- Savatga boshqa "DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
IV-V asrlarda Rim imperiyasi quldorlik tuzumining inqirozi. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi. Varvar qirolliklari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari va sabablari.
G‘arbiy rim imperiyasining qulashi.
Yer egaligi jamiyati genezisi.
01
05
03
02
Xunnlar Yevropada. Katalaun jangi.
04
Yevropadagi birinchi varbar qirolliklari.
=== Taqdimot 3 ===
Rim imperiyasining g‘arbiy hududlarida varvar qirolliklarining vujudga kelishi jarayoni davom etadi. Burgundlar Savoyyada (Fransiyaning janubi) 443-yildan Rimning ittifoqchilari sifatida joylashib, 457-yili Galliyaniing janubi sharqi va Lion shahrini egallaydilar. Manbalarda yozilishicha, bu hudud aholisi imperiyaning og‘ir soliqlaridan qutulish maqsadida burgundlarni o‘zi chaqiradi.
Garbiy Rim imperiyasining qulashi
=== Taqdimot 4 ===
Garbiy Rim imperiyasi german qabilalari tomonidan deyarli to‘liq bosib olingan, imperator hokimiyati esa go‘yoki an’ana tarzida nomigagina saqlangan edi. Nihoyat, 476-yili so‘nggi Rim imperatori 15 yoshli Romul Avgustul Rimdagi yollanma qo‘shin sarkardasi Odoakr tomonidan taxtdan tushiriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Ammo zamondoshlar bu voqeani imperiyaning qulashi deb hisoblashgan, chunki, Odoakrning imperatorlik ramzlarini Konstantinopolga yuborishi Sharqiy Rim imperatori hokimiyati butun “Rim dunyosi” ga o‘tganligini anglatgan.
Odoakrning Italiyadagi hukmronligi uzoq davom etmaydi. Xunnlar ittifoqiga kirgan Pannoniyadagi ostgotlar 498-yili ocharchilik sababli, yangi yerlarni izlab Italiyaga yo‘l oladilar.
=== Taqdimot 6 ===
Shu tariq V asr oxiriga kelib, varvar qabilalari, o‘zlarining mustaqil Vestgot, Ostgot, Burgund, Vandal kabi qirolliklarini tuzadilar.
Varvarlar istilolari ko‘plab aholining qirilishi, talonchiliklar, moddiy va ma’naviy boyliklarning yo‘qotilishiga olib keladi. Ko‘plab shahar va qishloqlar vayron etilib, huvullab qoladi. Ushbu jarayonlarning ijobiy tomoni shu ediki, uning davomida qulchilikka asoslangan munosabatlar yakun topadi.
=== Taqdimot 7 ===
Varvarlarning urug‘ qabilachilik munosabatlarining inqirozni boshdan kechirayotgan qulchilik tuzumi bilan qorishib ketishi natijasida Yevropaning g‘arbida yer egaligiga asoslangan jamiyat vujudga keldi.
=== Taqdimot 8 ===
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari va sabablari
=== Taqdimot 9 ===
German qabilalarining ko‘chishlarini sharqiy german qabilalari boshlab, bu borada gotlarning siljishlari diqqatga sazovor. Dastlab gotlar Boltiq dengizining janubiy sohillarida yashagan. Keyinchalik ularning bir qismi Skandivaniyaga ko‘chib o‘tadi. Milodiy asr boshlarida esa gotlar Visla daryosi bo‘ylariga kelib o‘rnashadi. Ular II-III asrlarda janubiy-sharqga siljiydi.
=== Taqdimot 10 ===
Gotlar III asrning birinchi yarmida Shimoliy Qora dengiz bo‘ylariga kelib, Dunay va Dnepr daryolari quyi oqimida joylashadi. Dneprdan g‘arbda yashagan “o‘rmon aholisi” g‘arbiy gotlar (vestgotlar), Dnepr bo‘yi dashtlarida va ulardan sharqiy tomonda joylashgan qabilalar ostgotlar nomini oladi.
=== Taqdimot 11 ===
Gotlarning 250-251-yillardagi hujumlari paytida Frakiya va Makedoniyalar xarobaga aylantirilib, imperator Detsiy varvarlar bilan jangda halok bo‘ladi.
=== Taqdimot 12 ===
Yevropa tarixiga IV-VI asrlar “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davri”nomi bilan kirgan, sababi migratsiya jarayonlari ayni shu asrlarda keng tus olib, butun qitʼaning etnik, madaniy va siyosiy qiyofasini o‘zgartirib yuboradi. Ushbu davr antik madaniyatining inqirozi va yangi yer egaligiga asoslangan jamiyatning vujudga kelishi davri bo‘ladi.
=== Taqdimot 13 ===
Sharqdan ko‘chmanchi qabilalar tazyiqi ham jarayonga o‘z taʼsirini o‘tkazadi. Lekin turli qabilalardan tashkil topgan ommaning ulkan oqimi bir paytda harakatlana boshlashining asosiy sababi iqlimdagi keskin o‘zgarishlar bo‘lgan.
=== Taqdimot 14 ===
Bu jarayonlar Yevrosiyo dashtlaridagi ko‘chmanchi xalqlarning xo‘jalik hayotiga, shuningdek Yevropaning shimolidagi o‘troq aholisiga bir xil salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning janubiy kengliklardagi yashash uchun qulay joylarga siljishiga olib keladi.
=== Taqdimot 15 ===
XUNNLAR BOSQINI
=== Taqdimot 16 ===
Ostgotlarning Ermanarix boshchiligidagi qabilalari 375-yili sharqdan siljishni boshlab, Balamber yetakchiligidagi xunnlar zarbasiga uchraydi. Ko‘chmanchi xunnlar qo‘shiniga qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qilgan Ermanarix, joniga qasd qilganidan so‘ng, ostgotlar xunnlarga taslim bo‘lib, ularning g‘arbga yurishlarida ishtirok etadilar.
Xunnlar hujumi xavfi ostida qolgan vestgotlar, Rimdan Frakiya va Meziyaga ko‘chib o‘tib joylashishga ruxsat so‘raydilar.
=== Taqdimot 17 ===
Rim vestgotlarni chegara hududlarni mudofaa qilishi evaziga oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan bo‘ladi. Lekin Rimning viloyatlardagi mahalliy amaldorlari suiisteʼmolliklari, tamagirliklari tufayli oziqsiz qolgan vestgotlar isyon ko‘taradi. Ularning lashkari 378-yil 9-avgustda Adrianopol jangida Rim qo‘shinini yengadi. Imperator Valent qo‘lga olinib, gulxanga tashlanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Rim sarkardasi, bo‘lajak imperator Feodosiy gotlarni katta qiyinchiliklar bilan tinchlantiradi. Shartnoma tuzilib, unga binoan Bolqon yarim oroli gotlarga inʼom etilib, varvarlar unda federatlar sifatida joylashadilar.
=== Taqdimot 19 ===
Imperator Feodosiyning (379-395) vafotidan so‘ng, 395-yili vestgotlar qirol Alarix boshchiligida yana qo‘zg‘olon ko‘tarib, Konstantinopolga yurish boshlaydilar. Maʼlumki, o‘sha yili imperiya bo‘linib, Sharqiy Rim imperatoriga aylangan Arkadiy Alarixni katta to‘lov evaziga ukasi Gonoriy taxtda bo‘lgan g‘arbiy Rimga yo‘llashga erishadi.
=== Taqdimot 20 ===
Yevropadagi birinchi Varbar qirolliklari
=== Taqdimot 21 ===
Asta-sekin Rim imperiyasi birligini yo‘qotdi. 395-yilda Rim imperatori Teodosiy imperiyani Sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratdi. Ularning har biri o‘z hukmdori, poytaxti va boshqaruv tizimiga ega edi. Keyinchalik imperiyaning Sharqiy qismi Bizans deb nomlandi. U harbiy jihatdan boy va kuchliroq edi, shuning uchun u xalqlarning buyuk ko‘chishi paytida o‘zini barbarlarning ko‘plab bosqinlaridan muvaffaqiyatli himoya qila oldi.
=== Taqdimot 22 ===
410-yilda vestgotlar Rimni egallab olishdi, 455-yilda Rim Qirol Genzerich boshchiligidagi vandallar tomonidan talon-toroj qilindi. Nihoyat, 476-nemislarning yetakchisi Odoakr yollanma barbarlar qo‘shini bilan Rimga keldi, imperator Romulus avgustni taxtdan tushirdi, shundan so‘ng u Rim imperatorining hokimiyat ramzlarini (toj va binafsha mantiya) Sharqiy Rim imperiyasiga yubordi.
=== Taqdimot 23 ===
V asr davomida. german qabilalari g‘arbiy Rim imperiyasining butun hududiga joylashdilar. Ishg‘ol qilingan hududlarda nemislar o‘z davlatlariga asos solishdi: Shimoliy Afrikada ― vandallar davlati, Janubiy Galliyada ― visigotlar davlati, Shimoliy Galliyada ― franklar davlati, Italiyada ― ostrogotlar davlati, Britaniyada ― Angliya va sakslar davlati. Boshqa, kichik vahshiy davlatlar ham bor edi.
=== Taqdimot 24 ===
Yer egaligi jamiyati genezisi
Feodal jamiyatning qaror topishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. Yer egaligi munosabatlari shakllanishi uchun sharoit so‘nggi antik va ilk varvarlar jamiyatlari davrida yetiladi. o‘rta asrlar jamiyatining keyingi taraqqiyoti Yevropada aynan, avvalgi jamiyatlarning o‘zaro ta’siri tarzida davom etadi.
=== Taqdimot 25 ===
Bunda so‘z har ikki jamiyat oid feodal elementlarining qo‘shilishi haqida emas, balki o‘zaro ta’siri, ularning sintezi haqida ketmoqda. Bu jarayon sifat jihatdan yangi munosabatlar va yangi jamiyatni tug‘diradi. Sintez jarayoniga ijtimoiy taraqqiyotning past darajasida bo‘lganligi bois faqat xunnlar va Shimoliy Afrikada yashagan barbarlar tortilmaganlar.
=== Taqdimot 26 ===
Bunga misol tariqasida Galliyaning shimoli sharqida oid feodal davri urug‘ qabilachilik yoki qulchilik munosabatlari asoratlari kam bo‘lgani tufayli, feodal tartiblari vujudga kelishining juda tez, VIII IX asrlardayoq yuz berganini ko‘rsatish mumkin. o‘zaro aloqaga kiruvchi tomonlardan birining ustunligi mavjud bo‘lgan hududlarda esa, aksincha feodallashuv jarayoni sekin borgan.
=== Taqdimot 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.