Islom mafkurasi va arab-musulmon siyosiy fikri
4000 so'm

=== Taqdimot: Islom mafkurasi va arab-musulmon siyosiy fikri.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Islom mafkurasi va arab-musulmon siyosiy fikri
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Islom mafkurasi va uning goyalari.
2. Islomda insonparvarlik g‘oyalari, gumanistik qadriyatlar va demokratik unsurlar.
3. Qur’oni Karim va Hadislarda hokimiyat masalalari.
=== Slayd 3 ===
Islom manbalari bo‘lgan Qur’on va Hadislarda ilohiyotga ishonish, ruhiy poklanish, iymon, vijdon, e’tiqod, adolat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, halollik, fidoiylik, xullas, inson ma’naviy kamolotining asosi bo‘lmish odob-axloq tarbiyasining barcha muammolari qamrab olingan. Islomning umumbashariy qadriyat, ilohiy ta’limot sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy omil-uning manbalaridir. Islom dinida Qur’oni Karim birinchi manba, Hadisi Shariflar esa ikkinchi manba hisoblanadi. Islom dini Asoslari, shariat qonun-qoidalari bilan tanishar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, halollik, poklik, iymon-e’tiqod, ishonchi-ixlos va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan bironta xam masala e’tibordan chetda qolmaganini ko‘ramiz.
=== Slayd 4 ===
Islomning asosi va dasturulamali bo‘lgan Qur’oni Karim insonlarni hidoyatga boshlaydi, ilmli bo‘lish ma’naviyatli-ma’rifatli, go‘zal xulq-atvor sohibi sifatida kamolotga erishishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. Qur’oni Karimning turgan-bitgani mo‘jizadir. U ilohiy ta’limotdir. Qur’onning eng muhim hikmati- undagi har bir inson uchun bevosita ahamiyatli bo‘lgan so‘zlar, yo‘l – yo‘riqlar, asosiy qoidalar va ta’limotlaridir. Qur’onda birgina “ilm” so‘zi turli hollarda bir necha marta takrorlangan. Ana shuning o‘zi ham ilm, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi g‘oyalar Qur’oni Karimning butun ruhi, mazmuni, mag‘iz-mag‘izigacha chuqur singdirib yuborilganligini ko‘rsatadi. Unda ilm-ma’rifat inson ma’naviy axloqiy barkamolligining ustuvor sohalaridan biri sifatida qaralgan. Qur’oni Karimda ilk nozil bo‘lgan oyat ham “Iqra” “O‘qi” so‘zidir.
=== Slayd 5 ===
Qur’oni Karimda bilimlilar bilan bilimsizlarni tenglashtirib bo‘lmasligi aytilgan
=== Slayd 6 ===
“Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladimi?” Bu bilan Alloh taolo bilimdonlarning martabalari balandroq bo‘lishini o‘qtiradi. Uning oyatlaridan yana birida, Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardor, deyilgan.
=== Slayd 7 ===
Alloh Kalomida axloq va odob masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ta’kidlanishicha, axloq oxirat ne’matlariga yetkazuvchi asosiy omillardan biridir. Kalomi Sharifda aytilishicha, insonni yaxshilik – ezgulikka boshlaydigan hamda razolatga eltadigan xulqlar mavjud. O‘zaro kelishmovchilik va dushmanlik taraqqiyot dushmani. Bu esa jamiyat uchun koni zarar. Qur’onda u rad etilib, inson to‘g‘ri yo‘lga yurishga da’vat etilgan. Kimki, gunohlari uchun tavba etsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi.
=== Slayd 8 ===
Hadislarda millatlararo mojarolar, qonli to‘qnashuvlar, millat ajratishlar qoralangan. Har xil millat vakillarini, garchi dinlari va diniy e’tiqodlari o‘zaro farq qilsa-da, bir birlarining tillari, tarixlari, madaniyatlari, milliy urf odatlari va qadriyatlarini bilish va hurmatlashga, o‘zaro totuv bo‘lib yashashga da’vat etilgan.
=== Slayd 9 ===
Islomda aytilganidek, yurtda osoyishtalikni saqlash, urishganlarni yarashtirib qo‘yish, odamlarning o‘rtasini buzmaslik, savobligi jihatdan ro‘za tutish, namoz o‘qish, sadaqa qilishdan ham afzaldir. Hadislarda boshqa dinlarga mansub bo‘lgan kishilarga tazyiq o‘tkazish, qoralash katta gunoh ekani aytilgan:
=== Slayd 10 ===
“Kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini haqorat qilsa, qiyomat kuni o‘tdan yasalgan qamchi bilan savalanadi”, “Kimki sulh bitimi bilan yashayotgan g‘ayridinni o‘ldirsa, u jannatning bo‘yini ham hidlamaydi”, “Qora tanli xalqlarni ham do‘st tutaveringlar, zero, ulardan uchtasi jannat ahlining ulug‘laridan bo‘lurlar: Luqmoni Hakim, Najoshiy, Muazzin Bilol Habashiy”. Hadislarda bayon etilgan mana bu aqidalar bunga yaqqol misol bo‘ladi: “Podshoh bamisoli Allohning yerdagi soyasidir. Kimki uni izzat-ikrom qilsa, Alloh taoloni izzat-ikrom qilgan bo‘ladi.
=== Slayd 11 ===
Agar kimki uni xorlasa, go‘yo Allohni xorlagan bo‘ladi”, “Podshohlaringiz yaxshi odamlardan, boylaringiz saxiy va ishlaringiz erkaklar bilan bamaslahat bo‘lsa, sizlar uchun yerning ostidan ko‘ra usti afzaldir. Aks holda yerni ustidan osti afzaldir”, “Qiyomat kuni qattiq jazolanadigan odamlardan biri – bu zolim podshohdir”. Hadislarda johiliyat davrining chirkin odati – foizchilik taqiqlangan, sudxo‘rlik gunoh hisoblangan. Qarzdorlar qarz bergan kishilarga faqat ulardan olgan pulinigina to‘laydilar, kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin, hadyalarga hadya ila javob berilur deyilgan. Tabiatga mehr – muhabbat, tevarak – atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvon-u nabototni pokiza saqlash hadislardagi asosiy g‘oyalardan.
=== Slayd 12 ===
Tabiatni, kurrai zaminni obod va go‘zal qilish yer yuzidagi barcha noz ne’matlarning qadriga yetish har bir odamzodning insoniy burchi. Qur’ondagi oyat va suralarda, Hadislarda hayvonot va nabotot olamini, tabiat va tabiiy muhitni asrab-avaylash, himoya qilishi, muvozanatini buzmaslik, isrof qilmaslik to‘g‘risida shunday muhim va zarur ko‘rsatmalar, falsafiy ta’limotlar borki, ularning ma’nosi va mohiyati bilan tanishsak, go‘yo ular bundan qariyb o‘n besh asr muqaddam hozirgi kunimizni o‘ylab aytilganligiga to‘la ishonch hosil qilamiz. Islomda ikki oqim mavjud sunniylik va shialik oqimlari Hazrati Muhammad (s.a.v.) siyosatda, davlatchilikda katta ishlarni amalga oshirdi. Birinchidan, tarqoq arab qabilalarini Islom ta’limotlari asosida yagona davlat xalifalikka birlashtirdi.
=== Slayd 13 ===
Tabiatni, kurrai zaminni obod va go‘zal qilish yer yuzidagi barcha noz ne’matlarning qadriga yetish har bir odamzodning insoniy burchi. Qur’ondagi oyat va suralarda, Hadislarda hayvonot va nabotot olamini, tabiat va tabiiy muhitni asrab-avaylash, himoya qilishi, muvozanatini buzmaslik, isrof qilmaslik to‘g‘risida shunday muhim va zarur ko‘rsatmalar, falsafiy ta’limotlar borki, ularning ma’nosi va mohiyati bilan tanishsak, go‘yo ular bundan qariyb o‘n besh asr muqaddam hozirgi kunimizni o‘ylab aytilganligiga to‘la ishonch hosil qilamiz.
=== Slayd 14 ===
Islomda ikki oqim mavjud sunniylik va shialik oqimlari Hazrati Muhammad (s.a.v.) siyosatda, davlatchilikda katta ishlarni amalga oshirdi. Birinchidan, tarqoq arab qabilalarini Islom ta’limotlari asosida yagona davlat xalifalikka birlashtirdi. Ularda yagona qonunchilikni ya’ni shariatni joriy etdi. Uning so‘zlari, amallari qonun darajasiga ko‘tarildi. Payg‘ambar hayotligida davlatni idora qilish qiyin bo‘lmadi.
Ularning ma’nosi va mohiyati bilan tanishsak, go‘yo ular bundan qariyb o‘n besh asr muqaddam hozirgi kunimizni o‘ylab aytilganligiga to‘la ishonch hosil qilamiz. Islomda ikki oqim mavjud sunniylik va shialik oqimlari Hazrati Muhammad (s.a.v.) siyosatda, davlatchilikda katta ishlarni amalga oshirdi. Birinchidan, tarqoq arab qabilalarini Islom ta’limotlari asosida yagona davlat xalifalikka birlashtirdi.
=== Slayd 15 ===
Ularda yagona qonunchilikni ya’ni shariatni joriy etdi. Uning so‘zlari, amallari qonun darajasiga ko‘tarildi. Payg‘ambar hayotligida davlatni idora qilish qiyin bo‘lmadi. Qur’onning mo‘jizaligi uning o‘zida aqidaviy g‘oyaviy, qonun va axloq qoidalarini (normalarini) o‘zida mujassamlashtirishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra fiqhiy huquqiy masalalar bo‘yicha qur’onda quyidagi oyatlar mavjud:
1. Haqquloh (amaliy ibodatlar) bo‘yicha 140 oyat.
2. Shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat…) 70 oyat.
3. Muomalot yoki fuqarolik xuquqi 70 oyat.
4. Jinoyat va jazo-30 oyat.
5. Sud va sud jarayoni-20 oyat.
6. Davlat va huquq sohasida esa- 3 oyat.
Hammasi bo‘lib, 333 ta oyat. Turonga islom kelmasdan ilgari ham, islom kelgandan so‘ng ham ancha yuksak takomilga erishgan siyosiy ong, madaniyat va mafkura an’analari, demokratik va insonparvarlik qadriyatlari mavjud edi.
=== Slayd 16 ===
Ilk islomda ilohiy hokimiyat o‘rniga sunnaga asoslangan hokimiyat, boshqarish usulini musulmonlar jamoasi o‘zining erkin irodasini namoyon qilib, qatiy tarzda joriy etgan. Abu Bakr as-Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib Sunna qonunga binoan xalifa etib saylanganlar. Muhammad Salloloh Alayha Vassalam teokratik hokimiyat o‘rnatgan, degan haqsiz, qo‘shimcha asossiz, munozarali fikr mavjud.
=== Slayd 17 ===
Aslida Muhammad Salloloh Alayha Vassalamning Sunnaga qat’iy rioya qilishidan tashqari, o‘zlari boshqargan dunyoviy hokimiyat va diniy hokimiyat juda aniq farqlagan holda, funksional hokimiyat shakllari sifatida yurgizgan. Imomlar Abu Xanifa, Shofe’iy, Abu Yusuf, Muhammad ali- Shaybon va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan Ra’y, Qiyos, ijmo‘ va istihson kabi ratsionalistik va insonparvarona tamoyillar musulmonlar jamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va davlatchilik va uni boshqarishga, iqtisodiy ahvolga oid munosabatlarni tartibga olish keng qo‘llanila boshlagan. Bu keyinchalik al Mavardiy («al-axkam as-Sultoniya»), Quduriy («Muxtasar»), Burhoniddin al Marg‘iloniy (al-Xidoya), G‘azzoliy («Nasihat ul mulk») va boshqa musulmon siyosat nazariyachilari tomonidan Islom, shariatning siyosiy ong, tafakkur, davlat ko‘rilishi va boshqarilishiga oid asosli nazariyalar darajasida takomilga yetkazildi.
=== Slayd 18 ===
Islom mafkurasida musulmonchilik turmush tarzi, ruhiyati, ongi tarixan Islomda doimo demokratik mayllar Shariat arkonlari, talab va taqiqlarda esa adolat, insoniylik yetakchi ustuvor mavqeyiga ega bo‘lgan, zo‘rlik zulmning yo‘li kesilib, bir tomonlama behad boyish yoki qashshoqlanishning oldi olingan. Islom, Shariat inson oldida oqilona tadbirkorlik, ishbilarmonlik qilishning keng imkoniyatlarini ochib bergan, rag‘batlantirib turgan,insonning o‘z sha’niga munosib yashashi shart-sharoitlarini vujudga keltirib, musulmon jamiyatining butun o‘rta asrlar davomida dinamik rivojlanishi, g‘arbdan har sohada ustun bo‘lib qolishini ta’minlagan. Musulmon dunyosining XVII-XVIII asrlardan so‘ng taraqqiyotda orqada qolib ketishi esa feodal mulkchilik munosabatlarining Sharqqa xos ichki taraqqiyoti qonuniyatlari bilan izohlanadi.
=== Slayd 19 ===
Hozirgi paytda avj oldirilayotgan “Islom fundamentalizmi” Islom, Shariatning imkoniyatlarini, salohiyatini idrok qila olmaslik, mohiyatan tushunmaslik yoki tushunishni istamaslik oqibatidir. Shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, “Islom fundamentalizmi” deb qaraluvchi hozirgi kundagi hodisalar g‘arbning zulmi, adolatsizligi, mustamlakachilik va talon-toroj siyosati, ikkiyuzlamachiligiga javoban vujudga kelgan. Demak “Islom fundamentalizmi” g‘arbning o‘zi ekan “Ziroat”- zo‘rlik, adolatsizlik va riyokorlik siyosatining qonuniy hosilasidir.
=== Slayd 20 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.