IRSIYATNING MOLEKULYAR ASOSLARI
5000 so'm

Slayd 1
IRSIYATNING MOLEKULYAR ASOSLARI
Slayd 2
Irsiyatning moddiy asosi
Molekulyar genetika – Organizmlar irsiyati, irsiylanishi va o‘zgaruvchanlikning moddiy asosi – nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasini hamda oqsil biosintezining molekulyar asosini o‘rganadi.
Molekulyar genetika – Genetika, biokimyo, biofizika, matematika va kibernetika fanlar metodlariga tayanadi.
Genetika tarixida – Uotson va Kriklar tomonidan DNK ning strukturasi va modeli yaratilgan. 1953-yil molekulyar genetika fanining barpo etilgan sanasi hisoblanadi.
Slayd 3
Molekulyar genetik dalil va qonuniyatlarga asoslanib molekulyar genetika
Irsiy birlik – genlarning tuzilishi va funksiyasi, faoliyatining boshqarilishi o‘rganadi.
Oqsil biosintezining bosqichlari, boshqarilish mexanizmlari o‘rganadi.
Genetik injeneriya va biotexnologiya ning nazariy asoslari ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq qiladi.
Slayd 4
Nuklein kislotalar
F. Misher 1869-yilda kashf qilgan.
R. Altman 1889-yil nuklein kislota tarkibiga purin, pirimidin, uglevod va fosfat kislota kirishini ko‘rsatdi.
1911-yilda Morgan va uning shogirdlari irsiyat birligi – gen xromosomada joylashganligi ta’limotini yaratdilar.
1924-yilda nemis biologi R. Felgen nuklein kislotalar xromosomada joylashganligini aniqladi.
Keyinchalik hujayra yadrosi DNK va oqsildan iborat ekanligi aniqlandi.
Slayd 5
Hujayra yadrosi
DNK va oqsillardan tashkil topgan.
Demak yadro – xromosomalari DNK va oqsildan iborat, unda “xromosomaning DNK qismi yoki oqsil qismi irsiy axborot saqlaydimi?”, degan savol tug‘iladi.
N. K. Kolsov 1935-yilda irsiyat moddasi oqsil molekulalarida saqlanadi degan fikrni taklif etdi.
Ammo, keyinchalik irsiyatning kimyoviy asosi DNK molekulalari ekanligi haqida gipoteza shakllana boshladi.
Slayd 6
Transformatsiya
DNK molekulasining irsiyatning molekulyar asosi sifatidagi roli bakteriyalar va viruslarda olib borilgan Transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya va G‘ – omil tajribalar asosida tushuntirildi.
Transformatsiya deb tashqaridan hujayra ichiga kiritilgan – begona DNK molekulasi ta’sirida organizmlar belgi va xususiyatlarining irsiy o‘zgarishiga aytiladi.
Slayd 7
Transformatsiya bir bakterial hujayradan ikkinchisiga genetik materialning o‘tishi
Tirik S-patogen shtamm
Tirik R-nopatogen shtamm
O‘ldirilgan S-shtamm
Slayd 8
Transformatsiyada irsiy belgini o‘zgartiruvchi modda, DNK – dezoksiribonuklein kislota ekanligini 1944-yilda O. Everi, Mak-Leod, Mak-Karti degan olimlar aniqladilar.
Transduksiya deb genetik materialning bir bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga bakteriofaglar orqali o‘tishiga aytiladi. Transduksiya hodisasi 1952-yilda A. Xershi, M. Cheyz hamda J. Lederberg va N. Sinderlar tajribalarida tushuntirilgan.
Slayd 9
1952-yil A.Xershi VA M.Cheyz tajribalari
Hosil bo‘lgan yangi fag avlodlarida faqat DNKni tamg‘alovchi fosforning radioaktiv izotopi R32 saqlanib, S35 esa uchramaydi.
фаг
Р32
Slayd 10
DNKning irsiyatdagi rolini aniqlashda ichak bakteriyasi (E.coli) hujayrasida yashovchi T-2 fagidan foydalaniladi.
T-2 fagi 6 burchakli boshi va ipsimon dum qismga ega.
Bakteriya hujayrasiga dum qismi bilan birlashadi.
Slayd 11
Hujayra ichiga kirgan fagning DNKsi bakteriya hujayrasining DNKsini mayda bo‘laklarga ajratib tashlaydi va bakteriyaning normal ish jarayonini buzadi.
Slayd 12
Kolba o‘rtasiga bakteriyalar o‘ta olmaydigan filtr o‘rnatilgan. Filtr orqali faqat bakteriofaglar o‘ta oladi, bakteriyalar o‘ta olmaydi.
Slayd 13
Transduksiya xillari:
Umumiy transduksiya
To‘liq transduksiya
Chegaralangan transduksiya
To‘liq bo‘lmagan abortiv transduksiya
Slayd 14
Konyugatsiya deb – ikkita bakteriya hujayrasining juftlashib, biridan ikkinchisiga irsiy omilning o‘tishiga aytiladi. Bakteriyalarda konyugatsiyani 1946-yilda Lederberg va Teytumlar aniqlagan.
Slayd 15
Bakteriyalararo konyugatsiya
Slayd 16
Gen va genetik axborot
Gen irsiyat va irsiylanishning molekulyar genetik birligi – moddiy asosi.
Gen DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, u ketma-ket joylashgan nukleotidlardan iborat.
DNK da gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo‘lib, ularni kodogenlar deyiladi.
DNK dan transkripsiya hisobiga iRNK ga ko‘chirilgan tripletlar kodonlar deyiladi.
Slayd 17
Prokariot va eukariot organizmlar genlarining strukturaviy farqlari
Prokariotlarda gen strukturaviy yaxlit bo‘ladi. Ularning genlarida axborot uzluksiz kodlangan, yaxlit genlar deyiladi.
Eukariotlarning genlari strukturaviy qismlardan iborat bo‘lingan genlar deyiladi.
Eukariot genlari strukturaviy va funksional jihatdan 2 qismdan iborat:
1. Ekzonlar.
2. Intronlar.
Genetik kodga ega bo‘lgan nukleotidlar ekzonlar deyiladi.
Gentik kodga ega bo‘lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi.
Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket joylashadi.
Slayd 18
Eukariot organizmlarda genlarning 90 % ga yaqini xromasomalarda joylashgan, kam qismi sitoplazma va uning organoidlarida – plazmida, episoma tariqasida joylashgan. Gaploid sondagi xromasomalarning genlar yig‘indisi genom deyiladi Sitoplazmadagi genlar plazmogenlar, ularning yig‘indisi plazmonlar deyiladi. Xromasomadagi genlar orqali organizmlar belgilarning irsiylanishi Yadroviy yoki xromasomaviy irsiyat deyiladi. Sitoplazmada joylashgan – plazmogenlar orqali belgilar irsiylanishi Sitoplazmatik yoki xromasomadan tashqari irsiyat deyiladi.
Slayd 19
Sitoplazmadagi – plazmogen DNK si plazmidlar, episomalar va simbiontlar shaklida faoliyat ko‘rsatadi;
Plazmidlar – plazmogenlarning bir xili bo‘lib, organoidlarning irsiylanadigan belgilarining moddiy asosi hisoblanadi.
Episomalar – sitoplazmada erkin bo‘luvchi plazmogenlardir. Ular faoliyatining ma’lum davrida xromasomalar bilan ham irsiylanadi. Episomalar – ko‘chib yuruvchi genlar ham deyiladi.
Ba’zi bir organizmlarda hujayraga begona viruslar kirib o‘zining DNK sini uning plazmidiga ulab irsiylanadi. Ularni simbiotik plazmogenlar deyiladi.
Slayd 20
Genetik kodning xossalari:
Genetik kodning asosida irsiy birlik – tripletlar – kodonlar yotadi. Kodning maxsusligi.
Har qanday aminokislota bittadan ortiq tripletlar bilan kodlanadi. Kod aynamachiligi.
Genetik kod tarkibiga kiruvchi har qaysi triplet mustaqil kod birligi hisoblanadi.
Genetik koddagi AUG tripledi start kodoni bo‘lib, sintez iRNK ning shu qismidan boshlanadi.
Genetik kodda UAG, UAA, UGA tripletlari terminator kodoni hisoblanadi.
Genetik kod – universaldir.
Slayd 21
Genetik kodning asosiy xossalari 1961-yilda F. Krik va S. Bennerlarning genetik tajribalarida aniqlangan. Mohiyatini, ya’ni aminokislotalarni kodlash sirlari M. Nirenberg, G. Mattey, S. Ochoa, X. Koranalar tadqiqotlari natijasida ochildi.
Oqsillar biosintezi va uning bosqichlari:
Amonokislotalar faolligini oshirish.
Initsiatsiya – polipeptid zanjiri sintezining boshlanishi.
Elongatsiya – hosil bo‘layoyotgan polipeptid zanjirining uzunlashishi.
Terminatsiya – polipeptid zanjiri hosil bo‘lishining tugashi.
Slayd 22
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.