=== Taqdimot 1 ===
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
03
02
04
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar.
Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimi va soliq tizimidagi islohotlar.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekistonning 2022-2026-yillardagi rivojlantirish konsepsiyasida iqtisodiy masalalarning yoritilishi.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari
Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, insoniyat rivojlanishi manbayini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar.
=== Taqdimot 4 ===
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, o‘zining boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashi eng muhim vazifa edi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bu mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish kabi faoliyati jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. O‘zbekistonda mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining huquqiy asoslari sifatida davlat mulki, xususiy mulk, jamoa (shirkat yoki fermer) mulki, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarashli yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari va mulkchilikning aralash shakli ko‘rinishida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Unga ko‘ra o‘ta markazlashtirilgan iqtisodiyotdan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi:
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish.
2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o‘rnatishga ko‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish.
3. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish usullarini xususiy qilish.
4. Narxlarni erkinlashtirish narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.
=== Taqdimot 6 ===
Ikkinchi bosqich
Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishini quyidagi 4 ta muhim tarixiy bosqichga bo‘lgan holda tahlil qilish mumkin. Ular quyidagilar:
(1990-1995-yillar) mustaqillik ostonasi va mustaqillikning dastlabki yillarida respublikada bozor munosabatlarining shakllanish va tiklanish davri.
(2001-2016-yillar) respublikada bozor iqtisodiy o‘tishning barqaror rivojlanish davri.
(1996-2000-yillar) respublikada bozor munosabatlari rivojlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi davri.
(2017-yildan keyingi davr) Yangi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi taraqqiyot strategiyasi davri.
Birinchi bosqich
Uchinchi bosqich
To‘rtinchi bosqich
=== Taqdimot 7 ===
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994-yillar) mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirishga kirishildi. Dastlabki davrning o‘zida qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Bu jarayon ko‘pgina xususiyatlar hisobga olinmasdan juda keskin tarzda amalga oshirilgan. Natijada juda ko‘plab davlat ya’ni xalq mulkining talon toroj qilinishiga ham sabab bo‘lgan. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani bo‘ldi. Ilk davrlarda (1992-1994-yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, maxalliy sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va ularni xususiylashtirish amalga oshirildi.
=== Taqdimot 8 ===
Buning natijasida 69 mingdan ortiq obyektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o‘tdi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining soni 80 mingga etdi. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994-yil 21-yanvardagi “iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi.
=== Taqdimot 9 ===
1994-yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34% xususiy, 48% aksiyadorlik, 16% jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. Natijada Respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. Mazkur sektor 1995-yili sanoat mahsulotini 44 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 97 foizini ishlab chiqardi. Barcha kapital mablag‘ning 44 foizi ana shu nodavlat sektoriga to‘g‘ri keldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatda kichik biznesni rivojlantirish davlat sektorining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib qo‘yilgan. Jumladan, davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi orta boshladi. Bu sektor 1995-yilda sanoat mahsulotlarining 44 %ni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 %ni berdi. Barcha kapital mablag‘larning 44 % dan ortiqrog‘i ular hissasiga to‘g‘ri keldi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘zbekiston Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida iqtisodning ustuvor, katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlarini har tomonlama rag‘batlantirib, shu orqali butun iqtisodiyot tarkiban qayta tashkil qilindi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan ifodalandi. Bu ko‘rsatkich 1990-yil bilan qiyoslaganda sanoatda 106,5, qishloq xo‘jaligida 105,8, qurilishda 102,6, savdoda 112,7, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish sohasi 121,3 foizini tashkil etdi. Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish bir yilda 112 foizga ko‘paydi. Bunday o‘sishga, eng avvalo, iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan kapital mablag‘ hajmining oshgani (17 foiz), zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan yangi sanoat obyektlari qurilishi va ishga tushirilgani tufayli erishildi.
=== Taqdimot 12 ===
O‘zbekistonda 1998-yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi 5,8 foizga ortdi. Iste’mol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz ko‘paydi. Avvalgi yillardagi kabi qat’iy moliya-kredit siyosati amalga oshirildi. Natijada inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keldi. 2000-yilga kelib, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslansa, faqat O‘zbekistondagina 90-yillar boshidagi darajadan oshib, bir tekis rivojlanmoqda. Bu holatni jahonning ko‘p yirik rivojlangan mamlakatlarining davlat rahbarlari, taniqli mutaxassislari tan olmoqda. O‘zbekiston tarixda ilk bor 1995-yilda neft mustaqilligiga erishdi. Mamlakat endilikda neft mahsulotlariga bo‘lgan o‘z ichki ehtiyojlarini to‘la qondiribgina qolmay, katta salohiyatga ega bo‘lgan istiqbolli va ishonchli eksportyor sifatida jahon bozoriga yo‘l oldi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbekistonda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1990-yili 2,8 mln. tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, 1997-yili bu ko‘rsatgich 7,9 mln. tonnaga yetdi va chetga neft mahsulotlarini sotish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish 1990-yilgi 40,8 mlrd.kubometrdan 1998-yil salkam 54 mlrd. kubometrga ko‘paydi. Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi. Xususan, mustaqillik arafasida shahar aholisining 43 foizi, qishloqlarda esa 17 foiz aholi tabiiy gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 1997-yili 64 va 48 foizini tashkil qilgan.
=== Taqdimot 14 ===
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Respublikamizdagi mavjud bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida, 1993-yilda O‘zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi – “O‘zmashsanoat”, 1996-yilda “O‘zqishloqxo‘jalikmash xolding”, 1998-yilda “O‘zneftgazmash” korporatsiyasi, “O‘zbekto‘qimachimash” birlashmasi tashkil etildi. Islohotlar davrida “O‘zmashsanoat” uyushmasi tasarrufidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta jihozlandi. Toshkentdagi Ekskavator, Podyomnik, Zenit, Kompressor, Asbobsozlik, Agregat va Abraziv zavodlari, Andijondagi “Andijonmash” va “Topaz”, Samarqanddagi “Kanop”, “Sino” kabi korxonalar tashkil etildi.
=== Taqdimot 15 ===
1998-yilda qishloq xo‘jalik mashinalarini “Keys” rusumidagi traktor va g‘alla o‘rish kombaynlari bilan to‘ldirish maqsadida, AQSh “Keys Nyu – Xolland” kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida “O‘zKey smash” va “O‘zKeystraktor” qo‘shma korxonalari barpo etildi. 1999-yil SamKochavto” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha-yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000-yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun “Atayol rusumli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi. O‘zbekistonning istiqloli mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning muhim tarmog‘i-avtomobilsozlikning rivojlanishiga bog‘liq. 1992-yilning avgust oyida Janubiy Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan bitim asosida “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi.
=== Taqdimot 16 ===
1996-yilning mart-iyul oylarida “O‘zDEU” avtokorxonasi “TIKO”, “NEKSIYA”, “DAMAS” yengil avtomashinalarini chiqara boshladi. Korxona 2004-yili to‘la quvvatni o‘zlashtirib, har yili turli rusumdagi 200 ming avtomobilni ishlab chiqaradigan bo‘ladi. 2007-yil oktyabr oyida “O‘zDAEWOO” avto negizida “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlikda “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Natijada, Asakada dunyoda mashhur “Shevrolet” avtomobillari – “Captiva”, “Epika”, “Takuma” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.
=== Taqdimot 17 ===
2010-yilda “Shevrolet” avtomobili – “Spark” rusumi, 2012-yilning oxiridan esa “Shevrolet” avtomobilining — “Cobalt” rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib, “O‘zDAEWOO avto” qo‘shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. “1992-yil 28-yanvarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tuzildi. 1993-yildan boshlab, aviakompaniya zamonaviy A-310, BOING -767, BOING-757, RL-85 samolyotlariga ega bo‘ldi. 1991-yili Xalqaro avia yo‘li Dehli va Karachigacha uchgan bo‘lsa, endilikda MDX va AQSh marshrutlari yo‘nalishida O‘zbekiston samolyotlari uchmoqda.
=== Taqdimot 18 ===
Iqtisodiyotdagi barqarorlik O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida, eksport va import tuzilmasida katta sifat o‘zgarishiga olib keldi: agar 1991- yilda eksport tarkibiga paxta tolasining ulushi 77,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda uning ulushi 38,6 foizga tushdi, 2000-yilda bu ko‘rsatgich 28 foizga tushishi kutilmoqda. Eksportda yoqilg‘i va sanoat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. 1991-yilda xorijga sotilgan tovarlarda mashina va jihozlarning ulushi 1 foizga ham yetmagan bo‘lsa, 2000-yili bunday mahsulotlar 23 foizni tashkil qilgan. Jahonda 2008-yildan boshlangan moliyaviy inqirozga qaramasdan, O‘zbekistonda keyingi yillarda iqtisodiy ko‘rsatkich oshib bordi.
=== Taqdimot 19 ===
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017-yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin.
=== Taqdimot 20 ===
2019-yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018-yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga ta’minlandi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi (2018-yilda – 1 533 dollar).YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
=== Taqdimot 21 ===
Qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi muayyan ketma-ketlilik va izchillik asosida olib borilib, 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon (fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini belgilab berdi. G‘allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi. 2002-yilda fermer xo‘jaliklari soni 55,4 mingdan ziyodni tashkil etgan. Fermer xo‘jaliklariga 1 mln. gektardan ortiq yer biriktirib berilgan. 2000-yil 1-yanvarga qadar 1541 ming dehqon xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazildi, bu barcha shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning 43,3 foizini tashkil etgan. qishloq xo‘jaligida fermerlik harakatini qo‘llab- quvvatlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. 2013-yilga kelib fermerlik harakati o‘z tarkibida 66 mingdan ziyod fermer xo‘jaligini birlashtirgan edi.
=== Taqdimot 22 ===
2018-yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi texnikasi parki 150 486 dona, jumladan, 57 822 dona traktor, 58 019 dona osma texnika, 3 608 dona g‘alla o‘radigan kombayn, 1 224 dona paxta terish mashinasi, 1 738 dona xashak o‘radigan texnika, 28 075 dona boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini o‘z ichiga oldi.
2018-yildan boshlab qishloq xo‘jaligida klaster tizimi joriy qilina boshladi. 2019-yil 23-oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq o‘tgan qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
=== Taqdimot 23 ===
Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimi va soliq tizimidagi islohotlar
“Modernizatsiya” – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi” Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — o‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi.
=== Taqdimot 24 ===
Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish,
iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya va hokazo) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xo‘jalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat ko‘rsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band bo‘lgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, o‘rmonsanoat majmuyi) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi.
=== Taqdimot 25 ===
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari o‘rtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois diversifikatsiya xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va boshqalar) bilan belgilanadi. Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar ko‘p tarmoqlilik tusini oladi. Ular avvalo ko‘p daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (masalan, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. O‘zbekiston xalq xo‘jaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qo‘shimcha mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
=== Taqdimot 26 ===
Bank-moliya tizimi va soliq sohasidagi islohotlar 1991-yil “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, respublikada ikki pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, shuningdek, bank tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning qonunchilik poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi.
=== Taqdimot 27 ===
Davlat shu bilan bir qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq, tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi.
=== Taqdimot 28 ===
Keyingi yillarda korxona va tarmoqlarning investitsiya loyihalarini kreditlash hajmi 2011-2015-yillarda 2,8 barobar o‘sadi va 12 milliard dollardan oshdi. 2011-2015-yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari va boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish, “Mikrokreditbank” tarafidan berilayotgan imtiyozli kreditlashning kengayishini moliyalashtirish hajmi 2,7 barobar ortdi. 2016-yilda aholi bandligini oshirish maqsadida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun har yili tijorat banklari tomonidan 1 trillion so‘mdan ortiq miqdorda kredit mablag‘lari berilgan. Banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2016-yilda 12,1 trln. So‘m miqdorida kreditlar ajratildi.
=== Taqdimot 29 ===
2017-yil 2-sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish asnosida 2017-yil sentyabridan boshlab milliy valyuta ayirboshlash kursini aniqlashning bozor mexanizmi joriy etildi, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun valyuta mablag‘larini sotish, sotib olish va tasarruf etishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi. Buning natijasida, 2017-yilda tijorat banklarining jami kapitali 2,3 baravar ortgan va 20,7 trillion so‘mga yetgan. Kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichi 18,8 %ga oshdi, bu esa xalqaro normalardan 1,8 baravar ortiqdir. Tijorat banklarining jalb qilingan depozitlari umumiy hajmi 1,6 baravar ortdi.
=== Taqdimot 30 ===
Soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushgan. 2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirildi. Qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirildi. 2015-yilda 42 ming 800 ta tadbirkorlik subyekti internet tarmog‘i orqali “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”da ro‘yxatga olingan. Ular 260 turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 2013-2014-yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga 102 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 420 mingdan oshgan. Bunda soliq va statistika hisobotlari 100 foiz elektron shaklda internet tarmog‘i orqali taqdim etilgan.
=== Taqdimot 31 ===
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida 2022-yil 1-oktyabrga qadar sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil
1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylangandan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklandi. Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida 2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish belgilandi. Umuman, mamlakatda mustaqillik yillarida soliqqa tortish tizimining o‘ziga xosligi va liberallashuvi natijasida talay islohotlar amalga oshirilib, ayrim muammolar yuzaga kelgan bo‘lsada, mazkur muammolarni bartaraf etish borasida mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
=== Taqdimot 32 ===
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekistonning 2022-2026-yillardagi rivojlantirish konsepsiyasida iqtisodiy masalalarning yoritilishi
2017–2021-yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari (to‘qimachilik, elektrotexnika, avtomobil sanoati, qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, energetika kabi tarmoqlar)ni rivojlantirish strategiyalari qabul qilindi.
=== Taqdimot 33 ===
Prezident Sh.M. Mirziyoev farmoni bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” belgilandi.
=== Taqdimot 34 ===
2022-yilga kelib O‘zbekistonda 23 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. Ularda umumiy qiymati 2,6 mlrd. dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilib, 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun tegishli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi. Shuningdek, yetakchi tarmoqlarga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarining samarali faoliyati uchun tegishli infratuzilmalar yaratildi. 2021-yilda 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritgan. Kichik sanoat zonalarida 5 trln. so‘mlik 1497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. 2019-2021-yillarda aholiga xizmat qiladigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarining umumiy soni 1 724 tadan 2 664 taga, shu jumladan, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 722 tadan 1 306 tagacha yetkazildi hamda milliy valyutani chet el valyutasiga qulay ayirboshlash imkoniyati yaratildi.
=== Taqdimot 35 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilda 28-yanvarda qabul qilingan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son qarorining III bo‘limi “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ga bag‘ishlangan. Ushbu bo‘limning 21- 36 maqsadlari O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga bag‘ishlangan. Uning 21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030- yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
=== Taqdimot 36 ===
=== Taqdimot 37 ===
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.