonlarini maqsadli amalga oshirish kabi chora-tadbirlar bilan ifodalanadi.
Slayd 9
O‘qituvchi-murabbiy faoliyatiga xos ushbu ko‘nikmalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Bundan tashqari, talabalar ta’lim jarayonida tanishtiruv amaliyoti, o‘qituvchilik va murabbiylik kasbi bo‘yicha malakaviy amaliyotlar talablarini bajarishi, tanlangan mavzu bo‘yicha bitiruv malakaviy ish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va Iv kursda o‘z malakaviy ishlarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish o‘quv rejasida belgilangan.
Slayd 10
Jamoani yuqori sport natijalariga erishishida o‘qituvchi va tarbiyachi sifatida murabbiy shaxsining ahamiyati yuqoridir. Murabbiyning kasb mahorati va uning shaxsiy sifatlari zamonaviy sportda muvaffaqiyatga erishishning muhim shartidir. Murabbiylik ishi samaradorligi, kasbiy majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishi murabbiyning ko‘plab tayanch va o‘ziga xos qobiliyatlari (layoqatlari)ning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Voleybol bo‘yicha murabbiyning barcha qobiliyat va sifatlarini kasbiy va shaxsiy sifatlarga bo‘lish mumkin. Unisi ham, bunisi ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning mahoratlilik darajasini belgilaydi. Murabbiyning eng ahamiyatli kasbiy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari deganda quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Slayd 11
Layoqatlilik – murabbiyning mahoratini tashkil etuvchi layoqatlar to‘plamidir. Layoqatlilik samarali murabbiylik ishi uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlar majmuasini asosli va chuqur egallashni nazarda tutadi. Layoqatlilik deganda voleybol nazariyasi va uslubiyatlarini chuqur tushunish, anatomiya, fiziologiya, sport tibbiyoti, psixologiya, pedagogika bo‘yicha bilimlarni, o‘yin texnikasi va taktikasini atroflicha bilish, jamoani boshqarish san’atini egallash, ayrim o‘yinchilar va butun jamoaning psixologik muammolarini samarali hal etish kabilar tushuniladi.
Slayd 12
O‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasidan ish jarayonida foydalana olish malakasini shakllantirish mahoratli mutaxassisning muhim layoqatini tashkil etadi. Murabbiy sportning nozik tomonlarini qanchalik ko‘p bilsa, u mahoratli murabbiy sifatida shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi.
Layoqatlilik oliy o‘quv yurtidagi o‘quv kursining barcha predmetlaridagi bilimlar bilangina cheklanmaydi. Mahoratli darajada faoliyat yurita olish qobiliyati yetakchi o‘ringa chiqadi. Layoqatli bo‘lish – bu ishni bilgan holda, o‘yinchilar mahoratini oshirish va jamoani musobaqalarga tayyorlash, har bir o‘yinchining kasbiy va shaxsiy o‘sish muammolari masalalarini amalda hal eta bilishdir.
Slayd 13
Shuningdek, layoqatlilik tanlangan sport to‘pi bo‘yicha murabbiyning o‘zidan ham ma’lum darajada sport mahoratiga ega bo‘lishni talab etadi. Mashhur o‘yinchi bo‘lish shart emas. Murabbiyning o‘yin tajribasi uning texnikaviy-taktik usullari va zarurat bo‘lganda, ayrim o‘yin mashqlarida qatnashish uchun namunali misollari yetarli darajada bo‘lishi lozim.
Slayd 14
Shubhasiz, o‘yinchining shaxsiy o‘yin tajribasi murabbiyga o‘yin mexanizmini mufassal tushunish imkonini beradi, bu esa o‘yinchilarni tayyorlashning ko‘plab jihatlarini yanada takomillashtirishda yordam beradi. Murabbiylik faoliyatida o‘yin tajribasining mutlaqo bo‘lmasligi ko‘plab muammolarni yaratadi, uning layoqatli bo‘lishi qiyin kechadi. O‘yinchilar o‘zlari o‘rgangan ko‘p jihatlarni, o‘yin tajribasiga ega.
Bo‘lmagan murabbiyni fikrlari orqali egallay olishi mumkin. Biroq, o‘yin tajribasining o‘zi, eng yuqori o‘yin malakasi ham samarali murabbiylik ishi uchun yetarli hisoblanmaydi.
Slayd 15
O‘ynay olish – bu bir jarayon, o‘yinga o‘rgata olish esa mutlaqo boshqa jarayon. Ushbu qobiliyatni egallash kerak, u o‘yin mahorati bilan mushtarak emas. Oliy toifali sportchilar ham sport ixtisosligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtini va sport karyerasini tugallab ham ishlab ketolmaydi.
Amaliyotda esa, shunday holatlar ham uchraydiki, ba’zida boshqa sport to‘pi bilan shug‘ullangan murabbiylar ham voleybolda turli darajada salmoqli muvaffaqiyatlarga erishishgan. Boy shaxsiy o‘yin tajribasiga ega bo‘lmaganligi sababli, qolip va aqidalardan xoli bo‘lgan bunday murabbiylar o‘yinchilarni va jamoani tayyorlashda eng yaxshi yo‘llarni izlashga intiladilar. Bu holat, ya’ni ular voleybol nazariyasi va uslubiyati asoslarini «eng boshidan» boshlaganliklari amalda ijobiy omil sifatida xizmat qiladi. Murabbiyning samarali faoliyat izlash, voqelikni qat’iy tahlil qilish, tayyorgarlik usullarini jiddiy tekshirish va yakunida o‘ziga ustozlar tanlash qobiliyati mahoratni oshiradi.
Slayd 16
O‘ynay olish – bu bir jarayon, o‘yinga o‘rgata olish esa mutlaqo boshqa jarayon. Ushbu qobiliyatni egallash kerak, u o‘yin mahorati bilan mushtarak emas. Oliy toifali sportchilar ham sport ixtisosligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtini va sport karyerasini tugallab ham ishlab ketolmaydi.
Amaliyotda esa, shunday holatlar ham uchraydiki, ba’zida boshqa sport to‘pi bilan shug‘ullangan murabbiylar ham voleybolda turli darajada salmoqli muvaffaqiyatlarga erishishgan. Boy shaxsiy o‘yin tajribasiga ega bo‘lmaganligi sababli, qolip va aqidalardan xoli bo‘lgan bunday murabbiylar o‘yinchilarni va jamoani tayyorlashda eng yaxshi yo‘llarni izlashga intiladilar. Bu holat, ya’ni ular voleybol nazariyasi va uslubiyati asoslarini «eng boshidan» boshlaganliklari amalda ijobiy omil sifatida xizmat qiladi. Murabbiyning samarali faoliyat izlash, voqelikni qat’iy tahlil qilish, tayyorgarlik usullarini jiddiy tekshirish va yakunida o‘ziga ustozlar tanlash qobiliyati mahoratni oshiradi.
Slayd 17
Murabbiy layoqatliligining tarkibiy qismi uning keng ma’lumotliligi bo‘lib, birgina kasbiy malaka va bilimlar muvaffaqiyatli ishlash uchun yetarli emas. Murabbiylar ham, ularning tarbiyalanuvchilari ham jamiyatning to‘laqonli a’zolari hisoblanadilar, ularning oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Shuning uchun, murabbiyga keng ma’lumotlilik, hayotning turli sohalari: madaniyat, fan, san’at, oilaviy munosabatlar va boshqalar bo‘yicha bilimlar juda zarur hisoblanadi.
Slayd 18
Murabbiy layoqatliligining tarkibiy qismi uning keng ma’lumotliligi bo‘lib, birgina kasbiy malaka va bilimlar muvaffaqiyatli ishlash uchun yetarli emas. Murabbiylar ham, ularning tarbiyalanuvchilari ham jamiyatning to‘laqonli a’zolari hisoblanadilar, ularning oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Shuning uchun, murabbiyga keng ma’lumotlilik, hayotning turli sohalari: madaniyat, fan, san’at, oilaviy munosabatlar va boshqalar bo‘yicha bilimlar juda zarur hisoblanadi. Murabbiyning tashkilotchilik qobiliyati. O‘qitish va tarbiyalashning samaradorligi ko‘p jihatdan murabbiyning barcha yo‘nalishlardagi mashq jarayonini tashkil eta olishiga bog‘liqdir. Guruhning ayrim mashqlarida, o‘quv mashg‘ulotlarda, musobaqalarda, yig‘inlarda tartibliligi, tashkillashganligi har bir o‘yinchi faoliyati sermahsulligini oshiradi.
Murabbiy o‘yinchilar hayoti, dam olishi, hordiq tadbirlari va tartiblarini tashkil eta olishi, shuningdek, ularda sport mahorati samarali shakllanishida yordam beradi. Intizom, tartib, tashkilotchilik – sermahsul o‘quv mashg‘ulotlarining zaruriy va muhim shartlaridan hisoblanadi.
Slayd 19
Murabbiyning yuqori motivatsiyasi, o‘zini ishga bag‘ishlashi, shogirdlar yaratish faoliyati. Kasbiy jihatdan faol ishlash murabbiyning o‘zini kasbga bag‘ishlashga qarama-qarshi jihati sifatida, har qanday pedagogik mehnatda (ayniqsa, murabbiylikda) o‘zini kasbga bag‘ishlamaslik, o‘z ishiga loqaydlik, shogirdlar yaratishda e’tiborsizlik va beparvolik sababli sezilarli yutuqlarga erisha olmaydi.
Murabbiy o‘z ishini sevishi kerak. Har qanday muvaffaqiyatli murabbiyning mehnati izdoshlikda namoyon bo‘ladi. Ishga o‘ta berilib ketish avvaliga yaxshi natijalar keltirsa-da, biroq murabbiy va tarbiyalanuvchilar uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi.
Uyg‘unlik tamoyili buziladi. Murabbiylik ishiga judayam berilib ketish odatda murabbiy tomonidan yosh tarbiyalanuvchilarga yuqori talablar qo‘yilishi, tayyorgarlik jarayonining tezlashtirilishi kabi sabablar salbiy hisoblanadi, o‘sib kelayotgan organizm buni ko‘tara olmaydi. Natijada sportdagi keyingi faoliyat ham so‘nadi.
Slayd 20
Murabbiylik kasbiga o‘ta berilish ham bundan kam bo‘lmagan salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday yondashuvda kasbiy natijaga erishish uchun sog‘liq, oila, bo‘sh vaqt qurbon qilinadi, o‘z farzandlarini tarbiyalash jarayonida qatnashmaslik, oddiy odamning hayotiy kayfiyatlariga e’tiborsizlik va boshqalar kuzatiladi. Oxir-oqibatda, davomli zo‘riqishlar, ishdagi ortiqcha talabchanlik va boshqalar murabbiyning kasbidan ancha ertaroq sovushiga olib keladi. Uning asosida psixologlar «emotsional yonish sindromi» deb ataydigan hodisa mavjud.
Kasbiy yonib ishlash – mutaxassisning ko‘p yillik fidoyiligi va mas’uliyatining teskari tomonidir. Murabbiy muntazam mashg‘ulotlar, o‘rtoqlik uchrashuv o‘yinlari, tashkilotchilikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi borasidagi ziddiyatlar, rahbariyat tomonidan g‘alabaning qat’iy talab etilishi orqali paydo bo‘ladigan zo‘riqishlar bilan band.
Slayd 21
Murabbiylik kasbiga o‘ta berilish ham bundan kam bo‘lmagan salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday yondashuvda kasbiy natijaga erishish uchun sog‘liq, oila, bo‘sh vaqt qurbon qilinadi, o‘z farzandlarini tarbiyalash jarayonida qatnashmaslik, oddiy odamning hayotiy kayfiyatlariga e’tiborsizlik va boshqalar kuzatiladi. Oxir-oqibatda, davomli zo‘riqishlar, ishdagi ortiqcha talabchanlik va boshqalar murabbiyning kasbidan ancha ertaroq sovushiga olib keladi. Uning asosida psixologlar «emotsional yonish sindromi» deb ataydigan hodisa mavjud.
Kasbiy yonib ishlash – mutaxassisning ko‘p yillik fidoyiligi va mas’uliyatining teskari tomonidir. Murabbiy muntazam mashg‘ulotlar, o‘rtoqlik uchrashuv o‘yinlari, tashkilotchilikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi borasidagi ziddiyatlar, rahbariyat tomonidan g‘alabaning qat’iy talab etilishi orqali paydo bo‘ladigan zo‘riqishlar bilan band.
Slayd 22
Masalan, axloqsizligi yoki boshqa bir qator kamchiliklari bilan insonni to‘la yetuk deb hisoblash mumkin emas. Shaxsning psixologik yetukligi kamchiliklardan holi bo‘lishni nazarda tutadi, ular asosan oila va ta’lim muassasalarida tarbiyalashning ma’muriy usullari ustun bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Kamchiliklar yo‘qligining birinchi belgilari sifatida ichki erkinlik (shu jumladan, obro‘-e’tibor ta’siridan), boshqalarning kamchiliklariga chidamlilik, yaxshi niyatlilik, xafa bo‘lmaslik, hurmat va shuhratga xayrixohlik kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Shaxsning ijobiy sifatlari ijodiy mehnat jarayonidagi pedagogik hamkorlik va har bir inson uchun muhim bo‘lgan dilemma: «bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik», «ega bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik» iboralarida, bo‘lmoq foydasiga masalani hal etish jarayonida shakllanadi. Bo‘lmoq, ya’ni insonga tabiatdan berilgan salohiyatning ro‘yobga chiqarilishi, tashqi sharoitlar hisobidan amal va boylik to‘plashga intilmaslikdir.
Slayd 23
O‘z salohiyatini amalga oshirish imkoniyatining muhim sharti murabbiy shaxsining mahsuldorligi yetakchi sifatida bo‘lishi hisoblanadi. Ichki nazorat darajasida («hammasi faqat menga bog‘liq» deb bilish) o‘z kuchi, tabiiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish vositasida sermahsul faoliyatga yo‘nalish yuqori kasbiy natijalarga erishishga yordam beradi.
Maqsadning boshqa tiplari shaxsdagi o‘zgarishlar bo‘lib, tarbiya jarayonida uning eng maqbul shakllanish sharoitlari bilan bog‘liqdir.
E. Fromm inson xarakteridagi maqsadlarning mahsulsiz tiplariga bozor, hukmronlik, andozaviylik va jamg‘aruvchilik masalalarini kiritadi.
Slayd 24
Shaxsning mahsuldor maqsadlariga misol sifatida sevgi va bilim kabilarni keltirish mumkin.
E. Fromm fikricha, sevgi – bu odamlarga va o‘ziga nisbatan mahsuldor munosabatdir. Bilishda mahsuldorlikning muhim belgisi insonning nima haqiqiyligi, nima haqiqiy emasligi, nimalar aynanligi masalalarini hal etish mas’uliyatini zimmasiga yuklashdir. U o‘zi uchun olam manzarasini yaratishga intiladi, unda bu holat mustaqil harakat kabi tushunarli kechadi. O‘rganiladigan faktlar, hodisalar, nazariyalar qat’iy, o‘zaro bog‘liq holatda o‘z joylarini egallaydi, mavjud olamni aks ettiradi. Bilimlarning bunday tizimidan samarali foydalanish lozim, ma’lumotlar qandaydir majmua sifatida va hodisalarni «yana bitta dalil» sifatida qabul qilmasligi kerak.
Slayd 25
Murabbiy shaxsining yetukligi. Har qanday odamning yetukligi uning eng muhim psixologik xarakteristikasi hisoblanadi. Psixologik yetuklik ushbu holatda shaxsning barcha jihatlari yuqori darajada rivojlanganligi, ularning uyg‘un tarzda birlashganligi bilan belgilanadi. Jumladan, xarakterdagi ijobiy belgilar: axloqiy mavjudlik, sog‘lom xulq-atvorning mavjudligi, insonparvarlik yo‘nalishidagi qadriyatli maqsadlar hamda unga mos ravishda o‘zini tutish, hayotdan qoniqish sezish va boshqalar bilan belgilanadi.
Shaxsning psixologik yetuk emasligi insonning psixologik yoshi biologik yoshidan ortda qolganligini bildiradi. Yetuklik ta’rifining rivojlanib borish nuqtai nazaridan qaralganda, odamning shaxsiy salbiy tomonlari ham ko‘rinadi.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.